74
Uayld estetikasining asosiy tamoyili naturalizm va realizm us-lublarini inkor etishda
ko'rindi. U san'at — go'zallik timsoli va burjua olami bu qadriyatdan mahrum ekan, demak,
san'atda bunday borliqni ifodalash joiz emas, deb hisobladi. Shu tarzda Uayld o'z estetikasida
hayot boshqa-yu, san'at boshqa degan xulosaga keladi. «San'at uning ko'z o'ngida hayot sasiga
daxlsiz sehrli go'zallik saltanati tarzida qad ko'taradi. Uning estetikasiga
xos boshqa tamoyillar
shu tub tushuncha bilan bog'liqdir. San'at hayotning in'ikosi bo'lmay, balki hayot san'atning ta'siri
ostida bo'ladi, deydi u. Uning fikricha, XIX asr ko'rinishlari Balzak romanlarida jonlantirildi, ana
shu ko'rinishlar hayot ko'chirmasiga aylandi, umidsizlik Shekspir Hamletining kashfi-yoti, milliy
nigilizm degani Turgenevning topilmasidir. Uayld san'atning borliqqa nisbatan hech qanday
burchdorlik joyi yo'q, u rostgo'ylik va axloqqa ham bog'liq emas, degan fikrni olg'a suradi.
hatto shafqatsizlikdan go'zallik axtarishi bejiz emas.
Uayld umri poyonida dramaturgiyaga murojaat etmay qo'yadi. Lekin yaratgan asarlarining
o'zi ham uning nomi jahon adabiyoti va teatri tarixidan o'rin olishiga munosib kafolat bo'ldi.
SAHNA SAN'ATI
Genii Irving (1838-1905) ingliz sahnasining sehrgar san'atkorlaridan biri edi. U XIX asrning
oxirida London teatr hayoti-ning markaziga aylangan «Litseum» teatriga chorak asr davomida
rah-barlik qilib, Shekspirning deyarli barcha asarlarini shu teatrda sahnaga qo'yadi va o'zi
Hamlet, qirol Lir, Yago, Shaylok singari rollarni ijro etadi. «Yago rolida, ushbu siymo qanchayin
shayton qiyofa bo'lmasin, uning muhibiga aylanmay ilojing yo'q, chindan-da «Yago halol», jozi-
bador ediki, asti qo'yaverasiz», deya eslagan edi Ellen Terri.
Irving tabiatan romantiklarga xos ko'tarinki qalb egasi edi. Irving tragediyada
«gumburlovchi momaqaldiroqqa emas, - deb yozgan edi Gordon Kreg, — balki yig'ilib-yig'ilib,
so'ng birdaniga o'kirib, kuch-qudratini ko'rsatuvchi momaqaldiroqqa o'xshashdir».
Irving «Litseum» teatrida Shekspir asarlarini «ashyoviy natura-lizm* deb ataluvchi usulda
sahnalashtirdi. Uning spektallari serha-sham va mahobatli ko'rinishlari bilan ajralib turardi.
Shekspir asarlarini Irving talqinida «Manzarali Shekspir* deb atadilar.
Irving ingliz romantizmi an'analari qatori ko'rkamlik usuliga ham moyillik ko'rsatgan.
«Sahna san'atining pirovard maqsadi go'zallikni ulug'lashdir, - deb yozgan edi u. — To'g'ri,
shundoq ham unda go"zallik unsurlari jamuljam; tuban va dag'al narsalarni ifodalash san'at
tarovatini yo'qqa chiqaradi*. «Litseum» teatri spektakllarini ato-qli ingliz musawirlaridan Peri —
Jons, Alma — Tadema bezadilar.
Irvingning rejissorligi ko'proq o'zi va u bilan sheriklashib rol oynovchi Ellen Terri harakati
uchun qulay va unumli sahnaviy shart — sharoit yaratishda ko'rindi. Aktyorlaming o'zaro ijro
uyg'unligi ham bosh rol talqiniga bog'liq holda hal etilgan. Ibsen, Shou, Gauptman va boshqa
«yangi drama* mualliflari Irvingni qiziqtirmadi. Shu hoi tanqidchilikda «Irvingga qarshi kurash*
avj olishi sabab bo'ladi. B.Shou shu kurashning ilhomchisi sifatida maydonga chiqib, o'zining bir
qadar bo'rttirib yozilgan maqola-larida «Irving davri ingliz teatri*ning tanglik davri deb baholab,
«Irving o'z davri ma'naviy hayotidan cheksiz darajada uzoq edi», degan xulosa chiqargan.
Ellen Terri (1848-1928) «Litseum» teatrida Irving bilan barcha
spektallarda unga benazir
sherik — sahnadosh sifatida o'zini ko'rsatdi. U insonning eng nozik qalb tug'yonlarini ifoda
etishga qodir san'atkor edi. Uning talqinida «Venetsiya savdogari* asaridagi Porsiya «sharofatli
va ko'hli, go'zal va oqila, vafodor va dono qiz tarzida gavdalanadi. Terrining Ofeliyasi saroy
muhiti siquvida o'zini Hamlet misoli yolg'iz va betayanch his etuvchi malohatli qiz timso-lida
namoyon bo'ldi. Aktrisaning Kordeliyasi va Dezdemonasi qalban shijoatkor, ruhan kuchli
qahramonlar edi. Makbet xonim Terri talqinida erini ziyod darajada sevishi tufayli jinoyatga qo'l
uradi.
Gordon Kreg aktrisaning shaxsiy jozibasini ta'riflab, shunday degan edi: «U yakka-yolg'iz
roli — o'zini o'zi o'ynaydi; agar u o'zini rolda topolmasa, uni o'ynayolmasdi;
rol yuzlab
o'ynalganda ham o'zini o'zi takrorlamasdi, Shekspir daraxt, zamin, havo bo'lgani holda, u har
safar shu daraxtning shox-shabbasi va nur o'yini yanglig' yana uning o'zi namoyon bo'lardi*. «U
zamona xotin-qizlarining eng komilasi, alohida o'ziga xoslarning alohidasi», deb yozgan edi B.
Shou Terri haqida.
75
Gordon Kreg (1872—1966) — rejissor, teatr musawiri, teatr nazariyachisi sifatida tanilgan
yirik san'atkor edi. U Ellen Terrining o'g'li bo'lganidan «Litseum» teatrida
aktyor sifatida ilk
ijodini boshlab, so'ng o'z qarashi va yo'liga ega rejissor sifatida shakllanadi.
Irving va Terri Kregni taetrning chinakam muhibiga aylanti-radilar. Lekin Kreg chakana
teatr muhibi emas edi. U teatrga antik zamonda bo'lganidek, bayramona shukuh va maktablik
martabasini qaytarish ezgu niyati bilan yashadi. Stanislavskiy, Reinxardt, Mey-erxold singari
kreg ham ishni tijorat dardiga mubtalo bo'lgan bur-juacha teatrni inkor etishdart boshladi.
Keyinroq u butun zamonaviy teatr tizimi yaroqsiz, degan xulosaga kelib, o'z
shaxsiy teatrini
barpo etishga harakat qildi.
Kregning estetik dasturi ko'p jihatdan D.Reskin va nafosatchi ras-somlar yo'riqlariga yaqin
edi. U ham Uayld singari nafosat oshifta-larining go'zallik haqida qoidalarini qabul qiladi.
Nafosatchilar ijodida go'zallik hayotda uchrovchi badbinlik, tubanlikdan ajratilgan holda o'zicha
alohida san'at olamiga aylantirildi. Shu sababli Kreg oliy ezgulik qadriyatlarini unutib, tirikchilik
dardida ko'ngil ochish vosita-siga aylangan teatrga qarshi kurash ochdi, eski teatr tizimini barbod
etish va yangi teatr yaratish kuyiga tushdi.
Teatrni tubdan isloh qilish zarur edi. Ko'pchilik teatr arboblari shu fikrda edilar. Kreg o'z
maqola va kitoblarida burjuacha teatr tartiboti yaroqsizligini asosli tarzda ochib tashladi. Lekin
Kregning ko'rsatar, parda peshtoqiga tushar, sahnada goh yalpi-yassi, goh turli shakllar orqali
sirli muhit olamini xosil qilardi. Kreg o'ziga xosliklarni iiodalashda simvolistlar ta'limi va
amaliyotiga asoslandi.
Kregning fikricha, ba'zan yorqin va zavqbaxsh, ba'zan qora,
mo-tamsaro rang muayyan
sahnaviy kayfiyat yohut spektaklning hissiy cho'g'iga monand tushishi kerak. Sahnaviy makon,
harakat, nur va rang Kreg uchun spektakl oryazini yaratishda asosiy omillarga aylandi.
Kregni aktyorni qadriga yetmaslikda, inson gavdasidan badiiy^ bezakning bir bo'lagi sifatida
foydalanishda aybladuar. Lekin uning teatri awalo rejissura teatri ekanligini unutmaslik kerak.
Kreg aktyorlik ijodi muammosiga ko'p e'tibor bergan. Umuman olganda, Kreg tasawur
maktabi tarafdori edi. U o'zini simvolist deb atab, aktyordan kechinmani emas, balki shu
kechinmani ramziy ifodalash, ya'ni o'zini biror narsani boshidan kechirayotgan kishi qilib
ko'rsatishni talab etdi. U qachon va qaysi o'rinda
qanday ho-latda turish, harakat qilishni aniq
hisobga olib, ularni his-hayajonga berilmay hassasona bajaruvchi aktyorni ibrat olsa bo'ladigan
aktyor deb hisoblardi. Kreg «Teatr san'ati* kitobiga kiritilgan «Aktyor va qo'g'irchoq*
maqolasida «qo'g'irchoq» insoniy kechinmalardan holi bo'lganidan kechinma hurujiga berilmay,
chinakamiga san'at n .moyishchisiga aylana olar va shu bilan jonli aktyordan afzalligini tasdiq
eta olgan bo'lardi, degan xulosaga keladi.
Kreg o'z rejissyorlik iste'dodini turli janrlarda namoyon etgan bo'l-sa-da, uni biron-bir ingliz
teatri taklif etmaydi. G. Kregning ijodi turlicha nuqtayi nazardardan talqin etilishi mumkin.
Bundan qat'i nazar, uning ijodi XX asr jahon rejissorlik san'ati va sahnaviy bezak rivojiga o'z
ta'sirini ko'rsatdi va teatr tarixiga yorqin sahifalar bo'lib kirdi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Bernard Shou G'arb tafakkur dramasining asoschilaridan biri ekani. Paradoks ifoda usuli
nima va Shou nega shu usulni o'z dramaturglik ijodi uchun asos qilib olgan? Shouning
«Pigmalion», «Parivash Ioanna* pyesalarining zid fikr — paradoksal xususiyatga egaligi nimada
ko'rinadi?
2.
Atoqli ingliz aktyorlari — Genri Irving va Ellen Terrilar-ning «Litseum» teatridagi
faoliyati. Ular Shekspirning qaysi asarlarida qanday rollar ijro etganlar?
3.
Gordon Kreg rejissor, musawir va teatr nazariyachisi sifatida sahnada hayot voqeligini
aks ettirishda qanday yo'l tutdi? Ngga u go'zallik va makoniy ifoda muammosiga alohida diqqat-
e'tibor qaratgan? Nega u sahnada me'moriy inshoot ifoda vositalarini ishga solishga intildi?
Do'stlaringiz bilan baham: