Узлуксиз таълим тизимида малакали кадрлар тайёрлаш муаммолари



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/467
Sana02.03.2022
Hajmi6,5 Mb.
#479031
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   467
Bog'liq
2021 23 04 конференция тўплами

An’anaviy yondashuv
 
Kompetentli yondashuv
 
1.
Talablar pedagogikasi; 
1.
Imkoniyatlar pedagogikasi; 
2.
Bilim ma’lumot sifatida; 
2.
Bilim vaziyatlarni o‘zgartirish vositasi 
sifatida; 
3.
Erishishlik tamoyili;
3.
Muammolilik tamoyili; ijtimoiy o‘zaro 
ta’sir; 
4.
Barqaror munosabatlar sharoitidagi 
faoliyat; 
Aniqmas sharoitlardagi faoliyat. 
An’anaviy ta’lim talablar pedagogikasi g‘oyasiga asoslanadi, ya’ni o‘quvchilar 
o‘qituvchiga bevosita bog‘liq bo‘lgan holda ayrim faoliyatlari uchun ma’lum yo‘nalishlar 
bo‘yicha ko‘rsatmalar olib turishi kerak. An’anaviy ta’lim reproduktiv xarakterga ega 
bo‘lib, bunda o‘quvchining to‘plagan ma’lum hajmdagi bilim va malakalari mustaqil bilish 


Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish

2021-yil
 
23-aprel 
361 
va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Shuningdek o‘quvchilarda 
ma’lum bir vaziyatlarga mos javobni bo‘lishi, ya’ni takrorlanuvchi vaziyatlar uchun bir xil 
tipdagi javob mavjudligi, faqat barqaror munosabatlar sharoitidagi faoliyat olib borishlarini
nazarda tutuvchi bilimlarni shakllantirilishi hozirgi zamon talabiga mos kelmaydi.
Kompetentli yondashuvda esa o‘quvchida nimani o‘rganishni emas, balki qanday 
o‘rganish malakasini shakllantirish, olgan bilimlarini har qanday vaziyatlarda qo‘llay olishi, 
o‘zini munosib tutishi, muloqot olib borishi, raqiblar bilan munosabatlarda turlicha yo‘llarni 
tuta bilishi, ziddiyatli ma’lumotlardan foydalanishda tizimli hamda izchil rivojlanib 
boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlana olish rejasiga ega bo‘lishni tarkib toptirish 
nazarda tutiladi. 
Endi ta’lim tizimida asosiy rolni o‘ynaydigan shaxs bo‘lgan o‘qituvchining 
kompetensiyasi haqida gapiramiz. Ta’lim, tarbiya, kasbiy tayyorgarlikning muvaffaqiyati va 
samaradorligi o‘qituvchilarni o‘zlarining pedagogik funksiyalarini yuqori sifatli bajarishi, 
o‘quv jarayonida o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilishiga, mustaqil ravishda bilim olishiga, ijodiy 
fikrlashga va har xil munosabatlarni hal qilishga o‘rgatish qobiliyatiga bevosita bog‘liqdir. 
Buning uchun jamiyatimizning har bir o‘qituvchisidan ta’lim standarti talablaridan yuqori 
bo‘lgan maqsadlarni mustaqil ravishda aniqlash va amalga oshirishga qodir bo‘lgan 
faoliyatni kutmoqda. Ya’ni yuqori malakaga ega bo‘lgan ta’lim dasturlarini mukammal 
o‘zlashtirgan o‘qituvchilar talab qilinadi. 
Ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi o‘zining butun bilim va tajribasini 
takomillashtirishga yo‘naltirishi muhim omildir. Bundan kelib chiqib o‘qituvchi o‘zining 
ta’lim tizimidagi faoliyatida kasbiy va ijodiy malakasidan foydalanib, ijodiy pedagogik 
faoliyatini samarali amalga oshirish uchun o‘zini rivojlantirishi va o‘zini-o‘zi 
takomillashtirishi davr talabi hisoblanadi. 
Kompetentli yondashuvni tatbiq etish obyekti ta’lim jarayonida kompetensiya 
ekanligidan, o‘qituvchining kasbiy kompetensiya turlari haqida to‘xtalamiz.
Ma’lumki, o‘qituvchining kasbiy kompentensiyasi turlari quyidagilardan iborat [2].
1.Kasbiy. 
2.Shaxsiy. 
3.Umuminsoniy. 
4.Madaniy. 
5.Maxsus. 
O‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarni 
bilishi, o‘z ustida doimiy ishlashi, o‘quvchilar ehtiyojlarini anglagan holda ta’lim jarayonini 
rejalashtirishi, o‘quvchilar bilan qayta aloqani o‘rnatishi, shuningdek, o‘quvchilarda 
motivatsiyani shakllantirishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalana olishi, 
o‘z fanini mukammal bilgan holda ta’lim muhitiga yangilik kiritishi va xorijiy tillardan 
birini bilishi bilan izohlanadi. 
O‘qituvchining shaxsiy kompetensiyasi deganda muloqotga kirishuvchanligi, 
o‘quvchilar uchun bag‘rinkengligi, ularni o‘z ortidan yetaklay olishi, faol va tashabbuskor 
bo‘lishi, o‘quvchilarga moslashib ketishi, sog‘lom turmush tarzini olib borishi, har bir ishga 
mas’uliyat bilan yondashishi, ishchan va insonparvar bo‘lishi nazarda tutiladi.
O‘qituvchining umuminsoniy kompetensiyasi o‘qituvchi uchun umuminsoniy 
qadriyatlarga ega bo‘lish va boshqa millatlarning madaniyatini hurmat qilishi bilan 
belgilanadi. 
O‘qituvchining madaniy kompetensiyasini esa ma’lumotliligi va madaniyatliligi 
hamda milliy madaniyatga egaligi va mamlakatimizning ijtimoiy hayotida faol ishtirok 
etishida deb bilamiz. 



Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish