Xitoy madaniyati
Xitoy — tsivilizatsiya ilk bor paydo bwlgan twrt mamlakatning biri bwlib, qadimgi Misr, Bobil va Hindiston qatorida turadi. Rasmiy malumotlarga qaraganda, mamlakatda besh mingta tarixiy va madaniy ёdgorliklar mavjud. Miloddan oldingi uchinchi ming yillikda xitoyliklar qizil, oq, safsar rangli sopollar ishlab chiqarganlar. Sopollarga twrburchak, twlqinsimon shakllar solganlar. Xitoy madaniyatidan qolgan eng noёb ёdgorlik — alifbodir. Xitoy ёzuvi “ieroglif” deb ataladigan belgilardan iborat bwlib, 50 ming belgidan, yani ierogliflardan iborat. “İeroglif” termini yunoncha bwlib, “toshga wyib ёzilgan muqaddas belgi” degan manoni bildiradi. Bundan tashqari, 1958 yili xitoy tilining lotinlashgan alifbosi h’am qabul qilingan.
Kundalik h’aёtda 4–6 ming belgi ishlatiladi. Hozirda yaxshi malumoti bor xitoylik 6–8 ming belgini biladi. Gazetani wqiy olish uchun 3–5 ming belgini bilish kerak bwladi.
Alifbo Xitoy madaniyatidan eng noёb merosdir. “Madaniyat” swzi xitoychada “ven–xua” deb aytilib, “savodli bwlmoq” manosini bildiradi. Xitoy ierogliflarining xizmati shundaki, millat wz merosini saqlashga va ёyishga, davlatni markazlashtirib, mustah’kamlashga imkon berdi. Xitoy rah’bariyati ieroglif ёzuvni xitoy millati va madaniyati birligi uchun kafolat sifatida qaraydi. Xitoy ierogliflari yana h’usnixat estetikasi uchun h’am asosdir.
VII–XIII asrlarda xitoyliklar rassomchilikni sanatning muh’im kwrinishlaridan biri sifatida h’urmat qilganlar. Bu davrdan saroy devorlariga, ibodatxonalarga solingan suratlar, miniatyuralar saqlangan. Bir necha metrli wrama qog’ozlarda shah’ar va saroy h’aёti, tabiat, portret, maishiy h’aёt tasvirlangan. Rassomlar guruchdan qilingan qog’oz va ipakdan foydalanganlar.
Qog’oz bilan birga xitoyliklar birinchi bwlib choy, chinni, porox, soyabon, muzqaymoq, ipak va gugurtni wylab topib, dunё bwylab tarqalgan. Besh ming yil ilgari ilk bor dunёda beton quyish texnologiyasini ishlab chiqqanlar. Gansu viloyatidagi arxitektura kompleksi shundan dalolat beradi.
Samo ibodatxonasi (1420 yilda qurilgan) Pekinning wziga xos ramzidir. Bu ibodatxona dumaloq shaklda qurilgan bwlib, uch qavatli tomi bor. Aslida bu ibodatxona imperator sayr qiladigan wrama park bwlgan edi. İbodatxona poydevorining diametri 30 metr, balandligi 38 metr. İbodatxonaning yana bir diqqatga sazovor tomoni shuki, devor aks sado beradi va bir tomondan ikkinchi tomonigacha ovoz ёyiladi.
G’or ibodatxonalar h’am Xitoy arxitekturasining etiborga loyiq tomonlaridandir. Asosan, tog’larni wyib g’orlarda barpo qilingan budda ibodatxonalari tarixi 1000 yildan nariga borib taqaladi.
G’or ibodatxonalari orasida Gansu viloyatidagi Dunxuan shah’rida barpo qilingan ibodatxona qadimgi Sharq sanatining xazinasi deb nom olgan. Bu ibodatxona Minshaman shah’ri etagidagi qoyaga wyilgan, uzunligi 1600 metr. Bu ibodatxonalar Mogao ibodatxonalari kompleksi deyiladi. İbodatxona qurilishi milodiy 360 yilda boshlanib, uzluksiz ravishda 700 yil davom etgan. Buyuk ipak ywli shu erdan wtgan. İbodatxona qurilishida savdogarlar, amaldorlar, oddiy odamlar ishtirok etganlar, nazrlar ataganlar. İbodatxona kompleksida 735 g’or, 45 ming kvadrat metr devor suratlari, 2415 ta turfa rangdagi h’aykalchalar saqlangan. Bu ёdgorliklar 10 sulola h’ukmronligi davrida barpo bwlgan. 1988 yili YuNESKO qarori bilan mazkur ibodatxona kompleksi jah’on madaniy merosi sifatida rwyxatga olingan.
Xitoy arxitekturasi Yaponiya, Koreya, Janubi–Sharqiy Osiё mamlakatlari arxitekturasiga kuchli tasir etgan. Xitoyda falsafiy va diniy oqimlar asosan miloddan oldingi birinchi ming yillik oxirida shakllanib bwlgan edi. Birinchi navbatda konfutsiylik va daosizm paydo bwldi. Xitoyning manaviy madaniyatida buddaviylik katta rol wynadi. Buddaviylik Xitoyga milodiy I asr wrtalarida Hindistondan kirib keldi. VIII asrda Xitoy islom talimoti bilan tanishdi. Keyinroq katolik missionerlari paydo bwldilar. IX asrning wrtalarida esa mamlakatga masih’iylik kirib kela boshladi.
Konfutsiylik ijtimoiy munosabatlar bilan bog’liq. Konfutsiyning (mil.ol. 551–479) bu talimoti g’ayritabiiylikka aslo aloqador emas. Shuning uchun konfutsiylikni dunёviy talimot deb ataydilar. Konfutsiy oila - qarindoshlik aloqalarini h’am davlat, h’am diniy nuqtai nazardan talqin qildi. “Davlat - bitta oila, h’ukmdor, yani Osmon wg’li bir paytning wzida xalqning otasi va onasidir”, deb bah’o bergan edi.
Daosizm qadimgi miflar, xalq inonch - etiqodlari, kultlarga asoslangan edi. Dao - “ywl” degan manoni bildirib, uning asoschisi lao Tszidir. U Konfutsiyning zamondoshi bwlgan edi.
Umuman, Xitoy madaniyati tarixi dunё madaniyati tarixida muh’im rol wynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |