Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

NEMIS TEATRI 
Nemis san'ati XIX asrning so'nggi choragida Ovro'poda keng tarqalgan naturalizm, 
simvolizm, impressionizm yo'nalishlarida rivojlanadi. Dramaturgiya ayniqsa keng ravnaq topadi. 


76 
Gerxardt Gauptman dramaturgiyasi XIX asrning oxiri XX asr boshlarida o'z ahamiyatiga 
ko'ra jahon miqyosida yirik voqelikka aylandi. Dramaturgiya ravnaqi milliy teatrning gullab-
yashnashi uchun zamin tug'dirib berdi. Aynan Germaniyada yangi teatr turi — rejissorlik teatri 
o'zining ilk natijalarini ko'rsata boshlaydi. «Meyningen teatri*. Maks Reynxardtning rejissorlik 
faoliyati shun-day hodisalardan edi. 
GERXARDT GAUPTMAN (1862-1946-y.) 
Gerxardt Gauptman ikki asr oralig'ida san'at olamida paydo bo'lgan turli yo'nalishlarga 
daxldor, favqulodda ko'p qirrali ijod so-hibi sifatida maydonga chiqdi. Gauptman dastlab 
naturalizm, so"ng simvolizm va neoromantizm yo'nalishlarini o'tib, oxiri qat'iyan re-alistik ijod 
yo'lini tanlab oladi. 
Gauptman «Tong oldida* (1889) degan birinchi pyesasidayoq o'zini ashaddiy naturalist 
sifatida ko'rsatadi. Pyesa awalida asosiy hisoblangan ijtimoiy noboplik mavzusi oxiri chetga 
surilib, uning o'rnini irsiy xastalik muammosi egallaydi: ichkilikbozlik, badxulqlik baloyi taqdir 
hukmiga aylanadi, Krauze xonadonini barbod etadi. 
«G'ariblar» (1890) asarida qahramonlarning fojiali taqdiri irsi-yat bilan emas, balki jarohatli 
muhit bilan belgilangan. Yosh olim Fokerat uyiga kutilmaganda mehmon bo'lib kelgan syurixlik 
talaba Annani sevib qoladi. U bir yoqdan qizning maftunkorona latofati-dan qalbi o'rtansa, 
ikkinchi yoqdan xotini Kete oldidagi mas'ullik hissidan eziladi. Fokerat ko'ngil izmi bilan 
yashovchi, ma'naviy komil kishi bo'lgani holda qat'iyatsizligidan Anna ketishi bilan o'zini o'zi 
boshqarolmay nobud bo'ladi. 
Yolg'izlik faqat Fokeratning qismati emas, Annani ham yolg'izlik azobi ezadi; u Fokerat 
bilan uchrashgach, oddiy ayol bo'lib baxtli yashash naqadar afzal ekanini anglaydi. Personajlar 
sa-jiyalarining yorqinligi, qalb og'riqlari, dilga uriluvchi mayin bahoriy kayfiyat — bularning 
jami «G'ariblar» asari yangi usul dramasining eng noyob namunasi ekanini ko'rsatardi. O'ziga 
xos muloqot usuli, ya'ni «begonasirab so'zlashish», kechmishning ichki tub mohiyatiga tutash 
ichki mulohazalar, dardli sukunatlar mazkur asarning favqu-lodda badiiy kashfiyot ekanini 
ko'rsatardi. Sahnaviylikning bunday ichki tahlikaviy tarzi asarga nisbatan alohida qiziqish 
uyg'otdi. 
«G'ariblar» pyesasining nomi o'sha davrda Ovro'po ziyoliy-larining ma'lum qismi orasida 
ko'zga tashlangan ma'naviy tanaz-zulning umumlashma ifodasi tarzida qabul qilindi. Mazkur 
asarda Gauptmanning ijodida bosh mavzulardan biri, ya'ni insonning tuban muhitga qarshi 
noroziligi mavzusi yetakchi mavzuga aylandi. 
Personajlar sajiyalarining yorqinligi qalb og'riqlar, dilga uriluvchi mayin bahoriy kayfiyat — 
bularning jami «G'ariblar» asari yangi usul dramasining eng ibratli namunasi ekanidan dalolat 
edi. O'ziga xos muloqot usuli, ya'ni «begonasirab so'zlashish*, kechmishning ichki tub 
mohiyatiga tutash ichki mulohazalar, dardli sukunatlar mazkur asarning favqulotda badiiy 
kashfiyot ekanini ko'rsatadi. Sahnaviylikning bunday ichki tahlikaviy tarzi asarga nisbatan 
teatrlarda alohida qiziqish uyg'otadi. Asar ilk bor 1891-yili Bramning «Erkin sahna» sida 
qo'yilib, so'ng ko'pgina Ovro'po teatrlariga kirib boradi. 1899-yili yangi tuzilgan Moskva Badiiy 
teatrida qo'yiladi. 
Gauptman «G'ariblar»da ziyolilar hayoti haqida hikoya qilgan bo'lsa, mashhur dramalaridan 
biri «To'quvchilan>da (1892) quyi ta-baqa hayotiga murojaat etadi, fabrika egalariga qarshi bosh 
ko'targan Seliziya ishchilari obrazlarini yaratadi. Muallif to'quvchilarni xayrixohlik bilan 
ko'rsatgan bo'lsa, korxona egasi, bebosh Dreysigerni qahr-g'azab bilan ko'rsatadi. 
G. Gauptman dramasda to'quvchilar ongining shakllanish jarayoni qo'zg'olonning ayjlanish 
bosqichlarini chizish orqali ochib berilgan. Birinchi pardada ishchilar ochiik, xo'rlik azobini 
boshdan kechirsalarda, tarqoq va sustkash olomon tarzida gavdalanadi. Ikkinchi pardaning 
oxirida to'quvchilar Xorining kurashga chorlovchi qo'shig'i (Gauptman qo'zg'olon chog'ida 
chindan ham aytilgan qo'shiqni kiritgan edi) sahnasidan boshlab ishchilar norozilik g'oyasi 
ta'sirida uyishib, qudratli kuchga aylanib borishi yaqqol ko'zga tashlanib turadi. 


77 
Izchil inqilobchilik hech qachon Gauptman dunyoqarashiga xos bo'Imagan. Gauptman 
qurolli kurash muammosini olg'a surgan emas; nasroniylik «mehr-shafqat tuyg'usi» tufayli bu 
asarni yozganligini qayd etgan. 
1896-yili Gauptmanning «Cho'kib ketgan qo'ng'iroq* falsafiy-ertak pyesasi dunyoga keladi. 
Asar qahramoni cho'yan quyuvchi 
Genrix degan usta ulkan qo'ng'iroq yasab, uni baland tog' ustiga osib qo'ymoqchi bo'ladi. Lekin 
qo'ng'iroq olib ketilayotganda ban-didan uzilib, ko'l qa'riga g'arq bo'ladi. Gauptman ertagining 
fal-safiy mohiyati — olamning nomutanosibligini ta'kidlashdan iborat: unda tog' qoyasi va vodiy 
misolida ma'naviylik va ma'naviyatsizlik har biri o'zicha timsoliy olam ekanligi ochib beriladi. 
Vodiy — tiriklik maskani, inson tayanchi, quvonchu alami shu yerga xos; tog' go'zal, fusunkor, 
lekin insoniy g'am-tashvish, baxt-sururdan xoli olam. Farishta misol shoirona timsol 
Rautendeleyn — shu olamning ilhombaxshligi, go'zalligi va ezguligi timsoli. 
Tadqiqotchilik adabiyotida usta Genrix oddiy odamlardan o'rganuvchi, nitsshecha «komil 
inson* degan mulohazalar uchraydi. Muallif Genrixni san'atkor, ya'ni ma'lum darajada 
g'ayrioddiy siymo tarzida ko'rsatgani holda zaminni tark etib, odamlarning dard-tashvishidan yuz 
o'girib ijod qilishi mumkin emasligini isbot etdi. Genrixning tashlab ketgan xotini Magda dard-
xasratdan yig'lay-yig'lay dunyodan o'tadi. Bolalari onasining ko'z yoshlari to'kilgan ko'zachani 
otalariga olib keladilar. Usta aybini bo'yniga olib, oxiri uyiga, do'st-birodarlari oldiga qaytadi. 
Lekin Genrixning fojiasi shundaki, u endi qishloqning bo'g'iq muhitida ham, tabiatning keng 
qo'nida ham yasholmaydi, Rautendeleyning oldiga qaytish chog'ida halok bo'ladi. 
Genrix borliq ifodachisi Magdadan ham, ezgulik va nafosat timsoli Rautendeleyndan ham 
ajralishni istamaydi: borliq orzusiz, nafosatsiz maftuni yo'q bir xilqat, lekin o'z navbatida ezgu 
orzu ham zaminiy qadriyatsiz havoyi bir narsadir. Bu ikki asos birlashu-vining ilojsizligi 
ertakning shoirona olamiga qayg'uli ohang baxsh etib turadi. 
Xalq ijodiga xos ohanglar — sirli tabiat kuchlarining ajib bir su-ratda maftunkorona 
jilolanishi, romantiklar tomonidan alohida qadrlangan san'atkor va ijodkorlik mavzui ta'rifi 
timsoliy obrazlarga boy bu «Cho'kib ketgan qo'ng'iroq* ertagining yangi romantizm ruhidagi 
asar ekanini ko'rsatadi. Ayni paytda mazkur pyesada Gauptman ijodiga xos tarzda tengsizlik 
muhitiga nisbatan norozilik ohangi ufurib turadi. 
XX asr Gauptman ijodiga yangi ohanglar olib kirdi. Dramaturg bu davrning to'lqinli 
voqealarini hamisha ham to'g'ri baholay ol-gani yo'q. lekin u hayotining keyingi o'n yilliklari 
davomida qator yirik dramatik asarlar yaratdiki, bular muallif ijodining dastlabki davrida 
bo'lganidek insonparvarlik g'oyalariga mudom sodiq qol-ganidan dalolat beradi. 
Gerxerdt Gauptmanning ijodi ko'p jihatdan XIX va XX asrlar chegarasida nemis teatrining 
rivojlanish yo'llarini belgilab berishi bilan Ovro'po dramaturgiyasi va teatri rivojiga qo'shilgan 
muhim hissa bo'ldi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish