Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

STRINDBERG (1849-1912
-y.) 
Shved adabiyotining atoqli namoyandasi Yuxan Avgust Strindberg yangi drama ijodkorlari 
orasida alohida o'ringa ega. Dramaturg, shoir, olim, san'at nazariyachisi va jamoat arbobi sifatida 
tanilgan bu zot o'z davri dramaturgiyasi va teatri tamoyillari-ning shakllanishiga kuchli ta'sir 
ko'rsatgan, zamonaviy Ovro'po teatri rivojiga muhim hissa qo'shgan. 
Strindberg ijodi inqirozli o'tish davrida shakllandi va bu ijod turli falsafiy va estetik 
maktablar ta'siri ostida tarkib topdi. 
Strindberg dramaturgiyasida adibning o'z boshidan kechirgan lavhalar tez-tez ko'zga 
tashlanib turadi. U Stokgolmda kambag'al-lashib qolgan zodagon va uning sobiq joriyasi oilasida 
tugilgan. Bir yog'i «yuqori», bir yog'i «quyi» tabaqaga xos ekanini dramaturg bir umr hayolidan 
chiqarmadi. Kechmishi haqida uning ko'p jildlik epopeyasi birinchi qismining «Joriyaning o'g'li» 
deb atalishi bejiz emas. Strindbergning bolalik chog'ida boshdan kechirgan tashvishli hayoti-
oiladagi janjal va kelishmovchiliklar, volidai muhtarama-sining erta olamdan o'tishi uning 
ijodida oila, nikoh kabi mavzu-larning yetakchi o'rin olishiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. 
80-yillardan yozuvchilik ishi Strindbergni butkul o'ziga rom etib oladi. U tirikligidayoq 
Shvetsiyaning birinchi adibi degan mo'tabar nom qozonadi. 
Strindberg bir qator maqolalarida bayon etgan estetik qarash-larini o'zining tajribaviy «Intim 
- dilkusho teatri* (1907—1910)da amalga oshirishga harakat qiladi. Bu teatrda asosan adibning 
o'z asarlari qo'yilgan. Teatrning kam sonli tomoshabinlarga moijallan-ganligi xonaki sahnada 
qahramonlarning eng nozik ichki kechinmalarini ifodalash imkonini berdi. 
Strindbergning dastlabki pyesalari zamonaviy muammolar — tahliliga qaratilgan. Ularda aks 
etgan oilaviy hayot tarzi voqelik tarzida talqin etilgan. 
«Ota» pyesasida zobit qizini ona hukmidan qutqarib, o'z tarbi-yasiga olmoqchi bo'ladi. 
Xotini Laura esa eri ko'ngliga shubha solib. qizi Berta undan emasligini aytadi. Keyin Laura 
erini aqldan ozdi deb odamlar orasida gap tarqatadi. Chindan ham zobit oxiri aqldan ozadi. Shu 
tarzda dramaturg oilaviy mashmashani o'ta ko'lamdor ijtimoiy ziddiyatlar to'qnashuvi darajasiga 
olib chiqadi. 
Strindberg «Frcken Yuliya* (1888) pyesasida o'z malayi, bilan ishqiy aloqaga kirib o'zini 
nobud qilgan grafinya tarixi haqida hi-koya qilgan. Dramaturgni Yuliyani fojiaga olib kelgan 
sabablar qiziqtirgan edi. Grafinya Yuliya «zodagon!ik» martabasida o'zini uncha erkin his 
etolmaydi, lekin ayni chog'da «kuyi» pog'ona ham unga yot. Malay Jan hushbichim, aqlli, 
vaziyatga qarab moslash-ishga usta; quv kishi bo'lib, « yuqori* tabaqa sari tinmay intiladi, lekin 
uddasidan chiqolmaydi. Bunga ichki jur'atsizlik imkon bermaydi, sahna oldida ko'rinuvchi 
grafning etigi unga doimo xo-jasi va o'zini uning malayi ekanini eslatib turaveradi. Jan Yuliyani 
o'ziga tobe etadi, lekin «martaba» pogonasiga ko'tarilolmaydi. 
Strindbergning tarixiy dramalari orasida shved qirollari ha-yotiga bag'ishlangan pyesalar 
ajralib turadi. Ularda taqdiri mushkul hukmdorlar teatr uyini ishtirokchilari misol vaziyat 
taqozosi bilan «niqob» ichra turli q iyofalarda ko'rinuvchi shaxslar tarzida gavdahmadilar. 
Erik («Erik XIV» — 1899) davlat boshqaruv ishlari o'ziga yot, qobiliyatsiz hayolparast bir 
kimsa. U Strindberg dramaturgiyasidagi ko'pchilik qirollar kabi «qirollik* martabasini ko'z-ko'z 
qiluvchi o'yinchi, itoatsizlarni qoralaydi, shubhali kishilarni qatl etadi. Lekin bu davlat 
manfaatiga monandmi — yo'qmi, uning uchun buning ahamiyati yo'q. 


68 
Strindberg asarlarining yana bir qismini simvolistik va xonaki dramalar tashkil etadi. Mazkur 
asarlarda hayotning beburdligi, taqdir hukmining qudratliligi ohanglari ufurib turadi. 
«Damashqqa yul» (1898-1904), «Ko'z ochirmas tushlar* (1902) trilogiyalari, «Bo'ro» (1907) 
xonaki dramasi shu ruhdagi asarlar bo'lib, ularda inson boshiga tushadigan ko'rgiliklar tush misol 
mudhish hodisa tarzida ifodalangan. Strindberg mazkur asarlarda insonning ichki olamiga, uning 
ruhiy og'riqlari, ma'naviyatiga nigoh tashlashga uri-nadi. Ularda afsoniy ezgulikka yot qonun va 
tartibotdan aziyat chekkan qahramonlar real borliqdan qochib, o'zlarini hayolot va o'zga olam 
og'ushiga uradilar. 
Strindberg o'zining so'nggi asarlarida inson qismatining omonatligi, o'zining o'ziga bog'liq 
emasligi g'oyalarini olg'a surish bilan XIX asrning oxiri va XX asr davrining fojiali ruhini ifoda 
etdi. 
Muammoli psixologik drama ustasi Strindberg Shvetsiyaning ko'pgina realist adiblari ijodiga 
ta'sir ko'rsatdi va XX asrda ijod qilgan ekspressionizm va syurrealizm yo'nalishlari 
namoyandalari uchun tayanchli o'tmishdosh ijodkor bo'lib qoldi. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Genrik Ibsen norveg milliy teatri va dramaturgiyasi va ayni zamonda Ovro'po teatrida 
yangi drama turining asoschisi ekani; oilaviy voqea orqali ijtimoiy muammolarning tadqiq 
etilishi Ibsen dramasining muhim xususiyati ekani. 
2.
«Qo'g'irchoq uy» asarida nega No'ra eri Xelmerni va uyini tark etadi? Nega muallif 
obrazni shu taxlitda talqin etgan? «Arvoh-lar» nega yorqin ko'ringan psixologik drama, deya 
ta'fiflanadi, shuni sharhlay olasizmi? Unda Osvaldning o'limi nimani anglatadi? 
3.
Stringberg dramaturgiyasi xususiyatlari haqida nima deya olasiz? Sved dramaturgiyasida 
Stringberg pyesalarining ahamiyati nimadan iborat? 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish