Uzunchok miya (xususiy qism) Tayanch atamalari: Reflektor boshqarish



Download 397,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana12.06.2022
Hajmi397,7 Kb.
#658867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
uzunchoq miya (2)

mezentsefal hayvon
bulbar hayvondan farq qilib
muskullar tonusi normal taqsimlangan bo’ladi, bunday (mezentsefal) hayvon 
normal fazasini (vaziyatini) tiklay va saqlay oladi. Bu, asosan, o’rta miyadagi qizil 
yadro va retikulyar formatsiyaning funktsiyalaridan kelib chiqadi. 
 
Detserebratsion rigidlik. 
Mushuk yoki quyonning miya o’zani uzunchoq 
miya yuqorisidan qirqilib, qizil yadrolar shu chiziqdan yuqorida qoldarilsa (bunday 
operatsiya 
detserebratsiya 
deb ataladi), gavda muskullarining 
detserebratsion
rigidlik 
degan maxsus holati vujudga keladi. (CH. SHerrington). Bu holat yozuvchi 
muskullar tonusining keskin darajada ortishi bilan ta’riflanadi. Hayvon - qo’l 
oyoqlarini rosa uzatib, boshini orqasiga qayiradi, dumi ko’tarilib turadi. 
Hayvonning oyoqlarini bo’g’imlaridan bukmoq uchun anchagina kuch sarflash 
kerak bo’ladi. Oyoqlarni zo’rlik bilan bukish to’xtatilgach, ular yana yoziladi. 
Detserebratsion rigidlik holatidagi hayvonni tikka turg’azib qo’yish mumkin. 
Gavda og’irlik markazi o’qi tayanch tekisligining o’rta nuqtasidan o’tsa, hayvon 
oyoqlarini cho’zib, qimirlamay tikka turaveradi. 
Yaqin vaqtlargacha detsebratsion rigidlikning kelib chiqishini faqat qizil 
yadroning zararlanishiga va undan muskullar tonusini idora etadigan orqa 
miyaning segmentar apparatlariga boshqaruvchi ta’sirot bormay qo’yishiga 
bog’lashardi.
Detsebratsion rigidlikning kelib chiqishida qizil yadrodan tashqari uzunchoq 
miya bilan o’rta miyaning retikulyar formatsiyasi ham muhim ahamiyat o’ynashi 
endilikda ko’rsatib berildi. 
Qizil yadrolar 
katta yarim sharlar po’stlog’idan, 
po’stloq ostidagi yadrolardan va miyachadan impulslar olib turadi. Ular 
ekstrakortikospinal yo’lning oraliq o’choqlaridan biri bo’lib, orqa miyaning 
neyronlariga rubrospinal trakt orqali tuzatuvchi impulslar yuborib turadi. Qizil 
yadrolar miya o’zanining retikulyar formatsiyasiga ko’p tomonlama bog’langan
bo’lib, shu formatsiya bilan birgalikda muskullar tonusini idora etadi. Uzunchoq 
miyaning yuqori qismidagi retikulyar formatsiya bilan qizil yadro o’rtasidagi 
bog’lanishning buzilishi, aftidan detserebratsion regidlikning kelib chiqishiga 
asosiy sababdir. Uzunchoq miya rombsimon chuqurchaning pastki chegarasi qirqib 
qo’yilgach detserebratsion regidlik yo’qoladi, bu esa detserebratsion regidlikda 
miya o’zanining shu qismidagi retikulyar formatsiya ahamiyat kasb etishini 
ko’rsatadi. 


Detserebratsiyadan keyin muskullar tonusi refleks yo’li bilan ortadi
.
Buni 
shundan bilish mumkinki, keyingi oyoqlardan birini innervatsiyalovchi orqa 
ildizlar qirqib qo’yilgach, shu oyoq muskullarini rigidligi yo’qoladi. 
Keyingi oyoq muskullarida rigidlik kelib chiqishida shu muskul 
proprioretseptorlaridan keluvchi impulslar katta ahamiyatga egadir. Bo’yin 
muskullarining proprioretseptorlaridan va vestibuloretseptorlardan markaziy nerv 
sistemasiga impulslar kelishi natijasida oldingi oyoqlar rigidligi kelib chiqadi. SHu 
retseptorlardan keluvchi impulslar tonik reflekslarda ayniqsa muhim ahamiyat kasb 
etishi quyida ko’rsatib beriladi. 
Odamning o’rta miyasi shikastlanmasdan miya o’zanining yuqoriroqdagi 
qismlari va po’stloq ostidagi yadrolar zararlanganda ko’pincha rigidlik paydo 
bo’ladi. Odam qo’lining rigidligi mushuk yoki itdagi kabi yozuvchi muskullar 
emas, balki bukuvchi muskullar tonusining oshganligidan namoyon bo’ladi. 
 
Miya o’zanining tonik reflekslari. 
Miya 
o’zanining
– bulbar bo’limning va 
ayniqsa mezentsefal bo’limning-eng muhim funktsiyasi shuki, u gavdaning 
fazodagi vaziyatiga qarab 

Download 397,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish