yuzi qu'yosh taftida pishgan, diydasi qattiq, jisman baquwat qariya va butun borlig'i bilan
shafqatsiz, beboshlik ola-mining kishisi edi. U katta qizlarining mehr-shafqatiga ishongani
uchun taxtdan voz kechmaydi; u hayotdan charchab, to'yib bo'lgan va endi befayz, g'addor
olamdan o'zini olib qochishni istardi. Lekin, bir xomxayollikka yo'l qo'yadi; ko'ngliga urgan
olamni tark etish mumkin, lekin bu olamdan qochib qutilib bo'lmas, u ya-shagan jamiyat
qotillaru qurbonlar olami bo'lib chiqadi.
Piter Bruk — Angliyaning nomi chet ellarda keng ma'lum rejis-sorlaridan bin. 1970-yili
uning boshchiligida Parijda teatr tadqiqotchiligi Xalqaro Markazi tashkil topadi. Bruk Parijga
kelib, turli mamlakatlar aktyorlari ko'rigini o'tkazadi va shu bahonada si-yqa andozalardan holi,
erkin ijod qilishga qodir malakali aktyorlar tarkibida kichik truppa tuzadi: U teatr
tadqiqotchiligi zimmasiga yer yuzida yashovchi har bir insonga tushunarli teatr shakllarini
tiklash vazifasini qo'ygan edi. U teatrni yangilash vositalarini izlab, xalq tomosha shakllariga
murojaat etadi. Ovro'po va Sharq teatri-ning qadimgi an'analarini tiklaydi. 1991-yili Piter Bruk
O'zbe-kistonda bo'lganida Qashqadaryo «Muloqot» studiyasining «Jononga bordim bir kecha»
(Hamzaning «Kim to'g'ri?* asari asosida) spektaklini ko'rib, uning xalq qiziqchilik teatri
an'analariga asoslanganligiga yuqori baho berdi va P. Bruk tashabbusi bilan mazkur asar o'sha
yili «Avinon festivalida* namoyish etildi.
Piter Bruk aktyor bilan tomoshabin orasidagi to'rtinchi devorni yo'qqa chiqaruvchi
vositalarni aktyorni ichki zo'riqishlardan xalos etish yo'llarini izlaydi. Shekspirning «Afinalik
Tirnon* (1974), «Наг narsaning me'yori yaxshi» (1978), 1985-yili yaratilib, so'ng Toshkentda
namoyish etilgan 7 soatlik «Mahobhorat» spek-takllarida Piter Bruk teatrning ifoda imkonlari
naqadar kengligini namoyish etish maqsadlarini olg'a surgan edi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Jon Osborn «Alamzada yoshlar* dramaturgiyasi yetakchisi
sorboni sifatida: Uning «Qahr ila boq» asarining «Royal Kort» teat-
rida qo'yilishi ingliz teatrida yuz bergan burilish nuqtasi ekanligi. Nega
bosh qahramoni Jimmi Porter bo'lgan bu asar keng shuhrat qozondi?
Adiba Sheyla Dileni «Asal mazasi» pyesasi bilan yoshlarga po-etik teatr uchun yo'l
ochganligi; Dileni qahramonlari shikasta qalb, nozik didli insoniy timsollar ekani.
2. Ingliz sahnasida Shekspir asarlarining yangicha talqin etilishi.
L. Olivye rahbarligida «Milliy teatr»ning ochilishi. Olivyening Otello,
Sheylok rollarni irqiy tenglik mavzusi nuqtayi nazaridan talqin etganligi.
Pol Skfild va Piter Brukning Shekspirning «Romeo va Jul-yetta», «Hamlet», «Qirol Lir»
asarlari ustidagi izlanishlari. Skofild Merkutsio, Hamlet va Lir rollarida.
Piter Brukning teatr ifoda omillarini yangilash ustidagi izlanishlari va olamshumul
muvaffaqiyatlari.
ITALIYA TEATRI
1950-yillarning boshlarida Italiyada xalqaro miqyosda e'tirof etilgan san'at dunyoga keldi.
Bu, awalo, kino san'atida «neo-relizm» nomi bilan o'z ifodasini topdi. Roberto Rasselinining
«Rim ochiq shahar» filmi italyan kinosidagina emas, shu qatori umumja-hon kino san'atida ham
yangi davrni boshlab berdi.
101
Urushdan keyingi italyan dramaturglari orasida ikki yirik drama-turg alohida o'rin tutadi.
Bular realist san'atkorlardan Alberto Moravia va Eduardo De Filippo edi. Birinchisi tez-tez
teatrga murojaat etuvchi adib hisoblansa, ikkinchisi aktyor, rejissor va dramaturg sifa-tida
ko'rindi. Moravia asarlari teatrga aylanuvchi adabiyot bo'lsa, De Filippo komediyalari
adabiyotga aylanuvchi teatrdir.
Eduardo De Filippo
(1900-1984) bolalik chog'idayoq o'zini teatr quchog'iga urgan edi. U
1916-yili birinchi ustozi Eduardo Skar-pet truppasiga kiradi va opasi Titana bilan birgalikda
rollar o'ynaydi, 1930-yili esa opasi va ukasi Peppino bilan o'z truppasini tuzadi.
Eduardo De Filippo dramaturgiyasi urushdan keyingi yillarda gullash bosqichiga kiradi. U
«Neapol — millionerlar shahri* (1945), «Filumena Marturano» (1946) asarlari bilan
Italiyaning eng yirik realist san'atkorlari qatoriga kiradi.
Eduard De Filippo asarlari hozirjavobligi bilan to-moshabinlarni o'ziga maftun etardi. U
italyan zamonaviy hayotini chizishga juda usta edi. «Komediya san'ati* (1965), «Silindr»
(1966), «Shartnoma» (1967), «Haykal», «Imtihon hech qachon tu-gamas» (1973) komediyalari
italyan dramaturgiyasining eng sara namunalariga aylandi. 1973-yili eng sara dramatik
asarlari uchun xalqaro mukofot berilar ekan, u o'z ijodi haqida shunday degan edi: «Mening
pyesalarim asosini shaxs bilan jamiyat o'rtasidagi zid-diyat belgilaydi. Voqea odatda biron-bir
hissiy xatti-haraktdan boshlanadi. Kimsa adolatsizlikdan noliydi, nobop odatlarni la'natlaydi.
Meni ijtimoiy ma'nosi tor g'oya qiziqtirmaydi, negaki, ma'nosi tor narsaning jamiyatga nafi
tegmaydi... Agar mening pye-samda sakkiz personaj bo'lsa, to'qqizinchisi tomoshabindir. Aynan
tomoshabinga asosiy diqqatimni qarataman, negaki mening shubha va andishalarim shu
tomoshabin orqali ravshan tortadi*.
Eduardo De Filippo komediyalarida sahna bilan tomoshabin orasidagi o'zaro bog'liqlik o'ta
tig'izdir. Shu ma'noda san'atkorning estetik muddaosini yaqqol aks ettiruvchi «Komediya
san'ati» pye-sasi e'tiborlidir. Unda muallifning san'atga nisbatan yuksak fu-qarolik talablari o'z
ifodasini topgan.
SAHNA SAN'ATI
Italiya poytaxti Rimda har oqshom qirqtadan ortiq tomosha namoyish etiladi. Milandagi
mashhur «La Skal» teatridan keyin ik-kinchi o'rinda turuvchi Rim opera teatri, Italiyaning eng
yetuk drama teatrlari, turli estrada, operetta, tungi klublar har oqshom o'n minglab rimlik va
mehmonlardan iborat san'at ishqibozlarini o'z bag'riga oladi.
Bir necha asr davomida o'zgarishsiz kelayotgan italyan drama teatrlari tizimi urushdan
keyingi yillarda tub o'zgarishlarga duch keladi.
1947-yilning 14-mayida Milanda «Pikkolo Teatro di Milano* degan birinchi italyan stabile
— teatri M. Gorkiyning «Tubanlikda» asari bilan o'z pardasini ochadi.
Jorj Streler
(1921-1997) Milan «Pikkolo» teatrining asoschilaridan biri bo'lib, u jamoaning
tashkiliy davridan uning repertuariga milliy va jahon mumtoz dramaturgiyasi hamda zamonaviy
asarlarni kiritib keldi.
Streler tomonidan sahnalashtirilgan Goldonining «Ikki boyga bir malay* asari misolida teatrda
doimiy yashovchi milliy spektakl dunyoga keldi. U «teatrda teatr* shaklida qo'yilgan edi:
Goldoni davrining sayyoh truppa aktyorlari shahar maydoniga qurilgan sah-nada paydo
bo'lishar va Arlekin haqidagi hangomaviy tomoshaga jon kiritishardi. Tomoshabin komediya
voqeasi bahonasida XVFII asr aktyorlarining turmush tarziga guvoh bo'lishar edi.
Rejissor atoqli aktyor Marchello Moretti misolida Arlekin rolining benazir ijrochisi, har bir
so'zi, xatti-harakati va gavda jilolarida nafosat va xushchaqchaqlik shukuhi ufurib turardi. Tirik-
chilik dardida Beatriche va Florindo degan ikki aslzodaga xizmat-kor bo'lib yollangan uchar
Arlekin taxta sahnada quyundek paydo boiar, ikkala hojasiga sezdirmay, har ikkalasining
topshirig'ini ado etar va yana quyundek g'oyib bo'lar edi.
Zamonaviy italyan teatrining an'analar bilan bog'liqlik tarzi rejissyorning Pirandello
asarlarining sahnaviy talqinlarida davom ettirildi. «Tog' pahlavonlari» (1947, 1966), «Bugun
102
oqshom badi-hago'ylik qilamiz» (1949), «01ti personaj muallifini izlaydi* (1953), «Tentak»
(1954) spektakllarida u fojiona to'qnashuvlarni ochib beradi.
Strelar rejissurasiga xos falsafiy ko'lamdorlik, realistik tamoyil-larning shoirona obrazlilik bilan
uyg'unligi jahon dramaturgiyasi asarlarida, awalo, Shekspirning «Richard II» (1948), «Qiyiq
qizning quyilishi» (1949), «Richard lib (1950), «Yuliy Sezar* (1953), «Qirol Lir» (1973) va rus
dramaturgiyasidan Ostrovskiyning «Mo-maqaldiroq* (1947), Gogolning «Revizor» (1952),
Chexovning «Chayka» (1948) kabi asarlarida keng namoyon bo'ldi.
Jon Strelerning 1982-yili Parijda tashkil etilgan «Ovro"po teatri»ga rahbar sifatida taklif
etilishi uning yuqori xalqaro nufuzi-dan darak beradi. Ushbu teatrning birinchi mavsumini
ochish hu-quqi «Pikkolo» teatriga berildi.
Milan «Pikkolo Teatro* si urushdan keyingi italyan teatri rivo-jiga kuchli ta'sir ko'rsatdi.
1951-yili teatr qoshida ochilgan teatr maktabi Rim drama san'ati akademiyasi qatori Italiyada
asosiy teatr o'quv yurtlaridan bin sifatida xizmat ko'rsatib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |