TOMMAZO SALVINI (1829-1916-y.)
Tommazo Salvini XIX asrning ulkan fojeiy aktyorlaridan biri bo'lib u o'z ijodi bilan jahon
teatri tarixida alohida davr ochgan.
Salvini aktyor oilasida tavallud topib, 14 yoshida Modena truppasida aktyorlik maktabini
o'tay boshlaydi. Salvini san'atida yuksak insonparvarlik ideallari ulugianadi. U o'z
qahramonlarining
his-ehtiroslari,
fe'l-atvorlarini teran
va
haqqoniy
ifodalash
bilan
tomoshabinlarni hayratga soldi. Salvini san'atiga xos realizm ta-moyillari mahobatli, mardonavor
insoniy obrazlarni umumlashtirish qudrati bilan ko'zga tashlandi. Salvini olg'a surgan
insonparvarlik va qahramonlik ideallari bilan real borliq orasida yaqqol ko'zga tashlanib turuvchi
fojiona tafovut aktyor san'atining yanada ko'tarinkilik kasb etishiga olib keladi.
Shekspir Salvinining eng sevimli dramaturgi bo'lib, u Otello, Hamlet, Makbet, Lir, Koriolan,
Romeo, Yago rollarini o'ynaydi.
U qalban beg'ubor, olamga bolalarcha soddalik, umidvorlik bilan qarovchi zukko qahramon
timsolida qahramon yaratish istagini Otello obrazida ro'yobga chiqardi. Otello roli Salvini uchun
umr bo'yi intiqlik bilan kutiladigan va ijrochining tashqi va ichki imkoniyatlarini to'la-to'kis
namoyon etadigan birdan bir rol bo'lib chiqdi. Salvini «Otello» asarini olam qabohatini astalik
bilan fahmlovchi bolalarcha ishonuvchan kishining fojiasi haqidagi asar tarzida talqin etdi.
Salvini Otellosining tashqi qiyofasi uning mardonavor va nurli qalbi bilan ajib mushtaraklik
kasb etgan edi. Tashqi maftunkorlik, mardonavor oddiylik, ifodali ta'sirchan qiyofa, manzarali
turish ho-latlari qo'l harakatlari bilan uyg'unlashib ketgan edi.
Salvini Otellosi yoriga bo'lgan ishonchi barbod boigach, had-siz azob-uqubatga duch keladi.
Endi u boshqa odamga «aylanib qolgan edi. Zahar o'z ishini qilib, qalbini ostin-ustun qilib
bo'lgan edi. U parchalangan qalb ingroqlari-yu, mudhishona o'ychanlikni o'tab, yaralangan arslon
misol o'kirganicha Yagoga tashlanar, o'kirishlari yana va yana avjga chiqar, bunday hayvoniy
o'kirishlar dahshatini so'z bilan ifoda etish maholdir», deb yozgan edi tanqid-chilardan A.
Grigorev.
Salvini ulkan tabiiy iste'dod egasi bo'lgani holda o'ta mehnat-kashligi bilan ham ajralib
turgan. Uning fikricha, rol ustida ishlash hech qachon to'xtamay, uzluksiz davom etishi kerak. U
rolni ye-tiltirishda tomoshabinning ta'sir kuchiga alohida e'tibor berardi.
O'n yillar davomida yaratilib, yuz martalab o'ynalgan rolga har spektaklda alohida
tayyorgarlik ko'rish bu daho aktyor uchun do-imiy qoida hisoblangan. Stanislavskiy Salvinini
kechinma san'atining eng mo'tabar namoyandalari qatoriga kiritgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |