Qadimgi Yunoniston madaniyati
Qadimgi Yunoniston madaniyati tarixi besh davrga bwlib wrganiladi:
1. Egey ёki Krit-miken davri (mil.ol. III-II ming yilliklar) madaniyati.
2. Gomer davri (mil.ol. XI-IX asrlar) madaniyati.
3. Arxaik davr (mil.ol. VIII-VI asrlar) madaniyati.
4. Klassik davr (mil. ol. V-IV asrlar) madaniyati.
5. Ellinistik davr (mil.ol.1V asrning II yarmi – mil. ol. I asrning wrtasi) madaniyati.
Krit - miken davri eng qadimgi tsivilizatsiya davri deb h’am yuritiladi. Bundan tashqari, dastlabki uch davr kwpincha klassik davrgacha bwlgan davr degan umumiy nom bilan aytiladi. Bunday h’olda Yunoniston madaniyati uchta asosiy davrga bwlinadi: klassik davrgacha bwlgan davr, klassik davr, ellinstik davr.
Egey ёki Krit - miken davri
XIX asrning 70 - yillarida nemis arxeologi Shliman Egey dengizi qirg’oqlarida qazuv ishlari olib bordi. Qazuv natijasida ettita shah’arni aniqladi. Shxarlardan birida Shliman oltin xazinasini topdi. Bu xazina mil. ol. III ming yillikda yashagan shoh’ga tegishli bwlgan ekan. Bu shoh’ h’aqida Gomer «İliada» dostonida shunday ёzgan edi:
Muqaddas Troya h’alok bwlar,
Priamning nayzabardor xalqi
Troya bilan h’alokatga uchrar.
Priam shah’ri oltin xazina egasi bwlgan shoh’dan ming yil keyin barpo bwlgan edi.
Troyadan uchinchi ming yillikning wrtalariga oid arxeologik qatlamlar topilgan. Shliman bu shah’ardan katta qabr h’am topdi. Qabrga sharqona kwrinishda, oltin bilan bezatilgan liboslar kiygan erkak va aёlning jasadlari dafn qilingan. Qabrda qurol h’am bor edi. Antik sanatdan engsiz uzun kiyim (xiton) malum ediyu ammo sharqona liboslar h’ali uchramagan edi. Bu topilmalardan, Yunonistonda boshqa xalq madaniyati h’am bwlgan, degan xulosa kelib chiqadi. Troyadan Yana qala, saroy, qabrlar h’am topilgan. Bu singari osori atiqalar Mikendan va Yunonistonning boshqa shah’arlaridan ilgari h’am topilgan edi.
Yunoniston madaniyati–uzoq taraqqiёt mah’suli bwlib, Sharq mamlakatlari Bilan Egey dengizi bwylarida joylashgan yunon qabilalari bilan Bolqon yarim orollarining janubi, Krit orollari va boshqa Egey dengizi orollari, Egey dengizining Osiё qismi wzaro munosabatlari natijasida paydo bulgan. Bu joylar Miken davlatlari deb nom olgan. İkkinchi ming yillik oxirida Miken davlatlari Bolqon yarim orolining shimolidan bu erga kelib wrnashgan va bu erdagi qabilalarga qarindosh bwlgan yunon qabilalari tomonidan tor - mor qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |