Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
358
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi
2. A.S.Markovskaya. “Bolalar bog‘chasida tabiat burchagi” T:. “O‘qituvchi”. Qo‘llanma-1991 .
3. O.Хasanboeva. Ҳ.Jabborova. Z.Nodirova. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. T-Cho‘lpon
Qo‘llanma-. 2006.
4. “uzedu.uz” ta’lim portali.
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ASOSIY MATEMATIK TUSHUNCHALARNI
SHAKLLANTIRISHNING INTERAKTIVLIK METODLARI
Dusanova Dilafruz Rahmatullayevna - Navoiy viloyat Xatirchi tumaniga qarashli 33 –
umumiy o‘rta ta’lim maktabi Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Annotatsiya:
maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matematika darslarida
interaktiv metodlar yoritilgan.
Аннотация:
в статье описаны интерактивные методы на уроках математики для
младших школьников.
Annotation:
in the state described interactive methods of mathematics lessons for young
schoolchildren.
Boshlang‘ich matematika o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda asosiy
matematik tushunchalarni shakllantirishdir. Tushuncha - bu predmet to‘plamlarining
muhim, umumiy belgilari to‘g‘risidagi fikrdir. Tushuncha o‘quvchilarda predmet va haqiqiy
olam hodisalarining hissiy obrazlari bo‘lgan tasavvurlarni umumlashtirish asosida vujudga
keladi. Masalan: to‘g‘ri to‘rtburchak formasiga ega bo‘lgan har xil predmetlarni - taxtacha,
qog‘oz varag‘i, stol usti, g‘isht yoki gugurt qutisi va shunga o‘xshashlar, badan, muskul
sezgilari orqali idrok qilish bilan, o‘quvchilar to‘g‘ri to‘rtburchak to‘g‘risida aniq
tasavvurga ega bo‘ladilar.
Bu predmetlarning qanday materialdan tayyorlanganligini ularning og‘irligi, rangi va
boshqa xossalarini e’tiborga olmay, bu tasavvurlarni taqqoslab o‘quvchi uning umumiy,
muhim xossalarini umumlashtiradi. Bu tekis figuralarda 4 tomon, 4 ta to‘g‘ri burchak
borligini aniqlaydi. Bu misoldan ko‘rinadiki, geometrik tushunchalarning shakllanish
usullaridan biri qaralayotgan predmelar to‘plamiga mos bo‘lmagan har xil belgilarni
chiqarib tashlab, umumiy, muhim, belgilarni saqlab olishdan iboratdir. Bunda o‘quvchilar
o‘qituvchi rahbarligida ayrim xususiy ko‘rinishlardan boshlab tekis geometrik figuralar
to‘plamini qarashlari mumkin.
Hamma to‘rtburchaklar to‘plamidan qism to‘plami bo‘lgan qavariq to‘rtburchaklarni
ajratish, bundan esa uni qismi bo‘lgan parallelogramm, undan to‘g‘ri to‘rtburchak va oxirida
kvadratni ajratish mumkin. Bu tushunchalar orasida bog‘lanish tushunchalar ta’rifida uning
yaqin turi va ko‘rinishi farqlarini ko‘rsatish bilan ifodalash mumkin.
Masalan: kvadratni hamma tomonlari teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak sifatida
ta’riflash mumkin. To‘g‘ri to‘rtburchak - hamma burchaklari teng parallelogramm sifatida,
parallelogramm esa - qarama-karshi tomonlari parallel qavariq to‘rtburchak sifatida
ta’riflash mumkin. Ko‘rsatilgan usul bilan tushunchalarning shakllanishidan tashqari
predmetlar orasidagi munosabatni aniqlash ham mavjuddir. Boshqa matematik tushunchalar
qaralayotgan ob’ektlar orasidagi munosabatlarni o‘rnatish bilan shakllanadi. Masalan:
kesmaning uzunligi tushunchasi kesmalarning ekvivalentlik munosabatlarini o‘rnatish
(ustma-ust qo‘yganda mos tushuvchi kesmalar ekvivalent deyiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |