77
Izchil inqilobchilik hech qachon Gauptman dunyoqarashiga xos bo'Imagan. Gauptman
qurolli kurash muammosini olg'a surgan emas; nasroniylik «mehr-shafqat tuyg'usi» tufayli bu
asarni yozganligini qayd etgan.
1896-yili Gauptmanning «Cho'kib ketgan qo'ng'iroq* falsafiy-ertak pyesasi dunyoga keladi.
Asar qahramoni cho'yan quyuvchi
Genrix degan usta ulkan qo'ng'iroq yasab, uni baland tog' ustiga osib qo'ymoqchi bo'ladi. Lekin
qo'ng'iroq olib ketilayotganda ban-didan uzilib, ko'l qa'riga g'arq bo'ladi. Gauptman ertagining
fal-safiy mohiyati — olamning nomutanosibligini ta'kidlashdan iborat: unda tog' qoyasi va vodiy
misolida ma'naviylik va ma'naviyatsizlik har biri o'zicha timsoliy olam ekanligi ochib beriladi.
Vodiy — tiriklik maskani, inson tayanchi, quvonchu alami shu yerga xos; tog' go'zal, fusunkor,
lekin insoniy g'am-tashvish, baxt-sururdan xoli olam. Farishta misol shoirona timsol
Rautendeleyn — shu olamning ilhombaxshligi, go'zalligi va ezguligi timsoli.
Tadqiqotchilik adabiyotida usta Genrix oddiy odamlardan o'rganuvchi, nitsshecha «komil
inson* degan mulohazalar uchraydi. Muallif Genrixni san'atkor, ya'ni ma'lum darajada
g'ayrioddiy siymo tarzida ko'rsatgani holda zaminni tark etib, odamlarning dard-tashvishidan yuz
o'girib ijod qilishi mumkin emasligini isbot etdi. Genrixning tashlab ketgan xotini Magda dard-
xasratdan yig'lay-yig'lay dunyodan o'tadi. Bolalari onasining ko'z yoshlari to'kilgan ko'zachani
otalariga olib keladilar. Usta aybini bo'yniga olib, oxiri uyiga, do'st-birodarlari oldiga qaytadi.
Lekin Genrixning fojiasi shundaki, u endi qishloqning bo'g'iq muhitida ham, tabiatning keng
qo'nida ham yasholmaydi, Rautendeleyning oldiga qaytish chog'ida halok bo'ladi.
Genrix borliq ifodachisi Magdadan ham, ezgulik va nafosat timsoli Rautendeleyndan ham
ajralishni istamaydi: borliq orzusiz, nafosatsiz maftuni yo'q bir xilqat, lekin o'z navbatida ezgu
orzu ham zaminiy qadriyatsiz havoyi bir narsadir. Bu ikki asos birlashu-vining ilojsizligi
ertakning shoirona olamiga qayg'uli ohang baxsh etib turadi.
Xalq ijodiga xos ohanglar — sirli tabiat kuchlarining ajib bir su-ratda maftunkorona
jilolanishi, romantiklar tomonidan alohida qadrlangan san'atkor va ijodkorlik mavzui ta'rifi
timsoliy obrazlarga boy bu «Cho'kib ketgan qo'ng'iroq* ertagining yangi romantizm ruhidagi
asar ekanini ko'rsatadi. Ayni paytda mazkur pyesada Gauptman ijodiga xos tarzda tengsizlik
muhitiga nisbatan norozilik ohangi ufurib turadi.
XX asr Gauptman ijodiga yangi ohanglar olib kirdi. Dramaturg bu davrning to'lqinli
voqealarini hamisha ham to'g'ri baholay ol-gani yo'q. lekin u hayotining keyingi o'n yilliklari
davomida qator yirik dramatik asarlar yaratdiki, bular muallif ijodining dastlabki davrida
bo'lganidek insonparvarlik g'oyalariga mudom sodiq qol-ganidan dalolat beradi.
Gerxerdt Gauptmanning ijodi ko'p jihatdan XIX va XX asrlar chegarasida nemis teatrining
rivojlanish yo'llarini belgilab berishi bilan Ovro'po dramaturgiyasi va teatri rivojiga qo'shilgan
muhim hissa bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: