MUNE-SYULLI (1841-1916-y.)
Atoqli fojeiy aktyor Mune-Syulli 1872-yili «Komedi Fransez* teatrida Rasinning
«Andromaxa» asarida Orest rolida chiqib, darhol tanqidchilik e'tirofini qozonadi. Mune-Syulli
ichki kechinmalari ichki jihat bilan tashqi jihatning o'zaro mushtarakligi orqali hamda
texnikasining maftunkorona o'tkirligi bilan ham ko'zga tashlandi. Uning iste'dodi fransuz
mumtoz tragediyasi, romantik dramasi hamda Shekspir va Sofokl asarlari orqali namoyon bo'ldi.
Gyugo qahramonlari Mune-Syulli talqinida tomoshabinlar to-monidan fransuz milliy sajiyasi
eng go'zal fazilatlarining ifodasi tarzida qabul qiiindi. Qaroqchi-ritsar Emani va oliyhimmat
malay Ryui Blaz shunday qahramonlardan edi. Shekspir asarlaridagi Hamlet va Otelloni ham
fransuz munaqqidlari Mune-Syulli ijodining eng noyob namunalari qatoriga qo'shishgan. Mune-
Syulli Shekspir qahramonlarini butkul «fransuz fojeiy qahramonlik maktabi* yo'nalishida
o'ynagan. O'ziga xos talqin ayniqsa Hamlet obrazida yaqqol ko'ringan. Bu aktyorning eng
sevimli rollaridan edi. Bu rolga u o'n yilcha vaqt davomida tayyorgarlik ko'rgan. Uning Hamleti
ma'yusona o'ychanlikdan butkul xoli, sarbast, jo'shqin, qat'iyatli, cho'rtkesar, mag'rur shahzoda
tarzida ko'rindi. Izti-robli nolishlar unga yot, gumon, ikkilanish nimaligini bilmas, jasorat
ko'rsatish naqadar mushkulligini xayoliga ham keltirmas edi. Uniiig muddaosi awaldan tayinli:
bu o'ldirilgan buzrukvori qotillaridan qasos olish va taxtni qo'lga kiritishdan iborat ediki, shu
niyatni Mune-Syulli Hamleti sobitqadamlik bilan ro'yobga chiqarib boradi.
Mune-Syullining Shekspir asaridagi ikkinchi roli Otello roli edi. Mune-Syulli Otellosi
fasohatli sharq sivilizatsiyasining vakili, bahordir Mavr timsolida namoyon bo'ldi. U puturi ketib
aynigan Venetsiya respublikasining siyosatchilari qarshisida ritsarlik namu-nasining ifodasi
sifatida ko'ringan edi. Bu yerda Dezdemonaning xiyonatkorligi Otello uchun dunyoning ostin-
ustun bo'lishi yoki is-honch va ezgulikning mahv etilishini anglatmaydi. Bu yerda tao-milning
oddiygina qoidasi ishga tushadi: xotin eriga xiyonat qildimi, o'ldirilishi kerak. Otello rashkdan
emas, balki nomus tao-mili qistovi bilan shu hukmga keladi. Otelloning fojiasi shundan iboratki,
u bir yoqdan Dezdemonaga bo'lgan sevgisi tufayli iztirob chekadi, ikkinchi yoqdan burch
hukmini ado etish mas'uliyatidan azob chekadi. Shu zaylda Shekspir tragediyasida fransuz
klassit-sizmi dramasiga xos ohanglar jaranglay boshlaydi.
Lekin Mune-Syulli ijodining eng yirik namunasi Sofokl asaridagi Edip roli bo'ldi. Aktyor bu
rolni 1881-yili Fransiyaning janu-bidagi Oranje shahrida rimliklar zamonidan qolgan amfiteatr
sah-nasida o'ynagan. Edip aktyor talqinida o'ta fojeiy obraz tarzida dunyoga keldi. Mune-Syulli
antik tragediyada o'ynar ekan, Edipni taqdir izmiga qui, qat'iyatsiz kishiga aylantirib yubormadi.
Edip — Mune-Syulli taqdir hukmiga mardonavor qarshi bora oluvchi ulug'vor, mahobatli shaxs
tarzida namoyon bo'ldi. Aktyorning in-son ruhiyatiga kirish layoqati shu rolda borligini to'la-
to'kis ochildi. Edipning aybsiz aybdorligi ayon bo'ladigan sahnada Mune-Syullining o'yini
ayniqsa, hayratlanarli edi. Qisqasi, Edip Mune-Syulli talqinida tomoshabin xotirasida taqdirga
qarshi mardonavar pesh-voz chiqqan ulug'vor inson timsoli tarzida muhrlanib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |