Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
363
DARS JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Malikova Mohira Hasanovna - Navoiy viloyati Xatirchi tumaniga qarashli 33-umumiy
o‘rta ta’lim
maktabi kimyo fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
maqolada bugungi kunda ta’lim – tarbiya tizimida pedagogning dars
jarayonidagi innovatsion yondashuvi hamda uning dars samaradorligiga ta’siri yoritilgan.
Аннотация
: в статье описывается инновационный подход учителя к учебному
процессу в современной системе образования и его влияние на эффективность урока.
Annotation:
the article describes the innovative approach of
the teacher in the teaching
process in today's education system and its impact on the effectiveness of the lesson.
Ta‘lim jarayonini innovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun, avvalo,
darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur. Dars loyihasini tuzishda o‘qituvchi
o‘zining ish shakllari va o‘quvchilarning ko‘nikmani egallash jarayonidagi ishlari doirasini
aniq belgilab olishi lozim. Shuningdek, qanday o‘qitish metodlaridan foydalanishi ham
muhim ahamiyatga ega.
O‘qitish metodi – ko‘zlangan maqsad, yoki rivojlantirilgan aniq bir maqsadga erishish
yo‘lidagi amallar ketma-ketligidir. “Interfaol ta‘lim” - bu
doimiy muloqatga asoslangan
metodlar tizimi, birgalikda o‘qish va faol ishtirok etishdir. Bu - o‘zaro harakat, ya‘ni
hamkorlik asosida o‘qitish demakdir. Biz darslarda o‘quvchilar bilan birgalikda, juftlikda,
guruhlarda ishlashda juda ko‘plab interaktiv metod va mashqlardan “Guruhlarda ishlash”,
“Taqdimot” yangi mavzuni bayon qilishda “Kichik ma’ruza”, “Rolli o‘yin”, “Aqliy hujum”,
“Charxpalak” metodlaridan va “Hamma, hammaga o‘rgatadi”, “Mevalar salati,” “Impuls”
“Hayot yo‘li”, “Vaziyatlar” “Aqlcharxi” mashqlaridan foydalanishimiz mumkin. Bunda
o‘quvchilar ta‘lim
olish jaroyonida guruhlarda, hamjihatlikda ishlaydilar, mustaqil
bajaradilar va eslab qoladilar. O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lishda ham “kichik guruhlar
ishi” metodidan foydalanish mumkin. O‘quvchilarni guruhga bo‘lish
jarayonida
“enerjayzer” mashqlaridan foydalanish mumkin. Bunda stol ustiga 3-4 xil kimyoviy
moddalar yoki ularning rasmlari teskari holda qo‘yiladi. O‘quvchilar bu rasmlarni
navbatma-navbat oladilar. Bir xil moddani tanlagan o‘quvchilar bir guruhni tashkil etadi.
Har bir jamoa o‘ziga ajratilgan joyga borib o‘tiradi. Bu guruhlarda turli metodlardan
foydalanib, munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o‘tkazishda, yoki o‘quv-
rejasi asosida biror bo‘lim o‘rganib bo‘lingach, umumlashtiruvchi darslarda qo‘llash
mumkin. Bunday metodlarning barchasida ham o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi
hamkorlik, o‘quvchining ta‘lim jarayonidagi faol harakati nazarda tutiladi.
Interfaol
metodlar o‘quvchilarni juftlikda ishlashga, bir-birining fikrini tinglashga, so‘z turkumlarini
farqlay olishiga, ijodiy fikrlashga, barcha o‘quvchilarning faol qatnashishlariga yordam
beradi. “Hamma hammaga o‘rgatadi” mashqidan foydalaish ham qo‘l keladi. Buni barcha
fanlarga moslab o‘tkazish mumkin. Matematikada mustahkamlash darslarida o‘qituvchi
mavzularga doir ma‘lumotlarni qisqacha yozib keladi. Masalan,
uzunlik birliklariga
millimetr, santimetr, detsimetr, kilometrlar kiradi. Bu ma‘lumotlar o‘quvchilarga
tarqatiladi. Ular o‘zlaridagi ma‘lumotlarni o‘qib, o‘rganadilar. Ma‘lum vaqtdan keyin
yonidagi o‘rtog‘i bilan bir-birining ma‘lumotini o‘rganadi. Belgilangan vaqt tugagach, 4 ta
o‘quvchi bir biriga ma‘lumotlarini o‘rgatadilar. O‘qituvchi tomonidan vaqt belgilanib, vaqt
tugaganligi, endi yonidagi sherigiga o‘rgatishini eslatib, aytib boradi.
Mashq tugagach,
o‘qituvchi quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qilishi mumkin: ushbu mashq
sizga nimasi bilan yoqdi va nimalari foydali bo‘ldi? Bu mashqda siz uchun nima osonroq
bo‘ldi, o‘zingiz o‘qib o‘rganganingizmi yoki boshqaga ma‘lumot berganingizmi? Bu mashq