CHEXOSLOVAKIYA TEATRI
Karel Chapek (1890-1938) o'ziga xos izlanishlari bilan umum-jahon dramaturgiyasiga katta
hissa qo'shgan atoqli chex dramatur-gidir. U murakkab izlanish yo'lini bosib o'tdi. «Qaroqchi»
(1920) degan ilk pyesasida u har bir inson o'zi bir olam, uning qismati ijti-moiy jarayonga
daxlsizdir, degan g'oyani olg'a surgan edi.
K. Chapek, hokimiyat tepasiga fashistlar kelgach, 1934-yildan o'z asarlarida fashizmni fosh
etishga kirishadi. 1937-yilda yozilgan «Oq o'lat», 1938-yilda yozilgan «Ona» pyesalari XX
104
asrda inson va insoniyat boshiga tushgan ko'rgiliklar haqidagi iztirobli o'y va mu-lohazalarga
to'la asarlar tarzida dunyoga keldi.
Ayniqsa, Chapek ijodining cho'qqisi bo'lgan «Ona» pyesasi adib nomini jahonning eng ilg'or
dramaturglari qatoriga olib chiqadi. Adib mazkur pyesada inson hayotining ma'no va mohiyati
muammosini o'rtaga qo'ygan. Asarga jonsarak onaizor Dolores xonadonining hayoti asos qilib
olingan. Voqea jangda halok bo'lgan ota xonasida sodir bo'ladi. Farzandlar ham ota yo'liga
sodiq qoladilar: uchuvchi Irji ilm-fan, texnika taraqqiyoti yo'lida o'zini qurbon qiladi.
Olishuvlarning ikki tomonida turib, har bin o'z e'tiqodi yo'lida kurashgan egizak aka-uka Petr va
Kornel halok bo'ladilar. Fikr va intilishlari bir-biriga ters kelib qolgan egizaklar-ning o'zaro
olishuvlari pyesada asosiy yo'nalishni tashkil etgan. Aka-uka olishuvi onani og'ir iztirobga
soladi, u har ikkovining jonini saqlab qolish dardida azob chekadi. Chapek, «Hayot degani
nima?» «Yashashning ma'no va mohiyati nimada?» degan muammo atrofida bahs yuritgan edi.
Muallifning xulosasi qat'iy: hayot — yuksak ezgulikka xizmat qilishdir. Ona erining ham far-
zandlarining ham, tanlagan yo'lini onalik mehr-muhabbati qarshi-sida bir pul deb hisoblaydi:
ota mustamlakachilik urushida mahalliy aholini qirsa, o'g'li doktir Ondra shu aholini bezgak
o'latidan qutqaray deb halok bo'lsa, egizaklardan biri (Kornel) akasi Petrni otib tashlagan
kishilar tomonida kurashsa — bular ahmoqlikning aynan o'zi emasmi, deya jazavaga tushadi
ona.
Lekin dafatan kichik yurtga istilochilar bostirib kiradi, yurt qonga botadi. Ona so'nggi
o'g'lini qirg'inbarotdan asrab qolishga urinadi, lekin yurtning oh-zorlarini xayoliga keltirib,
o'ylanadi, ru-han azob chekadi. Uni shahid ketgan o'g'illarining ruhi-xotirasi qiynaydi,
yashashning qadr-qimmati nimada ekanini qalban his etishga urinadi va, nihoyat, so'nggi
o'g'liga qurol tutqazib, yurt himoyasiga yo'Ilaydi. Chapek timsoliy ifoda omillaridan mohirona
foydalanadiki, bular keng qamrovli voqealarni ixcham va tig'iz rivqjlantirishga olib keladi.
Ishtirokchi shaxslarning har biri o'ziga xos yashash, intilish tarziga ega bo'lish bilan bir
qatorda, ular badiiy umumlashtirilganligi bilan ajralib turadi.
K. Chapekning «Ona» pyesasi fashizm va vabosiga qarshi ku-rashga chorlovchi asar bo'lgani
uchun ulkan ijtimoiy ma'no kasb etdi va dunyoning ko'plab teatrlarida, shu jumladan, o'zbek
teat-rida ham sahna yuzini ko'rdi. «Ona» asari K. Mirmuhamedov tar-jimasida iste'dodli
rejissor marhum Mahmud Tolipov tomonidan Samarqand teatrida sahnaga qo'yildi. Atoqli chex
dramaturgining boshqa bir asari — «Oq o'lat» pyesasi esa M. Uyg'ur nomidagi San'at
institutida Mahkam Muhamedov rejissorligida diplom spek-takli sifatida sahnalashtirildi.
SHVETSARIYA TEATRI
Shvetsariya betaraf mamlakat sifatida G'arbiy Ovro'po mam-lakatlari orasida alohida o'rin tutib
Do'stlaringiz bilan baham: |