Uzbekiston respublikasi



Download 1,52 Mb.
bet50/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

11–Mavzu Markaziy Osiё xalqlarining V-VIII asrlardagi ijtimoiy, madaniy h’aёti
REJA;
1. Ibtidoiy Markaziy Asiyonıng ijtimoiy va madaniy tarixin urganishda asosiy manbalar. Wrxon-Enisoy yodgorliklari, ibtidoiy Qıtay iılnomalari.
2. V-VII asrlar boshıda Markaziy Asiyoda ijtimoiy siyosiy vaqiyolar.
Uyganish – Sharq va Garb xalqlarining madaniyati tarixıda keskin burılıshlar davri.
3. Uyganish davrining ideali. Uyganish davri dostonlari qahramanlarınıng romantik qiyofada tasfirlanishi.

Qadimgi Wrta Osiёning ijtimoiy va madaniy tarixini wrganishda asosiy manbalar quyidagilardir:


1. Wrxun – Enasoy ёdgorliklari:
2. Yunon muarrixlarining asarlari.
3. Qadimgi Xitoy yilnomalari.
Madaniy h’aёt, birinchi navbatda, ijtimoiy–siёsiy h’aёt ravnaqi belgisi va ayni paytda uzoq asrlar davomida shakllanadigan jaraёn bwlgani uchun Markaziy Osiёning ijtimoiy - siёsiy tarixiga qisqacha twxtalamiz va yuqoridagi manbalarga tayanamiz. Ammo h’ar bir manbaning malum davrdagi madaniyat tarixini wrganishda wz ah’amiyati va mavqei bor.
Markaziy Osiё tarixi miloddan oldingi davrlarda Xitoy yilnomalariga tayangan bwlsa, Kwk turk xoqonligi davrida wz manbalariga ega bwldi. Markaziy Osiё xalqlarining Kwk turk xoqonligi davridagi tarixi kwproq Twba–xun xoqonligi davridan boshlanadi. Twba-xun davlatida IV asrda yuzaga kelgan siёsiy vaziyat Markaziy Osiё madaniyati tarixida h’am yangi sah’ifani boshlab berdi. Bu siёsiy vaziyat asosan Xitoy imperiyasining tanazzuli va qayta tiklanishi bilan bog’liq.
Evropadagi twkilay deb turgan Rimni bwysundirgan xalqlarning buyuk kwchishi Sharqiy Osiёda 100 yil oldin yuz berdi. Xitoy tarixida “Besh vah’shiy qabilalar davri” (304–399 yillar) deb nom olgan davrda Xitoyni xunlar va syanbiylar bosib olgani va oraliq davlatlarga asos solgani aytiladi. Bu oraliq davlatlar gotlar, burgundlar va vandallar asos solgan qirolliklarga wxshab ketardi. Evropada Bolqon yarim orolida Sharqiy Rim imperiyasida nisbatan madaniyat yuksalgan edi. Xitoyda esa Yantszi darёsi qirg’oqlarida barpo bwlgan Xan imperiyasining merosxwri Xitoy imperiyasi h’amon mavqeni qwldan bermasdi. Zaif, noshud Xan imperatorlari Xuanxe vodiysidagi wz xalqlarini “vah’shiy qabilalar“ga wlja qilib qoldirib ketdi. Ammo shuncha kulfatlarga, tashqi h’ujumlarga, ichki urushlarga qaramay, Xitoy xalqi miqdor jih’atdan kwpayib boraverdi. V1 asrga kelib Xitoyning tiklanishi uchun sharoit yuzaga keldi.
Biz Xitoy tarixiga shunchaki murojaat etganimiz ywq, aslida Markaziy Osiё turkiy qavmlarining tarixi shu davrdagi Xitoy tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Xitoy bilan Markaziy Osiё sharqidagi turkiy qavmlarning ijtimoiy–tarixiy munosabatlari xuddi shu davrdan aniqroq yuzaga chiqdi. Miloddan avvalga V asrda - Chin-xun davridagi tarixiy munosabatlar aloh’ida tarixiy davrni tashkil qiladi. Xan sulolasi bilan Xun tangriqutligidagi tarixiy, madaniy munosabatlar aloh’ida tarixiy davrni tashkil qiladi va bu aloh’ida mavzu bwlgani, buning ustiga, bu davrdagi tarixning malum qorong’u sah’ifalari h’ali borligi uchun bu h’aqda fikr yuritish uchun kwplab dalillarga murojaaat etishga twg’ri keladi.
V-VII asrlardan boshlab Markaziy Osiёda ijtimoiy - siёsiy voqealar yangicha tus oldi. Xususan, V asr boshlarida tashkil topgan Twba - xun davlati Markaziy Osiёdagi madaniy muh’itga kuchli tasir etdi. Bu davlat garchi Xitoydan kwra baland mavqe egallagan bwlsa h’am, Twba ah’olisi Xitoy madaniyatiga mute bwlib qoldi. Ular wz tillaridan voz kechib, faqat xitoycha gapiradigan bwldilar, eski ananalaridan voz kechib, sochlarini qirqdilar. Xullas, Xitoy madaniyati oldida sajda qildilar.
Bu davlatning kelib chiqishi tarixi bor. Milodiy III asrdan boshlab uzoq bir tarixiy davrda xunlar bilan boshqa qabilalarning wzaro chatishib ketishidan “Twba-xun” deb nom olgan qavm kelib chiqdi. Tarixda: “Otasi xun, onasi syanbiy”lardan bwlganlarni shimoldagilar twba - xunlar degan nom bilan yuritganlar.
Twba - xunlarning shah’zodalaridan biri Giron Bur bur milodiy 407 yili Twba - xun davlatini qurdi. Bu davlat Xitoy tarixida Shiё davlati deb ataladi. Giron Bur bur g’oyat shafqatsiz edi. U Xan sulolasi podshoh’i kuchiga tayanib, doim dushmanlari ustidan g’alaba qilib keldi. Milodiy 410 yili Twba-xun davlati qudratli davlatga aylandi.
Giron Bur bur vafot etgandan keyin (425 yili) uning wrniga wg’illari Giron Jon (425–427), Giron Tin (427–431)lar podshoh’ bwldi. Ularning h’ukmronligi davrida Twba - xun davlati bilan Shimoliy Vey imperiyasi (386 - 543) orasida uzluksiz urushlar bwldi.
Xullas, IV asr wrtalariga kelganda, Twba - xun ah’olisi Xitoy madaniyatiga sajda qilishi oqibatida avvalgi shon - shuh’ratini va doimo ularni g’alabaga olib kelgan yakdilligini h’am ywqotdilar.
Milodiy V va VI asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy va madaniy h’aёt uchun yunon muarrixlarining asarlaridan kwra, Xitoy yilnomalaridagi malumotlar ah’amiyatliroq ekani twg’risida XIX asrdaёq Evropa olimlari wz fikrlarini aytganlar.
Lekin miloddan avvalgi asrlardagi Wrta Osiё tarixi uchun yunon manbalarining ah’amiyatini h’am takidlash kerak. Ammo urushlarning oqibatlari, qabilalar va xalqlarning bir - biri bilan qorishuvi, davrning ijtimoiy va siёsiy h’olati, qolaversa, boshqa bir qator sabablar qadimgi davlatlarni parchaladi, asta - sekin qabilalar va tillarning, odatlar va qonunlarning birligini h’am parchalab tashladi, natijada h’ozir bizga etib kelgan malumotlarning moh’iyati h’am wzgarishga uchradi. Bularning h’ammasi tabiiy jaraёn edi. Bu jaraёnlarning mah’suli sifatida Wrta Osiёda boshqaruvning udel sistemasi takomillashdi, yani davlat mayda er egaliklariga bwlindi. Ayni zamonda wsha mayda davlatlar goh’ birlashib, goh’ parchalanib, qaytadan yangi - yangi davlatlar tashkil topardi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish