4Ю.Кагарлицкий. Театр на века. М. 1987.
5 Бартошевич А. Шекспир на английской сцене. М., 1985.
6 Зннгерман В. Очерки истории драмы 20 в. М., 1979.
7 Бушева С. Полвека Итальянского театра Л., 1978.
8 С. Турсунбоев Хорижий театр тарихи. Т.,1997
9 Гительман Л.И. Из истории французской режиссуры. Л., 1976.
Ikkinchi jahon urushida fashizmning tor-mor etilishi, erk yo'lida olib borilgan g'olibona
Qarshilik harakati Ovro'poning ko'pgina mamlakatlarida vatanparvarlik tuyg'usini kuchaytirib
yub-ordi. Shu qatori omma ongining o'sishi, badiiy ziyolilarning xalqqa yaqinlashuvi samarasi
o'laroq Fransiyada Jan Vilar boshchiligidagi «Milliy Xalq teatri* (TNR), Italiyada Jordjo
Streler va Paolo Grassilarning «Pikkolo Teatro de Milano* jamoalari demokratik teatr
harakatining oldingi safida borib, ijtimoiy zulm va adolat-sizlikka qarshi demokratik
kuchlarning uyushuvi uchun kurash olib bordi. Fransiya «Absurd teatri» (J. Jene, S. Bekket, E.
Ionesko) esa yangi urush xavfi avj olgan yillari ma'lum ijtimoiy doiralarda tug'ilgan umidsizlik
kayfiyatini ifoda etdi.
50—60-yillar Angliya ijtimoiy-siyosiy hayotining keskin zid-diyatli manzaralari «alamzada
yoshlar* dramaturgiyasida, Germani-yada yangi fashistik harakatlarga qarshi qaratilgan
«hujjatli drama* namunalarida aks ettirildiki, bular yangi davr teatrining muhim ta-moyillarini
belgilar edi. Fransiyada J. Sartr, AQSH da T. Uilyams, A. Miller drama san'atining yangi
yo'nalishlarida ijod qiladilar.
FRANSUZ TEATRI
JAN POL SARTR (1905-1985-y.)
Jan Pol Sartr yirik nasr ustasi va ekzistensializm falsafa mak-tabining nufuzli rahbari
sifatida tanilgandan so'ng dramaturgiyaga kirib keldi. Ijodiyotda u ma'lum ma'noda o'z falsafiy
qarashlarini ifoda etdi. Tarixiy sababiyat inkor etiluvchi bu falsafiy maktabda asosan axloqiy
muammolar idrok etiladi: foniy dunyoning o'tkinchiligi, olamda yuz beruvchi har bir narsaning
insonga bog'liqligi va uning alohida mas'ulligi bu falsafa tizimining asosiy muammolaridan
hisoblanadi.
Sartr asarlari — inson borliqning intiqomli sinovlariga bardosh bera oladimi-yo'qmi, bu
uning musibatli lahzalarda eng maqbul «ezgulik yo'li»ni tanlashiga bog'liq, degan falsafiy
qoidasiga asoslangan. Sartr qahramonlari «ilojsizlik» vaziyatida tayanch izlash azobi og'ushida
ko'rinadilar va shundan uning pyesalari masal-matal shakliga ko'chib, falsafiy ma'no kasb etib
boradi. Sartr o'z fikr-o'yini inson ruhiy olamining tub-tubiga qaratadi, ruhiy ulug'vorlik,
insonning kuch-qudratini ko'z-ko'z qilishga intiladi. Sartrning aql-idrok ustuvorligi g'oyasi
fashizm istibdodiga qarshi qaratilganligi uchun ham urush yillari bu g'oya alohida qadr topdi.
Sartr «Bibliya»dan olingan birinchi pyesasini 1940-yili qamoq-xonada yozdi va shu bo'yi
teatrning targ'ibot minbariga aylanishini ko'zlab, «Pashshalar» (1942) asarida qarshilik
harakati g'oyalarini ifoda etishga harakat qildi. Asarni Sharl Dyullen sahnaga qo'ydi va
chindan-da, bu pyesa urush yillari da'vatnomaga aylandi.
96
Sartr «Pashshalar»da Orest haqidagi qadimgi rivoyatdan foy-dalanib, xo'rlangan, lekin
bo'yin egmagan Fransiya haqida so'z ochgan edi. Tomoshabinlar Orestni qarshilik harakatining
qah-ramoni tarzida qabul qilgan bo'lsalar, Kletemnestrani kelishuv-chanlik, marosasozlik
g'oyasining ifodachilari tarzida qarshi oldilar. Itoatda yashashga o'rganib qolgan Argos xalqi
Orest tomonidan mustabid hukmdorning o'ldirilishini g'ashlik bilan qarshi oladi. Orest
Do'stlaringiz bilan baham: |