Tasviriy va amaliy sanat. Bugungi Wzbekiston h’ududi, umuman, Wrta Osiё qadimdan insoniyat istiqomat qilgan maskan bwlganini turli madaniy qatlamlar tasdiqlaydi. Anov madaniyatidagi amaliy va tasviriy sanat namunalari wtroq ah’olining turmush tarzini tasavvur qilishga imkon beradi. Bu madaniyatga mansub ёdgorliklar Ashxobod yaqinidan topilgan va atrof h’ududlarga, jumladan, Wzbekiston h’ududiga h’am tarqalgan. Anov madaniyatini 1904 yili amerikalik olim R. Pёmpelli kashf qildi. Anov madaniyatini u neolit davriga mansub deb qaraydi va miloddan oldingi IX ming yillikka borib taqalishini aytadi. Bu madaniyatga oid ashёlar urug’chilik jamiyatiga xos manaviy va moddiy ёdgorliklardan iborat. Bu davrdagi sanat ibtidoiy sanat kwrinishini ifoda etadi. Shunga qaramay, sopol idishlarning wziga xos kwrinishi diqqatga sazovor. Sopol idishlarning sirti naqsh bilan bezitilgan va qandaydir uchi wtkir asbob bilan chizilgan. Anov madaniyatiga mansub idishlarning aksariyati ё geometrik shaklda ёki twlqinsimon chiziq bilan uchburchak va twrtburchak shaklda bezatilgan. Bazi idishlarning chetlarida naqsh bor. Bunday naqshli buyumlar Samarqanddagi Afrosiёb shah’archasidan, qadimgi Marvdan va Wrta Osiёning turli h’ududlaridan topilgan. Bu topilmalar qadimgi madaniyatning wchoqlari borligidan guvoh’lik beradi. İdishlardagi naqshlar va shakllar shunchaki bezak uchun qilinmagan, balki bularda magik tasavvurlar wz ifodasini topgan: ё fazoni qanday tasavvur qilganlarini ifoda etganlar ёki kundalik h’aёt bilan bog’liq udumlarni kwrsatganlar. Umuman, ibtidoiy davrdagi biron shakl ёki surat faqat bezak uchun qilinmagan, balki uning ostida albatta biron mifologik tasavvur ёtadi.
Anov madaniyatiga oid muh’im topimalardan biri, idishlardan tashqari, aёllar h’aykalchalari, odam va qush boshli qanoti bor sher tasvirlangan tosh muh’rdir. Bu madaniy qatlamni Anov madaniyatiga qadimgi xaldey va yunon madaniyatining tasiri, deb qarovchilar h’am bor. Afrosiёb devor suratidagi otlar h’am qanotli shaklda tasvirlangan.
Makedoniyalik İskandar qwshinlari - ellinlar Wrta Osiёni istilo qilgandan keyin, bu wlkada yunon madaniyatining izlarini kwramiz. Wrta Osiё Salavkiylar davlati qwl ostiga kirgach, mil.av. III asrda Wrta Osiё, Shimoliy Eron va Afg’oniston h’ududida mustaqil davlatlar-sharqda Baqtriya davlati, g’arbda Parfiya davlati barpo bwldi.
Ayniqsa, Baqtriya davlatida yunon madaniyati kuchli iz qoldirdi. Jumladan, budda h’aykallarida yunon h’aykaltaroshligi uslubiga xos unsurlar mavjud. Parfiya madaniyati ancha murakkab. Rim imperiyasiga (mil. av. I asr) raqobat qila oladigan qudratli davlat Parfiya bwlib, Wrta Er dengizi, Kichik Osiё, Turkmaniston va Wzbekiston h’ududlari shu davlatga qarashli edi. Bu erda kwzga tashlanadigan madaniy qatlam - bu wlkadagi memorchilik ёdgorliklaridir. Mustah’kam qalalar va shah’arlar barpo qilishga Parfiya davlati aloh’ida etibor berdi. Qolaversa, iqtisodiy yuksalish h’am bunga imkon berdi. Yuliy Tsezar bilan bir vaqtda konsul bwlgan, Spartak qwzg’olonini bostirgan lashkarboshi Mark Krass Rim – Parfiya urushida engilib, h’alokatga uchradi. Neron davrida h’am Rim legionlari Parfiyadan mag’lubiyatga uchragan.
Qadimiy ёzma manbalar Wrta Osiёning turli h’ududlarida memorchilik ёdgorliklaridan tashqari, yuksak badiiy h’unarmandchilik namunalari borligini tasdiqlaydi. Jumladan, milodiy I asrga oid Xan yilnomasida Xitoy sayёh’i wsha paytda h’ozirgi Wzbekiston h’ududini h’am wz ichiga olgan Katta Yuechji va Gibin twg’risida shunday ёzadi: “Xunlar katta yuechjilarni tor–mor keltirgandan keyin, katta yuechji g’arbda Daxiya davlatini bosib oldi (Buxoro h’am Daxiya davlati tarkibiga kirgan - N.R.). Osmon wg’li (yani Xitoy imperatori - N.R.) olgan malumotlarga kwra, Dovon, Daxiya va Ansi katta davlatlardir. Bu davlatlarda noёb buyumlar bor. U erda wtroq h’aёt kechiradilar. Hunarmandchilik buyumlari wrta shoh’liklar h’unarmandchilik buyumlari bilan wxshashdir”4 Gibin - Kobuliston, katta yuechji - massagetlar bwlib, h’ozirgi Wzbekiston h’ududini wz ichiga olgan.
Faqat shugina emas. Er ostidan arxeologlar tosh va sopoldan yasalgan h’aykallar, devoriy suratlarning qoldiqlari, badiiy bezalgan buyumlarni kwp topganlar. Yunon istilosigacha h’am Wzbekiston h’ududida ananaviy tasviriy sanat amalda edi. “Amudarё xazinasi” deb nom olgan buyumlar amaliy sanatning wziga xosligini kwrsatuvchi dalildir. Yunon muarrixlarining ёzishicha, Makedoniyalik İskandar yurishlari paytida Wrta Osiёdagi ibodatxonalarda, saroylarda, uylarda Zariadr va Odatida rivoyati syujetlariga ishlangan tasvirlarni uchratganlar.
Yunon istilosidan keyin Wzbekiston tuprog’iga ellinistik madaniyat tasirlari kirib kela boshladi. Dastlab wzgarishsiz h’olda kirib keldi. Termiz, Samarqand va boshqa shah’arlarda topilgan taroqlarda dubulg’a kiygan jangchi tasvirlangan. Taroq toshdan yasalgan. Bu tasvirlarning kwpchiligida İskandar tasvirlangan. Bu topilmalarning sanasi mil. av. IV–III asrlarga oid. Shuningdek, bu davr tangalaridagi yunon h’ukmdorlarining tasvirlari h’am Yunon–Baqtriya madaniyatining qadimgi Wzbekiston h’ududida ravnaq topganidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |