Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий


TOMMAZO SALVINI (1829-1916-y.)



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

TOMMAZO SALVINI (1829-1916-y.) 
Tommazo Salvini XIX asrning ulkan fojeiy aktyorlaridan biri bo'lib u o'z ijodi bilan jahon 
teatri tarixida alohida davr ochgan. 
Salvini aktyor oilasida tavallud topib, 14 yoshida Modena truppasida aktyorlik maktabini 
o'tay boshlaydi. Salvini san'atida yuksak insonparvarlik ideallari ulugianadi. U o'z 
qahramonlarining 
his-ehtiroslari, 
fe'l-atvorlarini teran 
va 
haqqoniy 
ifodalash 
bilan 
tomoshabinlarni hayratga soldi. Salvini san'atiga xos realizm ta-moyillari mahobatli, mardonavor 
insoniy obrazlarni umumlashtirish qudrati bilan ko'zga tashlandi. Salvini olg'a surgan 
insonparvarlik va qahramonlik ideallari bilan real borliq orasida yaqqol ko'zga tashlanib turuvchi 
fojiona tafovut aktyor san'atining yanada ko'tarinkilik kasb etishiga olib keladi. 
Shekspir Salvinining eng sevimli dramaturgi bo'lib, u Otello, Hamlet, Makbet, Lir, Koriolan, 
Romeo, Yago rollarini o'ynaydi. 
U qalban beg'ubor, olamga bolalarcha soddalik, umidvorlik bilan qarovchi zukko qahramon 
timsolida qahramon yaratish istagini Otello obrazida ro'yobga chiqardi. Otello roli Salvini uchun 
umr bo'yi intiqlik bilan kutiladigan va ijrochining tashqi va ichki imkoniyatlarini to'la-to'kis 
namoyon etadigan birdan bir rol bo'lib chiqdi. Salvini «Otello» asarini olam qabohatini astalik 
bilan fahmlovchi bolalarcha ishonuvchan kishining fojiasi haqidagi asar tarzida talqin etdi. 
Salvini Otellosining tashqi qiyofasi uning mardonavor va nurli qalbi bilan ajib mushtaraklik 
kasb etgan edi. Tashqi maftunkorlik, mardonavor oddiylik, ifodali ta'sirchan qiyofa, manzarali 
turish ho-latlari qo'l harakatlari bilan uyg'unlashib ketgan edi. 
Salvini Otellosi yoriga bo'lgan ishonchi barbod boigach, had-siz azob-uqubatga duch keladi. 
Endi u boshqa odamga «aylanib qolgan edi. Zahar o'z ishini qilib, qalbini ostin-ustun qilib 
bo'lgan edi. U parchalangan qalb ingroqlari-yu, mudhishona o'ychanlikni o'tab, yaralangan arslon 
misol o'kirganicha Yagoga tashlanar, o'kirishlari yana va yana avjga chiqar, bunday hayvoniy 
o'kirishlar dahshatini so'z bilan ifoda etish maholdir», deb yozgan edi tanqid-chilardan A. 
Grigorev. 
Salvini ulkan tabiiy iste'dod egasi bo'lgani holda o'ta mehnat-kashligi bilan ham ajralib 
turgan. Uning fikricha, rol ustida ishlash hech qachon to'xtamay, uzluksiz davom etishi kerak. U 
rolni ye-tiltirishda tomoshabinning ta'sir kuchiga alohida e'tibor berardi. 
O'n yillar davomida yaratilib, yuz martalab o'ynalgan rolga har spektaklda alohida 
tayyorgarlik ko'rish bu daho aktyor uchun do-imiy qoida hisoblangan. Stanislavskiy Salvinini 
kechinma san'atining eng mo'tabar namoyandalari qatoriga kiritgan. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish