Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий


MAKS REYNXARDT (1873-1943-y.)



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

MAKS REYNXARDT (1873-1943-y.) 
Maks Reynxardt XIX asr oxiri va XX asr birinchi yarmida nemis sahna san'atining chinakam 
islohchisi sifatida maydonga chiqdi. Reynxardt XIX asr teatr tajribalari, meyningenchilar A 
Antuan, O.Bram kashfiyotlarini o'zlashtirib shunday sintetik teatr barpo et-diki, natijada u 
shartlilik, tomoshaviylik va hayotiy haqqoniylik ta-moyillarini o'zaro omixtalashtirdi, ularni 
mushtarak ifoda omiliga aylantirdi. Reynxardtning benihoya ko'lamdor ijodiy izlanishlari XX asr 
teatr rivojida ko'pgina yo'nalishlarni belgilab berdi. 
Reynxardt o'z ijodiy yo'lini aktyor sifatida boshladi, Vena kon-servatoriyasini tugatgach 
1895-yili u Avstriyaning bir qator shahar teatrlarida ishlaydi. 1895-yili O. Bram taklifiga ko'ra 
«Nemis teatri»ga taklif etiladi va shu yerda u bir qator o'tkir sajiyali rollar («Zulmat uyasi* da 
Akim, «Arvohlar»sa duradgor) o'ynab, o'zgalar qiyofasiga kirishda yuqori-mahorat sohibi 
ekanini ko'rsatadi. Reynxardt Bramdan ko'p narsa o'rgangan bo'lsa-da, lekin unga ijodiy hamfikr 
bo'lolmadi. U Bram e'tiqod qo'ygan naturalizm us-lubiga zid o'laroq sahnaviy g'aroyib, shoirona 
timsollar teatrini yaratish payiga tushadi. 
«TunalgT» spektakli shu qadar ulkan moliyaviy naf keltirdiki, Reynxardt katta sahna va 
tomosha zaliga ega yana bir teatr ochdi. Endi u «Yangi teatr»da zamonaviy asarlar qatori 
mumtoz dramaturgiya namunalariga ham keng o'rin ajrata boshladi. Shu tarzda yangi sahnada 
Yevripidning «Medeya» G.E. Lessingning «Minna fon Barnxalm*, F. Shillerning «Makr va 
muhabbat* asarlari paydo bo'ldi. 1904-yili u Shekspir ijodiga murojaat etib, uning «Vindzor-lik 
masharaboz ayollar», 1905-yili esa sahnalashtirdi. Reynxardt Berlindagi «Nemis teatri» va o'zi 
tashkil etgan «Kichik teatr»larga rahbarlik qilib, turli janr va turlicha tabiatli asarlarni turlicha 
tajri-baviy usullarda sahnaga qo'ydi. Ayniqsa, Shekspir asarlarini dabda-bali talqin etish usuliga 
qarshi kurash ochdi. Uning «Yoz tunidagi tush» spektakli, masalan, mayin nafosati, orombaxsh 
bayra! nafasi bilan tomoshabinni larzaga soldi. Reynxardtning fusunkor, shoirona sahnaviy 
muhit olamida aktyorlarni o'zaro uyg'un va haqqoniy obraz yaratishga erishishdek rejissorlik 
topilmalari badiiy yaxlit spektakl sifatida maydonga chiqdi. 
Reynxardt Shekspirning 25 dan ortiq asarini sahnaga qo'ygan. «Venetsiya savdogari*, «Qirol 
Genrix IV», «Hamlet», «Otello», «Qirol Lir», «Qish ertagi* «Nemis teatri»da doimiy ravishda 
ko'rsatib kelingan. Rejissyor o'z zamonasining fojiona qiyofasini 
«Hamlet* spektakli orqali ifoda etdi. Hamletni ikki atoqli aktyor o'ynadi: Albert Basserman 
Hamleti saroy olomoni qarshisida o'zining shohona yurish-turishi, ruhiy ustunligi bilan ko'zga 
tash-lanib turardi; Moissi butkul o'zgacha, ya'ni uning Hamleti asabiy va shubhalar o'tida 
yonuvchi, ayniqsa, bo'sh sahna qo'ynida xojti-sor va alamzada ko'rinar edi. 
1910-yili Reynxardt Berlin sirkida Sofoklning Gofmanstal to-monidan qayta ishlangan 
«Shoh Edip» asarini sahnalashtiradi. Edip fojiasi sirk maydonining orqa gir atrofiga ulanib 
ketgan ulkan om-maviy ko'rinish qarshisida sodir bo'lar edi. Besh yuz kishilik ishti-rokchilar 
ommasi Reynxardt tomonidan g'oyatda puxta ishlangan edi. Olomon bir jonzotdek harakat 
qilardi: yalang'och qo'llar ko'kka ko'tarilar, gavdalar to'lqinsimon bo'lib baravariga harakatga 
kelar, Edipga qaratilgan iltijo xitoblar baravariga yangrar; uzun oq ko'ylak (xiton) kiygan Edip 
uymalangan olomonning oyoqlari ostida yakka o'zi turardi. Vegenerning kuchli haykal surat 
obrazi misoli bir bo'feik marmardan «yasalgandek» edi. Moissi Edipni butkul o'zgacha, ya'ni 
zamonaviy kishining dil ezguligi bilan yo'g'rilgan qat'iyatli va shijoatli hukmdor tarzida 
gavdalandi. «Shoh Edip* spektaklida ommaning markaziy qahramonlardan biriga ay-lanishi, 
qahramon bilan omma orasidagi iztirobli, qayg'uli holat-larga urg'u berilishi nemis sahnasiga 
ekspressonizm oqimining kirib kelayotganidan darak berardi. 
Reynxardt Shumandan sotib olingan sirkni qayta ta'mirlab, uni «Katta drama teatri» deya 
ataydi, 1919-yili uning pardasini Esxil-ning «Oresteya» asari bilan ochadi. Keng orxestra 
maydoni, odat-dagi sahna qutisiga tutash katta old sahna, uch ming o'rinlik doira-simon tepalik 
bag'rini egallagan o'rindiqlar rejissorga spektakl ma-koniy yechimida nihoyatda keng 
imkoniyatlar yaratib bergan edi. 


81 
Reynxardt turlicha teatr ifoda shakllarini amalda qo'llash, to-moshabin bilan aktyorning 
o'zaro aloqadorligini kuchaytirish yo'lida tinmay izlandi. U yangi-yangi sahnaviy ifodaviylik 
vosita-larini qo'llash maqsadida turli mamlakatlar milliy madaniyatlariga murojaat etdi. 
Reynxardt fashizm hokimiyat tepasiga kelgach, Germaniyani tark etib Avtriyada qo'nim 
topadi, 1938-yildan AQSHda muhojir bo'lib yashashga majbur bo'ladi. Hayotining so'nggi 
yillarini Holli-vudda o'tkazib, shu yerda bir necha spektakl yaratadi, teatr mak-tabida dars beradi, 
Shekspirning «Yoz tunidagi tush» asari bo'yicha filmni suratga oladi. 
Maks Reynxardt sahna san'atini misli ko'rilmagan yangi ifoda omillari va uskunalar bilan 
boyitdi, dekorator-musawir san'atidan unumli foydalanish, nur va rangni qo'llashda mo'jizalar 
yaratishga qodir aktyorni spektaklning bosh ijodkori deb bildi. «Men teatrning abadiyligiga 
ishonaman, boisi aktyorning abadiyligiga ishonaman», deb yozgan edi Reynxardt. Germaniyada 
ijod qilgan yirik aktyor-laming ko'pchiligi Reynxardt tarbiyasini ko'rgan aktyorlar edi. A. Moissi, 
E. Vintershteyn, E. Timig, G. Eyzolt, A. Basserman kabi-lar shular jumlasidandir. 
Reynxardt qaysi janrda ishlamasin, qanday sahnaviy shakllarni qo'llamasin va qaysi davrga 
oid asarni qo'ymasin, asosiy diqqat-e'tiborini insonga qaratdi. Insonga bo'lgan sevgi-muhabbat, 
xayri-xohlik XX asr teatrining yaratuvchilaridan biri bo'lmish Reynxardt ijodining tub 
mohiyatini belgilab berdi. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. G. Gauptman ijodi ko'p qirrali badiiy-estetik xususiyatlarga 
egaligi bilan nemis teatri qatori umumovro'po teatri tarixida yangi 
voqelik ekani; Gauptmanning ilk pyesalaridayoq («Tong oldida*, 
«G'ariblar», «To'quvchilai>) shaxs erkinligi va jamiyat muammo- 
larining qo'yilishi. «Hayot shomi» dramasida nega Klauzen dar- 
badarlik va o'limga mahkum etilgan shaxs tarzida ifoda etilgan? 
2. Meyningen teatri sahna san'atiga qanday yangiliklar 
qo'shdi? M. Reynxardt nemis sahnasida Shekspir asari. 
yangicha yondashuv tamoyillarini tasdiq etgan rejissor ekani; uning 
rejissorlik faoliyatida qanday yangi badiiy-estetik xususiyatlar 
ko'rindi? 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish