KOKLEN (1841-1909-y.)
Benuan — Konstans Koklen
18 yoshida Parij konservatori-yasining yirik fransuz
aktyorlaridan biri Renye guruhiga o'qishga kiradi. Birinchi bor «Komediya Fransez* sahnasida
1860-yili Mol-yerning «Sevgi mojarosi* asarida Gro-Rene rolida paydo bo'ladi.
Koklen ilk yirik roli bo'lmish Bomarshening «Figaroning uy-lanish* asarida Figaro roli bilan
1862-yildan tanila boshladi. U shu roli bilan masharaboz malaylar toifasi (amplua) ustalari
61
qatoriga qo'shiladi. Lekin u rollar muayyan rollarga ixtisoslashgan yoshi ulug'roq aktyorlarga
berilishi vajidan o'zi orzu qilgan rollarga yetis-holmay, 1885-yili «Komediya Fransez* teatrini
tashlab ketadi.
Koklen o'zining eng sara rollarini bu teatrdan tashqari teatr-larda o'ynagan. Bular Molyer
asarlaridagi Sganarel («Zo'raki tabib»), Jurden («Sohta oqsuyak*) kabilar edi. 1897-yili Koklen
«Port-Sen-marten» teatr rahbarligini qo'lga oladi. Shu yerda u o'z ijodining eng yirik namunasi
Sirano Berjerak obrazini yaratadi.
Koklen aktyorgina emas edi. U aktyorlik san'ati haqida «San'at va teatr* (1880) hamda
(aktyor san'ati) (1886) degan ikkita kitob yaratib, o'zini nazariyachi sifatida ham ko'rsatadi.
Koklen nazariy qarashlarda ham, amaliyotda ham «taqlidiy san'at*ning yirik
namoyandalaridan bin sifatida ko'rindi. Koklen bu maktabning «kechina san'ati»dan ustunligini
qat'iyan himoya qilib shunda yozadi: «Nazarimda tabiat izmidan holi narsa hech qachon go'zal
va ulug'vor bo'la olgan emas; lekin men yana bir bor ta'kidlashga majburmanki, teatr — bu san'at
demak, bu jabhada tabiat muayyan tarzda ideallashtirilgan yoki qabartirilgan holatda
gavdalantirilishi lozim, busiz san'at — san'at bo'lolmaydi. Bugina emas: bebo'yoq
gavdalantirilgan tabiat teatrda o'ta so'niq taassurot qoldiradi*.
Koklen hayotiy voqelik bilan tabiat san'atining asosi ekanini tan olayotgandek bo'lib, aslida
san'at bilan hayotni bir-biriga zid qo'yib, san'atni hayotda yuqori qo'yadi. «San'at real hayot
emas, hatto u hayotning aksi ham emas, - deydi Koklen—San'at o'z holicha o'zi ijod manbayi. U
o'zining ajib mavhumligi bilan zamon va makonga daxlsiz tarzda faqat o'ziga xos olamini barpo
etadi*. K. S. Stanislavskiy san'atining voqelikka bunday zid qo'yilishini keskin tanqid ostiga
olgan.
Koklen o'z nazariy risolalarida o'zining ko'p yillik aktyorlik tajribalarini umumlashtirgan. Bu
ishlar aktyor ijodiga xos jihatlari aniqroq anglash imkonini beradi.
Koklen o'tkir zakovati va sinchkovligi bilan ko'zga yaqin, mag'zi to'q qiziq holat va insoniy
fe'liyatlarni darhol ilg'ab va ilib olar edi. U har bir rolida e'tiborga tashlanib turuvchi pishiq jussa-
dor gavdasi, o'rganuvchan, ifodali yuzi, ko'tarilgan do'ng burni, ki-chik tiyrak, g'uborsiz ko'zlari
bilan tomoshabinga bir olam zavq-shavq baxsh etuvchi edi. Uning san'ati tomoshabin qalbini
larzaga solishga qaratilgan emas. U ijro mahoratining zargarona charxlan-ganligi,
qahramonlarining shiddatkor va mudom serbo'yoqligi bilan tomoshabin diqqat e'tiborini o'ziga
rom etadi.
K.S. Stanislavskiy Koklenning artistlik san'atiga yuqori baho berib, koklennamo aktyorlar
«toifasi» haqida shunday degan: «Ular qalbga nisbatan ko'proq quloq va shuurga ta'sir
ko'rsatadilar; ular hayratlantirishdan ko'ra ko'proq zavqlantiradilar. Bunday san'atning ta'siri
kuchli, lekin bu kuch uzoq saqlanmaydi. Bunday san'at kishini ishontirishdan ko'ra ko'proq
ajablantiradi*.
Koklen san'atining o'ziga xosligi uning Molyer asarlaridagi rol-larida yaqqolroq ifodalangan.
Koklen aslzoda tomoshabinlar sarxushligi chekiga tushgan burjua teatri aktyori bo'lgani holda
Mo-lyer qahramonlariga xos hajviylik ruhi va iztirobli jihatlarni ochishga intilmadi. U Molyer
hajviyasi o'rnini «qirg'oqqa sapchuv-chi» sarhushlik bilan to'ldirdi va Molyer kulgisiga «armonli
ke-chinma» sig'masligini amalda namoyish etishga intildi.
«Kulgili tannozlar»dagi Maskaril Koklenning eng muvaffaqi-yatli rollaridan biri bo'lgan.
O'tkir kulgili holatlarga boy, xush-chaqchaq bu komediya Koklen iste'dodi tabiatiga juda mos
tushgan edi. Tartyuf rolini o'ynarkan, uni dindorlik niqobiga kirgan riyokor, ikkiyuzlamachi
emas, balki yirtqich, shavqatparast kimsa tarzida ko'rsatadi.
SAHNA SAN'ATI
1864-yili «Komedi Fransez* va «Odeon» teatrlarining alohida imtiyozga egalik maqomi
bekor qilingach, Fransiyada tijoriy teatr-lar keng avj oladi. Ayni chog'da sahna san'ati rivoji ikki
yo'nalishda davom etdi: «Komedi Fransez* teatrida ikki tragik — Muna-Syulli va Sara Bernar
misolida klassitsizm ijro an'analari yashashda davom etgan bo'lsa, 1880—1890-yillar fransuz
62
teatrining birinchi professional rejissori Andre Antuanning «Erkin teatr», «Antuan teatr»larida
yangi izlanishlar olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |