Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Emil Zolya naturalizm uslubining asoschisi ekani. Zolyacha naturalizm nimani anglatadi 
va u teatrni yangilashda qanday ahamiyatga ega bo'ldi? 
2.
M. Meterlink olg'a surgan simvolizm timsoliy ifodalar orqali vo-qelikning ichki 
mohiyatini ochish usuli ekani; shu ma'noda meterlink-clia «ruhiyat teatri*, «sukut» tushunchalari 
nimani anglatadi? Meterlinkning «So'qirlar*. «Ko'k qush* pyesalari haqida nima deya olasiz? 
3.
Koklen qaysi rollari bilan zodagon tomoshabinlar doirasini o'ziga malum etgan? 
4.
Mune-Syulli XIX asr oxiri va XX asr boshlari fransuz sah-nasining ulkan fojeiy aktyori 
ekani; uning ijodida yuqori sahnaviy texnika bilan ichki kechinma ifodasi uyg'unligi; Mune-


65 
Syulli tomonidan Hamlet, Otello va Edip rollarining yangicha (burjuacha) talqin eiilishini 
qanday sharhlay olasiz? 
Sara Bernar go'zal, maftunkor ijro san'atining mohir namo-yandasi ekani. S. Bernar 
Margarita Gote, Fedra va Hamlet rollarida. 
5. A. Antuanning «Erkin teatr* orqali amalga oshirgan islotiotlari fransuz sahnasida hayotiy 
haqqoniylik tamoyilini tasdiqlashda qanday ahamiyatga ega bo'ldi? Antuanning teatrni katta 
adabiyotga 
asoslanishi haqidagi talablari nimani anglatadi? 
SKANDINAVIYA TEATRI 
XIX asming 60-yilIaridan boshlab Ovro'po mamlakatlari teatri repertuaridan Skandinaviya 
dramaturglari asarlari sezilarli darajada keng o'rin egallay boshlaydi. Bu asarlar qo'yilgan 
muammolarning 
o'tkirligi, obrazlarning teran va badiiy ifoda shakllarining o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. 
Norveg dramaturglaridan Ibsen, Byorn-son, shved dramaturgi Strindberg singari yetuk qalam 
sohiblari ja-hon dramaturgiyasining eng ilg'or an'analariga suyanib, mudom boy Skandinaviya 
dramaturgiyasini yaratdilar, ular bu bilan jahon dramaturgiyasini yangi bosqichga olib chiqdilar. 
Skandinaviya dramaturgiyasi, birinchi galda Norvegiya drama-turgiyasi, G'arbiy 
Ovro'poning yirik mamlakatlarida drama adabi-yotining g'oyaviy va badiiy darajasi pasaya 
boshlagan paytda gullash bosqichiga kiradi. Bu Skandinaviya mamlakatlari tarixiy taraqqiyo-
tining o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanardi. Bu mamlakatlarda iqtisodiy tizimning qayta 
qurilishi, sanoat va kapitalistik munosa-batlarning jadallik bilan ravnaq topishi san'ati ham gullab 
— yashnashiga olib keladi. 
Norveg dramaturgiyasi milliy ozodlik harakati ta'sirida milliy norveg teatrini yaratish yo'lida 
olib borilgan kurash natijasida 1840 yillarning oxiridan rivojlanish pallasiga kiradi. Ibsen va 
Byornson o'zlarining ilk romantik pyesalari bilan shu davrda maydonga chiqa boshlaydilar. 
Norveg realistik san'atiga xos ijtimoiy — tanqidiy o'tkirlik, ma'naviy komillik tamoyillariga 
Genrik Ibsen ijodida ayniqsa yaqqol namoyon bo'ldi. Ibsen zamonaviy hayotdan o'zini olib 
qochmay, balki uning aniq manzarasini chizish asosida fojiona mushkilotlarga to'la, mudom 
ko'lamdor realistik dramalar yaratdi. Ibsenning XIX asr oxiri — XX asr boshlarida jahon 
dramaturgiyasi va teatriga qo'shgan ulkan hissasi uning odatiy tasvir doirasida keng qamrovli 
realistik drama turini yaratishi bilan belgilandi. 
Ibsen pyesalari norveg dramaturgiyasining jahon dramaturgi-yasiga qo'shilgan eng ulkan 
hissasi bo'lsa-da, lekin Ibsen Ovro'po miqyosida tanilgan yagona norveg dramaturgi emas edi. 
Shuning-dek,j B.Byornsonning ijodi ham Ovro'poda keng tarqalgandi. Ma-salan, uning «Sinish» 
(1874) pyesasi Ovro'po sahnalariga ijtimoiy mavzuning kirib kelishiga yo'l ochib berdi. 
Shvetsiya realistik dramaturgiyasi ham XIX asrning ikkinchi yarmidan taraqqiy eta 
boshlaydi. O'tkir iste'dod sohibi va beorom ijodkor Avgust Strindberg bu davr shved 
adabiyotining eng yirik namoyandasi sifatida ko'rindi. U oltmishga yaqin pyesa yozgan bo'lib, 
yaxliticha realizmga asoslangan holda turli badiiy yo'nalishlarda ijod qildi. 
Dramaturgiyaning rivojlanishi teatrning ravnaq topishiga ta'sir etmay qolmadi. Ibsen va 
Byornson ijodlari Norvegiya sahna san'ati shakllanishiga zamin bo'lib xizmat qilgan 
dramaturglargina emas edi. Ular teatrda realistik nuqtayi nazarlarni tasdiqlashda bevosita ishtirok 
etgan teatr arboblari ham edi. XIX asrning so'nggi o'n yil-liklarida shved madaniyatining o'sishi 
bilan bir qatorda shved teatri ham Strindberg ijodi bilan bog'liq holda tez rivojlanish yo'liga 
kiradi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish