V. V. Mayskiy



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/182
Sana13.04.2022
Hajmi7,23 Mb.
#548497
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   182
Bog'liq
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima) (1)

Muskarin
M-xolinergik retseptorlarining barcha turlarini faollashtiradi. Muskarin 
gematoensefalik baryerdan oʻtmaydi va shuning uchun markaziy asab tizimiga sezilarli ta‘sir 
koʻrsatmaydi.
Muskarin oshqozonning enteroxromaffin hujayralarining M
1
-xolinergik retseptorlarini 
qoʻzgʻatish orqali, parietal hujayralar tomonidan xlorid kislota sekretsiyasini faollashtirib 
gistaminning ajralishini kuchaytiradi. M
2
-xolinergik retseptorlari qoʻzgʻatishi bilan, 
muskarin yurakning qisqarishini sekinlashtiradi 
(bradikardiya keltirib chiqaradi)
va 
atrioventrikulyar oʻtkazishni sekinlanishiga olib keladi. 
Muskarin M3- xolinergik retseptorlarini qoʻzgʻatish orqali: 
qorachiqni toraytiradi - 
mioz
(koʻzning rangli pardasini aylana mushaklarini qisqartiradi); 
akkomodatsiya spazmini keltirib chiqaradi (kipriksimon mushakni qisqarishi sin boylamini 
boʻshashishiga olib keladi; gavhar boʻrtadi, koʻz koʻrishning yaqin nuqtasiga toʻgʻrilanadi );
ichki organlarni silliq mushaklarini tonusini oshiradi (bronxlar, GIT va siydik pufagi), 
sfinktorlar istisno
; bronxial, ovqat hazm qilish va ter bezlari sekretsiyasini oshiradi; 


89 
Manbaa:
@pharma_baza
qon tomirlarining tonusini pasaytiradi (aksariyat tomirlar parasimpatik innervatsiyani 
olmaydi, lekin tarkibida innervatsiya olmagan M
3
xolinergik retseptorlari mavjud; M3 
xolinergik retseptorlarini qoʻzgʻalishi qon tomir endoteliysida NO ning ajralishiga olib 
keladi, bu tomir silliq mushaklarini boʻshashtiradi). 
Tibbiyot amaliyotida muskarin ishlatilmaydi. Muskarinning farmakologik muxamor bilan 
zaharlanganda namoyon boʻladi; Koʻz qorachigʻining torayishi, kuchli soʻlak ajralishi va 
terlash, boʻgʻilish hissi 
(bronxial bezlar sekretsiyasining kuchayishi va bronxlar tonusining 
oshishi),
bradikardiya, qon bosimining pasayishi, qorin ogʻrigʻi, qusish, diareya kuzatiladi. 
M-xolinomimetik xususiyatlarga ega boʻlgan boshqa muxamor alkaloidlarini ta‘siri 
natijasida MNS qoʻzgʻalib: xavotir, alahsirash, gallutsinatsiya va tutqanoq kabilar kuzatilishi 
mumkin. 
Muxamor bilan zaxarlanganda oshqozonni yuviladi va kuchsiz tuzli eritma yuboriladi 
(NaCl). Muskarin ta‘sirini ingibirlash uchun M- xolinoblokatorlardan atropin qoʻllaniladi. 
Agar markaziy asab tizimining qoʻzgʻalishi alomatlari ustun boʻlsa, atropin ishlatilmaydi. 
Markaziy asab tizimining qoʻzgʻalishini kamaytirish uchun benzodiazepin preparatlari 
(diazepam va boshqalar) ishlatiladi. 
M-xolinomimetikalardan pilokarpin, aseklidin va betanekol amaliy tibbiyotda qoʻllaniladi. 

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish