Uzunchok miya (xususiy qism) Tayanch atamalari: Reflektor boshqarish



Download 397,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana12.06.2022
Hajmi397,7 Kb.
#658867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
uzunchoq miya (2)

Retikulyar formatsiya bilan katta yarim sharlar po’stlog’i o’rtasidagi
(retikulo-kortikal) munosabatlar
.
 
Katta yarim sharlar po’stlog’ida ro’y 
beradigan bioelektr jarayonlarini tekshirish shuni ko’rsatdiki, tiyraklik holati uchun 
xarakterli bo’lgan past voltli tez-tez elektr tebranishlari eshituv, ko’ruv, taktil va 
boshqa turli-tuman retseptorlar ta’sirlanganda kuchayadi yoki hatto yuzaga 
chiqadi. Bunday effekt 
faollashish reaktsiyasi
deb ataladi. Katta yarim sharlar 
po’stlog’ining tegishli retseptorlardan impulslar olib turadigan sensor sohasidagi 
emas, hamma qismida faollashish reaktsiyasi ro’y beradi va ta’sir to’xtagandan 
keyin ham bir necha vaqt davom etaveradi. SHu faktlarga asoslanib, butun po’stloq 
faolligini oshiradigan va uni muayyan qo’zg’alish holatida saqlaydigan markaziy 
mexanizm bor, degan xulosa chiqarildi. 
Miya o’zani
 
uzunchoq miya pastidan yoki Varoliy ko’prigining pastrog’idan 
qirqib qo’yilgan mushukning katta yarim sharlar po’stlog’idagi elektr 
potentsiallarini F.Bremer qayd etgan. Miya o’zani yuqoridagicha qirqib 
qo’yilganda tiyraklik holati uchun xarakterli elektr faolligi saqlanib turaveradi. 
Miya o’zani o’rta miya ro’parasidan qirqib qo’yilganda, katta yarim sharlar 
po’stlog’ida uyqu holati uchun xarakterli bo’lgan yuksak voltli sust elektr 
tebranishlari yuzaga keldi. Bu katta yarim sharlar po’stlog’iga o’rta miyaning 
faollashtiruvchi ta’sir ko’rsatishidan guvoxlik beradi. G.Megun va G.Morutstsi 
miya o’zanining turli qislariga mikroelektrodlarni stereotaksis apparatlari 
yordamida kiritib, retikulyar formatsiyaga ta’sir etganda katta yarim sharlar 
po’stlog’ida uyg’onish va tabiiy tiyraklik holatlari uchun xarakterli elektr 
faolligining o’zgarishini 1949 yilda aniqlashdi. Talamusning nospetsifik yadrolari 


va gipotalamusning dorsal bo’limiga ta’sir etib, shunga o’xshash reaktsiyani 
yuzaga chiqarish mumkin.
Miya o’zanining yuqori bo’limlaridagi retikulyar formatsiya yemirilganda katta 
yarim sharlar po’stlog’ining sensor sohalariga maxsus o’tkazuvchi yo’llar orqali 
afferent impulslar kelib turishiga qaramay, hayvon chuqur uyqu holatiga kiradi. 
Bunday operatsiyadan keyin hayvon uzluksiz uxlab, tashqi ta’sirlarga reaktsiya 
ko’rsatmaydi desa bo’ladi. Katta yarim sharlar va po’stlog’ining normal ishlashi 
miya o’zanining retikulyar formatsiyasi va talamusning nospetsifik yadrolaridan 
tonuslovchi, faollashtiruvchi impulslar kelishiga anchagina bog’liq ekanligi shu 
bilan isbot qilinadi. 
Ko’tariluvchi 
faollashtiruvchi 
retikulyar 
formatsiyaning 
faoliyatini 
organizmning hamma retseptorlaridan keluvchi impulslar saqlab turadi, chunki 
talamusga impuls yetkazib beradigan afferent tolalardan retikulyar formatsiyaga 
bir talay kollaterallar chiqadi. Bundan tashqari, retikulyar formatsiyaga 
miyachadan, po’stloq ostidagi gangliylardan, limbik sistemadan va katta yarim 
sharlar po’stlog’idan impulslar kelib turadi. Retikulyar formatsiya katta yarim 
sharlar po’stlog’iga katta ta’sir ko’rsatish va uning faollik darajasini saqlab turish 
bilan birga, o’zini ham miya po’stlog’idan keluvchi impulslar doimo idora etib 
turadi. 
Retikulyar formatsiya po’stloq ostidagi yadrolarga va gipotalamusga 
chambarchas bog’liq. Retikulyar formatsiyaning o’rta miyadagi ba’zi qismlariga 
ta’sir etilganda, xuddi shuningdek gipotalamusning dorsal qismi, po’stloq osti 
yadrolari va limbik sistema ta’sirlanganda hayvonning xulk-atvoriga bevosita 
aloqador bo’lgan ba’zi o’xshash effektlar kelib chiqishi buning dalilidir. 
Kalamushlar bosh miyasining turli sohalari – gippokamp, gipotalamusning dorsal 
qismi va o’rta miyaga elektrodlarni surunkasiga kiritib qo’ygan J.Olds tajribalari 
favqulodda ibratlidir. Elektrodlar stimulyatorga ulab qo’yilgan. Kalamush richagni 
oyoq panjasi bilan bosib stimulyatorni ishga sola olardi. Kalamush richagni 
tasodifan bosib miyaning muayyan strukturalarida qisqa muddatli elektr 
tebranishini vujudga keltirgach, richagni muntazam bosib, o’z miyasining 
markazlariga ta’sir eta boshlaganligi eksperementda ma’lum bo’ldi. Elektrodlar 
gipotalamusning dorsal qismi yoki o’rta miyaning retikulyar formatsiyasiga yaxshi 
joylashtirilgan bo’lsa, kalamush boshqa har qanday faoliyatdan vos kechib va 
ovqat bilan ishi bo’lmay richagni soatiga 8000 martagacha bosaverdi. Elektrodlar 
bosh miyaning yuqoriroqdagi bo’limlariga joylashtirilganida o’ziga-o’zi ta’sir etish 
chastotasi kamaydi. Bu tajribalarga asoslanib, hayvon miyasining muayyan 
strukturalariga ta’sir etilganda qandaydir musbat reaktsiyalar kelib chiqadi, ularni 
shartli ravishda «qanoat» yoki «rohat reaktsiyalari» deb atashadi. 
Elektrodlar gipotalamusning medial qismida turgan bo’lsa, o’ziga-o’zi ta’sir 
etish chastotasi hayvonning tajribadan oldin och bo’lganiga yoki miriqib ovqat
yeganiga qarab o’zgardi. Elektrodlar gipotalamusning lateral qismiga kiritilgan 
bo’lsa, o’ziga-o’zi ta’sir etish chastotasi jinsiy gormonlar kiritilgach kuchayib, 
kastratsiya (bichish)dan keyin kamaydi. O’ziga-o’zi ta’sir etish tajribalarida yuzaga 
chiqadigan reaktsiyalar ovqat reflekslariga yoki shartsiz jinsiy reflekslarga bog’liq 
ekanligi yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdi. Bu reflekslar katta yarim 


sharlarning limbik sistemasi, po’stloq ostidagi yadrolar, retikulyar formatsiya va 
gipotalamus ishtirokida yuzaga chiqadi.
Elektrodlar oraliq miyaning dorsal qismiga yoki gipotalamusning ventro-medial 
yadrosiga kiritib qo’yilganda boshqacha reaktsiyalar ro’y berdi. Bu holda hayvon 
bir marta o’ziga-o’zi ta’sir etgach richagga tegmaydigan bo’lib qoldi. Bunday 
ta’sirot salbiy emotsiyalarga sabab bo’ldi. Mushuk miyasining shu sohasiga ta’sir 
etilganda u g’azabga kelib, yonidagi hayvonlarga chovut solaverdi
.
Retikulyar formatsiya oraliq miya markazlari, po’stloq osti yadrolari va limbik 
sistema bilan birgalikda xulq-atvorning shartsiz reflektor, instinktiv reaktsiyalarini 
yuzaga chiqarishda qatnashuvi yuqoridagi tajribalardan ko’rinib turibdi. Bu 
reaktsiyalarning yuzaga chiqishi natijasida organizmning hayot uchun muhim 
ehtiyojlari 
qondiriladi, 
bu 
ehtiyojlar 
esa 
hayvonlar 
xulk-atvorining 
rag’batlantiruvchi (motivatsiya) sabablari sifatida muhimdir. Ammo po’stloq 
ostidagi yadrolarga yoki miya o’zaniga ta’sir etish ustidagi tajribalarga miyaning 
shu bo’limlari xulk-atvorda hal qiluvchi ahamiyatini isbot etadigan dalil deb qarash 
yaramaydi, chunki markaziy nerv sistemasining pastroqdagi bo’limlari yuzaga 
chiqaradigan reaktsiyalarni katta yarim sharlar po’stlog’i nazorat qilib turadi. 
Odamda murakkab nerv funktsiyalari katta yarim sharlar po’stlog’iga 
ko’chganligi, ya’ni 
kortikalizatsiya
ro’y berganligi tufayli po’stloq ostidagi 
tuzilmalar, oraliq miya va retikulyar formatsiya faoliyati katta yarim sharlar 
po’stlog’iga hayvonlardagiga nisbatan ko’proq bo’y sungan. 
 

Download 397,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish