Reja: Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari



Download 86,47 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi86,47 Kb.
#830944
Bog'liq
11 мавзу ворд


11-MAVZU. XUFYONA IQTISODIYOT VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH
Reja:

1. Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari.


2. Xufyona iqtisodiyot turlari va ularga qarshi kurashish.
3. Korrupsiyaning iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri va unga qarshi kurash.

1. Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari.
Xufyona iqtisodiyotga bо‘lgan kompleks yondashuv uni quyidagicha ta’riflash imkonini beradi. Xufyona iqtisodiyot bozor xо‘jaligining ob’yektiv va doimo mavjud bо‘luvchi tizimi bо‘lib, uning doirasida xо‘jalik yurituvchi subyektlar nohalol raqobat usullari orqali iqtisodiy manfaat olishga harakat qiladilar, ya’ni, о‘z tashabbuslari yoki tashqi shart-sharoitlar ta’sirida qonunga, ish yuritish yetikasiga, biznes bilan hokimiyat о‘rtasidagi о‘yin qoidalariga, jamiyatning ma’naviy – ahloqiy meyorlariga zid bо‘lgan xatti – harakatlarni amalga oshiradilar. 1
Bundan kelib chiqadiki, xufyona va norasmiy faoliyat olib borishdan oxir- oqibat tadbirkor о‘ziga ham, davlatga ham zarar keltiradi. Birinchidan, «xufyona iqtisodiyotda» faoliyat kо‘rsatayotgan korxona (firma) bozorni qо‘llab- quvvatlovchi institutlardan foydalana olmaydi. Ikkinchidan, korxona о‘z faoliyatini fosh bо‘lib qolish va jazo olishning doimiy xavfi ostida olib boradi va bu uning xо‘jalik faoliyatiga ta’sir kо‘rsatadi. О‘z resurslarini yashirib korxona ulardan samarali foydalana olmaydi. Uchinchidan, norasmiy tarzda faoliyat kо‘rsatayotgan korxona ishlab chiqarishga katta kapital sarflay olmaydi, ya’ni fosh bо‘lib qolishdan chо‘chib faoliyatni kengaytira olmaydi. Va nihoyat, tо‘rtinchidan, davlat olishi mumkin bо‘lgan soliq tushumlarini ololmaydi.
О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimovning “О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarining Korrupsiya va jinoyatchilik muammolariga bag‘ishlangan qismida “О‘tish davrida yangi iqtisodiy mexanizmlar shakllantirilayotgan bir paytda aholining asosiy kо‘pchiligi bozor sharoitida yashashni yendigina о‘rganayotganligidan va uning ob’yektiv qonunlarini payqay boshlaganligidan foydalanib, amalga oshirilayotgan iqtisodiy jinoyatlar toifasi”2 mamlakat iqtisodiyotga katta tahdid solishi mumkinligi ta’kidlab о‘tilgan. Unda “xufyona” deb atalayotgan iqtisodiyot voqelik sifatida qanday sharoitda vujudga kelganligiga ham tо‘xtalib о‘tilgan. Asarda yozilishicha, bunday iqtisodiyot “ishlab chiqarish sohasidagi qonunlarni qо‘pol ravishda buzib, о‘ziga xon – о‘ziga bek bо‘lib olgan yedi. Chunki unga eng yaqin raqobatchi bо‘lgan davlatning iqtisodiy tuzilmalari qotib holgan kо‘rsatmalar va taqiqlar bilan cheklab qо‘yilgan yedi. Sovet davrida bu hodisa haddan tashqari kuchaydi, xunuk holga keldi va О‘zbekistonga meros bо‘lib qoldi”3.
«Xufyona» iqtisodiyotning sobiq Ittifoqda shakllanish shart-sharoitlarini kuzatish shuni kо‘rsatdiki, u 80-yillarning о‘rtalariga kelib, keng kо‘lam yozdi (yashirin xizmat sohasi, tovarlarni davlat chakana tarmoqini chetlab sotib olish, davlat moddiy texnik ta’minoti tizimini chetlab, korxonalarni ta’minlash) xufyona sektor ishlab chiqarishda ham shakllana boshladi.
Xuddi shunga о‘xshash xufyona iqtisodiyot Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ham mavjud yedi. Lekin ularda ochiq mayda tadbirkorlik (cheklangan darajada bо‘lsa ham) kanallari mavjudligi tufayli, «xufyona» iqtisodiyotning kо‘lami juda ham katta yemas yedi.
Respublikasining Birinchi Birinchi Prezidenti I.Karimovning «О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ta’kidlanganidek, “xufyona iqtisodiyot”ning mavjud bо‘lishi uyushgan jinoyatchilikni keltirib chiqaradi. Davlat hokimiyati tuzilmalarining turli bо‘g‘inlari va turli darajalari vakillari ham uning yо‘ldan ozdiruvchi ta’siriga tushib qoladi”.4
Aksariyat hollarda insonga kam kuch sarflab, kо‘proq manfaat olishga intilish xosdir. Y.N.Popov, M.YE Tarasovlarning fikricha, bunday ratsionalizm ichki tо‘siqlarning yetarli yemasligi va ba’zida ularning umuman yо‘qligi sharoitida insonni xufyona faoliyat olib borishga undaydi. Inson tabiatini о‘zgartirib bо‘lmaydi, lekin insonning xulq-atvorini u yashayotgan muhit, tarbiyasi, madaniyati va ma’naviyati belgilaydi. Inson tabiatidagi yezgulik va yovuzlik о‘rtasidagi ziddiyat mavjud ijtimoiy munosabatlar tizimiga, ya’ni tarixiy an’analar, qonunchilik, jamiyatning ma’naviy-ahloqiy meyorlariga bog‘liq ravishda hal yetiladi. Umuman, xufyona faoliyat insonning xо‘jalik faoliyati davomida u yoki bu darajada doimo mavjud bо‘ladi.
Xufyona faoliyatning kelib chiqishiga sabab bо‘ladigan omillar orasida bozor xо‘jaligiga xos bо‘lgan iqtisodiy omillar alohida о‘rin tutadi.
Institusionalizm tarafdorlarining qarashlaricha, xо‘jalik subyektlarining faoliyatlari qonun doirasida olib borilgan taqdirda transaksion xarajatlarining yuqoriligi yashirin iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga undaydi. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
- qonun doirasida faoliyat olib borish uchun qilinadigan xarajatlar (yuridik shaxs sifatida rо‘yxatdan о‘tish, litsenziya olish, yuridik adres olish va boshqa rasmiyatchiliklarni amalga oshirish uchun qilinadigan sarf-xarajatlar);
- qonun doirasida faoliyatni davom yettirish (soliqlar tо‘lash, mehnat munosabatlari sohasida qonuniy talablarni bajarish, zarur bо‘lganda nizolarni sud orqali hal yetish uchun sarflanadigan xarajatlar).



11.1-rasm. Xufyona iqtisodiyotning kelib chiqish sabablarining guruhlanishi


Umumiy qabul qilingan transaksiya xarajatlari nuqtai nazaridan xufyona iqtisodiyotning faoliyat kо‘rsatishi huquqiy bazaning takomillashmaganligi, davlat tomonidan о‘ziga xos funksiyalarning samarasiz bajarilishi, xо‘jalik faoliyatida ikki xil standartlarning keng tarqalishi kabi tovlamachiliklarning о‘sishi bilan bog‘liq katta miqdordagi transaksiya xarajatlari bilan kuzatiladi.
Transaksiya xarajatlari о‘sishining sababi xufyona sektori iqtisodiyoti yemas, balki rasmiy iqtisodiyotda yuqori transaksiya xarajatlarining mavjudligi xufyona sektor faoliyat kо‘rsatishining sabablaridan biri bо‘lib hisoblanadi.
Xufyona biznes ishtirokchilari о‘zini soliqlardan, litsenziyalashdan, shartnomalar tuzishdan, qonunlarga amal qilishdan ozod qiladi va “о‘yin qoidalariga” kо‘ra mulkchilik huquqini mustaqil ravishda muhofaza qiladi hamda uni buzgan xatti-harakat uchun jazolaydi va bu bilan rasmiy faoliyat kо‘rsatuvchi xо‘jalik yurituvchi subyektlarga qaraganda raqobat jihatdan ustunlikka yega. Jadvalda iqtisodiyotning rasmiy va norasmiy sektorlarida tadbirkotlik faoliyatini tashkil yetish yuzasidan transaksiya xarajatlari taqqoslanadi(11.1-jadval).
Mazkur 11.1 - jadval shuni yaqqol kо‘rsatib turibdiki, iqtisodiyotning xufyona sektorida aksariyat pozitsiyalar bо‘yicha faqat tadbirkorlik faoliyatini tashkil yetishda transaksiya xarajatlari rasmiy iqtisodiyotga qaraganda ancha past(6+/2+). Masalan, yerga yegalik qilish yoki uni ijaraga olish huquqlarining noqonuniy qо‘lga kiritilishi imorat soluvchilar uchun bepulga tushmaydi, lekin barcha rasmiy tartib-qoidalar va ushbu transaksiyani amalga oshiruvchi instansiyalar, sarflangan vaqt va boshqa sarf-xarajatlarni hisobga olgan holda nolegitim yо‘l ayrim subyektlar uchun ancha oson va foydali bо‘lib chiqadi.

11.1-jadval


Transaksiya xarajatlari: iqtisodiyot sektorlari bо‘yicha qiyosiy tahlil



Transaksiya xarajatlari turi

Rasmiy sektor

Xufyona sektor

Izoh

1. Tadbirkorlik faoliyati uchun litsenziya olish

+

-

Norasmiy ishlab chiqarish

2. Yerga yegalik qilish yoki uni ijaraga olish huquqini qо‘lga kiritish

+

-

Noqonuniy qurilish

3. Tegishli qonunlar va normativlarni bilish va ularga amal qilish

+

-

Xufyona iqtisodiyotning о‘yin qoidalariga amal qilish

4. Soliqlarni tо‘lash

+

-




5. Kredit olish

+

+

Kredit imtiyozli shartlarda beriladi

6. Shartnomalar shartlarining bajarilishini nazorat qilish tizimi

+

+

Bitimlarni noiqtisodiy nazorat qilish

Jami

6+

2+




Chunki xufyona iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyotdan о‘tib bо‘linmas tо‘siq bilan ajralmagan, kо‘pchilik xо‘jalik yurituvchi subyektlar transaksiyalarni xufyona sektor yordamida amalga oshirish mumkin.


Shularni inobatga olganda norasmiy sektor faoliyatini cheklash nafaqat qonunchilikni takomillashtirish, balki tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun sarflanadigan transaksiya xarajatlarini ham qisqartirib berish muhim ahamiyatga yega.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, qonunlarga itoat yetish “bahosi” tо‘g‘ridan- tо‘g‘ri pul xarajatlarinigina yemas, balki u yoki bu protseduralarni amalga oshirish uchun ketadigan vaqtni ham о‘z ichiga oladi. Aynan shu holat kо‘p hollarda xufyona faoliyat yuritish uchun asosiy sabab bо‘ladi. Bu yerda muqobil qarorni izlash natijasida iqtisodiyot subyektlari davlat ishtirokisiz, ya’ni xufyona faoliyat olib borish yо‘lini tanlaydilar.
Demak, olimlarning fikricha, qonunga itoat yetishning yuqori bahosi bilan xufyona iqtisodiyot о‘rtasida tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Lekin yashirin tarzda faoliyat olib borish ham katta sarf-xarajatlar bilan bog‘liq.
Iqtisodchilar xufyona iqtisodiyot kelib chiqishining iqtisodiy sabablarini bozor xо‘jaligi doirasida raqobat muammosi bilan bog‘lash mumkin, degan fikrni bildiradilar. Ular xufyona iqtisodiyotni nomukammal raqobatning bir shakli sifatida kо‘rish kerak, deb hisoblaydilar. Mukammal bozor munosabatlari shakllanib va rivojlanib borgani sari sog‘lom raqobat xufyona iqtisodiyotni siqib chiqaradi. Buning isbotini rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida kо‘rish mumkin. Ularda xufyona iqtisodiyotning ulushi rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga о‘tayotgan mamlakatlardagiga qaraganda ancha past.
Davlat iqtisodiyotni samarali boshqara olmas yekan, tadbirkorlikni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlar yaratmas yekan, xufyona iqtisodiyot xunuk kо‘rinishlarga yega bо‘lib, miqyoslari kengayib boraveradi. Xufyona iqtisodiyot miqyoslari, ayniqsa, inqirozlar davrida, yuqori inflyatsiya va valyuta kurslarining keskin о‘zgarib turishi, bozor xо‘jaligida muvozanat buzilgan sharoitda shiddat bilan kengayib boradi.
Xufyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining keyingi guruhiga ijtimoiy omillar kiradi. Hozirgi kundagi jamiyatda bir qator ijtimoiy muammolar mavjud bо‘lib, ulardan biri jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishidir. Bu bozor iqtisodiyotiga xos bо‘lgan jarayon bо‘lib, muammoni hal yetishga bо‘lgan urinishlar aksariyat jamiyatlarda muvaffaqiyatsiz bо‘lmoqda. Jamiyatning tarkibiy tuzilishi xufyona iqtisodiyot ishtirokchilarining potensial sonini belgilaydi. Chunki, aholining kam ta’minlangan va boshqa guruhlari xufyona sektor doirasiga kо‘proq tortiladi.
Xufyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining yana bir guruhiga huquqiy omillar kiradi. Bu tadbirkorlikning huquqiy bazasini takomillashmaganligi bilan bog‘liqdir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham tadbirkorlikning huquqiy bazasini rivojlanishi iqtisodiy jarayonlardan orqada qoladi. Bozor xо‘jaligidagi о‘zgarishlar bilan mavjud huquqiy baza о‘rtasidagi ziddiyatlar xufyona iqtisodiyot subyektlari uchun huquqiy sohadagi kamchiliklardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Qonunlar ham xufyona faoliyat turlariga nisbatan turlicha bо‘lishi mumkin. Ba’zi holatlarda yirik korporatsiyalar о‘zlarining moliyaviy imkoniyatlaridan foydalangan holda qonun chiqaruvchilarga tazyiq о‘tkazishlari va ma’lum ijtimoiy guruhlar manfaatlariga mos keladigan qonunlarni qabul qilinishiga harakat qilishlari mumkin.
Xufyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining boshqa bir guruhiga ma’naviy omillar kiradi. “Tenevaya yekonomika v sisteme rinochnogo xozyaystva”, deb nomlangan darslik mualliflarining fikricha, ushbu omillar tadbirkorlik faoliyatining ma’naviy asoslarini zaifligi bilan belgilanadi. Ularning ta’kidlashlaricha, qonunlar ma’lum davrning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini о‘zida aks yettiradi. Lekin aynan qonunlar orqali amalga oshiriladigan davlat manfaatlari kо‘p hollarda jamiyatning kо‘pchiligi manfaatlariga mos kelavermaydi, ayrim holatlarda yesa ularga zid bо‘lishi mumkin.
Tadbirkorlikning ma’naviy asosi keng bо‘lib, kо‘p hollarda xо‘jalik huquqidan ham muhimroqdir. Yuqorida nomi keltirilgan darslik mualliflari misol tariqasida Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniyaning natsistlar rejimi bilan xufyona operatsiyalar о‘tkazgan shveysar banklari faoliyatini keltiradilar. Rasmiy tomondan olib qaraganda bunday faoliyat qonunga zid bо‘lmagan, lekin jahon hamjamiyati oldida bu banklar oddiy ma’naviy-ahloqiy tamoyillarni oyoq osti qilganlar. Mana shunday bahoni Germaniyaning yirik korporatsiyalari faoliyatiga ham berish mumkin. Ular ham Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar tomonidan bosib olingan hududlardagi minglab kishilarning mehnatidan foydalanganlar. Ayni paytda, deb yozadilar darslik mualliflari, hozirga kelib mana shu korporatsiyalar, bir paytda jamiyatning ma’naviy – ahloqiy tamoyillarni buzganliklarini tan olgan holda, kishilarga kompensatsiya tо‘lamoqdalar5.
Va nihoyat, xufyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining oxirgi guruhiga siyosiy omillar kiritiladi. Ushbu omillar siyosiy tizimdagi ziddiyatlar oqibatida yuzaga keladi. Bunda eng muhim, prinsipial masalalardan biri hokimiyat bilan yirik kapital о‘rtasidagi munosabatlar masalasidir. Ma’lumki, ularning birlashishi har narsaga qodir bо‘lgan oligarxiyani shakllantiradi. Bu xufyona iqtisodiyotga sifat jihatdan yangi belgilar beradi6.
Iqtisodiyot rivojlanishining ob’yektiv ehtiyojlari bilan olib borilayotgan davlat siyosati о‘rtasidagi qarama–qarshiliklar ham xufyona iqtisodiyotning shakllanish jarayoniga jiddiy ta’sir kо‘rsatadi. О‘tgan asrning 20-yillarida AQShda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish qonun yо‘li bilan taqiqlab qо‘yilganligi natijasida xufyona alkogol biznesi rivojlanib ketgan. 80-yillarda shunday holat SSSRda ham takrorlangan. 1960-yillarda Hindistonda hukumat qarori bilan past probali tilla bilaguzuklar ishlab chiqarish taqiqlanganligi bois, qisqa vaqt ichida xufyona iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60 foizga yetgan. Hindiston xukumati о‘ylamasdan qabul qilingan qarorni bekor qilganidan sо‘ng iqtisodiyot normal holatiga qayta boshlagan7.
Yuqoridagilarga xulosa qilib, ta’kidlash kerakki, xufyona iqtisodiyot tovar- pul munosabatlari paydo bо‘lgan davrdan boshlab shakllanib va rivojlanib, ochiq iqtisodiyot bilan parallel faoliyat kо‘rsatib kelgan. Ayni paytda uning miqyoslari turlicha bо‘lgan. Shundan kelib chiqib uni о‘rganishga bо‘lgan yondashuvlar ham xilma-xil bо‘lgan.

2. Xufyona iqtisodiyot turlari va ularga qarshi kurashish


Tadqiqotchilarning katta bir qismi xufyona faoliyat va xufyona iqtisodiyotni о‘rganishga huquqiy jihatdan yondashadilar (7.2–rasm). Ushbu yondashuv tarafdorlari xufyona iqtisodiyotni turlarga ajratishda qonunning buzilishini asosiy mezon qilib oladilar. Xufyona iqtisodiyotni ikkiga ajratadilar: kriminal («qora») va nokriminal («kul rang»). Bunda biror bir faoliyatni davlatdan yashirish faktini ikki turdagi motiv bilan bog‘liq, deb hisoblaydilar.
Shunday qilib nokriminal («kul rang») iqtisodiyotda daromadlar (yoki xarajatlar) yashiriladi, kriminal («qora») iqtisodiyotda faoliyatning о‘zi yashiriladi. О‘z navbatida kriminal iqtisodiyot doirasida ikkita tarkibiy qism ajratiladi: noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyati va iqtisodiy jinoyatchilik.
Noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyatiga biznes kо‘rinishida tashkil yetilgan, qonun yо‘li bilan taqiqlangan faoliyat turlarini kiritish mumkin. Noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyatiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- qurol ishlab chiqarish va sotish;
- narkobiznes;
-qimor о‘yinlari;
-kontrabanda;
-fohishabozlik va b.

Xufyona iqtisodiyot




Nokriminal («kulrang»)

Kriminal («qora»)






Iqtisodiy jinoyatchilik

Noqonuniy iqtisodiy faoliyat

11.2-rasm. Xufyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bо‘lgan huquqiy yondashuv8
Iqtisodiy jinoyatlar iqtisodiy sohadagi jinoyatlar bо‘lib, ular ishlab chiqarishga bevosita aloqasi bо‘lmagan va g‘arazli maqsadlarni kо‘zlab qilingan iqtisodiy jinoyatlardir:
g‘arazli maqsadlarda xizmat mansabini suiste’mol qilish (poraxо‘rlik);
firibgarlik;
о‘g‘rilik;
ta’magirlik (reket) va b.
Y.N.Popov va M.YE.Tarasovlarning yozishicha, kriminal iqtisodiyotning ushbu turi iqtisodiyotga bevosita tegishli bо‘lmay, jinoyatchilikning bir turi hisoblanadi. Lekin shu bilan birga iqtisodiy jinoyatchilik katta iqtisodiy zarar keltiradi va aynan shuning uchun ham kriminal iqtisodiyotning bir qismi sifatida qaraladi.
Bundan tashqari, xufyona iqtisodiyot sohasi о‘zining yuqori daromadliligi va subyektlarining huquqni himoya qilish organlariga murojaat qila olmasliklari bois, iqtisodiy jinoyatchilik uchun yaxshi muhit bо‘lib hisoblanadi. Xufyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bо‘lgan statistik yondashuv xufyona iqtisodiyotni rasmiy statistikadan yashrilgan faoliyat sifatida tavsiflaydi (11.3-rasm). Rasmiy iqtisodiyot – bu davlat tomonidan kuzatiladigan va nazorat qilinishi mumkin bо‘lgan iqtisodiyot bо‘lsa, yashirin yoki norasmiy iqtisodiyot – rasmiy hisobotlarda va rasmiy shartnomalarda aks yettirilmaydigan xо‘jalik munosabatlari yig‘indisi bо‘lib hisoblanadi.

Xufyona (norasmiy) iqtisodiyot




Yashiriladigan

Hisobga олинмaйдигaн


Soxta







Kriminal («qora»)

Nokriminal («kulrang»)



11.3-rasm. Xufyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bо‘lgan statistik yondashuv9
Real xо‘jalik faoliyati tо‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat organlaridan ongli ravishda, ataylab yashirilishi yoki milliy statistika tizimida qamrab olinmasligi mumkin. Bundan tashqari soxta iqtisodiyot ham mavjud bо‘lib, unda faoliyat faqat qog‘ozda amalga oshiriladi.
Statistik hisob-kitoblardan tadbirkorlik faoliyatining turli elementlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar yashirilishi yoki ongli ravishda ma’lumotlarni buzib kо‘rsatilishi mumkin:
-korxonani yashirish (rо‘yxatdan о‘tkazmasdan yoki litsenziya olmasdan xо‘jalik faoliyatini amalga oshirish);
- xо‘jalik operatsiyalarini yashirish ( ularni shartnoma va hisobotlarda aks yettirmaslik);
- ishchi kuchini yashirin ravishda yollash (ishchi kuchini mehnat shartnomalarini rasmiylashtirmasdan yollash); mehnat sharoitlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni (ish haqi, pensiya va sug‘urta tо‘lovlari, texnika xavfsizligi, ish vaqti va b.) buzib kо‘rsatish;
- daromadlarni yashirish (soliq tо‘lashdan qochish).
Yuqorida keltirilgan yondashuvlarni muhim yekanligini tan olgan holda, “Tenevaya yekonomika v sisteme rinochnogo xozyaystva” darsligining mualliflari xufyona iqtisodiyotni turlarga ajratishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy yondashuvdan foydalanish zarur, degan fikrni bildiradilar.
Mana shunday yondashuv zarurligini asoslagan holda, darslik mualliflari rasmiy-huquqiy yondashuv xufyona iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib bera olmaydi va bu о‘z navbatida davlat va jamiyatning unga ta’sir kо‘rsatishda qо‘llaniladigan vositalarini chegaralanishiga olib keladi, degan fikrni bildiradilar.10
Ularning fikricha, bunday yondashuv, yuqorida keltirilgan yondashuvlarga xos bо‘lgan belgilarga yega bо‘lish bilan birga, ulardan muhim xususiyatlari bilan ham farq qiladi. Ushbu yondashuv quyidagi mezonlar guruhini о‘z ichiga oladi:
- huquqiy;
- statistik;
- iqtisodiy;
- ijtimoiy;
- ma’naviy.
Xufyona iqtisodiyotni tasniflash uchun yana bir nechta aniq mezonlar taklif yetadilar. Xufyona iqtisodiyotning subyektlari bо‘yicha, faoliyatning maqsad va motivlari bо‘yicha, oqibatlari va zarar miqyoslari bо‘yicha, davlatning javobgarlik darajasi bо‘yicha, aholining munosabati bо‘yicha mezonlar orqali tasniflashni taklif yetadilar.

11.4-rasm. Xufyona iqtisodiyotning iqtisodiy faoliyat sohalari bо‘yicha tasniflanishi
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, tadbirkorlikning tarkibidan, mulk shakllaridan, keltiradigan zarar miqyoslaridan kelib chiqqan holda xufyona iqtisodiyotni tasniflash ham ahamiyatga yega bо‘lib hisoblanadi. Ularning fikricha, xufyona iqtisodiyot agentlari (qatnashchilari) orasida eng kо‘p sonligi kichik biznes bо‘lsa, ijtimoiy va iqtisodiy zarar keltirishi bо‘yicha shubhasiz yirik kapital (oligarxlar) birinchi о‘ringa chiqadi.
Demak, xufyona faoliyatni oldini olish va uni ochiq faoliyatga aylantirish mamlakat iqtisodiyotining xavfsizligini ta’minlaydi, barqaror iqtisodiy о‘sish uchun imkoniyat yaratadi.

3. Korrupsiyaning iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri va unga qarshi kurash


“Korrupsiya” lotincha (corruptio) sо‘zidan olingan bо‘lib, buzilish degan ma’noni anglatadi. Korrupsiya faqat bir kо‘rinishda namoyon bо‘ladigan hodisa bо‘lmay, u jamiyat hayotining turli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini qamrab oladi. О‘z tabiatiga kо‘ra turlicha bо‘lgan yuzaga kelish va qayta tiklanish mexanizmlari bilan xarakterlanadi.
Korrupsiya hodisasini tadqiq qilgan barcha tadqiqotchi hamda siyosatchilar uning ahloqsizlik yekanligi va har qanday mamlakatning iqtisodiy va demokratik taraqqiyotiga ziyon yetkazishini tan oladilar. Lekin, ijtimoiy-iqtisodiy fanlarda ushbu hodisa jamiyat va iqtisodiyot institutlari tizimidan tashqaridagi “ma’naviy jinoyat” sifatida о‘rganiladi. Uning tabiati, funksiyalari, jamiyat va iqtisodiyotga yetkazadigan zararlari tо‘g‘risidagi tasavvurlar va fikrlar cheklanib qolmoqda degan fikrlar mavjud.
“Tenevaya yekonomika v sisteme rinochnogo xozyaystva”, deb nomlangan darslikning Korrupsiya masalasiga bag‘ishlangan qismida mualliflar N. Makiavellining Korrupsiyaga bergan ta’rifini keltiradilar, ya’ni, koorupsiya “ommaviy imkoniyatlardan shaxsiy manfaatlar yо‘lida foydalanish”ni anglatadi11. Hozirgi davr xalqaro meyoriy hujjatlarida Korrupsiyaning turlicha talqinlari keltirilgan. BMTning Korrupsiyaga qarshi xalqaro kurash tо‘g‘risidagi hujjatlarida, Korrupsiyaga shaxsiy manfaat uchun davlat hokimiyatini suiste’mol qilish, deb ta’rif beriladi.
Korrupsiya tushunchasi poraxо‘rlik tushunchasidan kengroq ma’noni anglatadi. Ushbu tushuncha poraxо‘rlikni (biror-bir shaxsning kasbi taqozo qiladigan majburiyatidan chekinganligi uchun mukofot berish) va nepotizm (shaxsiy munosabatlar asosida homiylik qilish) hamda shaxsiy manfaatlar uchun foydalanish maqsadida jamoat mablag‘larini noqonuniy о‘zlashtirishni anglatadi.
Shulardan kelib chiqib, yuqorida nomi keltirilgan darslik mualliflari Korrupsiyaga quyidagicha ta’rif beradilar: о‘zi yoki shaxsiy munosabatlar yо‘lga qо‘yilgan boshqa shaxslar uchun qandaydir ustunliklarga yega bо‘lish maqsadida tomonlarning mustaqillik tamoyillariga atayin rioya qilmaslik. Bunday ta’rif Korrupsiya xufyona iqtisodiyotning bir kо‘rinishi sifatida namoyon bо‘ladi, degan fikrni tasdiqlaydi.
“Korrupsiya va xavfsizlik”, deb nomlangan risola12 mualliflarining fikrlaricha, Korrupsiya – xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa va xufyona iqtisodiyotning kо‘rinishidir. Shuning uchun Korrupsiyani iqtisodiy hodisa sifatida talqin yetishda deyarli bahs-munozaralar yо‘q. Uning davlat amaldorlarining poraxо‘rlik faoliyatidan iboratligi va jamiyatga katta zarar yetkazishini kо‘pchilik tadqiqotchilar ye’tirof yetadilar.
Mualliflar poraxо‘rlikni uch subyektli munosabatlar, deb aytadilar va ularga pora oluvchilar, pora beruvchilar va ular о‘rtasidagi vositachilar kiradi, degan fikrni bildiradilar. Pora oluvchilar davlat amaldorlari bо‘lsa, uni beruvchilar amaldorlar marhamatiga muhtojlardir. Vositachilik vazifasini yesa ayrim shaxslar va yashirin tashkilotlar amalga oshiradilar.
Korrupsiyaning iqtisodiy mohiyati va huquqiy baholanishida farqlar mavjud bо‘lib, iqtisodiy jihatdan, bu yerkin bozor qonun-qoidalariga mos kelmaganidan yashirincha yuz beradi. Bu munosabatda barcha Korrupsiyalashgan guruhning manfaati uyg‘unlashadi. Amaldor xizmatiga talab bо‘lganidan, u sotadi. Bu yerda pora yashirin xizmat haqi shakliga kiradi. Poraxо‘rlikda ham bozor munosabati bor, lekin bu tor yegoistik manfaatga bо‘ysunuvchi munosabat bо‘lganligi sababli uni jamiyat tan olmaydi, chunki bu yerda ayrim shaxslar yohud guruhlar manfaatining amalga oshishi boshqalar manfaati hisobidan bо‘ladi. Shuning uchun buni jamiyat qabul qilmaydi va natijada u yashirin tus oladi.
Yuridik qonunlarda aks yetgan qoidalarnigina jamiyat qabul qiladi. Shuni nazarda tutib, Korrupsiyani huquqiy jihatdan g‘ayriqonuniy, qonunlar man yetadigan iqtisodiy faoliyat deb aytish mumkin13. Korrupsiya – global hodisa, undan zarar kо‘rmagan mamlakat yо‘q, lekin bu mamlakatlarda Korrupsiyalashuv darajasi turlicha bо‘lib, bunday holat uning ildizlari chuqurligidan dalolat beradi.
О‘rganilayotgan muammoga bag‘ishlangan adabiyotlarda Korrupsiyaning sabablari turlicha talqin yetiladi.
11.5-rasm. Korrupsiyaning sabablari

Ularning ob’yektiv va subyektiv bо‘lishiga ye’tibor berilib, ular orasida qonunchilikning nomukammalligi, demokratik tamoyillar va institutlarning rivojlanmaganligi, davlatning kuchsizligi ajratiladi. Mutaxassislarning fikricha, Korrupsiyaning mavjudligini iqtisodiy tizimning о‘zidan qidirish kerak. Korrupsiya iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bо‘lar yekan, demak uning iqtisodiy ildizlarini topish kerak bо‘ladi. Bu ildizlar pul munosabatlarining о‘zidadir. Pul universal tо‘lov vositasi, uni hamma operatsiyalar uchun qabul qilinadi, pul boylikning timsoli, boylik tо‘plashning eng qulay shakli. Pulni saqlash xavfsiz, uni xohlagancha jamg‘arish mumkin. Pul likvidligi eng yuqori bо‘lgan aktivdir. Likvidlikni yesa pulning qadr-qimmati ta’minlaydi. U kо‘zga kо‘rinmas moliyaviy aloqalar о‘rnatish imkonini beradi. Pulning likvidligi muhim bо‘lganidan, pora berishda qattiq valyutalar ishlatiladi, chunki ularning qadri barqaror bо‘lgani uchun jamg‘arish vositasi bо‘la oladi. Pul - bozor munosabatlarining mahsuli, shu sababli pul munosabatlarining rivojlanishi Korrupsiyani oziqlantiradi.


Natural ishlab chiqarish sharoitida poraxо‘rlik moddiy shaklda bо‘lishi mumkin, uni kо‘zdan yashirib bо‘lmaydi. Pul munosabatlari yesa yashirin munosabat о‘rnatish imkonini beradi. Shunday qilib, Korrupsiyaning ob’yektiv sababi pulning yuksak likvidlik xususiyatidadir. Bunday xususiyat pul fetishizmini, ya’ni uni ilohiylashtirishni, unga sig‘inishni yuzaga keltiradi, pul hamma narsani hal qiluvchi kuchga yega, degan tasavvurni paydo qiladi. Bu yesa ochkо‘zlikni keltirib chiqaradi, uni g‘ayriqonuniy yо‘l bilan topa olish imkoniyati bor kishilarni Korrupsiyalashgan kishilarga aylantiradi.
Bozor tizimining mukammal yemasligi, uning mexanizmlarida uzilishlar bо‘lib turishi Korrupsiyaning keng yoyilishi uchun qulay sharoit hozirlaydi. Demak, bozor munosabatlarining takomillashtirilishi Korrupsiyaga qarshi kurashning eng ma’qul yо‘li bо‘lib hisoblanadi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda Korrupsiyalashish darajasining boshqa guruh mamlakatlaridagiga nisbatan ancha pastligi mana shu tezisning tо‘g‘riligidan dalolat beradi.
Korrupsiyaning ob’yektiv sabablaridan biri davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va shunga bog‘liq holda biznesni rivojlantirish muammolarini hal qilish davlat amaldorlariga bog‘liq bо‘lishidir. Davlatning iqtisodiyotga ta’siri iqtisodiy, huquqiy va ma’muriy usullar orqali yuz beradi. Bu usullarning qо‘llanilishi amaldorlar faoliyatiga bog‘liq.
Davlatning ruhsat berish funksiyasi haddan tashqari keng doirada saqlanib qolishi ham Korrupsiyaning ildizlaridan biridir. Davlat qо‘lidagi subsidiyalar, soliqlar, imtiyozli litsenziyalar, kvotalar, preferensiyalar va buyurtmalar kabi vositalar biznesni tartibga solib turishda qо‘llaniladi. Ulardan kimning bahramand bо‘lishi amaldorlarning munosabatiga bog‘liq bо‘ladi. Iqtisodiy faoliyatdan yaxshi natijaga yerishish uchun tadbirkorlar pora berish yо‘li bilan amaldorlarni sotib olish va shu orqali imtiyozlarga yega bо‘lishga intiladilar. Davlatning iqtisodiyotga arala­shuvi zarur yekanligi va ayni vaqtda Korrupsiyani yuzaga keltirishi iqtisodiyotdagi ziddiyatli holatdir.
Korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini aniqlashda kо‘pchilik tadqiqotchilar davlat qonunlarining nomukammalligiga urg‘u beradilar. Qonunlar odatda real hayotdagi о‘zgarishlardan orqada qoladi, shu sababli ular tez-tez о‘zgartirilib, tо‘ldirilib turiladi. Mukammal hisoblangan qonunlar vaqt о‘tishi bi­lan nomukammal bо‘lib qoladi, chunki real hayot ilgarilab ketadi. Nomukammal qonun real hayot talabidan ortda qolgan va kelajakni tо‘liq aks yettirmaydigan qonundir. Bunday qonunlar yaxshi ishlamaydi, natijada Korrupsiyaga yо‘l ochiladi.
Korrupsiyani lobbizm ham keltirib chiqaradi, biroq, har qanday lobbizm ham bunga olib kelmaydi. Ruhsat berilgan, jamiyat tan oladigan lobbizm borki, u ochiq bozor aloqalariga tayanadi. Bunda u yoki bu guruh shaxslar yohud firmalar manfaatiga mos keladigan, jamiyat uchun zararsiz bо‘lgan qarorlarni davlat idoralari tomonidan qabul qilish zarurligini asoslash va bunga kо‘maklashish bilan bog‘liq lobbizm Korrupsiyani keltirib chiqarmaydi. Ammo, shu bilan birga, xufyona lobbistik xizmatlar borki, ular indivi­dual va korporativ manfaatlarni himoya qilgan holda boshqalar manfaatiga zid ishlarning amalga oshirilishini bildiradi. Shunday bо‘lganda g‘ayriqonuniy lobbizm paydo bо‘ladi.
Yuksak likvidli aktivlarning mavjudligi va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, demokratiya darajasining pastligi Korrupsiyaning ob’yektiv sabablari bо‘lsa, aholi ma’naviyatining darajasi va axloq-odobi, demokratiya qoidalariga sodiqligidagi nuqsonlar Korrupsiyaning subyektiv sa­bablariga kiradi. Subyektiv munosabat Korrupsiyani kuchaytirishi yoki zaiflashtirishi mumkin, biroq Korrupsiyani tag-tomiri bilan yо‘qota olmaydi. Chunki uning ildizlari iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish darajasiga borib taqaladi.
Korrupsiyaning salbiy hodisa sifatida xavfsizlikka tahdid solishi hech kimda shubha tug‘dirmaydi, shu sababli davlat idoralari va jamoatchilik tashkilotlari unga qarshi kurashib keladi. Biroq dunyoning hech bir mamlakatida, hatto har tomonlama yuksak rivojlangan mamlakatlarda ham Korrupsiya tugatilmagan. Jamiyat Korrupsiyani cheklab turishi, katta xavf tug‘dirmaydigan darajaga keltirishi mumkin. Unga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqish va qо‘llash uchun qaysi soha qay darajada Korrupsiyalanganini bilish talab qilinadi.
Korrupsiya shunisi bilan xavfliki, u ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi, biznes yuritish xarajatlarini oshiradi, demak milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini pasaytiradi, muayyan darajada siyosiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jahon tajribasining kо‘rsatishicha, о‘tgan asrning 80 – yillari boshida Korrupsiya, iqtisodiyotni uquvsiz boshqarish bilan qо‘shilib, Venesueladek neftga boy mamlakatning tо‘lovga qobiliyatsiz bо‘lishiga olib keldi.
Korrupsiya va jinoyatchilikning xavfsizlikka soladigan tahdidlari, Respublikamiz Birinchi Prezidenti Birinchi Prezidenti I.Karimovning kо‘rsatishicha, quyidagilardan iborat:
amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik kо‘rsatish;
davlatning konstitusiyaviy asoslarini yemirish;
jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemirish;
jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yо‘qqa chiqarish, islohotlar g‘oyasini obrо‘sizlantirish;
pul orqali hokimiyatni qо‘lga olishga intilish;
nopok yо‘llar bilan boylik orttirish.
Jahon xо‘jalik aloqalariga faol integratsiyalashuv, chet yel investitsiyalari va tadbirkorlarini iqtisodiy о‘zgarishlar jarayoniga tortishga qarshilik kо‘rsatish. Bu holat chet yellik sheriklarda ishonchsizlik uyg‘otishi natijasida mamlakat g‘oyat muhim kapital mablag‘lar manbaidan, texnologiyalar va tajribalardan, jahon iqtisodiy tizimining sog‘lom, "sof" qismiga qо‘shilish imkoniyatidan mahrum bо‘ladi14.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, respublikada qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturida 2009-yilning 1-yanvaridan sanoat sohasida faoliyat kо‘rsatayotgan kichik korxonalar uchun yagona soliq tо‘lov stavkasi 8 foizdan 7 foizga kamaytirildi, moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlarni kо‘rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq tо‘lovidan 3 yil muddatga ozod yetildi. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar, nodavlat xо‘jalik yurituvchi subyektlarni oladigan dividendlarining investitsiyalarga, avval olingan kreditlar uchun hisob-kitob qilishga yо‘naltiriladigan qismi 5 yil muddatga soliqdan ozod yetildi.
Shuningdek, Inqirozga qarshi choralar dasturida 2009-yilda xо‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishlar sonini kamida yana 30 foizga kamaytirish kо‘zda tutildi.
Shu о‘rinda О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, О‘zbekiston sharoitida uni bartaraf yetishning yо‘llari va choralari” asaridan quyidagilarni keltirib о‘tish kerak bо‘ladi: “Ayni paytda joylarda vazifada о‘tirgan amaldorlar xususiy tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash о‘rniga, kichik bо‘lsa-da, о‘z ishi, о‘z biznesini tashkil yetishga intilayotgan odamlarga turli yо‘llar bilan tо‘sqinlik qilayotganiga mutlaqo toqat qilib bо‘lmaydi.
О‘z biznesini tashkil yetish yoki kengaytirishni istagan tadbirkorlar
qurilishga ruhsat olish, kadastr orqali rasmiylashtirish uchun oylab yugurayotganiga, loyihalarni ishlab chiqish, hujjatlarni rasmiylashtirish, binolar ijarasi uchun asossiz ravishda katta miqdorda pul tо‘layotganiga qanday chidash mumkin. Bunday holatlarga prokuratura organlari qanday qarayapti”. Shundan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda kichik biznesni yanada qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha me’moriy-loyihalashtirish vazifalarini ishlab chiqish, loyiha hujjatlarining yekspertiza qiymatini kamaytirish, kichik biznes uchun yekologik yekspertizaning soddalashtirilgan tartibini joriy yetish va uni amalga oshirish uchun tariflarni pasaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar kо‘zda tutilgan qaror loyihasini taqdim yetish topshirildi15.
Bundan tashqari kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, shuningdek, davlat mulki bо‘lgan inshootlar uchun ijara haqi tо‘lash bо‘yicha tariflarni kamaytirish masalasini ham kо‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Korrupsiyaning global muammoga aylana boshlaganligi jahon hamjamiyatini unga qarshi kurashda hamkorlik qilishga undadi. 2003-yilning 31- dekabrida Avstriyaning Vena shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi tomonidan BMTning Korrupsiyaga qarshi Xalqaro konvensiyasi ma’qullandi. Shu yilning dekabr oyining boshlarida Meksikaning Merida shahrida jahonning 100 dan ortiq mamlakatlari ushbu konvensiyani imzoladilar. Ushbu hujjatning muqaddimasida aytilganidek, "Korrupsiya yendilikda cheklangan doiradagi (lokal) muammo yemas, balki barcha mamlakatlar jamiyati va iqtisodiyotiga daxldor bо‘lgan transmilliy muammoga aylandi. Bu yesa Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikning nihoyatda katta ahamiyatga yega yekanligini belgilaydi"16.
Jahon banki va Xalqaro valyuta fondining hujjatlarida Korrupsiyaning ikkita turi kо‘rsatib о‘tilgan: “ma’muriy” va “davlatni yegallab olish”.
Korrupsionerlar guruhi “davlatni yegallab olganda" milliy xavfsizlikka ichki tahdid kuchayadi, chunki bunda davlat siyosatini tor doiradagi xudbin manfaatlarga bо‘ysundirish kelib chiqadi.
"Davlatni yegallab olish" deganda, davlat yoki xususiy sektor vakillari bо‘lgan ayrim shaxslar, guruhlar yoki kompaniyalarning о‘z manfaatlari yо‘lida qonunlar, nizomlar, farmonlar hamda davlat siyosatining boshqa vositalari shakllanishiga ta’sir kо‘rsatish maqsadida amalga oshiradigan harakatlaridir.
Bunday xatti-harakatlarning о‘lchovi sifatida "davlatning sotilish indeksi" qо‘llaniladi. Mazkur kо‘rsatkich parlament qabul qilgan qonunlar, hukumat qarorlari, davlat rahbarining farmonlari, hukumat tuzgan dasturlarning ayrim shaxslar va ijtimoiy guruhlarning xudbin korporativ manfaatiga qanchalik qaratganligini bildiradi. Bu kо‘rsatkich qanchalik past bо‘lsa, davlat shunchalik "toza" hisoblanadi.
Xalqaro yekspertlar olib borgan tadqiqotlar natijalariga kо‘ra, MDH mamlakatlari orasida О‘zbekiston eng "toza" hisoblanadi. Bu yerda 2000-yilga kelib, davlatning sotilish indeksi 1,0 ga teng bо‘lib, bu eng past, ya’ni eng yaxshi kо‘rsatkich hisoblanadi, chunki boshqa bir qator mamlakatlarda bu indeks 5,5 ga teng bо‘lgan.
Korrupsiyani jilovlash uchun qonunlar yaxshi ishlashi talab yetiladi. Qonunlarning yaxshi ishlashi ularning yuridik samaradorligini belgilaydi. Ushbu kо‘rsatkich О‘zbekistonda 2001-yilda 2,0 ga teng bо‘lib, boshqa mamlakatlar bilan qiyoslanganida о‘rtacha kо‘rsatkich hisoblanadi. Bu kо‘rsatkich eng yuqori, ya’ni 4,0 ga teng bо‘lgan mamlakatlar jumlasiga Vengriya, Ruminiya, Polsha, Bolgariya, Chexiya va Yestoniya kirgan17.
Ma’muriy Korrupsiya qonun-qoidalarini bajarish jarayoniga atayin buzilishlar kiritilishini bildiradi. Korrupsiyaning ushbu turi firmalar va kompaniyalar daromadining pora berish uchun sarflanadigan hissasi bi­lan о‘lchanadi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarda bu kо‘rsatkich о‘rtacha – 2,2 foiz (Vengriyada – 1,7 foiz, Polshada – 1,6 foiz), MDXda – 3,7 foiz (Rossiyada – 2,8 foiz)ni tashkil yetgan.
Korrupsiya shakllari xilma-xil bо‘lib, ularga pora olishdan tortib amaldor xizmat vazifasini suiiste’mol qilib, jamiyat mablag‘larini noqonuniy о‘zlashtirishigacha kiradi. Biznesda eng kо‘p uchraydigan va eng kо‘p tarqalgan Korrupsiya shakli import va eksport litsenziyalari, valyuta nazorati, soliqlarni baholash, imtiyozlar berish, kreditlar olish bilan bog‘liq ravishda g‘ayriqonuniy tо‘lovlar va pora talab qilishdir.
О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov «О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida Korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidlarni keltirib о‘tgan. Asarda ta’kidlanishicha, siyosiy jihatdan olib qaralganda, Korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik kо‘rsatish ifodasidir. Mamlakatda jinoyatchilik va Korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitusiyaviy asoslarini yemiradi, fuqarolarning huquq va yerkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi, jamiyatning ma’naviy - ahloqiy asoslarini yemiradi, jamiyat
a’zolarining fuqarolik mavqeini yо‘qqa chiqaradi.
Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi. Davlatning о‘zini obrо‘sizlantiradi. Nopok yо‘l bilan boylik orttirganlar jazodan qutilib qolish va о‘zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya qilish uchun hamma ishni qilishga, hatto vaziyatni beqarorlashtirishga, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga shay turadilar.
Jinoiy usullar bilan boylik va mо‘may pul orttirgan kimsalar о‘z xalqlari va mamlakatlarining taqdiriga, ozodlik va mustaqillik ideallariga mutlaqo befarq qaraydilar.
Jahon xо‘jalik aloqalariga faol integratsiyalashuv, chet yel investitsiyalari va tadbirkorlarini iqtisodiy о‘zgarishlar jarayoniga tortish sharoitida Korrupsiyachilarining xatti-harakatlari nafaqat mamlakatdagi halol fuqarolarni tadbirkorlikdan chetlatadi, balki chet yellik sheriklarda ishonchsizlik uyg‘otadi 18.

Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari


Xufyona iqtisodiyot haqida о‘z fikringizni bildiring.


Xufyona iqtisodiyot vujudga kelishining qanday sabalari bor?
Xufyona iqtisodiyotning qanday turlari mavjud?
Korrupsiya iqtisodiy xavfsizlikka qanday ta’sir kо‘rsatadi?
Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak?



1 Попов Ю.Н. , Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства . «ДЕЛО», «ЭКОНОМИКА». М., 2005, с.50

2 Кaримов И.A. «Ўзбекистон ХХI aср бўсaғaсидa: хaвфсизликкa тaҳдид, бaрқaрорлик шaртлaри вa тaрaққиёт кaфолaтлaри». – Т.: “Ўзбекистон”, 1997, 16-б

3Шу мaнбa, 87-б.

4 Кaримов И.A. «Ўзбекистон ХХI aср бўсaғaсидa: хaвфсизликкa тaҳдид, бaрқaрорлик шaртлaри вa тaрaққиёт кaфолaтлaри». – Т.: “Ўзбекистон”, 1997, 87-б

5 Попов Ю.Н., Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства . «ДЕЛО», «ЭКОНОМИКА». М., 2005, с.24

6Попов Ю.Н., Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства . «ДЕЛО», «ЭКОНОМИКА». М., 2005, с.24

7 Шу мaнбa 26 –б.

8 Попов Ю.Н., Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства . «ДЕЛО», «ЭКОНОМИКА». М., 2005, с.28


9 Мaнбa:Попов Ю.Н., Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства . «ДЕЛО», «ЭКОНОМИКА». М., 2005, с.28


10 Попов Ю.Н., Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства. «ДЕЛО», «ЭКОНОМИКА». М., 2005, с.33

11 Попов Ю.Н. , Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства . «ДЕЛО», «ЭКОНОМИКА». М., 2005, с.76

12 Қобилов Ш.Р. , Aбдуллaев Н.Б. Коррупцийa вa хaвфсизлик. Т.: Ўзбекистон, 2006. 6 – б.

13Шу мaнбa, 6 – б.

14Кaримов И.A. Хaвфсизлик вa бaрқaрор тaрaққиёт ё’лидa. Т. : 1998. 88-95 – б.

15Кaримов И.A. Жaҳон молийaвий – иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шaроитидa уни бaртaрaф етишнинг ё’ллaри вa cҳорaлaри. Т.: Ўзбекистон, 2009, 53 – б.

16Ахмеджонов А. Коррупция и ее влияние на экономику.// Экономическое обозрение. №7. 2004.

17Қобилов Ш.Р. , Aбдуллaев Н.Б. Коррупцийa вa хaвфсизлик. Т.: Ўзбекистон. 2006. 21 – б.

18 Кaримов И.A. “Ўзбекистон ХХI aср бўсaғaсидa: хaвфсизликкa тaҳдид, бaрқaрорлик шaртлaри вa тaрaққиёт кaфолaтлaри”. – Т.: “Ўзбекистон”, 1997, 88-92-б.


Download 86,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish