Uzunchok miya (xususiy qism) Tayanch atamalari: Reflektor boshqarish



Download 397,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana12.06.2022
Hajmi397,7 Kb.
#658867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
uzunchoq miya (2)

alternatsiyalovchi falajlar
dir

Bu falajlar shundan 
iboratki, keyingi miyaning zararlangan tomonidagi bir yoki bir necha tserebral nerv 
(bosh miya nervi) ning harakat falaji bilan bir qatorda gavdaning qarama-qarshi 
tomonidagi motor funktsiyalari va sezuvchanlik ham buziladi. Buning sababi 
shuki, spinal yo’llar yo orqa miyaning o’zida, yoki keyingi miyada kesishadi, bosh 
miya nervlari esa bu yerda kesishmaydi. 
V-XII tserebral nervlarning yadrolari bilan bog’langan reflektor yoylar 
keyingi miyada tutashadi. SHu bosh miya nervlari orqali keluvchi afferent 
impulslar keyingi miyada kiritma va motor neyronlarga o’tadi. 
Uzunchoq miyaning funktsiyalari. 
Uzunchoq miyada oddiyroq, shuningdek 
murakkabroq reflekslarning markazlari bor, bu reflekslarning yuzaga chiqishida 
har xil muskul guruxlari, tomirlar va ko’pgina ichki organlar qatnashadi. Bu refleks 
orqa miyada, shuningdek til-xalkum, eshituv, vestibulyar nerv, uchlik nerv va 
adashgan nervning retseptor sistemalaridan keluvchi impulslarga javoban kelib 
chiqadi. Yoylari keyingi miya orqali o’tadigan refleks orqa miya reflekslariga 
nisbatan mukammalroq va murakabroq koordinatsiyalangan reflekslardir. Bunga, 
masalan: gavda vaziyatining tonik reflekslari kiradi. Keyingi miyaning ko’pgina 
murakkab reflektor faoliyatini bajarishida turli neyronlar muayyan tartibda 
qo’zg’alib qatnashadi. Yutish va aksa urish reflekslari bunday reflekslarga misol 
bo’la oladi. 
Uzunchoq miya 
nafas olish, yurak faoliyatini tomirlar holati, terlash, hazm 
a’zolari funktsiyalarini idora etishda muhim ahamiyatga egadir. SHu barcha 
funktsiyalarning markazlari uznchoq miyada.
Ba’zi markazlar-nafas markazi, yurak faoliyatini idora etuvchi markaz, tomir 
harakatlantiruvchi markazning xususiyati shuki, ularni periferiyadan keluvchi nerv 
impulslari ham, markazlarga bevosita ta’sir etuvchi kimyoviy ta’sirlovchilar ham 
refleks yo’li bilan qo’zg’atadi. 
Bu yerda biz asosan skelet muskullarining faoliyati bilan bog’lanan 
uzunchoq miya markazlari va reflekslarini ko’zdan kechiramiz. Vegetativ nerv 
sistemasidan innervatsiyalanadigan ichki a’zolar va tomirlarning boshqarilishida 
uzunchoq miyaning qanday ahamiyat kasb etishini quyida ko’rib o’tamiz. 
Nafas markazi
uzunchoq miyaning turli qismlaridagi neyronlarning bir 
necha guruxidan vujudga kelib, yagona funktsional tizim hisoblanadi. Nafas 
markazi Varoliy ko’prigining yuqori chegarasi bilan uzunchoq miyaning pastki 
qismi o’rtasida retikulyar formatsiyaga tegishli sohada joylashgan. Nafas 
markazini ayrim yadroga o’xshash mustaqil anatomik tuzilma deb hisoblash 
kerakmi yoki nafas harakatlarini idora etishga ixtisoslashgan retikulyar formatsiya 
bo’lagi deb qarash kerakmi, bu to’g’ridan xanuz yakdil fikr yo’q. Umuman 


olganda nafas markazining eng muhim qismlari 
pnevmotaksis, ekspirator
va 
inspirator
markazlardir, bu markazlarning funktsiyalari yuqorida ko’zdan 
kechirilgan edi. Impulslar nafas markazidan orqa miyaning diafragmani va 
qovurg’a aro muskullarni innervatsiyalovchi motoneyronlariga keladi. Xuddi 
shuning uchun ham orqa miyani 4-bo’yin segmentining yuqorisidan qirqib qo’yish 
natijasida nafas olish to’xtaydi (orqa miyaning 4-bo’yin segmentidan yuqoridagi 
neyronlarning o’siqlari diafragma nervini hosil qiladi). 
Nafas markazining ritmik faoliyati uzunchoq miya bilan orqa miyadagi 
boshqa markazlar holatiga ta’sir etadi. Yurak faoliyatini idora etuvchi markaz bilan 
nafas markazi o’rtasidagi bog’lanish ayniqsa yaqqol ko’rinadi. 
Nafas olish-yurak 
refleksi, yoki nafas aritmiyasi 
shu bog’lanish natijasidir. Bu refleks shundan 
iboratki, nafas chiqarishning oxirida navbatdagi nafas olishdan oldin yurak 
faoliyati to’g’ri davriylik bilan sekinlashadi. Orqa miya markazlari bilan nafas 
markazi o’rtasidagi bog’lanish L.A.Orbeli bilan K.I.Kuntsman tajribasida ko’rsatib 
berildi. Itning bir oyoq panjasi 

Download 397,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish