V. V. Mayskiy


Neostigmin qoʻllash uchun koʻrsatmalar



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/182
Sana13.04.2022
Hajmi7,23 Mb.
#548497
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   182
Bog'liq
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima) (1)

Neostigmin qoʻllash uchun koʻrsatmalar 
Miasteniya
 
- autoimmun kasallik, skelet muskullarining N
M
-xolinoretseptorlariga 
autoantitana hosil boʻladi, N
M
-xolinoretseptorlar miqdori kamayadi va nerv-muskul 
oʻtkazuvchanlik buzuladi, autoimmun bolgani uchun organizmda autoantigenga nisbatan 
autoantitelalar hosil boʻladi va mana shu antitela 
(immunoglobulinlar)
N
M
xolinoretseptor-
larga birikadi, chunki mana shu retseptorlar Ig uchun nishon boʻlib qoladi, shu sababli Ax 
ta‘sir etishi kerak boʻlgan retseptorlar soni ham kamayadi. Bu skelet mushaklarini zaifligiga 
olib keladi; 
Kasallik skelet muskullarining zaiflanishi bilan namoyon boʻladi. Birinchi navbatda 
ekstraokulyar muskullar, yuz, hiqildoq, halqum muskullari, tonusi pasayadi. Ptoz 
(qovoq 
tushishi)
, diplopiya, chaynashning buzilishi, hamda disfagiya, dizartriyalar rivojlanadi. Ogʻir 


95 
Manbaa:
@pharma_baza
holatlarda qoʻl oyoq va boʻyin muskullarining qisqarishi susayadi; miastenik krizisda nafas 
muskullarining zaiflashishidan nafas buzulishi mumkin. 
Neostigmin miasteniyada simptomatik ta‘sir koʻrsatadi, nerv-muskul oʻtkazuvchanligini 
qayta tiklaydi. Preparatni ichish tavsiya etiladi, miastenik krizis holatida teri ostiga yoki 
mushak orasiga yuboriladi. Neostigminning muskarinsimon effektini yoʻq qilish uchun M-
xolinoblokator atropin yuboriladi. Neostigmin va atropin birgalikda yuborish tavsiya 
etilmaydi, chunki atropin bradikardiya chiqarishi mumkin. 
2. Kuraresimon moddalar antogonisti sifatida antidepolyarizatsiyalovchi konkurent ta‘sir
3. Operatsiyadan keyingi ichaklar va siydik pufagi atoniyasi 
4. Glaukoma kam hollarda ishlatiladi. 
Neostigmin nojoʻya ta‘sirlari: akkomodatsiya spazmi, mioz, soʻlak va bronxial bezlar 
sekretsiyasini kuchayishi, bronxospazm, koʻngil aynishi, qayt qilish, diareya, qorinning 
spastik ogʻriqlari, arterial gipotenziya, allergik reaksiyalar. Ortiqcha dozadagi neostigmin 
miastenik krizis (nerv-muskul oʻtkazuvchanligi buzilshi, muskul zaifligi) simptomiga 
oʻxshash xolinergik krizisni rivojlantiradi.
Piridostigmin 
(mestinon) neostigmin ta‘siriga oʻxshaydi. Miasteniyada qoʻllaniladi. Ta‘siri 
uzoq davom etadi 6 soat, muskarinsimon effekti kam namoyon boʻladi.
Edrofoniy
(tenzilon) vena ichiga yuborilganda 30-60 sek soʻng ta‘sir qiladi. Ta‘sir 
davomiyligi 10 min. Edrofoniy miasteniyani diagnoz qilishda hamda miastenik va xolinergik 
krizis differensirovkasida (xolinergik krizis antixolinesteraz moddalar dozasi koʻyishi bilan 
bogʻliq, miastenik krizisdagi kabi muskullar zaiflashishi namoyon boʻladi). Miastenik 
krizisda edrofoniy terapevtik effekt yuzaga keltiradi, xolinergik krizisda nerv-muskul 
oʻtkazuvchanligi yomonlashadi, lekin edrofoniy effekti tez oʻtib ketadi. 
MNS buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan muskul paralichlarida masalan paralichdan keyin 
poliomiyelitda 
galantamin
(invalin) qoʻllaniladi gematoensefalik barierdan yaxshi oʻtadi.
Bundan tashqari galantamin ichak va siydik pufagi atoniyasida, miasteniyada 
antidepolyaziratsiyalovchi konkurent ta‘sirli kuraresimon moddalar antogonisti sifatida 
ishlatiladi.
Antixolinesteraz moddalardan birinchi boʻlib galantamin Alstgeymer kasalligida ishlatila 
boshlangan. Bu kasallikda 

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish