Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий


MARI DORVAL (1798-1849-y.)



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

MARI DORVAL (1798-1849-y.) 
Fransiyaning buyuk aktrisasi 
Man Dorval 
nomi shoirona nazo-kat, joziba va kechinma 
qudratining timsoli bo'lib qolgan. U to-moshabinni larzaga solish sir-sehrini egallagan sahna 
sohibasi edi. Ko'rinishdan unchalik ko'zga tashlanmaydigan aktrisa «Komedi Fransez* teatrining 
boshqa hushqomat aktrisalariga o'xshamas edi. Kichik jussali, xipcha, yuz ko'rinishida 
mutanosiblik uncha ham sezilmaydigan, ovozi bir oz xirillab chiquvchi Mari Dorval, Gyugoning 
ta"biri bilan aytganda, «go'zallikdan yuqori* bo'lib, uning jozibasiga tan bermay iloji yo'q edi. 
Aktrisaning maftunkor-ligi uning his-tyg'ularining favqulodda o'tkir ta'sirchanligi, china-kam 
extiros bilan yo'g'rilgan ovoz tuslanishi, turish holati va qo'l ishoralarining betakrorligi bilan 
izohlanardi. Uning iste'dodi doira-sida insoniy uqubat, sevgi-sadoqat va qahr-g'azab tuyg'ularini 
ifodalashda shakl va omillarning cheki yo'qdek edi. Zo'rlik va no-haqlikka qarshi ko'tariluvchi 
ruhiy shijoatning zaifalik malohatiga mushtarak kelishi Dorval iste'dodining ayricha belgisi edi. 
Dorvalning ota-onasi aktyor bo'lishgan, u bolalikdan teatrda katta bo'lib, erta sahnaga 
chiqadi. 1818-yili Parijga kelib konservatoriyaga o'qishga kiradi, lekin tez orada uni tashlab 
ketadi. Dorvalning o'ziga xos alohidaligi konservatoriya ta'limiga mos tushmaydi. Dorval 
hayotining tasnifchisi uning konservatoriya quchog'ida o'tgan davrini shunday ta'riflagan: «Ana, 
o'sha tabiat va o'z qalbidan saboq olib san'atga yo'l olgan noziknihol qiz konservatoriya 
professorlari qarshisida turardi. Ko'ngil izmi bilan yurgan, turgan qizga endi qadam tashlash, 
tabassum qilish, nafas olish nazariyasi, ya'ni qahr-g'azab, uyat, dahshat, qo'rquv, quvonch kabi 
andozaga kirib qolgan an'anaviy ehtiros mezonlari tizimini o'zlashtirish mashaqqati turardi; qaysi 
extiros qaysi she'rning qayerida tugashi haqida so'z borardi....* 
Dorval eng nufuzli «Port-Sen-Marten» xiyobon teatri artistiga aylanadi. Unga shon-shuhrat 
keltirgan janr xazin drama (melodrama) bo'ldi. Dyukanjning «0'ttiz yil yoxud Qimorbozning 
hayoti* (1827) xazin dramasidagi Amaliya uning birinchi dovrug'li roli edi. Spektaklda Dorval 
xazin dramaga xos o'gitnamo, obraz qambarligi doirasida chinakam insoniylik qadriyatini topa 
bilish va uni jo'shqin his-kechinmalar orqali tomoshabinga yetkazish layo-qatini namoyish etadi. 
Aktrisa oilani kafangado qilgan qimorboz eri Jorj Jermoni dastidan jigar-bag'ri kuysa-da, 
zorlanmay, g'am-alam o'tida yonuvchi, shiikasta qalb, oriyatli, andishali ayol obrazina yaratadi. 
U sahnada o'n olti yoshlik chog'ida paydo bo'lib, pyesa oxirida 46 yoshga yetganida ham, muallif 
izohicha, uning «baxtsizlikdan holi tang qiyofasida beozorlik va toleiga tobelik hissi ko'rinib 
turardi*. Dorval muallifga zid ravishda Amaliyaning Jorjga emas, balki bolalarga nisbatan mehr-
muhabbatiga urg'u bergan edi. Aktrisa mazkur asarda ilk bor o'zining sevimli onalik mavzuyini 
birinchi o'ringa olib chiqadi. Uchinchi parda Dorval uchun asosiy sahnaga aylanadi. G'am-
alamdan ozib, qarib ketgan, sochlari to'zg'in Amaliya-Dorval ochlikdan toliqib, jon talvasasiga 
tush-gan bolasi atrofida nima qilarini bilmay azob chekib depsinar edi. Kuya-kuya adoyi-tamom 
bo'lgan mushtipar ona musibatining haqqoniy ifodalanishi tomoshabinlarni xayratga soldi va 
melodramaning fojia darajasiga chiqishiga olib keldi. 
Dorval 1831-yili Dyumaning «Antoni» romantik dramasida Adel D' Erve rolini uynaydi. 
Asarda ikki oshiq-ma'shuqaning ahd-paymonlari zo'rlik toshiga urilib, barbod bo'lishi hikoya 
qilingan. Adel — Dorval ulkan va beg'ubor sevgi timsoliga aylangan edi. Oxirgi pardada u 
baxtiqaro sevgilisi hanjari bilan chavoqlanib yiqilar ekan, dahshatli holatdan larzaga tushgan 
tomoshabin xaya-jonini bosolmay serrayganicha qotib qoladi. 
Dorval o'sha yili Gyugoning, «Marion Delorm* dramasida Marion rolini o'ynaydi. Dorval 
she'riy asarlarni odatda, ancha qi-yinchilik bilan o'zlashtirgan, negaki uning she'riyatni o'ziga 
sing-dirishi qiyin kechardi. Shu bois sevgiga sodiq, fidoyi Marion roli ustidagi ish unga ayniqsa 


45 
qadrli edi. Dorval ijodi uchun an'anaviy mavzu bo'lgan sevgi orqali ifoda etiluvchi poklanish 
mavzusi Marionda ham o'ziga xos jo'shqin kechinmali tarzda namoyon bo'ldi. 
1835-yili Dorval «Komedi Fransez* teatrida o'zi uchun maxsus yozilgan Vinining 
«Chatterton». asarida Kitti Bell rolini o'ynaydi. Kitti-Dorval xudbin, riyokor, daval kishilar 
orasida begona, o'z yog'ida o'zi qovrilgan g'aribu benavo yolg'iz ayol; yakka-yagona quvonchi — 
uning bolalari. Aktrisa betayanch, tortinchoq, ushoq mushtipar bu juvonning malohati va jo'shqin 
onalik mehr-shafqatini ajib shoirona qalb tug'yonlari orqali namoyon etgan edi. Uning nozik 
harakatlari, kichik gavdasi, o'ychan katta-katta moviy ko'zlari, mayin va siniq ovozida boshdan 
kechirgan musibatli hayot qissasi aks etib turardi. Aynan Kitti Bellga o'xshash bebaxt, 
so'qqabosh shoir Chatterton paydo bo'lib qoladi. Ular yordam qo'lini cho'zish bahonasida o'zlari 
bilmagan holda bir-birlarini sevib qolishadi; bu shunday, sevgiki, ularni bitta o'limgina undan 
xalos, qilishi mumkin. Dorval so'nggi pardada ayniqsa yaxshi o'ynagan edi. U fojia sahnasini 
antiqa bir tarzda kursatish maqsadida sahnaga narvon qo'yib berishlarini so'raydi. Chatterton 
zahar ichadi, uning o'limi aniq: ular dillarini o'rtagan sevgi izhorini bayon etishar, so'ng 
Chatterton «Kittini itarib yuborib, tebranib-depsinib yuqoriga, xonasiga ko'tariladi; dahshatdan 
hushini yo'qotayozgan Kitti uning ortidan ko'tarila boshlaydi, yiqiladi, nar-vonga yopishadi, 
tirmashadi, yurolmay, changak bo'lib, bexos keskin harakat qiladi, oyoqlari ko'ylagiga ilashib, 
chekkalab qo'llari olg'a intilgancha yuqoriga siljiydi, jon-jahdi bilan eshikni o'ziga tortadi, eshik 
ochilganda uning ko'zi jon talvasasida yotgan Chattertonga tushadi, ko'kni qoplagudek dahshatli 
hayqiriq eshiti-ladi. Umrida biror marta ovoziga zeb bermagan bu beozor xudojo'y ayolning 
dabdurustdan ko'tarilgan xayqirig'i uning o'limdan boshqa iloji qolmagan so'nggi hayqiriq ekani 
o'z-o'zidan ayon edi*. Dorval yaratgan obrazlar turlicha bo'lib, ularning hammasini yovuz 
kuchlar bilan to'qnashuv orqali insoniylik va beg'ubor sevgi-sadoqat hislarini tasdiqlash g'oyasi 
birlashtirib turadi. U sahnada bir paytning o'zida oddiy, to'pori va mardona, mungli va ulug'vor, 
kuchli va kuchsiz bo'la olar va hamisha o'z insoniyligi bilan to-moshabinlarini o'ziga mudom 
maftun eta olardi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish