9 – Mavzu Texnogen va zamonaviy madaniyat
(XVI-XX ASRLAR)
Zamonaviy madaniyatni ayrim mutaxassislar texnika, elektron ёki axborot madaniyati deb ataydilar. Bunday munosabat xozirgi madaniyatda fan va texnikaning wrni muximligini kwrsatadi. Zamonaviy fan qadimgi ёki wrta asrlardagi fandan tubdan farq qiladi. İlgarilari fan dunёni qanday bwlsa shu h’olida, unga dah’il qilmay wrganar edi. Hozirgi fan bilish, yaratish, ih’tiro qilish, loyih’a tuzish kabi jaraёnlarni wzida mujassamlashtiradi va inson aql-zakovati ёrdamida h’al bwladigan muammolarga etiborni jalb etadi. Bugungi kunda ilmiy h’aqiqatni ochish bilan birga insonning eh’tiёj va manfaatlariga mos keladigan imkoniyatlarni topish fanda ustuvor bwlmoqda.
Fan va madaniyatdagi yangi ywnalish shakllanishining boshlanishi G’arbda Uyg’onish davri (XIV-XVI asrlar) bilan bog’liq. Uyg’onish davri Evropa madaniyati taraqqiёtida muxim davr bwlib, mutlaqo yangi madaniyat bosqichini boshlab berdi. Shaxarlarning kwpayishi, Evropada ichki va tashqi savdoning vujudga kelishi, xunarmandchilikning rivojlanishi Evropa madaniyatida yangi ywnalishlarning paydo bwlishiga olib keldi. Qisqa vaqt ichida moddiy madaniyat va texnologiyalar wzgarib, kwplab muxim ilmiy kashfiёtlar qilindi. Buyuk geografik kashfiёtlar dunёning diniy manzarasini wzgartirdi, aqliy va iqtisodiy xududni kengaytirib jah’on savdosini vujudga kelishiga sabab bwldi. Antik davr merosini wrganish yangi falsafiy ywnalishlar paydo bwlishiga turtki bwlib inson va tabiatning wzaro munosabatlarida mutlaqo wzgacha andoza va mezonlar shakllandi.
Yangi davr – fan, texnika taraqqiёti nafaqat dunёni, odamlarni fikr tarzini h’am wzgartiradi.
Jamiyatda «gumanizm» deb nomlanuvchi yangi g’oya shakllandi. Bu nom inson xaqidagi yangi dunёviy fandan kelib chiqqan bwlib, ilgarigi «iloxiyat xaqidagi fanni» asta-sekin siqib chiqardi. İnsonparvarlik g’oyasi quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Tabiat qonunlarini - «tabiiy-muvofiq» tamoyili asosida g’ayri tabiiy kuchlarni qwshmasdan tushuntirishga asoslanish;
2. İnsonni h’aёt markazi qilib olish (antropotsentrizm) - insonga mavjudot deb emas, tabiatning gul toji sifatida qarash;
3. Aqliy tafakkur (ratsionalizm) - inson idrok va zakovat orqali atrof muxitni, wz-wzini biladi deb xisoblash;
İnsonparvarlik g’oyalarining rivojlanishi dunё va insonning diniy kontseptsiyasi buzilishiga va XVIII asrda inson shaxsining wzini qadrlash xaqidagi talimot paydo bwlishiga olib keldi. Gumanistlar wz talimotining ishonch mezoni deb emprik-tajriba va ratsionallikni xisobladi. Bu xulosa ularni cherkovni Reformatsiya qilish (M. Lyuter, J. Kalvin), utopik sotsializm (T. Mor, T. Kampanella) va ijtimoiy pragmatizm (N. Makkiavelli) kabi g’oyalarni nazariy asoslashga olib keldi.
Uyg’onish davri gumanistlari dunё va inson paydo bwlishidagi iloxiy g’oyalarni butunlay inkor qilmadi, balki olam doimiy va qatiy qonunlarga muvofiq ravishda bunёdga kelishini tasdiqladilar. İdrok insonga bu qonunlarni tushunib wz jamiyatini tuzishda qwllashi uchun berilgan. Shu h’aёtda baxt-saodat qaror topsa oxirat h’am obod bwlishi mumkin deb takidladilar. Ular nazarida inson tabiat qonunlariga mos ravishda rivojlanuvchi aqlli mavjudot xisoblanib, nafaqat moddiy dunё markazida turadi, u shuningdek, badiiy ijod va rang tasvirining obekti h’amdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |