Uzbekiston respublikasi



Download 1,52 Mb.
bet38/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

Hindiston madaniyati
Hindiston qadimgi tsivilizatsiya wlkalaridan biridir. Qadimgi Hindiston olamga “Moxobxorot”, “Ramayana” kabi epik asarlarni, Kalidasa kabi buyuk ijodkorni, “Panchatatra”ni bergan. Qadimgi Hindiston matematika, astronomiya, tibbiёt soh’asida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Hozirgi arifmetikaga asos bwlgan son tushunchasini h’am h’indlar yaratgan.
Hindiston mamlakati va madaniyati tarixi quyidagi bosqichlarga bwlinadi:

  • Xoropp tsivilizatsiyasi,

  • Veda davri,

  • Maur davri,

  • Guptlar davri,

  • Boburiylar imperiyasi,

  • Zamonaviy tarix.

Xoropp madaniyati mil.ol. 3200– 1300 yillar oralig’ida yashagan. Xoropp madaniyati Mesopotamiya va Misrdan keyin uchinchi wrinda turadi. Xoropp madaniyatining eng muh’im tomonlaridan biri erga borona bilan ishlov berishning ywlga qwyilgani va ёzuvning yaratilganidir. Xoropp madaniyatining eng qadimgi markazlari Moxenjo Doro va Xoropp shah’arlaridir. Bu va boshqa shah’arlardan topilgan arxeologik ёdgorliklar bronza davriga oiddir. Xoropp madaniyatida inson Evropa irqiga mansub bwlgan.
Shah’arsozlik madaniyati h’am bugungi arxitektura talablariga javob beradi. Maxenjo Doro va Xoropp shah’arlari bir xil reja asosida qurilgan va keyingi davrlarda h’am wzgartirilmagan. Asosiy kwchalar twg’ri twrt burchak h’osil qilib kesishgan va kvartallar h’osil qilingan. Bu shah’arlarda suv tarmoqlari va kanalizatsiya barpo qilingan. 2–3 qavatli uylar qurilgan.
Topilgan ёzuv namunalari 400 piktogramma (rasmli ёzuv)dan va bwg’inli belgilardan iborat. Arxeologlar topgan chizg’ichda wnlik bwluv sistemasi qwllangan. Tarix yana g’or suratlarini, ov sah’nasi tavsirini h’am saqlagan.
Veda davri ikkinchi ming yillikning wrtasi va birinchi ming yillikning wrtasiga aloqador bwlib, boshqa mamlakatlardan Hindistonga kelgan xalqlarning madaniyati bilan bog’liq. Ariylar deb atalgan bu xalqlar chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Ammo ularning kelib chiqishi h’anuzgacha malum emas. Ularning tili h’ind-evropa tillaridan biri sanskritning qadimgi shakliga mansub.
Miloddan oldingi XV asrda ariylar Shimoliy Hindistonga bostirib kirdilar va bu erning tub ah’olisi dravidlarni janubga quvdilar. Hindiston ah’olisning tili asli dravid tilidir. Hind tillari guruh’iga kiruvchi tillarning twrtdan uch qismi ariylarning sanskrit tiliga qarindoshdir.
Ariy qavmlari Hindistonga kelganlaridan (bazi olimlar Wrta Osiёdan, bazilari Janubiy Rus chwllaridan kelgan deydilar) keyin madaniy taraqqiёtda keskin wzgarishlar bwldi. Vedalar ayni shu davrda yaratilgani uchun Hindiston tarixida veda davri deb yuritiladi. Vedalarda garchi bir wrinda 3399 xudo borligi aytilsa h’am, 33 xudo twg’risida swz yuritiladi. Xudolar zaminiy, samoviy va oraliq kabi uchga bwlingan. Ariylar kwp izzat qiladigan xudo ёmg’ir va momaqaldiroq xudosi İndra bwlib, unga 250 madh’iya bag’ishlangan. Boshqa xudolarga bag’ishlangan madh’iyalarda h’am İndra nomi eslanadi.
Vedalarga twrtta asosiy twplam - Rigveda (madh’iya vedasi), Samoveda (kuylar vedasi), Yajurveda (qurbonlik vedasi), Atxarveda (afsun va seh’r–jodular vedasi) dan iborat.
Vedalar wsha davrdagi turli bilim soh’alarini - deh’qonchilik, tibbiёt, geometriya, h’unarmandchilik, h’arbiy texnika, astronomiyani qamrab oladi. Upanishodlar h’am vedalarning oxirgi janrlaridan biridir. “Upanishod” - insonni xudoga (ёki ustozga) yaqinlashtiradigan narsa degan manoni bildiradi. Upanishodlar Hindistonning eng qadimgi falsafiy asarlari h’isoblanadi. Upanishod buddaviylikka, jaynizmga katta tasir etgan. Upanishodning asosiy vazifasi shaxs ruh’ini koinot ruh’i bilan bir xil deb qarashdan va talqin qilishdan iborat edi.
Maur davlati Ganga darёsi bwyida barpo qilingan bwlib, bu madaniyat buddaviylikning paydo bwlishi bilan bog’liq. Maur sulolasi h’ukmdorlari buddaviylikdan xalqlarni birlashtirish uchun foydalandilar. Maur davlatidagi madaniy ёdgorliklar Ashok (mil.ol. 268–232 yillarda h’ukmronlik qilgan) nomi bilan bog’liq. U jang bilan boshqa davlatlarni qwshib oldi, kwp davlatlar bilan diplomatik munosabatlar wrnatdi, fan va sanatga etibor berdi, shah’arlar barpo qildi. Ashok kwplab budda ibodatxonalari qurdirdi. Dunёviy adabiёt h’am Ashok davrida rivojlandi. Jumladan, “Artaxshastra” nomli siёsiy asar bu davrdagi muh’im ёdgorliklardan biridir. Asarda saroydagi ziddiyatlar, fitnalar, kimlarningdir sirli wlimi sheriy ywlda baёn qilingan. Ashok vafotidan keyin Maur davlati tanazzulga yuz tuta boshladi.
Guptlar imperiyasi. Bu imperiya (319–540 yillar) davrida mamlakat yana birlashib, qudratli davlatga aylandi. Sanskrit asosiy til bwlib qoldi. Guptlar sulolasini qadimgi h’ind madaniyatining “oltin asri” deb ataydilar. Sulolaning bazi vakillari, jumladan, Chandrgupta va Skandagupta shoir h’amda musiqachi bwlgan edilar. Buyuk shoir va dramaturg Kalidasa Chandragupta h’ukmronligi davrida yashagan edi.
Bu davrda moddiy madaniyat rivojlandi: ipakchilik, suniy sug’orish rivojlandi. Hunarmandlar qurol va zeb - ziynatlar ishlab chiqarishda katta muvaffaqiyatga erishdilar, ipak va paxtadan nafis matolar twqidilar. V asrda xunlarning avlodi eftalitlar (oq xunlar) bostirib kirib, Guptlar imperiyasiga zarba berdilar.
Boburiylar imperiyasidan Agra shah’ri yaqinidagi Toj Mah’al dunё arxitekturasida tengsiz inshootdir. İnshoot 1631–1653 yillar oralig’ida Shoh’jah’on h’ukmronligi davrida barpo qilingan. Qurilish ishlarida Hindiston va Wrta Osiёdan 20 000 odam ishtirok etgan. Saroy kunning turli paytlarida turlicha tovlanadi. Toj Mah’al Hindistonda keng tarqalgan shoh’lar maqbarasiga mansubdir.
Hind madaniyatidagi buddaviylikning tasiri butun dunё madaniyatida seziladi. Qadimgi Hindiston tibbiёti, matematikasi butun dunёda shuh’rat topdi, tilshunoslik, mantiq, psixologiya fanlari yuqori bosqichga kwtarildi. Hind madaniyatida ananaga sodiqlik va yangilikka intilish baravar olib borilmoqda.

Vizantiya madaniyati


Vizantiya wrta asr madaniyati tarixida aloh’ida wrin egallaydi. Vizantiya wrta asr olamiga adabiёt va sanatning eng yuksak namunaalarini berdi. Vizantiya talimning yuqori kwrsatkichi, manaviy h’aёtning faolligi, tasviriy sanatning tasir kuchi va chuqur mano ifodasi bilan wrta asr Evropa mamlakatlaridan bir necha asrga wzib ketdi.
Vizantiya davlati h’ududida chorvachilik, qishloq xwjaligi rivojlandi. Ayniqsa, antik davrdan qishloq xwjaligi asosblarini va erga ishlov berish, zaytun moyi ishlab chiqarish, uzumchilikni wzlashtirib, katta iqtisodiy kwrsatkichlarga erishdi. Vizantiyada tabiiy boyliklar h’am mwl edi. Teri va teri mah’sulotlari etishtirishda h’am eng ilg’or davlat edi. Ah’olining etnik tarkibi turlicha edi: katta qismini yunonlar, ulardan keyin surёniylar, yah’udiylar, frakiylar, qibtiylar, daxlar, Kichik Osiёdagi erli mayda xalqlar, gruzinlar va armanlar tashkil qilardi. Vizantiyaning kwp xalqlari, ayniqsa, sharqiy qismidagi xalqlar wzlarining turmush tarzini, tili, madaniyati, udumlari, urf–odatlarini saqlab qolishga h’arakat qildilar. Bora–bora yunonlar h’ar soh’ada h’ukmron bwlib qoldilar. İlk Vizantiya davlatida jiddiy demografik wzgarishlar, ommaviy ravishda qabila va elatlarning kwchib kelishi, bosqinchilarning h’ujumi va h’okazolar elliniizmning1 barqarorlashini qiyinlashtirdi.
Vizantiya davlati ikki davr chegarasida - swnggi antik davrning barh’am topishi va wrta asr jamiyatining tug’ilishi chegarasida paydo bwldi. Vizantiya tarixining ilk davri dastlabki uch yarim asrni qamrab oladi. Bu davrda Vizantiya tarkibiga Rim imperiyasi sharqiy qismidan yarmi kirgan edi. Rimning sharqiy qismi esa Bolqon yarim orollarini, Kichik Osiёni, Suriya va Falastinni, Misrni, Kirenaik (Shimoliy Afrika)ni, Krit va Kipr orollarini, Mesopotamiyaning bir qismini, Armanistonni, Arabistonning ayrim orollarini, Qora dengiz bwylarini (jumladan, Qrimdagi Xersonni va Kavkazdagi Lazikni) wzi ichiga olgan edi. Manbalarning xabar berishicha, bu davrda Vizantiya h’ududi 750 ming kv. km. dan ortiq edi. Bu degani - yuqori deh’qonchilik madaniyati uchun afzalliklar paydo bwldi, deganidir. Bu erda azaldan donli ekinlar (bug’doy, arpa, suli) wstirilardi, zaytunzor va uzumzorlar barpo qilingan edi.
Yunoniston, Kichik Osiё soh’ilidagi viloyatlar, Suriya va Falastin bog’–rog’lari, uzumzorlari bilan shuh’rat taratdi. Falastin esa xurmolari, pistalari bilan mashh’ur bwldi, Yunoniston va Kichik Osiёning ichki tumanlari zaytunzorlarning asosiy markaziga aylandi. V1 asrdan boshlab Xitoydan Vizantiyaga ipak qurtini kwpaytirish sanati kirib keldi. Vizantiya imperiyasida ipakchilikning markazi Finikiya bwldi. İlk Vizantiyada yirik shah’arlar markazi h’ali antik shah’ar qiёfasini saqlab kelaёtgan edi. Twg’ri solingan kwchalar, antik davrga oid h’aykalchalar bilan bezatilgan maydonlar ilk Vizantiyaning aloh’ida belgilari edi. Shah’ar h’aёtining markazi, oldingiday, chiroyli jamoat binolari bilan wralgan maydon bwlib, bu maydon agora (ёki forum) deb atalardi. Har bir shah’arda teatr ёki tsirk mavjud edi. Boylarning ikki qavatli uylari shah’arning asosiy kwchasida joylashgandi. Kwp shah’arlarda masih’iylar jamoat binolari wsib boraёtgan bwlsa h’am, h’amon majusiylar ibotaxonalari saqlanib qolgan edi.
Vizantiyaning poytaxti Konstantinopol bwlib, VI asrda Yustinian h’ukmronligi davrida h’ashamatli saroylari, ibodatxonalari bilan mashh’ur bwldi. İmperiya poytaxti dunёviy madaniyatning wchog’i bwlib qolaverdi. VI asrda yashagan notiq Felistiy Konstantinopolni “ulug’vorlikning g’oyat katta ustaxonasi” deb bekorga aytmagan edi.
Vizantiya madaniyati murakkab sharoitda paydo bwldi. Ayrim h’ollarda ziddiyatlar zaminida qaror topdi. Vizantiya madaniyati g’arbiy Evropa madaniyatidan farqli ravishda varvarlar bosqinlari davrida yunon–rim ananalari tasiri ostida qolaverdi. Ammo Vizantiya madaniyati imperiya h’ududiga wrnashgan kwpchilik xalqlarning tafakkuri mah’suli bwlgan badiiy ananalarni wziga singdirdi. Nafaqat yunonlar, balki surёniylar, armanlar, gruzinlar, Kichik Osiёdagi qabilalar, slavyanlar, Qrim xalqlari va lotin xalqi Vizantiya madaniyatining shakllanishiga wz h’issalarini qwshdilar. Keyin bu xalqlarning madaniy taraqqiёti Vizantiya tsivilizatsiyasi deb yuritiladigan bwldi.
Vizantiya madaniyatining ilk davri imperiyada majusiylik, mushriklik va yakka xudolilik, masih’iylik g’oyalari kurashi sharoitida shakllanib rivojlandi. Bu davr jamiyatdagi mafkuraning shakllanish davri bwldi. Masih’iylik dunёqarashi antik olamning falsafiy, axloqiy va estetik qarashlari bilan keskin kurashda shakllandi. Vizantiya davlatining dastlabki yuz yilliklarini dunёqarashdagi keskin burilishlari asri deb qarash mumkin. Bu davrda majusiylikka asoslangan ellinizm ananalari wrnini rasmiy maqomga ega bwlgan masih’iylik egalladi. Mana shu ilk davrdagi kurashlar jaraёnida neoplatonizmning2 spiritual falsafasi qaytadan gullab–yashnadi. Bir qator neoplatonchi faylasuflar etishib chiqdi. Prokl Diadox, Psevdo–Dionisiy Areopagit shular jumlasidandir. Maslagidan qaytgan imperator Yulian, IV asrda yashagan mashh’ur notiqlar Femistiy va Livaniy, muarrixlar Ammian Martsellin va Zosim (IV–V asrlar) majusiylikning oxirgi h’imoyachilari bwlib maydonga chiqdilar, ular swnib boraёtgan majusiy g’oyalarini qayta tiklashga h’arakat qildilar. Ammo neoplatonizm g’oyalarini keng omma qabul qila olmadi, chunki neoplatonizm h’imoyachilari aqidalarini wzlashtirish uchun ommadan chuqur bilim talab qilinar edi.
Masih’iylik wsha davrning kwplab falsafiy va diniy talimotini wzida mujassamlashtirdi. Masih’iylik aqidalarining Vizantiya madaniyati tarixida paydo bwlishida faqat Yaqin Sharqdagi iudaizm, moniylik tasir etib qolmadi, balki neoplatonizm h’am kuchli tasirini wtkazdi. Neoplatonizmdagi mistik va iloh’iy aqidalar, neoplatonchilarning estetik qarashlari masih’iylikdagi zoh’idlik bilan uyg’unlashdi, bu talimotlarning bir - biriga yaqinlashishiga ywl ochdi. Masalan, iloh’iy Uchlik twg’risidagi aqida-masih’iylik talimotining asosiy aqidalaridandir. Aslida bu aqida neoplatonchilarning uchlik h’aqidagi aqidasining qayta talqinidir. Ammo masih’iylikda neoplatonizm va moniylik xususiyatlari davom etgan bwlsa h’am, masih’iylik moniylik dualizmi va neoplatonchilik monizmidan keskin farq qilardi.
Masih’iylik qorishiq diniy talimot bwlib qolmay, balki aloh’ida falsafiy tizim bwlgan edi. Shu bois antik falsafiy talimotlar bilan masih’iylik g’oyalari wrtasida ziddiyatlar keskinlashdi. Hamma qadimiy falsafiy g’oyalarni rad qiladigan ilk masih’iylik wrniga asta–sekin antik va masih’iylik dunёqarashi wrtasida malum kelishuv paydo bwldi.
Umuman, bu davrdagi Vizantiyada madaniy h’aёt yuqori pog’onaga kwtarildi. Fanda, adabiёt va sanatda majusiylik va masih’iylik g’oyalarini, timsollarini ajoyib ravishda birlashtirish kuzatiladi. Yuqorida biz aytgan mutafakkir, iloh’iёtchi va faylasuf Psevdo–Dionisiy Areopagit shulardan biridir. Undan katta adabiy meros qoldi. Shuningdek,bir qator diniy risolalar - “İloh’iy ismlar twg’risida”, “Samoviy ierarxiya twg’risida”3, “Jamoat ierarxiyasi twg’risida” va boshqa diniy mavzudagi bir necha maktublari bor. Psevdo–Dionisiy Areopagitning katta diniy–falsafiy tizimi neoplatonizm bilan masih’iylikni birlashtiradi. Uningcha, Xudo va u sababli mavjud bwlgan fazo samoviy kuchlar pastga tushadigan ireraxiya kwrinishida fikr qilinadi. Jamoat bosqichi twg’risidagi qarashlari shundan iboratki, uningcha, zaminiy jamoatning bosqichlari samoviy jamoat namunasi bwyicha tuziladi. Uning qarashlari wrta asr diniy–falsafiy tafakkuri taraqqiёtiga malum darajada wrta asr madaniyatining badiiy jih’atlariga sezilarli tasir etdi.
Grigoriy Nazianzin nafaqat iloh’iёtchi, balki istedodli ёzuvchi, shoir h’am edi. Uning taqdiri ayanchli, zoh’idlar singari tanh’olikda kechdi. U h’aёtning h’amma mashaqqatlariga sheriyatdan tasalli topdi. U sherlarida zamonning shafqatsizligidan azob chekaёtganini, dwstlarning xiёnatidan, h’amfikrlarning sotqinligidan, jamoatlar wrtasidagi ziddiyatlardan noliydi. Mana, uning shu ruh’dagi sherlaridan bir namuna:
Dwstlar - g’anim, xasta tana azob tortadi,
Olomon toshbwron ila meni kutib oladi,
Qavm shol bwlgan, ruh’iy farzandlar
Ёlg’iz men bilan vidolashganlar.
Boshqalari shoshilar meni sotgani,
Oh’, bu edi ota–bobolar g’ami!
Martabalari bwyicha yig’ilar ular,
Ёvuzlashgan nokaslar, unutgan ular
Sirli ziёfatni, unutganlar
Chwponlik xizmatida h’amma ulushini.
Kulfatda qolganimda menga tasalli bermas,
Wgirarlar ular ёlg’izlarga orqasini.
(Nasimxon Rah’mon tarjimasi)
İlk Vizantiyaning yana bir ёrqin istedodlaridan biri shoir Roman Sladkopevetsdir (V asr oxirida tug’ilib, 555 yildan keyin vafot etgan). U Bayrutda tug’ilgan. Roman wz ijodida surёniy va yunon ananalarini omuxtalashtirdi. Uning buyuk xizmatlaridan biri jamoatlar yig’inida kuylanadigan madh’iyalarda yangicha poetik shakllarni - ibodat poemalarini yaratish bwldi. Bu turdagi poemalar kandak deb h’am yuritilgan. Bora - bora bu janr pravoslav jamoatlarida Xudoni madh’ qilishda bosh wrin egalladi. Uning ijodida ijtimoiy h’aёt, xalqona tafakkur mah’suli bwlgan sherlar h’am wrin olgan.
IV-VII asr wrtalarida Vizantiyada ijtimoiy–siёsiy va g’oyaviy kurash ketdi. Bu kurash Vizantiya muarrixlari asarlarida ёrqin aks etdi. Bu davr tarixiy asarlarga boy. İlk Vizantiya mashh’ur dunёviy muarrixlarning asarlarini qoldirdi. Bular - Ammian Martsellin, Evlampiy, Olipiodor, Zosim, Kesarli, Prokopiy Menandr Protiktor, Feofilakt Simokatta va boshqalardir. Bular istedodi, aqliy qudrati, qizg’in ijodiy dunёqarashining kengligi jih’atidan aloh’ida ajralib turadi.
Feofilakt (VI asrning oxiri - VII asrning birinchi yarmi) Vizantiya istoriografiyasini antik davrdan wrta asrga olg’a surdi.
Feofilaktning “Tarix” asari bor. U mazkur asarida davlat h’okimiyatining siёsiy qarashlarini aniq, izchil baёn qiladi, ideal h’ukmdorning mukammal qiёfasini chizib beradi. Uningcha, h’ukmdor wz faoliyatini yurgizar ekan, uning birinchi fazilati muloh’azakorlik bwlishi kerak: “Hukmronliging zwravonligini idrok yugani bilan ushla, falsafa ruldir, falsafa ёrdami bilan esa imperiyang kemasini boshqar”. İkkinchi fazilat-kamtarlik bwlmog’i lozim: “Qwrquv bilan emas, balki fuqarolaringning mayli bwyicha xizmat qilishga intil, xushomadgwy gaplarga ёzg’iriqni afzal bil. Ёzg’iriq h’aёtda eng yaxshi ustozdir”. Uchinchi fazilat adolat bwlishi darkor. İmperator ongli tadbir bilan adolat va oliyjanoblikni birlashtirishi kerak: ”Beozorlik - g’azabni, qwrquv - idrokni boshqarsin”. Masih’ga etiqod qiluvchi muarrix Feofilakt ideal h’ukmdordan yana masih’iycha solih’lik va shafqatni talab qiladi. Feofilakt asarning kirish qismida insoniyat idrokiga yuqori bah’o beradi va idrok - tarixning eng yaxshi ijodi, deb bah’olaydi. Ammo tarix u ёki bu voqeaning sababini aniqlamasa, bu fan samarasiz bwlib qolaveradi, deb h’isoblaydi buyuk muarrix.
VII asr Vizantiya tarixida qiyin davr bwldi. Eng dah’shatli xavf Sharqdan - İslom xalifaligidan edi. Shu davrda istedodli lashkarboshi, imperiyani h’arbiy va mamuriy jih’atdan isloh’ qilgan Vizantiya imperatori İrakliy (610 - 641) avvalo Sharqda forslar ustidan g’alaba qildi. Ammo keyin islom lashkarlari uni orqaga uloqtirib tashladi. İrakliyning siёsatidan norozi bwlgan xalq bosqinchi arablarni qwllab - quvvatladi. Hazrat Umar davrida, 634 - 640 yillarda islom qwshinlari Falastinni, Suriya va Mesopotamiyani bwysundirdi. 636 yili musulmonlar İrakliyning armiyasini tor - mor qildi. Keyingi ikki yil davomida Quddus va Antioxiyani bwysundirdi.
Bu mamlakatlarning islom lashkarlari bwysundirilishi imperiyaga katta zarba bwldi. Misr qarshilik kwrsatmay taslim bwldi. 642 yili Vizantiyaning sharqiy viloyatlari - qadimiy madaniyatga eng boy h’ududlari qwldan ketdi. VII asrning oxirida Sharqiy Rim imperiyasi qudratli Wrta Er dengizi davlati sifatida inqirozga uchradi. Uning wrnini wrta asr Vizantiya davlati egalladi. Bu davlat h’ududiy jih’atdan kichik bwlsa h’am, etnik birligi tomondan, siёsiy va diniy jih’atdan jipslashdi. Yustinian davrida etnik tomondan turlicha bwlgan imperiya endi yunon davlati bwlib qoldi. Yunon tili rasmiy tilga aylandi. Vizantiya ijtimoiy tuzumning feodalizm bosqichiga wtdi. Endi shah’arlar qiёfasi wzgara boshladi. Antik davrdagi twg’ri kwchalar, 2–3 qavatli uylar qatorida, wrta asrning mustah’kam inshootlari, kwplab jamoat (cherkov) binolari yangicha arxitektura uslubida qurildi. Albatta, Vizantiya madaniyatidagi keskin wzgarish ana shu inshootlarning yangicha uslubidan boshlandi.
VIII asr wrtalarida Vizantiya madaniyati va mafkurasi rivojidagi birinchi bosqich nih’oyasiga etdi. Bu davrda masih’iylik aqidasi mustah’kam wrnashib bwldi. Vizantiya jamiyatining estetik qarashlari asosan shakllanishga ulgurdi. Vizantiya tarixining ilk davridagi tang vaziyat wrniga malum darajada mafkuraviy xotirjamlik yuzaga keldi, axloqiy tomondan mukammallikka erishildi, h’amma narsa wz wrniga tushganday bwldi. Ammo bu xotirjamlik vaqtincha edi. VIII asrning boshlaridan diniy va g’oyaviy bah’slar yangidan kuch oldi. Bu davrda endi butparastlikka qarshi kurash boshlandi.
Diniy - falsafiy va estetik qadriyatlarni qayta bah’olash Vizantiyaning madaniy taraqqiёtiga sezilarli tasir qildi. Butparastlikka qarshi kurashchilar, Xudoni tasvirlab h’am, bilib h’am bwlmaydi, degan g’oyani ilgari surdilar. Ularning talimoti asosida Uchlik h’aqidagi masih’iylik talimoti ёtardi. Uchlikni inson aqli tasvirlashga h’am, bilishga h’am qodir emas. Shu bois inson qiёfasida tasvirlash mumkin emas. Agar musavvir Masih’ning faqat insoniy tabiatinigina tasvirlaydigan bwlsa, u bidatchi bwladi. Agar musavvir Masih’ning faqat iloh’iy tabiatinigina tasvirlaydigan bwlsa h’am bidat bwladi, chunki bunday h’olatda musavvir insoniy tabiatni iloh’iy tabiatga tamomila singdirib yuboradi. Boshqacha aytganda, Masih’ni h’ar qanday ywl bilan tasvirlash bidatga olib boradi.
Butparastlikka qarshi kurash davridagi siёsiy va g’oyaviy kurash shu qadar shafqatsizlikka olib bordiki, h’ar ikki tomon nafaqat bir–birini h’aqorat qildi, balki g’anim tomon yaratgan narsalarni ywqotishga h’arakat qilib, bir–birini taqib qilishni avj oldirdilar. Avvalo, butparastlikka qarshi kurashuvchilar mutaassiblarcha ibodatxonalardagi inson tasvirlarini ywqotdilar, buning wrniga xoch tasvirini ёki geometrik tasvirni chizdilar.
Shubh’asiz, insoniyat tafakkuri mah’suli bwlgan ёdgorliklarning va sanat asarlarining butparastlikka qarshi kurashuvchilar tomonidan ywq qilingani Vizantiyaning VIII - IX asrdagi madaniy taraqqiёtiga katta zarar keltirdi. Ammo shu bilan birga, unutmaslik kerakki, butparastlikka qarshi kurash aqidasi va ularning estetik tafakkuri olamni obrazli tasavvur qilishda yangicha badiiy tizimni yaratdi. Bezakli naqsh usuli ana shulardan biridir.
Bundan tashqari, butparastlikka qarshi kurash Vizantiyaning dunёviy tasviriy sanati va arxitekturasiga yangicha oqimni olib kirdi. Wsha davrdagi malumotlarga qaraganda, Konstantinopolning dunёviy sanatida butparastlikka qarshi kurash davrida odamni tasvirlash taqiqlanmagan. Badiiy ijodning eng sevimli motivi imperatorlar va ularning oilalarining, lashkarboshilarning va Konstantinopol saroyidagi amaldorlarning portretlarini chizish musavvirlarning sevimli mashg’ulotiga aylangan.
Butparastlikka qarshi kurashuvchilar va butparastlik tarafdorlari wrtasidagi g’oyaviy kurash, bazan h’arbiy kurashlar davom etaverdi. Ammo Masih’ni iloh’iylashtirish tarafdorlari wzlarining estetik va falsafiy - diniy aqidalarini mah’kam ushladilar. Monaxlar sanati ular tomonidan rivojlantirildi. Bu sanat turining badiiy xususiyatlari Sharq xalqlarining estetik tasavvurlaridan va xalq inonch - etiqodlaridan olindi. Sanatdagi bu ywnalishning ёrqin namunasini Koppadokiyadagi masih’iylar g’orlarda qurgan ibodatxonalarning devor suratlarida kwrish mumkin. Avliёlar boshlari katta, beswnaqay, h’arakatlari h’am notekis qilib tasvirlangan.
Shunisi qiziqki, Koppadokiyadagi g’orlarda qurilgan ibodatxonalardagi sanat namunalarida bir paytning wzida ikki oqimni kwrish mumkin: bir tomondan, monaxlar butparastlikni davom ettirib, Masih’ni, Bibi Maryam va avliёlarni tasvirlashda davom etdilar. İkkinchi tomondan, butparastlikka qarshi kurashuvchilar xochning ramziy tasvirini chizaverdilar. VIII - IX asr boshlarida Kapadokiyada butparastlikka qarshi kurashuvchilar h’am bir necha ibodatxonalar barpo qilganlar, ibodatxonalar devorlariga kwplab xoch tasvirini chizganlar.
Butparastlikka qarshi kurashuvchilarning devorga chizgan suratlari badiiy uslubi jih’atidan monaxlarning butparastlik suratlaridan deyarli farq qilmaydi. Har ikkala ywnalishdagi sanat asarlarining badiiy shakllarini rassomlar mah’alliy yunon - sharq ananalaridan oldi, bu ananalar esa xalq dunёqarashining mah’suli edi. Chamasi, butparastlarning aqidalari devor suratlarida saqlanib qolganiga sabab - ularning chet wlkalarda, markazdagi singari, taqibga uchramagani bwlsa kerak. Makedoniyaning poytaxti Salonika shah’rida h’am xuddi shu xususiyatni - ikki oqim sanatda bir paytning wzida yashaganini kwrish mumkin.
Butparastlar va ularga qarshi kurashuvchilar wrtasidagi g’oyaviy kurash wsha davrdagi kitob miniatyura sanatida h’am aks etdi. IX asr wrtalarida yaratilgan yunon sanolarida h’ar ikkala tomon kurashchilari wrtasidagi qaqshatqich kurash voqealariga oid miniatyuralar chizilgan. Mazkur miniatyuralarda butparastlarning zafari tasvirlangan. Butparastlikka qarshi kurashuvchilar karikatura tarzida chizilgan, ular muqaddas tasvirlarni h’aqoratlaёtganday qilib talqin qilingan.
VIII-IX asrlardagi g’arbiy Evropa miniatyura sanati, devor suratlariga h’am yunon va surёniy butparastlarining tasiri kuchli bwldi. Butparastlar taqibdan qochib Evropaga ketganlarida, wzlari bilan Konstantinopoldagi xalq sanati ananalarini h’am olib bordilar.
X asrdan boshlab Vizantiya madaniyati tarixida yangi bosqich boshlandi. Fanda erishilgan bilimlar, iloh’iёt, falsafa, adabiёtda erishilgan natijalar umumlashtirilib, tasnif qilindi. Chet viloyatlardagi shah’arlar rivojlantirildi, h’unarmandchilik, savdo wsdi, siёsiy va intellektual tafakkur barqarorlashib, taraqqiy etdi. Markazlashgan davlatni saqlash ywlida h’ukmron sinf qatiy h’arakat qildi. Mana shular madaniy taraqqiёtga tasir etmasligi mumkin emas edi. Tabiiy fanlar wsdi, odamlarning Er va Koinot twg’risidagi bilimlari kengaydi. Dengizchilik, savdo, diplomatik munosabatlar, h’uquqshunoslik, Evropa va arab mamlakatlari bilan madaniy aloqalar rivojlandi. Bular h’am Vizantiya madaniyatining boyishiga, Vizantiya jamiyati dunёqarashida keskin wzgarishlarga olib keldi.
Vizantiya faylasuflari va iloh’iёtchilari ilmiy faoliyatida ratsionalizm4 ywnalishi bosh wrin egalladi. XII–XII asrdagi Vizantiya mutafakkirlari antik davr faylasuflaridan ongga h’urmatni wrgandilar. Obrw-etiborga asoslangan kwr-kwrona ishonch wrniga, tabiat va jamiyatdagi h’odisalarning sabablarini tadqiq etish asosiy wrin egalladi. Vizantiya amaliy sanati namunalari dunёning boshqa mamlakatlari sanatiga - İtaliya, Bolgariya, Serbiya, Rus, Kavkaz va boshqa mamlakatlar sanatiga kuchli tasir etdi. Jumladan, binolar, cherkov binolari arxitekturasi Vizantiya uslubida qurildi. Bu davrda Sharqning Vizantiyaga tasiri kuchaydi. Ayniqsa, adabiёtda bu yanada yaqqol kwzga tashlandi. “Kalila va Dimna”ning arabcha tarjimasidan imperator Aleksey I Komninning topshirig’i bilan Semёn Sif degan vizantiyalik vrach tarjima qildi. XII asrda vizantiyalik filolog Mixail Andreopul surёniy tilidan “Panchatatra” tarkibiga kirgan “Sindbodnoma”ni tarjima qildi. Bu asar yunonchada “Sintip kitobi” deb yuritilgan.
Umuman, Vizantiya madaniyatining turli bosqichlarida goh’ sharqona, goh’ g’arbona elementlar kuzatiladi. IX asr wrtalarigacha Vizantiya madaniyatiga Sharqning tasiri kuchli bwlsa, keyingi davrlarda g’arbiy Evropa, ayniqsa, İtaliya madaniyatiga Vizantiyaning tasiri kuchli bwldi. Vizantiya madaniyati Evropaning manaviy taraqqiёtida muh’im rol wynadi.
Vizantiya imperiyasi XIII asr boshlarida Usmonli Turkiya qwshinlari tomonidan tor-mor keltirildi. Uning wrniga Lotin (Romaniya) imperiyasi keldi. Ammo bu imperiya siёsiy jih’atdan mustah’kam bwlmagani uchun bir necha davlatga parchalanib ketdi. 1453 yili Konstantinopolni Usmonli turklar sultoni Mah’med II Fotih’ zabt etdi. Buning natijasida Lotin imperiyasi mah’suli bwlgan va Vizantiyaning parchalanishi oqibatida barpo bwlgan kuchli Trabzon imperiyasi h’am barh’am topdi. Ammo Vizantiyaning madaniy tasiri imperiyaning wzidan h’am uzun umr kechirdi. Trapzon imperiyasi davrida h’am Vizantiya madaniyati davom etaverdi.
8 – Mavzu Dunёviy va diniy madaniyat
REJA:
1.Wrta asrlarda ijtimoiy-siёsiy va madaniy h’aёtdagi keskin wzgarishlar.
İudaizm va Tavrot.
2.Bibliyaning tarkibiga kiruvchi kitoblar.
3.Masih’iylik talimoti Sharqning falsafiy tafakkuri mah’suli sifatida.
Katolik jamoati va pravoslavlar jamoati.
4.İslomiy madaniyat. İslomda ilm wrganish tashviqi va targ’iboti.

Wrta asrlarda feodal munosabatlarning shakllanishi ijtimoiy-siёsiy va madaniy h’aёtda keskin wzgarishlarni keltirib chiqardi. Ayniqsa diniy aqidalarning rasman tus olib, kwp xudolilikdan yakka xudolilik - tavh’id aqidasiga wtish jaraёni insoniyatning h’aёt tarzini wzgartirdi. Bibliya, Talmud, Quroni Karimning paydo bwlishi nafaqat Sharqda, balki g’arbda h’am tafakkurni va h’aёt tarzini jiddiy wzgartirdi. Endi insoniyat malum tartibga solingan h’aёt kechira boshladi.


Yakka xudolilik ilk bor Bibliyada shakllandi. İudaizm tarixi, nazariyasi qadimgi yah’udiylarning h’aёti va taqdiri bilan zich bog’langan. Bibliyaning Eski Ah’d-Tavrot qismi bu twg’rida twliq malumot beradi.
Bibliya tarkibiga kiruvchi Tavrotda (Musoning besh kitobi) iudaizm Sharqdagi kwp xudolilikka qarshi mafkura sifatida yaratildi. Qadimgi İsroil xalqi ilk bor yakka Xudo Yah’vega İbroh’im davrida etiqod qila boshlagan. Keyin uning wg’li İsh’oq, (islom tarixida – İsmoil) nabirasi Ёqub va uning wn ikki wg’li Yah’veni tanh’o Xudo sifatida etirof qildilar. Bibliyaning Eski Ah’d qismi h’am Muqaddas Kitob shaklida Yah’ve talimoti sifatida - mil. aval. İkkinchi ming yillikda shakllana boshlandi.
İudaizm twg’risida bizga Bibliya va u h’aqda ёzilgan kwpgina asarlar malumot bera oladi. İsroil xalqi Ёqub payg’ambar (boshqa nomi İsroil) qavmlaridir. Bibliyada h’ikoya qilinishicha, Muso Yah’vё bilan gaplashishga qodir bwlgan İsroil xalqi rah’namosi va Ёqubdan keyin Xudo bergan qonunlarni amalga oshiruvchidir. Wnta amrni Xudo Muso orqali İsroil xalqiga bergan. Yah’ve Muso orqali turli mwjizalar (Muso a.s.ning firavn h’uzurida h’assani ilonga aylantirishi, Qizil dengizdan İsroil xalqini olib wtishi, qoyaga h’assani urib, qoyadan suv chiqarishi) kwrsatib, İsroil xalqining diniy rah’namosi, iudaizm dinining otasi bwlib qoldi.
Eski Ah’d 39 kitobdan iborat. Bu kitob quyidagicha guruh’lanadi: Musoning beshta kitobi ёki Tavrot. Bular quyidagilardir: İbtido, Chiqish, Levilar, Sah’roda va Amrlar kitoblaridir. İudaizmning asosida ana shu beshala kitobdagi aqidalar ёtadi.
Bibliyaning davomi Hakamlar kitobi, Shoh’lar kitoblari (twrtta), Payg’ambarlar kitoblari, Dovudning “Zabur”i, Sulaymonning «Hikmatlari” va boshqa kichik h’ajmli kitoblardan iboratdir. Mazkur kitoblarni iudaizmga etiqod qiluvchilargina emas, balki İso Masih’ talimotiga etiqod qiluvchi barcha masih’iylar - xristianlar muqaddas kitoblar sifatida wrganadilar.
Eski Ah’dda olamning ibtidosi twg’risidagi chuqur mushoh’adalarni, odamlar wrtasidagi munosabatlarni, axloqiy mezonlarni, ijtimoiy qadriyatlarni va boshqa kwplab falsafiy g’oyalarni, axloqiy wgitlarni kwramiz. Bir swz bilan aytganda, Eski Ah’d Sharq xalqlari ming yillar davomida amal qilib kelgan axloqiy tizimni va Tanh’o Xudo twg’risidagi talimotni wzida mujassamlantiradi.
Monoteistik talimotga asoslangan uchta oqim - iudaizm, masih’iylik, islom bir-biriga bog’liq. Bularning orasida qadimiysi iudaizmdir.
Miloddan av. uchinchi ming yillikda ilk diniy tizim shakllana boshladi. Tarixda markazlashgan h’ukmronlik paydo bwlgan mamlakatlarda, jumladan, Misrda mutlaq h’ukmronlik va iloh’iylashtirilgan h’ukmdor - firavnning daxlsizligi monoteizmga olib kelgan edi. Misr firavniga qaram mamlakatlar xalqi h’ukmdor qiёfasida oliy iloh’iy ramzni kwrdilar. Hukmdorning ramzi qaram davlatlarning etnik madaniyatida va ijtimoiy-siёsiy jih’atdan wsib borishida umumiy jaraёnni ifoda qilardi. Zaminiy h’ukmdorlikning bir qwl ostida twplanishi natijasida shunday qarashlar kelib chiqdi: osmonda, yani g’ayritabiiy kuchlar olamida h’okimiyat tizimi zamindagi singari tizimni wzida zoh’ir etadi. Ayni ana shunday qarashlar, taxminlar monotezimni - Tanh’o Xudo twg’risidagi g’oyaning wsishiga ёrdam berishi kerak edi.
İudaizm - mustaqil diniy tizim. Ayni paytda uning taraqqiёti kwp jih’atdan qadimdan shakllangan mezonlarga - eski ananalarning tasir kuchiga h’am bog’liq.
Xristianlik ёki masih’iylik - dunёdagi kwp tarqalgan ijtimoiy, falsafiy, diniy oqimlardan biri bwlib, Bibliyaning Yangi Ah’d qismiga asoslanadi. Yangi Ah’d (ёki «Xushxabar») İso Masih’ yaratgan talimotdan iboratdir. Bu oqim dunёning h’amma mamlakatlarida uchraydi. Ammo Evropa, Amerika, Avstraliya qitalarida asosiy davlat dini rasmiy mafkuradir. Garchi masih’iylik bugungi kunda G’arb mamlakatlariga xos oqim bwlsa-da, aslida Sharq va uning madaniyati bilan zich bog’langan. U, Sharqning boy mifologik, badiiy va aqidaparastlik imkoniyatlaridan foydalandi. Bu imkoniyatlar masih’iylikning paydo bwlishi uchun bitta imkoniyat va asosdir. İkkinchi imkoniyat - Masih’ talimotining yuzaga kelishida iudaizmning muh’im asos bwlganidir. Bitta dalil: insoniyatning gunoh’ qilishi va gunoh’lardan forig’ bwlib najot topishi g’oyasi asli Eski Ah’dning barcha kitoblarida wz aksini topgan. Gunoh’ va insoniyatni gunoh’lardan xalos bwlib, najot topish g’oyasi Evropa uchun h’am, Sharq xalqlari h’aёt tarzi uchun h’am muh’im axloqiy mezondir. İnsoniyatni h’alollikka va ortiqcha h’ashamatlarga, boylikka berilmaslikka davat qilish h’am masih’iylik talimotining muh’im jih’atlaridandir. Quyidagi parcha bunga dalildir: “Hech biri mulkidan biron narsani meniki demas edi, h’amma narsani umumiy deb bilishar edi” (Havoriylarning faoliyati, 4:32).
İlk masih’iylik, barcha diniy talimotlar singari, ijtimoiy-siёsiy g’oyalar mah’suliga, iudaizmga va Rim h’okimiyatining sobiq Yah’udiya h’ududidagi h’ukmronligiga qarshi wlaroq yuzaga keldi. Ochiqroq aytganda, ezilgan, xwrlangan, azob chekaёtgan xalqning talimoti sifatida vujudga keldi. Masih’iylik talimoti ommani kurashga davat qilmadi, shu manoda bu oqimni aslo inqilobiy deb bwlmaydi. Aksincha, turli kwrinishdagi qwzg’olon va urushlarning, nizolarning oldini olgan oqim sifatida paydo bwldi. Quyidagi parcha diqqatga sazovordir: ortodoksal yah’udiylar bilan Rim imperiyasi askarlari İsoni wldirish rejasini tuzib, uni qwlga olganlarida, İso qon twkilishning oldini oladi: “İso bilan birga bwlganlardan biri qilichini qinidan sug’urib, qulochkashlab oliy ruh’oniyning qaroliga dast soldi-da, qulog’ini uzib tashladi. Lekin İso unga:
Qilichingni joyiga qaytarib qwy! Qilich kwtargan bari qilichdan h’alok bwlur.Ёki wylaysanki, Men Otamga iltijo qilolmaymanmi? U Menga h’oziroq wn ikki tumandan kwproq farishtalarni yuborishi mumkin” (Matto 26:51).
Masih’iylik talimoti Sharqning mah’suli bwlsa-da, Evropa madaniyatining yuzaga kelishi va taraqqiёtida katta xizmat qiladi. Shubh’asiz, Evropaning boy madaniyati ildizlari antik davr falsafasidan, h’aykaltaroshligidan, arxitekturasi va teatridan oziqlangan bwlsa h’am, Leonardo da-Vinchi, Dona Telo, Jotto, Mikelanjelo, Rafael asarlari masih’iylik tafakkuri durdonalaridir. Ammo Masih’ talimoti wrta asrlarda Evropa adabiёti, Kopernik va Galileyning ilmiy kashfiёtlariga qarshi kurashdi. Bu kurashni Masih’ talimotining bwlinishi mah’suli va wziga xos diniy talimotning “zwravonlik” siёsati deb bah’olash lozim. Bu fikrimizni dalillash uchun masih’iylikning ilk wrta asrlardagi faoliyatidan boshlab wrta asrlargacha bwlgan tarixiga etibor qarataylik.
IV asr oxirida Rim imperiyasi G’arbiy va Sharqiy qismlarga bwlinib ketgach, masih’iy jamoatlarida h’am bwlinish yuz berdi. Evropa xalqlarining ananalariga, madaniyati va turmushiga jamoatlarning tasiri ikki ywnalishdagi jamoatlarni paydo qildi: g’arbiy (katolik–protestant) va sharqiy (pravoslav) jamoatlari. Bular wrtasidagi ziddiyat Rim jamoati (cherkovi) h’ukmronligiga qarshi etiroz (protest) sifatida shakllandi. Bu jamoatlar wrtasidagi sezilarli farqlar Evropa mamlakatlari va xalqlari ijtimoiy taraqqiёti ywllariga, surati va natijalariga turlicha ёrdam berdi.
G’arbiy imperiyada imperatorning h’ukmronligi zaiflashdi. Jamoatlarning (cherkov)larning mavqei asta–sekin kuchaya boshladi. Beshinchi asrda Rim episkopi Papa deb elon qilindi. Papaning qwli ostida katta h’ukmronlik bor edi. Rim Papasi: “Mening h’ukmronligim Xudo tomonidan berilgan, men gunoh’sizman”, deb elon qildi. Shu tariqa Rim Papasining obrw–etibori, siёsiy mavqei wrta asrdagi Evropa h’ukmdorlaridan yuqori bwldi. Endi katolik oqimi wrta asr Evropa tarixida wz h’ukmronligini zwrlik bilan wtkazadigan bwldi. Hukmdorlar h’am Rim papasining obrwyiga tayandilar, jamoatlarning obrwyidan foydalandilar. “Rabbiyning qabrini imonsizlardan xalos qilish” uchun Quddusga qilingan salib yurishlari bu twg’rida guvoh’lik beradi.
XIV–XV asrlarga kelib Rim katolik jamoatlarining h’ukmronligiga qarshi davat paydo bwldi. Bu davat aynan madaniyat soh’asida yuz berdi. Chunki katolik jamoatlari xuddi madaniyatga wz h’ukmronligini wtkazgan edi. Uyg’onish davri ana shu davat mah’suli sifatida yuzaga keldi. Uyg’onish davri fikr erkinligiga, ilmiy bilishga qarshilik qilib kelgan jamoatlarning h’ukmronligiga zid wlaroq Dante, Rable, Rafael, Bokkachcho, Kopernik, Galiley va boshqa kwplab olim va ijodkorlarni etishtirdi. Ular madaniyatning tashqi qatlamidagina isloh’ot wtkazdilar. Katolik oqimining zaminiga kuchli zarbani Uyg’onish ortidan kelaёtgan İsloh’otchilik (reformatsiya) h’arakati berdi. İsloh’otchilik h’arakati katolik jamoalarini Uyg’onishga xos h’urfikrlilik zarbalaridan saqlab qolish maqsadida va Uyg’onish davri madaniyati elementlarini İsloh’otchilik oqimiga olib kirishlarga, yani assimilyatsiyalashuvga qarshi chiqdi. Lyuter, Kalvin, Myuntser va b. Papaning begunoh’ligi twg’risidagi aqidaga, katoliklar jamoatida Xudoga xizmat qilishga oid dabdabalarga, katoliklar jamoati inson va Xudo wrtasidagi vositachidir, degan jamoaning rolini h’addan tashqari oshirishga qarshi chiqdilar.
Katolik jamoati lotin madaniyatidan oziqlangan bwlib, antik madaniyatga oid qwlёzma merosning bir qismi saqlanib qolishiga ёrdam berdi.
Pravoslav jamoalarining katolik jamoalardan farq qiladigan tomonlari quyidagilar. Pravoslavlar Uchlikni boshqacha talqin qiladilar. Ularning qarashicha, Muqaddas Ruh’ faqat Ota - Xudodan kelib chiqadi, jannat va dwzax oralig’idagi Arosatni tan olmaydi. Arosat - katoliklarga mansub aqida. İndulgentsiya (bandalarning gunoh’i kechirilganligi twg’risida Rim Papasi tomonidan beriladigan ёrliq) protestant jamoalariga tatbiq qilinmaydi, xamirturushli non va sharob tanovul qilish marosimini wtkazadilar. Pravoslavlar bu farqlarga, ayniqsa, 1054 yilda katoliklar bilan tamomila ayrilganlaridan keyin qatiy rioya qiladilar.
Masih’iylik, xususan, katolik oqimi, wrta asrdagi wz taraqqiёtidan xulosa chiqarib, keyingi rivojida jamiyatga va odamlarga tazyiq wtkazishning h’ar qanday kwrinishlariga barh’am berdi.
Masih’iylikning evropaliklar fel–atvori, madaniyati shakllari, tafakkur tarzi va qadriyatlariga ijobiy tasirini aloh’ida takidlash kerak. Bibliya, Bibliyadagi obraz va syujetlar asrlar davomida tasviriy sanatda va h’aykaltaroshlikda asosiy mavqeni egalladi. Evropa memorligi yaratgan jamoat (cherkov) arxitekturasi Xudoning va jamoatlarning ulug’vorligini sharaflashga qaratildi. Mabaddagi musiqa, xuddi jamoat xori singari, Evropa xalqlarining musiqa madaniyatiga tasir kwrsatmay qolmadi. Jamoat musiqasi va qwshiq xalqona madaniyat bilan zich aloqadorlikda rivojlandi. Masih’iy jamoatlari tasiri ostida yaratilgan madaniyat Evropada Xudoni sharaflash, etiqodning mustah’kamligi uchun xizmat qildi.
Bir swz bilan aytganda, asrlar davomida, h’atto ming yillar davomida turmush va axloq mezonlari, madaniy ananalar, adabiёt yaratish - bularning h’ammasi masih’iy jamoatlarining kuchli tasiri ostida shakllandi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish