Uzbekiston respublikasi



Download 1,52 Mb.
bet39/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

İslomiy madaniyat. Masih’iylik jamoatining mavqei Evropa, Amerika va boshqa kwplab qitalardagi mamlakatlarning ijtimoiy, siёsiy va axloqiy madaniyatida qanchalik rol wynagan bwlsa, islom madaniyati Sharqda shunchalik katta rol wynadi. İslom - dunёda monoteizmga, yani tanh’o xudolilikka asoslangan uchinchi va oxirgi dindir. Bu din h’am Yaqin Sharqda paydo bwldi.
İslom faqat arab olamida emas, balki Yaqin Sharq mamlakatlarida, Eron, Wrta Osiё, Hindiston, İndoneziya, Kavkaz, Volga bwylari, Bolqon, Afrikaning katta qismiga ёyilib, bu xalqlarning tarixi va madaniyatida katta rol wynadi.
İslomning tarixi, ilk davrdagi faoliyati Muh’ammad s.a.v. va twrt xalifa - Abu Bakr (h’ukmronlik davri 632 - 634 yillar), Umar (h’ukmronlik davri 634 - 644 yillar), Usmon (h’ukmronlik davri 644 - 656 yillar) va Ali (h’ukmronlik davri 656 - 661 yillar) bilan bog’liq.
İslom ilk davrdaёq ikki mazh’abga bwlindi. Twrtinchi xalifa Ali shia mazh’abiga asos soldi. Bu mazh’ab tarafdorlari h’am, sunniylar kabi, Kuronni iloh’iy deb etirof etadilar, ammo xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan, deb h’isoblaydilar. Shia tarafdorlari faqat Ali va uning tarafdorlari nomi bilan bog’liq bwlgan h’odisalarni tan olganlar va shunday h’odisalardan iborat majmualar tuzganlar. Bu twplamlar Axbor deb atalgan. Shia mazh’abida tavh’id (Olloh’ning yagonaligini etirof etish), adl (Olloh’ning odilligi), nubuvvat (payg’ambarlik), qiёmat ёki maod (oxirat kunining kelishi va marh’umlarning tirilishi) asosan sunniylik mazh’abi bilan mos keladi. Yana shia mazh’abida beshinchi aqida h’am borki, ular imomat (imomlar) h’okimiyatini etirof etadilar. Bu mazh’ab Ali va uning avlodlaridan iborat wn ikki imom h’okimiyatini tan oladi. Shu munosabat bilan barcha xalifalarni, xususan, dastlabki xalifalar Abu Bakr, Umar va Usmonni h’okimiyatni zwrlik bilan bilan egallab olgan shaxslar sifatida qoralaydi. 874–878 yillar orasida 7– 9 ёshida bedarak ywqolgan wn ikkinchi imom Muh’ammad al–Mah’diyni ular “yashiringan” deb h’isoblaydilar. Zamona oxir bwlganda, u qaytib keladi, adolat wrnatadi, deb kutadilar.
Ummaviylar sulolasi (661–750 yillar) xalifa Ali h’ukmronligi wrniga kelgandan keyin, sunniylik mazh’abi h’am paydo bwldi. Sunniylik shialikka qaraganda keng tarqalgan. Sunniylar Quron bilan birga, sunnaga h’am etiqod qiladilar. Sunna - islomda musulmonlar uchun ibrat h’isoblangan Muh’ammad s.a.v.ning swzlari va amallaridan iborat. Payg’ambarimiz h’aёt vaqtlarida: “Mening swzlarimni ёzmanglar, faqat Olloh’ oyatlarini ёzib olinglar”, deb buyurgan edilar. Shunday qilindi h’am. Albatta, kimlardir wz tashabbusi bilan u h’azratning aytgan gaplari va qilgan ishlari h’aqida aniq malumotlarni qayd etib borgan bwlishi mumkin. Ammo Olloh’ning kitobi but bwlmay, yagona wzgarmas matn h’oliga keltirilmay turib, unga boshqa swzlar aralashib ketish xavfiga ywl qwyib bwlmas edi. Rasululloh’ning swzlarini va amallarini ёzib olish 651 yili — xalifa Usmon davrida bajarildi. Mush’af tuzilib, undan bir necha nusxa kwchirilib, kwpaytirildi. Ana shundan swng VII asrning II yarmidan boshlab Abu Xurayra (vafoti 676 yil), Anas ibn Molik (vafoti 710 yil), Abdulloh’ ibn Abbos (619 - 686 yillar), Abdulloh’ ibn Umar, Jobir ibn Abdulloh’ kabi ilk roviylardan Rasululloh’ swzlari va amallari xususida minglab h’adislar ёzib olindi. VIII asr boshlarida Ummaviy xalifalaridan Umar ibn Abdulaziz (717 - 720) noiblariga Muh’ammad s. a. v. ning h’adislarini jamlash h’aqida farmon berdi. Natijada h’adis ilmi rivoj topib, yirik h’adis twplamlari yaratildi. İmom Malik ibn Anas (713 - 795)ning “al–Muvatta”, imom Shofeiy (767–820) va imom ibn Xanbal (780 - 855)larning “Musnad” nomli h’adis twplamlari bunga misoldir. Dastlab imom Azam Abu Xanifa an–Numon ibn Sobit (699 - 767) talimoti asosida sunniy ywnalishida Xanafiya mazh’abi shakllandi. Keyin uning shogirdlari va izdoshlari imom Malik – Molikiya mazh’abini, imom Shofeiy - Shofeiya, imom Xanbal - Xanbaliya mazh’ablarini shakllantirdilar. Shia mazh’abida esa payg’ambarimiz avlodidan oltinchi imom Jafar as-Sodiq (700 - 765) Jafariya mazh’abini yuzaga keltirdi1.
İslom, wzidan oldingi dinlar kabi, ijtimoiy qayta qurishga davat qilmaydi. Aksincha, bu din itoatkorlikka, mwminlikka wrgatadi. Qullar xwjayinlariga itoat etishlari lozim, xwjayinlar h’am wz qullariga muloyim munosabatda bwlishlari kerak. Olloh’ oldida garchi h’amma teng bwlsa h’am, h’aёtda bunday tenglik ywq. Solih’ inson ijtimoiy tizim ierarxiyasiga rioya qilmog’i darkor.
İslomiy madaniyatning yana bir muh’im jih’ati shuki, islom zulmni qattiq qoralaydi, zulm kufrlikdir: “Olloh’ zulm qilguvchi qavmni h’idoyat qilmaydi” (Ol imron, 86 - oyat).
Axloqiy qonun - qoidalar, jismoniy va manaviy tomondan pok h’aёt kechirishga oid wgitlar, nopoklik uchun beriladigan jazo, maishiy h’aёtning boshqa tomonlariga oid barcha ywl - ywriqlar bilan islom ijtimoiy axloqni takomillashtirishga katta h’issa qwshdi. “Zinokor aёl va zinokor erkak - ulardan h’ar birini yuz darradan uringlar. Agar sizlar Olloh’ga va oxirat kuniga iymon keltiruvchi bwlsangizlar, Olloh’ (bu) h’ukmida (yani zinokorlarni darralashda) sizlarni ularga nisbatan rah’m - shafqat (tuyg’ulari) tutmasin” (Nur surasi, 2–oyat). Ammo mish–mish h’am og’ir gunoh’ ekanligi, mish - mish tarqatgan odam h’am, zinokorlar singari, jazoga loyiqdir. Unday toifadagi odamlar fosiqlar deb nom olgan, itoatsiz kimsalardir. “Pokiza aёllarni (zinokorlar deb) badnom qilib,swngra (bu davolariga) twrtta guvoh’ keltira olmagan kimsalar(ni) - ularni sakson darra uringlar va h’ech qachon ularning guvoh’liklarini qabul qilmanglar“ (Nur surasi, 4–oyat). Mazkur axloqiy tushunchalar Sharq olamida azaliy va h’amma dinlar uchun umumiy bwlib, zardushtiylikda, iudaizmda va masih’iylikda h’am qattiq qoralanadi. Kundalik h’aёtda axloq va madaniyat uyg’un, doimo biri ikkinchisini talab qilgan, sog’lom manaviy, madaniy muh’it jamiyatning ilgarilab borishi uchun xizmat qilgan. İslom pok h’aёt kechirishga oid mavjud aqida va qonun–qoidalarni takomillashtirdi.
Umuman, islomda axloq keng tushuncha, jamiyatning h’amma tomonlarini qamrab olib, manaviy sog’lom muh’it yaratish uchun xizmat qiladi.
İslomda ilm wrganish tashviqi va targ’iboti aloh’ida takidlanadi. Quron h’am Muh’ammad s.a.v.ning iloh’iy h’ikmatlarini anglashga davat etdi. İslom h’am, yakka xudolilikka asoslangan boshqa dinlar kabi, insoniyatni tuban ketishdan saqlashga, pok h’aёtga ywllashga qaratilgan.
İslom qadimiy Sharq, Yunoniston, Eron, Turkiston va qisman Hindistonu Chinning tafakkur mah’sulidan yangi madaniyat yuzaga keltirdi. İlm madaniy bosqichning oliy chwqqisi ekaniga davat qilib, ilm tah’silini musulmon ah’liga davat etdi. Olim bilan joh’ilning teng bwlmasligini uqtirdi. Darvoqe, odam ilm egallagandagina, u madaniyatli toifa qatoriga qwshiladi.
Turkiy qavmlar yashaydigan wlkalarda islomning tarixi wziga xos kechdi. İslom Movarounnah’rda qaror topgach, shimolda xazarlar, bulg’orlar orasigacha ёyildi. Turkiy madaniyatning uzluksiz rivojiga islom madaniyati tasir etdi. Ayniqsa, wg’uz va qorluqlar orasida islom dinining ёyilishi nafaqat turkiy xalqlar tarixida, balki jah’on tarixida h’am ulkan natijalar berdi. 960 yilda ikki yuz ming kwchmanchi wg’uz va qorluq qabilalari ёppasiga islomni qabul qildi.
İslom va ilmiy bilimlar rivoji. İslomning ёyilishi va Wrta Osiёda mustah’kam qaror topishida arab tili asosiy rolni wynadi. “Tarixda favqulodda bwlgan va biz Uyg’onish deb ataydigan davrni yaratgan kuchlar”2 xuddi shu davrda yuzaga keldi. Uyg’onish davrining buyuk namoyandalari wzlarining amaliy faoliyati, tarix, falsafa, mantiq, shuningdek, aniq fanlar soh’asidagi kashifiёtlari bilan Wrta Osiё tarixida chuqur iz qoldirdilar.
Muh’ammad ibn Muso al–Xorazmiy (780, Xiva - 850, Bag’dod). Bag’dodga taklif qilingan. Avval xalifa al–Mamun (813–833), swngra al–Mutasim (833 - 842), al–Vosiq (842 - 847) saroyida ishladi. U Sharqning ilk akademiyasi - “Bayt ul-h’ikma” (Donolar uyi)da faol meh’nat qildi. Bu erda uning rah’barligida Ah’mad Farg’oniy, Ah’mad ibn Abdulloh’ Marvaziy kabi Wrta Osiёlik olimlar tardqiqotlar olib borganlar. Xorazmiy “Al–jabr val–muqobala”, “Kitobu surat al–arz” kabi asarlari bilan matematika, astronomiya fanlarining asoschilaridan bwldi.
Xorazmiy “Al–jabr” asarida olimlarni uch toifaga bwladi: Birinchi toifasi wzigacha qilinmagan ishlarni qilib, wsha ishlarni kelajak avlodlarga qoldirib, boshqalardan wzib ketadilar. İkkinchi toifasi wtmishdoshlarining meh’natlarini sharh’lab beradilar va bu bilan qiyinchiliklarni engillashtiradilar, qulflarni ochadilar, ywllarni ёritadilar. Bu esa tushunishni engillashtiradi. Uchinchi toifasi bazi kitoblardagi nuqsonlarni topadi va uzilgan joylarini ulaydi.
Shu tasnif bwyicha Xorazmiyning wzini “Algebra”ning muallifi sifatida birinchi guruh’ga, “arifmetika”si bilan ikkinchi guruh’ga kiritish mumkin.
Xorazmiy astronomiya soh’asida h’am ishlar yaratgan. Bag’dod rasadxonasida wtkazilgan kuzatishlari va h’indlarning astronomiya jadvallarini h’ar tomonlama tanqidiy tah’lil qilish asosida yangi “Astronomiya jadvali”ni tuzdi. Bu asar XSh asrda arab tilidan lotin tiliga italyan olimi Adelard Batskiy tomonidan tarjima qilindi.
Xorazmiy “Usturlob h’aqida risola”, “Quёsh soatlari twg’risida risola”, “Tarix risolasi”, “Musiqa risolasi” kabi asarlar h’am ёzganligi twg’risida malumotlar bor.
Abu Nasr Forobiy (873, Wtror - 950, Damashq) Forobda wqigan, Shoshda bwlgan, Buxoro, Samarqand, Bag’dodda talim olgan. Halabda, Damashqda yashagan. 160 dan ortiq ishlar yaratgan.
Forobiy qomusiy olim sifatida falsafa, mantiq, musiqa, tibbiёt, matematika, astronomiya, tilshunoslik va boshqa bir qator fanlarga oid risolalar bilan Sharq olamida mashh’urdir.
Forobiy qadimiy falsafa bilan tanishar ekan, avvalo Aristotel asarlarini sinchiklab mutolaa qilgan. Zotan, Aristotelning asarlari Sharq tillariga tarjima qilinib, keng kwlamda wrganilar edi. Lekin Aristoteldan keyin falsafa soh’asida Sharqda Forobiy singari zot chiqmadi. U fikr doirasi kengligi uchun Aristoteldan keyingi mutafakkir-“muallimi as–soniy” deb ataladi. Muarrixlarning xabar berishlaricha, Damashqning wzida Forobiyning wzidan talim oluvchilarning soni wn mingga etgan.
Forobiy shug’ullangan h’ar bir soh’a, u ёzgan h’ar bir asar wrta asrlarda olimlar tah’siniga sazovor bwlgan. Mantiq ilmining buyuk ustozi, arab olimi İbn al–Qiftiy (1172 - 1248) Forobiyning “İh’so al–ulum va at–tarif” (İlm sanog’i va ularning tarifi) asariga tarif berib: “Bunday asarni ёzishda h’ech kim Abu Nasrdan wzib keta olmagan”, deydi. Bayh’aqiy (vafoti 1169) Forobiyni islomdan keyin wtgan eng buyuk h’akim deb tariflaydi: “Hakimlar aslida twrtta bwlgan ekan. İkkitasi islomda oldin chiqqan - Arastu va İskandar (Afrudusiy) bwlganlar. İkkitasi islom davrida etishgan. Ular Abu Nasr bilan Abu Ali ibn Sinodir... İbn Sino Abu Nasrning kitoblar orqali unga shogird sanalgan”3.
Sharqdagi yana bir mashh’ur tarixchi va bibliograf İbn Xallikon (1211 - 1282) ёzadi: “Abu Nasr Forobiy mantiq, musiqa va bu ikkala fandan tashqari yana bir qancha soh’alarga oid asarlar muallifi va u musulmonlarning eng yirik faylasufidan sanaladi. Hech kim bu kishichalik ilm–fan darajasiga erisholmagan”4. Abu Nasr sherlar h’am ёzgani twg’risida İbn Abu Usaybiya xabar berib, uning sherlaridan namunalar h’am keltiradi5.
Forobiy yunon olimlarining asarlarini tarjima qilib, wsha asarlarga sharh’ ёzgani h’am malum. U Epikur, Zenon, Ptolomey, Parfiriy asarlariga sharh’lar ёzgan, turli falsafiy maktablar-epikurchilar6, stoiklar7, pifagorchilar8 maktablarini yaxshi bilgan.
Forobiyning fandagi eng katta xizmatlaridan biri “Aflotun qonunlari moh’iyati” va “Aristotel falsafasi” asarlarini yaratgani bwldi. Forobiyning h’ar ikki asari h’am Aflotun va Aristotelning asarlariga sharh’dir.
Arab tili, qolaversa, fors tili h’am, Wrta Osiё madaniy va ilmiy h’aёtida katta rol wynadi. Wrta Osiё Sharqdagi ilm–fanning eng muh’im markazlaridan biriga aylanishida arab va fors tillari katta omil bwldi. Qolaversa, aloh’ida diniy–falsafiy oqim - tasavvufning shakllanib, rivoj topishi h’am arab va fors tillaridagi asarlarga bog’liq bwldi.
Tasavvuf va madaniyat. İslom va uning vositasi bwlgan arab tili aniq fanlar rivojida wrta asrlarda muh’im rol wynadi. Albatta, ilk wrta asrlar - keskin burilishlar, kwtarilishlari davridir. Mafkurani belgilovchi omillardan biri bwlgan jah’on dinlari insoniyat taraqqiёtining muayyan bosqichida yanni manaviy–ruh’iy zarurat, fikriy va h’issiy izlanishlar eh’tiёjiga javob tariqasida paydo bwldi. İslom Sharqda, Markaziy Osiёda katta madaniy kwtarilish paydo qilishi bilan birga, qabilachilik xurofotlariga barh’am bergani bilan ah’amiyatlidir.
İslom madaniyatining eng yuksak qadriyati tavh’id etiqodidir. Shuningdek, shariat h’am islom madaniyatida muh’im, h’ar bir musulmon farzandi bajarishi kerak bwlgan ananaviy amallar, aqidalardir.
Tavh’id etiqodi shubh’asiz, islomdan oldin h’am shakllangan edi. Tavh’id tasavvufni vujudga keltirdi. Tasavvuf twg’risida swz yuritar ekanmiz, islom tasavvufining shakllanishi wziga xos, aloh’ida diniy falsafiy oqim sifatida jah’olat va xudbinlikka qarshi wlaroq maydonga chiqqanini takidlash lozim.
Tasavvuf wrta asrlar ijtimoiy h’aёtida katta kuch bwldi. Bu oqimning shakllanishida aslida kundalik turmushdagi oddiy h’aёtiy voqealar, tushunchalar h’am muh’im rol wynaganini aytib wtishimizga twg’ri keladi. Ana shunday h’aёtiy tushunchalardan biri - muruvvatdir.
Muruvvat - tasavvufning ilk kwrinishlaridan biri, xudbinlikka qarshi maydonga kelgan futuvvat (ёki javonmardlik) oqimining ilk ibtidosidir. Muruvvat - birontasiga wzi uchun, yaqinlari va mol–mulki uchun majburiyat yuklaydi. Muruvvatli odam boshqalarning burchini h’am wz zimmasiga olgach, ularning roh’at–farog’ati ywlida mashaqqatlarga duch keladi. Shu tariqa bu odam futuvvatli insonga aylanadi.
Futuvvat - tariqatning bir bwlagi, futuvvat asoslari bilan tasavvuf g’oyalari bir–biriga muvofiqdir. Futuvvat h’am, tasavvuf h’am inson axloqini poklash, meh’ru shafqat, h’immat va mardlik kwrsatishni targ’ib etadi. Sodda qilib aytsak, futuvvatning zoh’iriy va botiniy ruknlari insoniyatni manaviy sog’lom bwlishga davat etadigan, komillikka etaklaydigan, umuman bugungi til bilan aytganda, eng madaniyatli odam, deb tarif berishga loyiq inson qilib tarbiyalaydigan tariqatdir.
Futuvvatning zoh’iriy ruknlari quyidagilar:

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish