tuzilishini V.M.Bexterev bilan Ramon Kaxal mukammal tasvir etishgan.
Strukturasi jihatdan retikulyar formatsiyaga yaqin turadigan
yadrolar talamusda
ham bor; bu yadrolardan miya po’slog’iga boruvchi nerv tolalari g’ayri maxsus
(nospetsifik) yo’llarni hosil qiladi.
Retikulyar formatsiyaning fiziologik ahamiyatini yaqindagina aniqlandi,
buning uchun retikulyar formatsiyaning turli qismlarini
tajribada yemirib yoki
ta’sirlab va ulardan boshlanuvchi nerv yo’llarini qirqib qo’yib, katta yarim sharlar
va orqa miyadagi elektr faolligining o’zgarishlari tekshirib ko’rildi. Retikulyar
formatsiyaning turli qismlariga ta’sir etish uchun eng ingichka elektrodlar
qo’llaniladi va bu elektrodlarni kiritish uchun stereotaksis usulidan foydalaniladi.
Markaziy
nerv
sistemasining
hamma
bo’limlaridagi
tonus
va
qo’zg’aluvchanlikni boshqarishda retikulyar formatsiyaning katta ahamiyati borligi
aniqlandi. Retikulyar formatsiya tushuvchi retikulo-spinal yo’llar
orqali orqa
miyaning reflektor faoliyatini
faollashtira oladi, shuningdek tormozlay oladi,
ko’tariluvchi yo’llar orqali esa katta yarim sharlar po’stlog’ini faollashtira oladi,
retikulyar formatsiyadan va talamusning nospetsifik yadrolaridan keluvchi
impulslar katta yarim sharlar po’stlog’ini tiyrak holda saqlab turadi. Retikulyar
formatsiya ta’sirida refletor reaktsiyalar kuchliroq va aniqroq bo’lib qoladi
.
Retikulyar formatsiyaning ko’tariluvchi va tushuvchi yo’llar orqali ta’sir
etishiga imkon beradigan
faolligiga sabab shuki, unga har xil afferent yo’llarning
kollaterallari orqali impulslar kelib turadi. SHu tufayli retseptorlarning turli-tuman
ta’sirlanishi retikulyar formatsiya holatiga ta’sir etadi. Uni hosil qiluvchi neyronlar,
bundan tashqari, har xil kimyoviy moddalar - gormonlarga va modda
almashinuvida hosil bo’ladigan ba’zi bir moddalarga yuksak darajada sezuvchan.
Retikulyar formatsiyaga miyacha va katta yarim sharlar po’stlog’ining
efferent
markazlaridan ham impulslar kelib turadi.
Ko’tariluvchi afferent impulslar ham tushuvchi afferent impulslar ham
retikulyar formatsiya sohasida o’zaro ta’sir etadi. Impulslar berk halqa neyron
zanjirlari orqali ham aylanib yurishi mumkin. SHunday qilib, retikulyar formatsiya
neyronlari doimo qo’zg’alish holatida bo’ladi,
shu tufayli markaziy nerv
sistemasining turli qismlari tonus va faoliyatga muayyan darajada tayyor bo’lib
turadi.
Retikulyar formatsiyaning muhim ahamiyat kasb etishini qayd qilish bilan
birga, uning qo’zg’alish darajasini katta yarim sharlar po’stlog’i idora etishini
uqtirmoq kerak. Katta yarim sharlar po’stlog’idan keluvchi
impulslar retikulyar
formatsiyaning faolligini nazorat qila oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: