Uzunchok miya (xususiy qism)
Tayanch atamalari: Reflektor boshqarish.
Markaziy nerv sistemasi yagona va puxta mexanizm bo’lib ishlaydi. SHu
tufayli odatdagi fiziologik sharoitda turli ta’sirotlarga
javoban organizm
ko’rsatadigan reaktsiyalar xulk-atvor (yurish-turish) ning integratsiyalangan yaxlit
butun aktlariga o’xshaydi. SHunday har bir aktda uch komponent:
sensor
(sezuvchi), motor (harakatlantiruvchi)
va
vegetativ
komponentlarni ajratish
mumkin. Retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga impulslar kelishi sensor
komponentni ta’minlaydi, motor komponentni skelet
muskullari yuzaga chiqaradi
va motoneyronlarning impulslari boshqaradi, vegetativ komponent ichki a’zolar
faoliyatini, tomirlar diametri, moddalar almashinuvi va gavda to’qimalari
funktsiyalari xolatini boshqarilishdan iborat. Organizmning
sensor va motor
funktsiyalari ko’pincha birlashtirilib,
somatik funktsiyalar
deb ataladi.
Uzunchoq miya va varoliy ko’prigi (keyingi miya).
Uzunchoq
miya
bilan Varoliy ko’prigi
keyingi miya
degan umumiy nom bilan birlashtiriladi. Ular
o’rta miya bilan birga
miya o’zanini
hosil qiladi. Miya o’zanining tarkibigi bir
talay yadrolar hamda ko’tariluvchi va tushuvchi yo’llar kiradi. Miya o’zanidagi
to’rsimon tuzilma-
retikulyar formatsiyaning
muhim funktsional ahamiyati bor.
Miya o’zani anatomik va
funktsional jihatdan orqa miya, miyacha va katta
yarim sharlar bilan bog’langan. Murakkab koordinatsiyali ko’pgina harakat
reflekslarining yoylari miya o’zanida tutashadi.
Nafas olish yurak faoliyati,
tomirlar tonusini boshqaradigan hayot uchun muhim markazlar miya o’zanidadir.
Hazm a’zolari va boshqa bir qancha a’zolarning funktsiyalarini idora etuvchi
markazlar ham miya o’zanida.
Miya o’zanining fiziologiyasini eksperimental yo’l bilan o’rganishda
uchraydigan katta qiyinchilik shundan iboratki, hayvonlarning miya o’zani qirqilib
qo’yilganda turli funktsiyalar buziladi, chunki hayvonlarning
har xil turlarida
miyaning shunga mos keluvchi bo’limlari turlicha ahamiyat kasb etadi. Modomiki
shunday ekan, odam miya o’zanining fiziologiyasini tushunmoq uchun turli
kasalliklarda funktsiyalar buzilishini klinikada kuzatish muhim axamiyatga egadir.
Turli kasalliklarda miya o’zani yadrolar yoki o’tkazuvchi yo’llar zararlanadi.
Keyingi miyaning o’tkazuvchi yo’llari.
Orqa miyadan bosh miyaga bosh
miyadan orqa miyaga boradigan barcha nerv impulslari Varoliy ko’prigi
bilan
uzunchoq miyadan o’tadi. Bu impulslardan ba’zilari keyingi miyada yangi
neyronga kiradi, bu neyron esa impulslarni markaziy nerv sistemasining
yuqoriroqdagi bo’limlariga o’tkazadi. Goll va Burdax tutamlaridan o’tadigan
impulslar shunday bo’ladi. Bir qancha o’tkazuvchi yo’llar, masalan,
lateral
kortikospinal trakt, Goll va Burdax yadrolaridan boshlanuvchi afferent yo’llar
keyingi miyada kesishadi (uzunchoq miyaning ko’tariluvchi yo’llari medial
qovuzloq sohasida kesishadi). O’tkazuvchi yo’llardan ba’zilarining tolalari kiritma
va motor neyronlarda sinaps hosil qilib, keyingi miyada tugaydi. Masalan:
impulslarni katta yarim sharlar po’stlog’idan
bosh miya nervlvrining
harakatlantiruvchi yadrolariga o’tkazuvchi
kortiko-bulbar trakt
keyingi miyada
tugaydi. Orqa miya neyronlarining holatini va faoliyatini o’zgartiruvchi
impulslarni orqa miyaga o’tkazadigan ba’zi tushuvchi yo’llar keyngi miyadan
boshlanadi. Masalan kortiko-spinal yo’llar va vestibulo-spinal tutam shunday.
O’tkazuvchi yo’llarning keyingi miyadagi yo’lini
bilish keyingi miyaning
turli qismlari shikastlanganda funktsiyalarning buzilish mexanizmi hakida tasavvur
olishga imkon beradi. Keyingi miyaning bir tormonlama zararlanganini
ko’rsatuvchi xarakterli belgi