70
harorati bilan jon bag'ishlaydi. Lekin uning eng sevimli dramaturgi Ibsen bo'lib qoldi: «Men...
shunday azobda qoldimki, faqat o'lim haqida o'ylay boshladim... Ibsen asarlarida o'ynay boshlash
meni o'limdan asrab qoldi*, degan edi u. Duze
Ibsen asarlarida Alving xonim, Nora, Geddi
Gabler, Rebekki Vest kabi rollarni o'ynaydi.
Duze Ibsen pyesalarida o'z dahosiga munosib material topgan edi. Ibsen qahramonlarining
qalban oromsizligi Duze tabiatiga yaqin edi. Teatr Duze uchun odamlarni ma'naviy komillikka,
mehr-oqibatli bo'lishga da'vat etish vositasi edi. San'atda kimdir qalbga ko'tarinkilik bag'ishlasa,
kimdir uni poklaydi. Duze ikkinchi toifaga mansub aktrisa edi. U azoblanish, hasrat dog'ida
kuyib-yonish orqali zamondosh qalbini poklardi. Duze uchun insonga tabiat ato etgan ezgulik,
nurli tuyg'ularni va ayni chog'da unda muhit badkirdorligi bilan tug'ilgan jg'riqlaru
riyokorliklami ochish muhim edi. Har bir obrazdan Duze shaxsi, uning barkamol ichki ma'naviy
olami yaqqol ko'rinib turar, lekin ayni paytda uning rol-lari
shu qadar turlicha ediki, ularda
san'atkoming o'zini-o'zi takrorlashi haqida so'z ochishga o'rin qolmas edi.
Nutqiy ifodaning fang-barangligi, yuz-ko'z mimikasi va ayniqsa qo'llar jilodorligi, Duzening
eng sevimli ifodaviy omillari hisoblangan. Inson qalbi borlig'ini to'laligicha namoyon etish ni-
yatida u pardoz (grim)dan voz kechadi.
Duze san'atining jahoniy shon-shuhrati bu san'atning samimiyligi, kishi qalbini rom etuvchi
o'tli his-kechinmalarga boyligi bilan belgilanar edi. Aktrisa san'atining shu jihati u Rossiyada
otkazgan gastrollari (1891, 1892, 1908) chog'ida tomoshabinlami va tanqidchilar tomonidan
qizg'in olqishlar bilan kutib olingan. «Duze ital-yan tilida ruschasiga o'ynaidi*, deb
yozgan edi
tanqidchilardan biri. San'atining rus madaniyatiga yaqinligini uning o'ziga ham e'tirof etgandi.
1905-yili u Parijdagi «fjod» teatrida rejissor Lyuny Po talqinida Gorkiyning «Tubanlikda»
asarida Va-silisa rolini o'ynaydi.
Duze Sara Bernarga zamondosh bo'lib, ikkovi deyarli bir xil rollarni ijro etishgan. O'sha davr
teatr adabiyotini bu ikki ulug' iste'dod egasining san'atiga doir bahs, izohlarsiz tasawur qilib
bo'lmaydi. Shubhasiz, bu raqobat italyan san'atkori foydasiga hal bo'ldi. Italyan aktrisasining
hayratomuz insoniy san'ati Sara
Ber-narning zohiran jilodor, lekin bir qadar haroratsiz
mahoratidan us-tun kelishi tabiiy edi.
Sahnada ilk paydo bo'lishidayoq Margarita — Duze alohidaligi bilan ko'zga tashlanib
turardi: odmi, burama ko'ylakli, bir dasta bi-nafsha tutgan qo'llari ko'kragigacha ko'tarilgan,
sochlari ortiga turmak qilib bog'langan, qomatdor, nozik nihol bu dilbar juvon-ning rangsiz yuzi,
«katta-katta ich-ichiga tushib ketgan qop-qora ajib ko'zlari, ko'rimsiz qovog'i uning xorg'in,
mushtiparligini ko'z-ko'z qilib turardi*. Mehmonlar davrasida Margarita begonadek, o'z qalbi
dardi bilan yashayotgandek edi. Nogihonda vujudini qoplagan sevgi qizg'in yuzi,
yengil
harakatlari, dadil ovozida sezilib turardi. Lekin baxtga bo'lgan ishonchsizlik tuyg'usi g'amkash,
ma'suma ko'zlarida aks etardi.
Mana, quturgan jazmani najottalab ma'shuqani ta'nalarga ko'mib tashlaydi. Duze qandaydir
yolvorish hissi bilan to-moshabinga yuzlanadi. Uning ko'zlarida ajablanish, umidsizlik alomatlari
dahshat hislari bilan qorishib ketgandek tuyiladi. Duze talqinida Margaritaning o'limi o'zining
haqqoniyligi bilan hayrat-lanarli chiqqan. Sara Bernar shu holatni juda qiziq, ya'ni birlini
bukmay orqaga tik yiqilish bilan namoyish etib, tomoshabinlarning gulduros olqishlariga sazovor
bo'ldi. Duze Margaritasi sezilarsiz jon beradi: uning umri oxista so'nib boradi, tomoshabinning
ko'z o'ngida sevgiga tashna o'tli yurak urishdan to'xtaydi: Margarita -Duze Dyuvalning yelkasiga
boshini qo'yganicha kursida o'tirib, bi-ron bir o'lim sharpalarisiz yorug' dunyodan ko'z yumadi.
Aktrisaning zamonaviy repertuardagi eng dovrug'li rollaridan biri Dyuma — o'g'lining «Gul
ko'targan xonim* asaridagi Margarita Go'te roli bo'ldi. Aktrisa Margarita qismatini tasodifiy
emas, balki butkul tabiiy qismat tarzida talqin etgan edi. Margaritaning fohisha ekani Duze
uchun ahamiyatsiz edi. U Margaritani ulkan
sevgi dardida kuyib-yonuvchi, horib toliqqan,
ko'ngilchan, najotsiz oddiy ayol tarzida ko'rsatgan edi.
Ibsen qahramonlaridan No'ra aktrisaning eng ta'sirli rollaridan biri bo'ldi. No'ra timsolida
tomoshabinning ko'z o'ngida «to'rg'ay»dan «o!maxon»ga aylanish, uning kuchli inson qiyofasiga
71
kirishdek ajib hodisa yuz beradi. Duze No'raning oxirgi monologini aytmaydi, bu monolog
mohiyatini harakat orqali ifodalaydi.
Duze san'ati
tabiatan xalqchil, keng demokratik ommaga yaqin bo'lgani holda davrning
fojeiy ruhini mujassam etishga qaratildi. Uning ijodida shafqatsiz hayot voqeligi bilan to'qnash
kelgan kam-suqum va ma'suma ayollar timsoli gavdalandi. Duze inson qalbi-ning tub-tubiga
kirish, ruhiy ulug'vorlik, qalb saxovatini namoyon etishda kamdan-kam uchrovchi iste'dod egasi
edi. Duze san'ati zirihor umidsizlik va tushkunlik ifodasi bo'lgan emas. Bu ruhiy er-kinlik
shukuhini ulug'lab, beshafqat. qabihona yashash tarzidan qu-tulishga da'vat etuvchi san'at edi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. XIX asrning oxirida italyan xalqining milliy-ozodlik kurashi
avj olishi sharoitida atoqli teatr arbobi Gustavo Modena rahbar-
ligida qahramonona-romantik ruhdagi aktyorlik maktabining
shakllanishi; E. Rossi, T. Salvini shu maktabning ulkan namoyan-
dalari ekani.
Rossi san'atida yuqori sahna texnikasi va hayotiy haqqoniy ijro tamoyillarining uyg'unligi;
Rossining murakkab kechinmalarga moyilligi uning Shekspir qahramonlari qatori Pushkin, A.
Tolstoy qahramonlariga murojaat etishi.
2. T. Salvinining kechinma maktabi san'atkori ekani nimani
anglatadi? T. Salvini Otello rolining buyuk talqinchisi va ijrochisi
ekani. E. Duze san'atida inson qalbini poklovchilik xususiyati ni-
mada? Duze Margarita («Gul ko'targan xonim»), No'ra
(«Qo'g'irchoq uy») rollarida. Duze san'atining hayotbaxshlik shu-
kuhi nimada ko'rinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: