V. V. Mayskiy



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/182
Sana13.04.2022
Hajmi7,23 Mb.
#548497
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   182
Bog'liq
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima) (1)

3.1.3. M.N-xolinomimetiklar 
M, N-xolinomimetiklarga, avvalambor mediator - atsetilxolinni kiritishimiz mumkin- u 
orqali qo`zg`alishlar barcha xolinergik sinapslarda o`tkaziladi. Asetilхolin preparati ishlab 
chiqariladi. Klinikada qisqa muddatli ta‘sir etishi sababli preparat kamdan-kam qoʻllaniladi 
(bir necha daqiqa; plazmadagi xolinesteraza va asetilxolinesteraza ta’sirida preparat tezda 
inaktivlanadi).
Shu bilan birga, atsetilxolin eksperimental tajriba uchun eng sevimli dori 
hisoblanadi; ta‘sirning qisqa davomiyligi preparatni oʻrganish davomida qayta-qayta 
kiritilishiga imkon beradi. 
Asetilхolin bir vaqtning oʻzida M- va N-xolinergik retseptorlarini qoʻzgʻatadi. 
Asetilхolinning M-xolinergik retseptorlariga ta‘siri kuchliroq(N-
navbat
, ya‘ni keying 
navbat
da ta‘sir qiladi, avval M ga ta‘sir qiladi – deb eslab qolishimgiz ham mumkin). 
Shuning uchun odatda atsetilxolinning ―muskarinsimon‖ ta‘siri paydo boʻladi. Asetilхolin 
yurak-qon tomir tizimiga yaqqol ta‘sir qiladi: 
☼ Yurak qisqarishini kamaytiradi 
(salbiy xronotrop ta’sir)

☼ Вoʻlmachalar va qisman qorinchalarning qisqarishini susaytiradi 
(manfiy inotrop ta’sir)

☼ Atrioventrikulyar tugunda impulslarni oʻtkazishni qiyinlashtiradi 
(manfiy dromotrop
ta’sir); 
☼ qon tomirlarini kengaytiradi
(periferik qarshilik kamayadi)
.
Koʻpgina qon tomirlar parasimpatik innervatsiya olmaydi, ammo endoteliy va silliq 
mushaklarda innervatsiya qilinmagan M
3
xolinergik retseptorlarini oʻz ichiga oladi. 


93 
Manbaa:
@pharma_baza
Endoteliyning M
3
хolinoretseptorlari asetilхolin tomonidan qoʻzgʻalganda endoteliya 
hujayralaridan kengaytiradigan endothelial boʻshashtiruvchi omil - NO ni chiqaradi 
(endoteliy olib tashlanganda atsetilxolin tomirlarni toraytiradi - silliq mushaklarning M
3
-
xolinergik 
retseptorlarini 
stimullaydi).
Bundan 
tashqari, 
atsetilxolin 
simpatik 
innervatsiyaning vazokonstriktor ta‘sirini pasaytiradi 
(simpatik adrenergic tolalar uchida 
M
2
-xolinergik geteroretseptorlarini stimullaydi va shu bilan noradrenalinning ajralishini 
kamaytiradi). 
Bradikardiya va arteriolalar kengayishi bilan bogʻliq holda, tajribada atsetilxolin, tomir 
ichiga yuborilganda qon bosimini sezilarli darajada pasaytiradi. Ammo agar M-xolinergik 
retseptorlarini atropin bilan ingibirlanganda, atsetilxolinning katta dozalari qon bosimining 
pasayishiga emas, balki qon bosimining koʻtarilishiga olib keladi(13-rasm). M-xolinergik 
retseptorlari blokadasi fonida asetillxolinning ―nikotinsimon‖ ta‘siri: simpatik tugunlar va 
buyrak usti xromaffin hujayralarini stimullanishi 
( qon tomirlarini toraytiradigan adrenalin 
va norepinefrinning chiqarilishi)
yuzaga keladi. Asetilхolin bronxlar tonusini oshiradi, ichak 
harakatini kuchaytiradi, bronxial, ovqat hazm qilish va ter bezlari sekretsiyasini oshiradi. 
Atsetilxolin tarkibidagi ba‘zi bir oʻzgaritirishlar bilan karbaxolin sintez qilingan, u 
atsetilxolinesteraza bilan yoʻq qilinmaydi va uzoqroq ta‘sir qiladi. Karbaxolin eritmalari 
ba‘zida glaukomada koʻz tomchilari sifatida ishlatiladi. 

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish