GENRIK IBSEN (1828-1906-y.)
Genrik Ibsen norveg milliy teatrining asoschisi sifatida may-donga chiqdi. U norveg teatri
repertuarini yaratibgina qolmay, teatr faoliyatining faol ishtirokchisi, yirik teatr mutafakkiri
sifatida ham namoyon bo'ladi.
Ibsen Norvegiyaning Shiyen degan kichik shaharchasida tijo-ratchi Knut Ibsen oilasida
tug'ilgan. Uning teatrchilik faoliyati 1851-yili Bergen shahrida yangi ochilgan milliy teatrda
boshlanib, bu yerda yetti yil, so'ng Xristianiya (Oslo) milliy teatrida 1862-yilga qadar rejissor va
66
dramaturg sifatida ijod qiladi. «Sevgi hango-masi» hajviy komediyasi yaratilib, hukmron
doiralar tazyiqiga uchragach, Ibsen 1862-yili yurtini tashlab ketish va o'zining 27 yil-lik hayotini
chet elda o'tkazishga majbur bo'ladi.
Ibsenning 1840—50-yillarda yozilgan asarlari norveg xalqi tari-xiga qaratilgan («Taxt uchun
kurash») bo'lsa, 60-yillari yozilgan «Per-Gyunt», «Brand» kabi dramalari romantik ruhdagi ijod
na-munalari hisoblanadi.
Ibsen hayot voqeligining aynan o'zini tasvirlash shaklini ama-liyotga olib kirdi. Shundan
uning asarlarida insoniy kechinmalar o'z oqimi bo'ylab tabiiy davom etib, sun'iylikdan holi
tarzda namoyon bo'ladi. Ibsen nutqining teatrga xos ko'tarinkiligi, an'anaviy monolog, chetga
qarab so'zlash shakllaridan voz kechib, butun diqqatning jonli muloqotga qaratilishi e'tiborni
tortadi. Ayni chog'da u teatr va dramaturgiyaga yangicha jilodorlik, sahnaviylik, nafosat
tushunchalarini olib kirdi. Uning pyesalarida kundalik tur-mushda unchalik ko'zga
tashlanmovchi istihola va mushkulotlar borlig'icha jo'shib turadi, sinchkovlik bilan saralangan
detallar ham keng ma'noli shoirona obrazlar tasviriga aylanib ketadi. Drama-turgning tub ma'no
va ruhiyat bilan bog'liq bu omillari shu qadar ifodaliki, ular goho timsoliy ma'no kasb etib, Ibsen
dramaturgiyasi poetikasini namoyon etishga xizmat qiladi. Timsoliy ifodalar Ibsen asarlarining
hayotiylik to'qimasiga zinhor putur yetkazmaydi, ak-sincha, shoirona umumlashma tarziga
ko'chib, bamisoli tomchida olam aks etgani singari voqeaning ichki mohiyatini ochishga xizmat
qiladi, oqibat natijada, inson va muhit orasidagi mushkulona no-mutanosiblikni namoyon etadi.
Ibsen dramaturgiyasida pyesa «ostki oqimi»ni ochishga yordam beruvchi tub ma'no, muhit kabi
unsur-lar ham, odatda, zohiran jo'yali turmushning ichki nobopligini ochishga qaratilgan bo'ladi.
Ibsenning XIX asr G'arbiy Ovro'po tanqidiy realizmining eng izchil va mukammal ifodasiga
aylangan dramanavislik tizimi adib-ning ayni ikkinchi ijodiy bosqichida tugal shakllandi.
Ibsen 1879-yili o'zining eng sara asarlaridan biri «Qo'g'irchoq uy» dramasini yaratadi. Bu
pyesa oila haqida bo'lib, undagi fikr-o'y, intilishlar oilaviy-ruhiy drama muammosidan tashqari
ayolning oiladagi o'rni, odob-axloq, jamiyat tuzumining nobopligi bilan bog'lanib ketadi.
Pyesa oilaviy baxt va osudalik kayfiyatini ifodalashdan boshla-nadi. Er-xotinning bir-biriga
parvonaligi, bolalarning sevinch-shodligi baxt ufurib turgan oila tasawurini beradi. Bank
xizmatchisi Xelmer oilaning kam-ko'sti haqida o'ylasa, sadoqatli yori No'ra oila sarishtaligi
haqida g'am chekadi. Ibsen bu baxtiyorlik suv usti-dagi ko'pikdek omonat ekanini asta-sekin
oshkora etib boradi. Bayramona muhit qo'ynida kutilmaganda fojeona ohanglar ko'tarilib,
kuchaya-kuchaya, oxiri «baxtiyor oilaning barbod bo'lishi — No'raning erini tashlab, uydan
chiqib ketishi bilan ya-kun topadi. Bu ko'rgilikning sababi nimada edi?
No'ra erining og'ir xastaligi chog'ida undan yashirincha vek-selga o'zi imzo chekib, shu pul
hisobiga uni xorijda davolatib qay-tib kelib. endi o'zicha o'sha qarzni to'lab yurardi. Xelmer
tasar-rufida bank xizmatchisi bo'lib ishlovchi Krogstad bu ishdan xabar-dor edi. Xelmer uni
ishdan bo'shatadigan bo'lib qoladi. Krogstad No'radan iltimos qilib, Xelmer uni ishdan
bo'shatmasligini so'rashini aytadi. Bu amalga oshmagach, Krogstad Xelmerga xat orqali bu sirni
oshkor etadi. Pyesa voqealari zohiran shu tarzda avj oladi: Xelmer xotinining mehribonchiligini
nazarda tutib, himoya qilish o'rniga, uni «nohalollik»da ayblaydi va shu bilan bog'liq holda uning
xudbinligi ochilib ketadi.
Xelmerning diyonatsizligi Norani o'z hayoti va oilaviy taqdiriga yangicha ko'z bilan
qarashga majbur etadi. Nora riyokor-lik, adolatsizlikka chidolmay, pokiza, beg'ubor turmush
deya oilani tark etishdek mash'umona qarorga keladi. Pyesada oilaning barbod bo'lishi sahnasi
nurli his-tuyg'ularga yo'g'rilgan holatda xotima topadi: yolg'on-yashiq, riyokorlik xurujiga qarshi
o'laroq ruhan pok
bo'lib qoldi.
1884-yili Isbenning ijtimoiy dramalari turkumidan so'nggi namunasi bo'lmish «Yowoyi
o'rdak» asari yaratiladi. Bu erda ijtimoiy mavzu bir qadar o'zgacha tarzda yoritilgan. Dramadagi
asosiy muammo o'sha davr jamiyati hayotining qon-qoniga singib ketgan soxtalik va riyokorlik
mavzusidir.
67
80-yillarning o'rtasida Ibsen ijodining so'nggi, uchinchi bosqichi boshlanadi. Bu bosqich
asarlarida ham muallif awalgidek zamonaviy jamiyat hayotini haqqoniy aks ettirib,
insonparvarlik ideallarini himoya qilib chiqadi. Lekin shu davrda yozilgan «Ros-mersxolm*
(1886) va «Gedda Gabler» (1890) dramalarida fojiona umidsizlik ohanglari kuchayadi. Ibsen
ezgulikning g'addor sharoitga zid kelishini chuqurroq anglab, hayotga ma'yusona ko'z bilan
qaray boshlaydi.
Ibsenning ijodi ko'pgina mamlakatlarning ilg'or san'atkorlari faoliyatiga ta'sir ko'rsatgan.
Duze, S. Bernar kabi sahna ustalari ijodida, XIX—XX asrlar jahon dramaturgiyasining ko'pgina
yirik yutuqlarida Ibsen ma'naviyatining ta'siri sezilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |