Juan», Aristovanning «Tinchlik» (o'zi Trigey rolida) kabi asarlarni sahnaga qo'yadi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Jan Pol Sartr fransuz intelektual dramasining yirik namoy-andasi sifatida. Ekzistensializm
falsafasining asoschisi Sartr o'z ta'limoti ta'sirida «Pashshalar» asarini masal shaklida yaratib,
unda ruhiy ulug'vorlik — inson qudratining ifodasi tarzida yurtdoshlarini fashizmga qarshi
turishga da'vat etganligi. «Pashshalar» asarida Orest va Klitemnestra obrazlari qanday timsoliy
ma'noga ega?
2.
«Absurd teatri»da kishilar nega betayin, beburd, ma'nisiz tarzda ko'rsatilgan? S. Bekket
va E. Ionesko asarlari haqida nima deya olasiz?
3.
«Komedi Fransez*, «Milliy Xalq Teatri»ning ko'ngil ochar tijorat teatrlari faoliyatiga zid
ravishda fransuz sahnasining eng xalqchil hayotiy teran an'analarini davom ettirib
kelayotganligi, Jan Vilar va Jerar Filip ijodi haqida nimalarni bilasiz?
98
INGLIZ TEATRI
Ingliz teatr san'ati urushdan keyingi dastlabki yillarda tanglik davrini boshdan kechirdi.
Angliya teatri hayotida yangi ijodkorlar avlodining yetishib chiqishi bilan 50-yillarning
o'rtalaridan tub o'zgarishiar ro'y bera boshlaydi.
1956-yilning 8-may kuni keyinchalik Angliyaning ko'plab ta-raqqiparvar ijodkorlarini o'z
safiga olgan yangi teatr harakatiga asos solindi. Yigirma yetti yoshli aktyor Jon Osborn,
teatrning badiiy rahbari Jorj Devin va 8-may kuni Osborn pyesasi asosida «Qahr ila boq»
pyesasini sahnaga qo'ygan rejissor Toni Richardson ana shu harakatga boshchilik qildilar.
Angliya badiiy hayotiga Osborn bilan birga dramaturglarning yangi avlodi kirib keladi.
Ular Sheyla Dileni, Arnold Uesker, Jon Arden kabilar edi. Munaqqidlar ularning nomini
«alamzada yoshlar* degan ta'bir bilan muhrladilar. «Qahr ila boq» pyesasi yangicha teatr
yo'nalishining dastlabki namunasi edi. O'z sahnasini yosh adiblarga bo'shatib bergan «Royal
Kort» teatri yangi drama-turgiyaning chinakam targ'ibotchisi bo'ldi.
Jo'n Osborn
(1929—1994)ning «Qahr ila boq» pyesasi ikkinchi jahon urushidan keyin
shakllangan avlod hikoyasi edi. Jimmi Porter dorilfununni tugatadi~yu kasbiga yarasha ish
topolmay, qarz ko'tarib, kichik qandolatchilik do'konini sotib oladi. Porter yuqori tabaqali
Elisonga (otasi va akasi yuqori amaldor) ga uylanadi.
Asar voqeasi Londonning chetida, Jimmi uyida uch oqshom davomida bo'lib o'tadi.
Gazetalar o'qiladi, tortishuv va munozara-lar avjga chiqadi. Jimmi xotinining otasinikiga ketib
qolishi, shu asnoda Jimmining boshqa ayolga ko'ngil qo'yishi, er-xotinning jan-jallashuvi, so'ng
yana yarashuvi bosh qahramonning ichki halovat-sizligi ifodasi tarzida namoyon bo'ladi.
Jimmining chakka o'tib, ya-shashga yaroqsiz rutubatli kulbasi jamiyat, yashashning ma'nosi
haqidagi qaynoq munozaralar dargohiga aylanadi. «Bizning av-lodimiz kishilari ulug' ideallar
uchun jon berolmaydigan bo'lib qoldilar,- deydi Jimmi, — negaki o'sha ideallar biz
bolaligimizda, o'ttizinchi va qirqinchi yillarda tamom bo'ldi». U urushdan keyingi yillarda
Angliya voqeligida otasining axloqiy va ijtmoiy ideallariga o'rin topilmaydi; gazetalarda
ayyuhannos solinib, targ'ib etiluvchi qadriyatlar Jimmi nazarida allaqachon ma'nosi yo'qolgan
soxta ideallar bo'lib chiqadi.
Jimmi Porter «o'zi alohida bir olam», XX asrning «ortiqcha kishisi» edi. U ezgu ideallar sari
intilib, o'z doirasi, ona makonidan siljib, dorilfunun ilmini olsa-da, biron-bir imtiyozga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |