Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий


MORIS METERLINK (1862-1949-y.)



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

MORIS METERLINK (1862-1949-y.) 
Asli belgiyalik adib Moris Meterlink simvolizm oqimining eng ulkan dramaturgi va 
nazariyachisi sifatida maydonga chiqdi. 
Meterlink ijodi fransuz madaniyati bilan bog'liq bo'lib, bu ijod XIX asr oxiri — XX asr 
boshlarida drama va teatr rivojiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. 
Simvolistlar hayotiy borliqni realistik tarzda ifodalash talabini ma'qul ko'rmay, olam 
mohiyati faqat shama va timsollar orqaligina anglashilishi mumkin, deb hisobladilar. Meterlink 
o'z risolalarida, foniy dunyo aql-idrok bilan anglashilmovchi, inson nazaridan uzoq. Haq olam 
hilqatining yallig'i xolos, degan fikrni olg'a surgan. Bu olamning sir-asrorini kamdan-kam eng 
komil zotlargagina, shunda ham g'ira-shira qalban his etish buyurilgan. Meterlink o'z estetikasini 
shunday falsafiy qarashlar asosida yaratgan. Uning es-tetikasida «ruhiyat teatri* nazariyasi va 
«sukut» nazariyasi alohida o'ringa ega. 
«Ruhiyat teatri» nazariyasi «kundalik turmush mushkiloti»ni ochishga qaratilgan. Sahnada 
zohiriy, ya'ni tashqi voqealar emas, balki insonning ichki hayoti, uning ruhiyat olamiga tobeligi 
ko'rsatilishi kerak. Zero «sarguzashtlar, ur-ur, sur-surlar nihoya topgan joydagina hayotning asl 
mushkuloti boshlanadi*, dramaning jon-tani bu «jonli mavjudot bilan uning taqdiri orasidagi 
taskin-baxsh va beto'xtov davom etuvchi muloqot»da namoyon boiadi, deb yozadi Meterlink. 
Lekin bunday muloqot faqat sukut orqali ro'yobga chiqadi. «Sukut» nazariyasi «ruhiyat teatri* 
nazariyasini amaliy ro'yobga chiqaruvchi uslubiy vosita tarzida tug'ilgan. Meterlink ko'zda 
tutgan muloqot, uning fikricha, faqat sukunat orqali ro'yobga chiqadi. «Odamlar orasida 
so'zlashuv yo'qoladi, lekin sukunat hech qachon yo'qolmaydi; asl hayot faqat sukunatdan ibo-
ratdir; sukunatgina iz qoldiruvchi hayotning o'zginasidir*. Meter-linkning fikricha, odamlar 
asosiy narsalar haqida so'z ochmay, ar-zimas, yuzaki narsalar haqida gapiradilar; negaki, so'z 
ko'pincha kishilarni sukunat vahimasiga tushishdan muhofaza qilib turadi. 
«Dramatik asarda, - deydi u, — dastawal kefaksiz tuyuluvchi so'zlargina asosiy hisoblanadi. 
Dramaning joni shu so'zlarda jamul-jamdir. Uzluksiz davom etuvchi dialogga yondosh tarzda 
ortiqcha tuyuluvchi yana boshqa dialog mavjuddir*. Bu yerda ichki muloqot ko'zda tutilmoqda. 
Meterlinkning estetikasida aktyor muammosi ham e'tiborli o'rin olgan. Shartli ifoda 
tamoyilini ro'yobga chiqarish alohida ijro tarzini talab etadi. «Sahnadan jonli mavjudodni 
chiqarib tashlab*, uning o'rniga ijrochi qo'g'irchoqni kiritish lozim, degan fikrni olg'a surdi u. 


59 
Uning birinchi pyesalar to'plamini 1894-yili qo'g'irchoq teatriga mo'ljallab nashr etilganligi bejiz 
emas. Lekin Meterlinkning yuqoridagi mulohazasi xomxayollikdan o'zga narsa emas. Lekin bu 
mulohazaning ma'nosini poeziya qonuniyatini anglash, inson ruhiy hayotining tub-tubiga nazar 
tashlash ishtiyoqidan kelib chiqqanligi aniqdir. Dramaturg ilk pyesalarida awalo o'z nazariyasini 
qoi-dalarini amalda namoyon etishga harakat qildi. Bu haqda A.Bloko'z taassurotlarini bayon 
etgan: «Meterlinkning G'arb dramaturgiyasi qahramonini o'g'irlab oldi, rosmana inson ovozini 
pichir-pichir, imo-ishoraga ko'chirdi, odamlarni erkin harakat, nur, havodan mahrum etib 
qo'g'irchoqqa aylantirdi. Lekin Meterlink shularni bajo keltirib, sokin bir tuynuk ochdiki
ichkarilikdan san'atning sof billur shirasi tomchilarining jarangi qulog'imizga chalinib turadi*. 
Meterlinkning «Malikayi Malen* (1889), «Chaqirilmagan», «So'qirlar» (1891), «Ichkarida» 
(1894) va «Tentajilning o'limi» (1894) pyesalari shunday estetik qarashlar mahsuli sifatida 
tug'ilgan. Bu asarlarda Meterlink ijodining ilk davriga xos tarzda inson ojizligi va insoniyatning 
halokatga mahkumligi muammosi ko'tarilgan. 
«So'qirlar» dramasida voqea o'rmonga yig'ilgan so'qirlar ah-volini tasvir etish bilan bog'liq. 
Ayozli tun qo'ynida ular nimanidir kutishmoqda. Ularni boshliq rohib qoldirib ketgan. Ular 
rohibni kutishmoqda, rohib qaytishi kerak. So'qirlar rohibning o'lgani va uning jasadi shu yerda 
ekanini bilishmaydi. Ular tasodifan jasadga turtinib ketishadi. So'qirlarni qo'rquv dahshati 
qoplaydi, negaki ular qayerda turganlari, qayerga borish va nima qilish kerakligini bilmaydilar-
da: rohibning o'limi bilan ularning yashashga bo'lgan ishonchi so'ngandek edi. Ojiz, g'aribu 
benavo so'qirlar tunning sirli jimirlashiga butun vujudlari bilan quloq tutadilar. Bola yig'isi eshi-
tiladi, uzoqdan asta kelayotgan qadam sharpalari quloqqa chali-nadi. So'qirlarni yana vahima 
bosadi. «Qadam shu yerda, oramizda to'xtadi! Kimdir keldi! U oramizda! Kimsan? Jimlik* 
«So'qirlar» asarining mazmunidan anglash mumkinki, yorug' dunyoning o'zi beqaror va 
o'tkinchi bir hilqatdir. 
Meterlinkning ilk pyesalarida taqdir qudrati, insonning kuchiga ishonchsizlik, inson 
umrining besamar va halokatga mahkumligi shoirona jo'shqin his-kechinmalar orqali 
ifodalangan. Ayni zamonda Meterlink yangi usuldagi teatr, yangi sahnaviy ifoda shakllarini 
izlaydi. 
Shuni ta'kidlash lozimki, Meterlink o'z ijodiy izlanishlarida dramaturgiya va sahnaviy ifoda 
sohasida A.P. Chexov ochgan yangiliklarga yaqin keladi. Bular kundalik turmushning alam-
iztiroblarini ochish, g'ayrioddiy qahramonlardan voz kechish, dramatik to'qnashuvlarni yangicha 
usulda tuzish, «ostki oqim», tubma'no tamoyili, sukut va kayfiyat omillaridan foydalanish kabi-
lar edi. 
XX asrning boshlarida Meterlink dramaturgiyasining tabiati o'zgara boshlaydi. 1903-yili 
yozilgan «Ko'k qush» ertagida Tiltil degan bolakay bilan uning singlisi Mitilning mo'jizaviy ko'k 
qush (ideal)ni izlab topishlari orqali Meterlink insonga mehr-shafqat baxsh etuvchi ilhom 
shavqiga to'la nafosat olamini chizib berdi. Bu yerda ko'k qush baxt va nafosat timsoli tarzida 
namoyon boiadi. 
1903-yili yozilgan «Avliyo Antoniy karomati» hajviy rivoyati burjua riyokorligini fosh 
etuvchi asar sifatida shuhrat topdi. Boy-vuchcha marhuma Ortans xonimning dafn etilish kuni 
uning qarindoshlari go'yoki achingan bo'lib yig'i ko'taradilar. Shu asnoda kutilmaganda juldur 
kiyimli afandi sifat kishi paydo bo'lib, marhu-mani tiriltirishi mumkinligini aytadi. Lekin uning 
boyligiga ega bo'lish ilinjida turgan yaqinlari buni zinhor istamas, faqat xizmat-kor qiz 
Virjinigina marhumaning o'limidan astoydil qayg'urganligi ma'lum bo'ladi. 
1949-yili chop etilgan «Janna d'Ark» dramasi Meterlinkning so'nggi asari bo'lib qoldi... 
Unda dramaturg frantsuz xalqining fi-doyi qizi Janna d'Arkning qahramonona hayoti haqida 
hayajon bilan hikoya qilingan. Muallif fashizm ustidan g'alaba qozonish yo'lida jonlarini qurbon 
qilgan vatandoshlari, Qarshilik harakati qahramonlarining mardonavor kurashiga hamohang asar 
yaratishga intilgan edi. 
Belgiya adibi Meterlinkning ijodi XIX—XX asrlar bo'sag'asida G'arbiy Ovro'po dramasi 
rivojida muhim bosqich bo'lib, u ushbu davr estetikasi va teatr amaliyoti rivojiga sezilarli ta'sir 
ko'rsatdi. 


60 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish