betayanch bo'lib yolg'izlanib qoladi, uning ozodlik haqidagi ezgu intilishi armonga aylanadi.
Lekin qilmishidan afsus chek-maydi, aksincha, ko'rsatgan jasoratini o'z iroda kuchining tasdig'i
tarzida baholaydi. Pyesa qahramonlarining yurt ozodligi haqidagi o'y-mulohaza, jo'shqin
chaqiriqlari parijliklarda vatanparvarlik hissini uyg'otmay qolmadi. Orest: «Parvardigorning
karami keng. U shafoatini darig' tutmas», degan umidvorlik bilan yaqin orada Fransiya
ozodlikka chiqishini bashorat qiladi.
Jonli obrazlarni siyosiy va falsafiy tarafkashlik ruhida ifodalash Sartr ijodining keyingi
bosqichida yetakchi o'ringa chiqadi. «Вегк eshik ortida» (1944) degan bir pardali pyesasi
muallifning shunday falsafiy qarashlari aks etgan asar hisoblanadi. Voqelikka tarafkashlik
ruhida qarash uning «Нагот qo'llar* (1948), «Dafnsiz qolgan murdalat> (1946) pyesalarida
ham o'z ifodasini topgan.
ABSURD TEATRI
1950-yillarning boshlarida Ejen Ioneskoning «Kal bosh qo'shiqchi ayol», «Dars»,
«Kursilar» pyesalari Parij teatrlarida paydo bo'lgach, tanqidchilar ularni «bema'nilik-absurd»
deb g'ovg'o ko'tardilar. Chindan-da, ularda inson qilmishlari mashara ostiga olingan, inson aqli
to'mtoq, betayin, g'irt ma'nisizlik na-munasi tarzida tasvir etilgan edi. Lekin teatrdagi bu
yo'nalish davom etaverdi. «Absurd teatri* deb nom olgan bu teatrning asoschilaridan Ionesko
1970-yili Fransiya san'at Akademiyasi a'zosiga aylanadi, Bekket 1969-yili Nobel mukofoti bilan
taqdirla-nadi.
«Absurd teatri» endilikda o'z umrini o'tab bo'lgan, lekin o'sha davrda voqelikka yangicha
yondashuvlari, g'aroyib usullar bilan in-sonni ma'naviy komillikka da'vat etuvchi san'at
yo'nalishi sifatida maydonga chiqqan edi. Odatdagi teatr va dramaturgiyaga zid o'laroq
insonning bunyodkorlik salohiyatini ko'rsatish bu teatr uchun butkul yot edi. Bekket, Ionesko
qahramonlari nainki kuch-g'ayratdan, hatto, fikrlash layoqatidan ham mahrum kimsalar tarzida
ko'rinadilar.
Semyuel Bekket
(1906—1989) millatiga ko'ra irland, o'z roman va pyesalarini fransuz va
ingliz tillarida yozgan. Uning «Godoni kut-ish» (1952) degan eng mashhur pyesalaridan birida
Vladimir va Es-tragon o'z xojasi Godoni kuta-kuta butun voqea davomida o'z tayin-sizligini
namoyon etadi. Asarning ikkinchi pardasida bu ikki ishtirok-chi yana o'sha kutish manzilida
ko'rinadilar. Kuta-kuta zerikkan Es-tragon: «Ketaylik», deydi. Vladimir — «ketaolmaymiz»,
Estragon — «nega», Vladimir — «Godoni kutyapmiz*, Estragon — «ha-ya, to'g'rb, deydi. Godo
sahnada paydo bo'lmaydi. Kutishning o'zi bema'nilik ekani bu kimsalarni bezovta qilmaydi.
Ejen Ionesko
(1912—1994) ijodida, ayniqsa, fojeiy fars janriga oid asarlar ko'p o'rin olgan.
Ionesko ham Bekket kabi o'z asar-larida inson hayotining o'tkinchi va ko'pikdek omonat ekanligi
g'oyasini olg'a surgan. «Kursilar» (1951) asarida aql-hushi kirdi-chiqdi bo'lib qolgan chol bilan
kampir obrazlari orqali borliqning ma'nosizligi haqida so'z ochilgan.
Bekket va Ionesko asarlarining dunyo sahnalarida muvaffaqiyat qozonishining bosh
sabablaridan biri ularda inson shaxsi muammosi xolisona va keskin qo'yilishi bilan izohlanadi.
Bunga Ionesko ijodining ajoyib namunalaridan bo'lmish «Karkidonlar» (1959) pyesasi misol
bo'lishi mumkin. Bu pyesa 1997-yil «Ilhom» tajribaviy teatrida ham sahnalashtirildi.
«Absurd teatri* umrini o'tab, tarix mulkiga aylangan hozirgi kunda tanqidchilar
absurdchilar asarlariga qayta baho berib, ularda inson hayotining mushkulotlari haqida chuqur
falsafiy fikrlar ifoda etilganligini, lonesko va Bekket o'z davrining buyuk gumanistlari qatorida
Do'stlaringiz bilan baham: |