Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий


ELEONORA DUZE (1858-1924-y.)



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

ELEONORA DUZE (1858-1924-y.) 
Aktyorlik san'atidagi yangi davr buyuk fojeiy aktrisa Eleonora Duzening nomi bilan bog'liq. 
Duze aktyor oilasida tug'ilib, to'rt yoshida Gyugoning «Xo'rlanganlar» asarida Kazetta, 14 
yoshida Julyetta rollarida ko'ringan. Duzening fojeiy san'ati, asosan, zamonaviy hamda xorijiy 
dramaturgiya asarlarida namoyon bo'ldi. Davr ruhini ifodalashga bo'lgan kuchli ehtiyoj Duzeni 
Dyuma — o'g'li, Sardu pyesalariga murojaat etishga majbur qiladi. Lekin uning eng sevimli 
dramaturgi Ibsen bo'lib qoldi. U Ibsen asarlarida Alving xonim («Arvohlar»), Nora («Qo'g'irchoq 
uy») kabi rollarni o'ynadi. Ibsen qahramonlarining qalban oromsizligi Duze tabiatiga yaqin edi. 
Teatr Duze uchun odamlarni ma'naviy komillikka, mehr-oqibatli bo'lishga da'vat etish vositasi 
edi. San'atda kimdir qalbga ko'tarinkilik bag'ishlasa, kimdir uni poklaydi. Duze ikkinchi toifaga 
mansub aktrisa edi^ U azoblanish, hasrat dog'ida kuyib-yonish orqali zamondosh qalbini 
poklardi. Duze uchun insonga tabiat ato etgan ezgulik, nurli tuyg'ularni va ayni chog'da unda 
muhit badkir-dorligi bilan tug'ilgan og'riqlaru riyokorliklami ochish muhim edi. 
Duze ijodiga xos armon va o'kinchli his butun ijodi davomida o'z izini qoldirgan bo'lsa-da, 
lekin bu aktrisa san'atining maz-munan ko'lamdorligini toraytirib qo'ymadi. «Eleonora Duze sah-
nada hamisha o'zi qanday bo'lsa, shu tarzda ko'rinardi; kiyim-kechagi, pardozi, sochlari oroyishi 
qanday bo'lsa bo'laverardi. Lekin ayni paytda uning yurish-turishi, qo'l harakatlari, nihoyat, 
tovushining tuslanishi har bir rolda turlicha edi», - deb yozdi zamondoshlaridan bid. 
Davr ruhini ifodalashga bo'lgan kuchli ehtiyoj Duzeni Dyuma-o'g'il, Sardu pyesalariga 
murojaat etishga majbur qiladi. Ushbu pyesanavislarning jonsiz mahsullariga u og'riqli qalb 


70 
harorati bilan jon bag'ishlaydi. Lekin uning eng sevimli dramaturgi Ibsen bo'lib qoldi: «Men... 
shunday azobda qoldimki, faqat o'lim haqida o'ylay boshladim... Ibsen asarlarida o'ynay boshlash 
meni o'limdan asrab qoldi*, degan edi u. Duze Ibsen asarlarida Alving xonim, Nora, Geddi 
Gabler, Rebekki Vest kabi rollarni o'ynaydi. 
Duze Ibsen pyesalarida o'z dahosiga munosib material topgan edi. Ibsen qahramonlarining 
qalban oromsizligi Duze tabiatiga yaqin edi. Teatr Duze uchun odamlarni ma'naviy komillikka, 
mehr-oqibatli bo'lishga da'vat etish vositasi edi. San'atda kimdir qalbga ko'tarinkilik bag'ishlasa, 
kimdir uni poklaydi. Duze ikkinchi toifaga mansub aktrisa edi. U azoblanish, hasrat dog'ida 
kuyib-yonish orqali zamondosh qalbini poklardi. Duze uchun insonga tabiat ato etgan ezgulik, 
nurli tuyg'ularni va ayni chog'da unda muhit badkirdorligi bilan tug'ilgan jg'riqlaru 
riyokorliklami ochish muhim edi. Har bir obrazdan Duze shaxsi, uning barkamol ichki ma'naviy 
olami yaqqol ko'rinib turar, lekin ayni paytda uning rol-lari shu qadar turlicha ediki, ularda 
san'atkoming o'zini-o'zi takrorlashi haqida so'z ochishga o'rin qolmas edi. 
Nutqiy ifodaning fang-barangligi, yuz-ko'z mimikasi va ayniqsa qo'llar jilodorligi, Duzening 
eng sevimli ifodaviy omillari hisoblangan. Inson qalbi borlig'ini to'laligicha namoyon etish ni-
yatida u pardoz (grim)dan voz kechadi. 
Duze san'atining jahoniy shon-shuhrati bu san'atning samimiyligi, kishi qalbini rom etuvchi 
o'tli his-kechinmalarga boyligi bilan belgilanar edi. Aktrisa san'atining shu jihati u Rossiyada 
otkazgan gastrollari (1891, 1892, 1908) chog'ida tomoshabinlami va tanqidchilar tomonidan 
qizg'in olqishlar bilan kutib olingan. «Duze ital-yan tilida ruschasiga o'ynaidi*, deb yozgan edi 
tanqidchilardan biri. San'atining rus madaniyatiga yaqinligini uning o'ziga ham e'tirof etgandi. 
1905-yili u Parijdagi «fjod» teatrida rejissor Lyuny Po talqinida Gorkiyning «Tubanlikda» 
asarida Va-silisa rolini o'ynaydi. 
Duze Sara Bernarga zamondosh bo'lib, ikkovi deyarli bir xil rollarni ijro etishgan. O'sha davr 
teatr adabiyotini bu ikki ulug' iste'dod egasining san'atiga doir bahs, izohlarsiz tasawur qilib 
bo'lmaydi. Shubhasiz, bu raqobat italyan san'atkori foydasiga hal bo'ldi. Italyan aktrisasining 
hayratomuz insoniy san'ati Sara Ber-narning zohiran jilodor, lekin bir qadar haroratsiz 
mahoratidan us-tun kelishi tabiiy edi. 
Sahnada ilk paydo bo'lishidayoq Margarita — Duze alohidaligi bilan ko'zga tashlanib 
turardi: odmi, burama ko'ylakli, bir dasta bi-nafsha tutgan qo'llari ko'kragigacha ko'tarilgan, 
sochlari ortiga turmak qilib bog'langan, qomatdor, nozik nihol bu dilbar juvon-ning rangsiz yuzi, 
«katta-katta ich-ichiga tushib ketgan qop-qora ajib ko'zlari, ko'rimsiz qovog'i uning xorg'in, 
mushtiparligini ko'z-ko'z qilib turardi*. Mehmonlar davrasida Margarita begonadek, o'z qalbi 
dardi bilan yashayotgandek edi. Nogihonda vujudini qoplagan sevgi qizg'in yuzi, yengil 
harakatlari, dadil ovozida sezilib turardi. Lekin baxtga bo'lgan ishonchsizlik tuyg'usi g'amkash, 
ma'suma ko'zlarida aks etardi. 
Mana, quturgan jazmani najottalab ma'shuqani ta'nalarga ko'mib tashlaydi. Duze qandaydir 
yolvorish hissi bilan to-moshabinga yuzlanadi. Uning ko'zlarida ajablanish, umidsizlik alomatlari 
dahshat hislari bilan qorishib ketgandek tuyiladi. Duze talqinida Margaritaning o'limi o'zining 
haqqoniyligi bilan hayrat-lanarli chiqqan. Sara Bernar shu holatni juda qiziq, ya'ni birlini 
bukmay orqaga tik yiqilish bilan namoyish etib, tomoshabinlarning gulduros olqishlariga sazovor 
bo'ldi. Duze Margaritasi sezilarsiz jon beradi: uning umri oxista so'nib boradi, tomoshabinning 
ko'z o'ngida sevgiga tashna o'tli yurak urishdan to'xtaydi: Margarita -Duze Dyuvalning yelkasiga 
boshini qo'yganicha kursida o'tirib, bi-ron bir o'lim sharpalarisiz yorug' dunyodan ko'z yumadi. 
Aktrisaning zamonaviy repertuardagi eng dovrug'li rollaridan biri Dyuma — o'g'lining «Gul 
ko'targan xonim* asaridagi Margarita Go'te roli bo'ldi. Aktrisa Margarita qismatini tasodifiy 
emas, balki butkul tabiiy qismat tarzida talqin etgan edi. Margaritaning fohisha ekani Duze 
uchun ahamiyatsiz edi. U Margaritani ulkan sevgi dardida kuyib-yonuvchi, horib toliqqan, 
ko'ngilchan, najotsiz oddiy ayol tarzida ko'rsatgan edi. 
Ibsen qahramonlaridan No'ra aktrisaning eng ta'sirli rollaridan biri bo'ldi. No'ra timsolida 
tomoshabinning ko'z o'ngida «to'rg'ay»dan «o!maxon»ga aylanish, uning kuchli inson qiyofasiga 


71 
kirishdek ajib hodisa yuz beradi. Duze No'raning oxirgi monologini aytmaydi, bu monolog 
mohiyatini harakat orqali ifodalaydi. 
Duze san'ati tabiatan xalqchil, keng demokratik ommaga yaqin bo'lgani holda davrning 
fojeiy ruhini mujassam etishga qaratildi. Uning ijodida shafqatsiz hayot voqeligi bilan to'qnash 
kelgan kam-suqum va ma'suma ayollar timsoli gavdalandi. Duze inson qalbi-ning tub-tubiga 
kirish, ruhiy ulug'vorlik, qalb saxovatini namoyon etishda kamdan-kam uchrovchi iste'dod egasi 
edi. Duze san'ati zirihor umidsizlik va tushkunlik ifodasi bo'lgan emas. Bu ruhiy er-kinlik 
shukuhini ulug'lab, beshafqat. qabihona yashash tarzidan qu-tulishga da'vat etuvchi san'at edi. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. XIX asrning oxirida italyan xalqining milliy-ozodlik kurashi 
avj olishi sharoitida atoqli teatr arbobi Gustavo Modena rahbar- 
ligida qahramonona-romantik ruhdagi aktyorlik maktabining 
shakllanishi; E. Rossi, T. Salvini shu maktabning ulkan namoyan- 
dalari ekani. 
Rossi san'atida yuqori sahna texnikasi va hayotiy haqqoniy ijro tamoyillarining uyg'unligi; 
Rossining murakkab kechinmalarga moyilligi uning Shekspir qahramonlari qatori Pushkin, A. 
Tolstoy qahramonlariga murojaat etishi. 
2. T. Salvinining kechinma maktabi san'atkori ekani nimani 
anglatadi? T. Salvini Otello rolining buyuk talqinchisi va ijrochisi 
ekani. E. Duze san'atida inson qalbini poklovchilik xususiyati ni- 
mada? Duze Margarita («Gul ko'targan xonim»), No'ra 
(«Qo'g'irchoq uy») rollarida. Duze san'atining hayotbaxshlik shu- 
kuhi nimada ko'rinadi? 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish