Uzunchok miya (xususiy qism) Tayanch atamalari: Reflektor boshqarish



Download 397,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana12.06.2022
Hajmi397,7 Kb.
#658867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
uzunchoq miya (2)

deafferentatsiyalangach, 
ya’ni shu oyoqdan orqa 
miyaga impuls o’tkazuvchi orqa ildizlar qirqib qo’yilgach, keyingi oyoq itning 
nafas olish ritmiga muvofiq harakatlanganini L.A.Orbeli bilan K.I.Kuntsman 
kuzatishgan. 
Deafferentatsiya orqa miyaning tegishli qismlaridagi tormozlanish 
jarayonlarini izdan chiqargan, shunga ko’ra orqa miyaning motor markazlari nafas 
markazidan retikulo-spinal yo’llar orqali o’ziga keluvchi impulslarga qo’zg’alish 
bilan reaktsiya ko’rsatgan. 
O’pka, nafas yo’llari va nafas muskullarining retseptorlaridan nafas 
markaziga keluvchi afferent impulslar retikulyar formatsiya faolligini muayyan 
darajada saqlashda ahamiyatli: binobarin, nafas olishni idora etishdagina emas
retikulyar formatsiya faollashtiruvchi ta’sir etgani uchun butun markaziy nerv 
sistemasining faoliyatida ham ahamiyatlidir. 
Uzunchoq miya yadrolari ovqat chaynash emas, (so’rish), yutish, qusish, 
aksa urish, yo’talish, ko’zni uchirish va boshqa reflektor aktlarni bajarishda 
qatnashadi. Bu reflekslar bosh miyaning katta qismi bo’lmay turib tug’ilgan bolalar 
(anentsefalar)da ham kuzatiladi.
Emish (so’rish) harakatlari
yangi tug’ilgan bolaning labiga tegilganda 
namoyon bo’ladi. Bu refleks uchlik nervining sezuvchi oxirlari ta’sirlanganda 
yuzaga chiqadi, qo’zg’alish uchlik nevdan uzunchoq miyada yuz nervi bilan til 
osti nervining motor yadrolariga o’tadi. 
Ovqat chaynash 
og’iz bo’shlig’idagi retseptorlarning ta’sirlanishiga javoban 
refleks yo’li bilan yuzaga chiqadigan harakat akti bo’lib, pastki jag’ning yuqori 
jag’ga nisbatan siljishidan iborat. R.Magnusning ma’lumotlariga qaraganda ovqat 
chaynash markazi uzunchoq miyada shuning uchun bulbar hayvonlarda ovqat 
chaynash refleksini yuzaga chiqarish mumkin. Talamus va miya po’stlog’ining 
motor zonaliri butun bo’lgandagina ovqat chaynash akti nozikroq boshqariladi. 
Ovqat yutish 
murakkab koordinatsiyalangan reflektor akt bo’lib, uning 
yuzaga chiqishida og’ish bo’shlig’i, xalqum va qizilo’ngach bosh qismining 
ko’pgina muskullari qatnashadi. Ovqat yutish akti ikki fazadan iborat: 1) ovqat 
luqmasi shakllanib, xalqum bo’shlig’iga yaqinlashtiriladi va 2) ovqat yutilib, 


xalqum muskullari qisqaradi, ayni vaqtda tanglay pardasi ko’tariladi, xiqildoq usti 
tog’ayi (epiglottis) esa pastga tushadi. Bu mexanizmning birinchi qismi ixtiyoriy 
ravishda, ikkinchi qismi ixtiyorsiz-shartsiz refleks yo’li bilan boshqariladi.
Ovqat yutish aktida uchlik nerv, til-xalqum nervi va adashgan nervning 
afferent sistemalari qatnashadi. Ovqat yutish markazi shu reflektor aktni yuzaga 
chiqaruvchi ko’pgina yadrolarning funktsional birlashmasidan iborat. 
Qusish xalkum
va me’da retseptorlari ta’sirlanganda, shuningdek 
vestibuloretseptorlar va boshqa ba’zi retseptorlar ta’sirlanganda kelib chiquvchi 
reflektor aktdir. SHu retseptorlardan afferent tolalar orqali uzunchoq miyaga 
keluvchi impulslar uzunchoq miyadagi, shuningdek orqa miyadagi ko’pgina 
effektor neyronlarga boradi. 
Qusish vaqtida me’daga kirish yo’li ochiladi, ichak muskullari va me’da 
devorlari qisqaradi, qorin pressi va diafragma muskullari, xalqum, xiqildoq, til va 
og’iz muskullari qisqaradi, so’lak va ko’z yoshi chiqadi. 
Qusish vaqtida markaziy nerv sistemasidagi ko’pgina markazlarning holati 
o’zgaradi, chunki unda miya o’zanining retikulyar formatsiyasi ham qatnashadi. 
Retikulyar formatsiya ko’p markazlar bilan bog’langani uchun uzunchoq miya 
bilan orqa miyaning turli qismlaridagi neyronlar faoliyatini funktsional jihatdan 
birlashtiradi va kelishtiradi, yuqoriroqdagi markazlarning holatini o’zgartiradi. 
Aksa urish 
refleks yo’li bilan nafas chiqarishdan iborat murakkab akt bo’lib, 
uchlik nervning burundagi retseptorlari ta’sirlanganda kelib chiqadi. Aksa urish 
boshlanganda yumshoq tanglay ko’tarilib, burunning ichki teshigini berkitadi 
so’ngra nafas chiqarish muskullari qisqarib, ko’krak bo’shlig’idagi bosimni 
oshiradi, shundan so’ng burun teshigi to’satdan ochiladi va butun havo burun 
orqali zo’r berib chiqib, burun shilliq pardasiga ta’sir etayotgan moddani olib 
ketadi. Aksa urish aktida til-xalqum nervi, adashgan nerv, til osti nervi va ba’zi 
spinal nervlarning afferent tolalari qatnashadi. 
Aksa urish kabi, 
yo’tal
ham ximoyaviy nafas refleksi bo’lib, xiqqildoq, 
kekirdak (traxeya) va bronxlarning shilliq pardasi ta’sirlanganda kelib chiqadi. 
Aksa urishga qarama-qarshi o’laroq, yo’talda burun teshigi berkilmaydi, balki 
ovoz yorig’i yumiladi. O’pkada zarur bosim vujudga kelgach, ovoz yorig’i 
to’satdan ochiladi va ta’sir etayotgan moddani kuchli havo oqimi olib chiqadi. 
Yo’talish aktida, aks urish aktidagi kabi, efferent tolalar qatnashadi, afferent 
signallar esa adashgan nerv tolalari orqali o’tadi. 

Download 397,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish