Uzunchok miya (xususiy qism) Tayanch atamalari: Reflektor boshqarish



Download 397,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana12.06.2022
Hajmi397,7 Kb.
#658867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
uzunchoq miya (2)

 
Retikulyar formatsiyaning orqa miyaga va proprioretseptorlarga ta’siri. 
Ko’ruv do’mboqlariga osh tuzining kristallari bilan ta’sir etilsa, orqa miya 
reflekslari susayishini I.M.Sechenov baqalar ustidagi tajribada ko’rsatib berganiga
100 yildan oshdi. I.M.Sechenov o’z tajribalariga asoslanib, ikkita katta kashfiyot 
qildi. Bulardan biri – tormozlanish jarayonining kashf etilishi darrov e’tirof qilindi. 
Ikkinchisi – retikulospinal ta’silarning kashf etilishi faqat so’nggi 20 yilda 
G.Megun va hamkorlarining ishlaridan keyin keng etirof etildi. 
Hayvon uzunchoq miyasidagi retikulyar formatsiya bo’laklariga elektr toki 
bilan ta’sir etilsa, orqa miya reflekslari tomozlanishini hayvon detserebratsiya 


qilingandan keyin esa muskullar regidligi kamayishini G.Megun va R.Reynis 
ko’rsatib berishdi. Bir tomondagi retikulyar formatsiyaga kuchsiz tok bilan ta’sir 
etilganda orqa miyaning faqat o’sha tomondagi neyronlari tormozlanadi. Kuchliroq 
tok bilan ta’sir etilganda orqa miyaning ikkala tomonidagi neyronlar tomozlanadi; 
bukish reflekslari, shuningdek yozish reflekslari tekshirilganda tormozlanish 
jarayoni kuzatiladi. Uzunchoq miyaning ventromedial qismi ta’sirlangandagina 
shunday natija kelib chiqadi. Miya o’zanining boshka qismlariga ta’sir etilganda 
bunday hodisalar ro’y bermaydi. 
Orqa miyaning o’tkazuvchi yo’llarini qirqib qo’yish retikulyar formatsiya 
neyronlaridan kelib orqa miya reflekslarini susaytiradigan tolalarning yo’lini 
aniqlashga imkon berdi. Bu tolalar Renshou hujayralariga ta’sir etib, ularning 
motoneyronlariga tormozlovchi effektini kuchaytiradi. Bundan tashqari, retikulyar 
formatsiyadan keluvchi impulslar motoneyronlarning faolligini bevosita tormozlay 
oladi ham. 
Retikulyar formatsiya bo’laklariga qisqa vaqt ta’sir etilgach, orqa miyaning 
reflektor faoliyati osonlashadi. SHunga asoslanib, retikulyar formatsiyada orqa 
miyaning hujayralarini faollashtiruvchi neyronlar bor deb faraz qilishdi. Miya 
o’zanining turli qismlariga ta’sir etish ustidagi tajribalar bu farazni tasdiqladi. 
Oraliq miyada gipotalamusda, o’rta miya bilan Varoliy ko’prigi qopqog’ining kul 
rang moddasida va uzunchoq miyada retikulyar formatsiyaning ta’sirlanib orqa 
miya refleklarini tormozlaydigan qismlaridan periferik tomonda orqa miyaning 
reflektor funktsiyasini kuchaytiradigan neyronlar bor ekan. Retikulyar 
formatsiyaning shu qismlariga ta’sir etilsa, katta yarim sharlar po’stlog’ining 
ta’sirlanishi tufayli yuzaga chiqqqan orqa miya reflekslari va skelet muskullarining 
qisqarishi kuchayadi. Orqa miya neyronlarini faollashtiruvchi impulslar o’tadigan 
yo’llarni ko’zdan kechirish ularning retikulo-spinal trakt tolalari ekanligini 
ko’rsatdi. Ayni vaqtda faollashtiruvchi va tormozlovchi tolalar har xil ekanligi 
aniqlandi. Retikulyar formatsiyaning faollashtiruvchi tolalari reflektor yoylarning 
kiritma neyronlarida tugaydi. Renshou hujayralarining tormozlovchi impulslari 
kamayib, motoneyronlar qo’zg’aluvchanligi oshganligi tufayli retikulyar 
formatsiya ta’sirida orqa miya reflekslarining osonlashuvi ehtimol. 
Retikulyar formatsiya reflektor harakatlarga (
fizik reflekslarga
) ta’sir etish 
bilangina qolmay, skelet muskullarining tonusiga (
tonik reflekslarga
) ham ta’sir 
etadi. 
Orqa miya yuqoriroqdan qirqib qo’yilganda retikulyar formatsiya 
faollashtiruvchi va tormozlovchi ta’sir ko’rsata olmaydi, bu esa spinal shokning va 
keyinroq ro’y beradigan giperrefleksiyaning sabablaridan biri bo’lsa kerak. 
Retikulyar formatsiya muskul tonusiga ta’sir etish mexanizmi R.Granit 
ishlari tufayli ma’lum bo’lib qoldi. Orqa miyaning gamma-motoneyronlari faolligi 
retikulyar formatsiya ta’sirida o’zgarishini R.Granit ko’rsatib berdi. Gamma-
motoneyronlar muskul yoylarining periferik qismlaridagi muskul tolalarini 
innervatsiyalaydi. Ularning shunday nom bilan atalganiga sabab shuki, gamma-
efferentlar degan aksonlari A γ tipdagi ingichka tolalar bo’lib, qo’zg’alishni skelet
muskullarining motor tolalariga nisbatan sekinroq o’tkazadi. 


Yuqorida aytilganidek, gamma-efferentlari muskul yoylaridagi muskul 
tolalarining qisqarishiga sabab bo’lib, ularni taranglaydi va muskul yoylarining 
yadro haltasidagi retseptorlardan afferent impulslar kelishini shu tariqa 
kuchaytiradi. Muskul yoylaridan afferent impulslar orqa miyaga doimo kiraverib, 
alfa-motoneyronlarni qo’zg’atadi, bu esa muskullar tonusining sababi hisoblanadi. 
Orqa miyaning orqa ildizlari qirqib qo’yilganda muskul tonusining yo’qolishi 
muskul tonusida afferent impulslarning ahamiyati borligini ko’rsatadi. Muskul 
yoylarida afferent impulslar kelib turishini esa o’z navbatida gamma- 
motoneyronlar idora etadi. 
SHunday qilib, orqa miya neyronlari bilan skelet muskullari o’rtasida 
murakkab o’zaro munosabatlar va qaytar aloqalar bor. Bu o’zaro munosabatlarni 
retikulyar formatsiya idora etadi, u gamma-motoneyronlarga ta’sir etib, muskul 
yoylaridan keluvchi afferent impulslar oqimini o’zgartiradi va shu bilan muskullar 
tonusiga ta’sir etadi. 
Muskullar tonusini o’rta miya qopqog’i ikkita retikulo-spinal yo’l-tez 
o’tkazuvchi va sekin o’tkazuvchi yo’llar orqali idora etadi. Ildam harakatlarni 
nazorat qiluvchi impulslar birinchi (tez o’tkazuvchi) yo’ldan, sust tonik 
qisqarishlarni nazorat qiluvchi impulslar esa ikkinchi (skelet o’tkazuvchi) yo’ldan 
o’tadi. 
Retikulo spinal mexanizmlarni bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’i va 
miyacha doimo nazorat qilib turadi. 

Download 397,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish