Sharq uyg’onish davri madaniyati
Uyg’onish (fr. Renaissane – Renessans) Sharq va g’arb xalqlarining madaniyati tarixida keskin burilishlari davridir. Uyg’onish davri Sharq va G’arbda turlicha davrlashtiriladi. Uyg’onish (yani Renessans) terminini ilk bor italiyalik ёzuvchi J. Bokkachcho Jotto ijodiga nisbatan ishlatib: “U antik sanatni uyg’otdi”, deb tariflagan edi.
Sharq Uyg’onish madaniyati g’arb uyg’onish madaniyatidan oldin yuzaga kelgani aёn h’aqiqat. Uyg’onish Evropada birinchi marta XIV asrda boshlangan bwlsa, Sharqda xususan, Wrta Osiёda uning ildizlari milodning boshlariga qarab keladi.
Agar uyg’onish yuzaga keltirgan mah’sulning moddiy va manaviy tomonlariga nazar tashlasak, Uyg’onish-tashqi tasir ёki ichki madaniy, ilmiy jaraёnlar tasirida xalqning tafakkuri, dunёqarashi, yangi, ilg’or madaniy h’odisaning yuzaga kelishidir. Uyg’onishni shu jih’atdan belgilasak va uning yuzaga kelish omillari malum bir davrda inqilobiy wzgarish yuzaga keltirganini etiborga olsak, Sharqda, xususan, bugungi Wzbekiston h’ududida Uyg’onish Kushon imperiyasi davridan boshlangan, deb aytish mumkin. Kushon imperiyasi madaniy jaraёnni, ijtimoiy muh’itni tubdan wzgartirdi. h’ozirgi Wzbekistonning Sharq bilan madaniy aloqalari, ayniqsa, buddaviylikning katta madaniy h’odisa sifatida karib kelishi va buning natijasida insonning ruh’an poklanish jaraёni ayni sha davrda boshlangani Uyg’onishning ildizlariga ishora qiladi, yani yangi h’odisa madaniy h’aёtning, tafakkurni tubdan wzgartirdi.
Uyg’onish madaniyati – xronologik tomondan keng tushuncha bwlib, ayni zamonda katta h’ududdagi madaniy jaraёnni wz ichiga qamrab oladi.
Sharq uyg’onish madaniyatining qadimiyligi twg’risida swz ketganda, Xitoyning Uyg’onish madaniyati qadim ekani h’am etiborga olinadi. Xitoy Uyg’onish madaniyati milodiy VII-VIII asrlarda paydo bwldi. Xitoyning shu davrdagi faylasufi Xan Yuy (768-824) insonparvarlikning h’aqiqiy idealini vaz qildi va nafaqat ilgaridan mavjub bwlgan “insoniyatga muh’abbat” g’oyasini, balki “h’ammaga muh’abbat” g’oyasini ilgari surdi. Ana shu g’oya Xitoy Uyg’onish madaniyatini boshlab berdi. Bu fikrni akademik İ.N.Konrad ilgari surgan edi.
Hamma mamlakatlarda - Sharqda h’am, G’arbda h’am Uyg’onishni belgilab beradigan bitta omil bor. Yana İ.N. Konradning aytishicha, bu omil – qishloq madaniyatidan shah’ar madaniyatiga wtishdan iboratdir.
Ammo shuni h’am h’isobga olish kerakki, Sharqdagi Uyg’onishni Evropadagi Uyg’onish bilan bir, deb qarab bwlmaydi. Evropada Uyg’onish ijtimoiy–siёsiy soh’ada keskin burilishni paydo qilgan. XIV asrda İtaliyadagi, XV– XVI asrlarda boshqa mamlakatlardagi wzgarishlar bunga misoldir. İshlab chiqarishning rivoj topishi h’am Evropadagi Uyg’onishga kuchli tasir kwrsatgan. Sharqda esa ijtimoiy–siёsiy jaraёn wz oqimi, ywnalishi va tabiiy h’olaticha davom etgani uchun, Uyg’onish birinchi navbatda wz wtmishi asosiga qurildi. İkkinchidan, ilm–fan, madaniyat qadimiy anana va Sharq ilm–fanining tasiri natijasida paydo bwldi. Ayni paytda Sharq ilm–fani, madaniyati wzaro bir–biriga tasir etib, bir–birini inkor etmasdan, aksincha boyitganini h’am etiborga olishimiz kerak.
Wrta Osiёdagi Uyg’onishni uch bosqichga bwlish mumkin:
1. IX–XIII asrlar Uyg’onish davri.
2. XIV–XV asrlar Uyg’onish davri.
3. XIX asr oxiri – XX asr boshlari Uyg’onish davri.
Qayd etilgan h’ar bir davrda Uyg’onish malum ijtimoiy–siёsiy jaraёn mah’sulidir. Birinchi davr (IX–XII asrlar) arab istilosidan keyin yuz berdi. Bu davrdagi Uyg’onishning asosiy belgilari quyidagicha:
Dunёviy ilmlarga intilish, bu soh’ada keskin burilishlar paydo bwlib, ilm–fan natijalarini inson manfaatlariga xizmat qildirish;
Dunё miqёsidagi ilmiy kashfiёtlarning yuzaga kelishi va buning uchun zamin yaratilishi;
Diniy–falsafiy aqidalar bilan komil insonni tarbiyalash masalasini uyg’unlashtirish;
Arablar istilosidan oldingi madaniy (til muammosi), siёsiy (xususan davlat qurilishiga oid) anana Qoraxoniylar sulolasi h’ukmronligi davrida yangicha mazmun kasb etdi, bu sulola yangicha tafakkur bilan arablar istilosidan oldingi madaniyatdan foydalandi.
Wrta asrlardagi Uyg’onishning mazkur davri dunё madaniyati tarixida eng ёrqin sah’ifalarni tashkil etadi. Forobiyning kwp qirrali ilmiy faoliyati, Beruniyning tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid kashfiёtlari, İbn Sinoning tibbiёt, falsafa va mantiqqa oid ishlari ayni shu davrda yuzaga kelgani bilan emas, balki Wrta Osiё madaniy h’aёtida keskin burilish paydo qilgani bilan diqqatga sazovor. Bu davrni ana shu buyuk olimlarning kashfiёtlari Wrta Osiё Uyg’onishining dastlabki davri sifatida yuzaga keltirdi. Uyg’onish davrining ilmiy, madaniy h’aёti, bir tomondan, inson shaxsini ulug’lagan davr sifatida tarix sah’nasiga chiqqan bwlsa, ikkinchi tomondan, keyin Uyg’onish bosqichlari uchun zamin bwlgani bilan ah’amiyatlidir.
İkkinchi bosqich - XIV– XV asrlardagi Uyg’onish mwg’ullar istilosidan keyingi davrga aloqador. “Bu bosqich aynan Uyg’onish davriga xos qanday xususiyatlarga ega? Shunchaki tarixiy davr deb nomlansa bwlmaydimi?” degan savol tug’ilishi mumkin.
Bu asrlar tarixiy jih’atdan mwg’ullar istilosi oqibatlari kwzga tashlanib qolgan davr edi. Ammo mwg’ullar istilosi faqat salbiy oqibatlari bilan iz qoldirmadi, balki Markaziy Osiё madaniyati tarixida, xususan, adabiy jaraёnda keskin burilishlar, kwtarilishlar davri h’amdir. Mwg’ullar istilosi Oltin Wrda davlatini yuzaga keltirdi. Shu bilan birga, bu davlatning tarixiy “pasporti” deb atash mumkin bwlgan takrorlanmas Oltin Wrda madaniyati va adabiёtini yaratdi. Wzbek adabiёti ayni Oltin Wrda madaniy muh’itida ilk bor yuzaga chiqdi, desak xato qilmagan bwlamiz. Xwsh, Oltin Wrdadagi madaniy va adabiy muh’itni qaysi belgilariga kwra Uyg’onish davriga bog’laymiz? Buning uchun g’arb Uyg’onish madaniyatidan qiёsi sifatida foydalanamiz.
Uyg’onishning g’arbiy Evropa mamlakatlari madaniyati tarixidagi asosiy belgisi sifatida wrta asrlardan yangi davrga wtish mezon qilib olinadi. Xuddi shu tarifni mwg’ullar asos solgan Oltin Wrda madaniyati va adabiёtiga h’am tatbiq qilish mumkin. Tom manodagi wzbek (umuman turkiy) adabiёtini tiklashga, eski wzbek tilini rivoj toptirishga urinish Oltin Wrdada boshlandi. Fors va arab tillaridagi adabiёtlarni wzbek tiliga tarjima qilish ishlari Oltin Wrdada rivoj topdi. Oltin Wrda tarkibiga Xorazm, shimoli–sharqda Bulg’or viloyati, shimolda Rus knyazliklari, janubda Qrim va uning dengiz bwyidagi shah’arlari, Darbandgacha chwzilib ketgan Kavkaz, h’atto Bokugacha chwzilib ketgan joylar, g’arbda Dnestrdan boshlangan dashtliklar, sharqda — g’arbiy Sibir va Sirdarё etaklarigacha bwlgan erlar kirgan. Ana shu h’ududlarning h’ammasida yagona anana amal qilgan edi.
Oltin Wrda turkiy xalqlar h’aёtida madaniyatning markaziga aylangandan keyin buning ijobiy tomonlaridan biri shu bwldiki, madaniy h’aёt Wrta Osiёdan Oltin Wrdaga kwchib wtdi. Albatta bu kwchish tabiiy, tarix oqimiga h’amoh’ang tabiiy jaraёn edi.
Oltin Wrda adabiy muh’iti shunisi bilan diqqatga sazovorki, musulmon madaniyatini va islom dinini ёyish uchun payg’ambarlar tarixiga oid asarlar wzbek tilida birinchi marta Oltin Wrdada yaratildi. Nosiruddin Burh’oniddin Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy” (710|1310 yil), Mah’mud ibn Ali as-Saroyining “Nah’jul–farodis” (Jannatlarga ochiq ywl) (761|1361 yil) asarlari buning ёrqin namunasidir. “Qisasi Rabg’uziy” singari “Qisasul–anbiё”larning wzbek tilidagi kwplab nusxalari bugungi kunda Turkiya muzeylarida, kutubxonalarida saqlanmoqda. Bu asarlarning bir qismi Oltin Wrdada h’ukm surgan davrda yaratilgan. Mazkur “Qisasul–anbiё”larning aksariyati forschadan qilingan tarjimalardir.
Albatta, Uyg’onish, A.F.Losevning aytishicha, odamning zaminda wzining mavjudligini tasdiqlashga urinishidir. Ammo insonning zaminda mavjudligini tirikchilik wtkazish, kun kechirish, turli eh’tiёjlarini qondirishdir, deb tushunmaslik kerak. Uyg’onish davri madaniyati h’ar qanday maishiy h’aёtdan ustun turadi. Uyg’onish yuqorida biz kwrsatgan uch bosqichdan qaysi birida bwlmasin, birinchi navbatda tafakkurdagi wzgarishdir. Tafakkurdagi wzgarish - insonning manaviy, ruh’an, jismonan, umuman olganda, moddiy tomondan ozod bwlishi demakdir. Uyg’onish estetikasi ayni shuni talab qiladi. Uyg’onish bosqichlari uchun ana shu kwrsatib wtganlarimiz asosiy tamoyillardir.
Sharq Uyg’onish madaniyati wz doirasida qolib ketmadi, balki umuminsoniyatning yutug’iga aylandi. Tarixiy dalillar shuni kwrsatadiki, Sharq yutuqlarining g’arbga ёyilishida Vizantiya madaniy olami h’am katta tasir kwrsatdi.
Tashqi va ichki qulay sharoitlar Sharq madaniyatining rivojini taminladi. Shu bilan birga, Sharq Uyg’onish madaniyati wz doirasida qolib ketmadi, balki umuminsoniyat yutug’i bwldi. Alisher Navoiy ijodi ikkinchi bosqichdagi Uyg’onish davrini ulkan chwqqiga kwtardi. XV asrdagi Uyg’onish davri uning “Xamsa”si, dostonlaridagi kwtarilgan gumanistik g’oyalar, tarixiy va ilmiy asarlari bilan ajralib turadi. Wzbek adabiёtini yuksak pog’onaga kwtarish, wzbek adabiy tilini yaratish, fanning turli soh’alari -tarix, falsafa, musiqa, sanatga h’omiylik bilan u XV asr madaniy muh’itini tubdan wzgartirdi. g’arbiy Evropada h’am mumtoz adabiёtning xalq tilida yaratilgani Uyg’onish davrining eng buyuk yutuqlaridan biri ekani aytiladi6 . Alisher Navoiy ijodi va faoliyati bilangina XV asr Uyg’onish davri Sharq Uyg’onish tarixida aloh’ida mavqe egallaydi.
Ammo Navoiy davridagi Uyg’onishni, xususan, Navoiy ijodi XV asr Uyg’onish davrini paydo qilganini yuqorida aytilganlar bilan cheklash kifoya qilmaydi. “Xamsa” dostonlari Uyg’onishning eng ёrqin mah’suli sifatida yuzaga kelganini takidlash darkor. “Xamsa” asari ёzilgani uchun emas, balki Uyg’onish romantizmini Navoiy dostonlariga olib kirgani bilan belgilanadi. Ayniqsa, Farh’od obrazida ideal inson tasviri h’am Uyg’onish davrining idealidir. U bir talay h’unarlarni wrganadi, otasi taklif qilgan taxtda voz kechadi, Shiringa bwlgan sevgisi uni qah’ramonona ishlarga undaydi, Xusrav bilan munozarada manaviy jih’atdan yuksakligini namoyish etadi va h’. Bu fazilatlar Sharqu g’arb adabiёtidagi Uyg’onish davri qah’ramonlariga xos ideal fazilatlardir. Shuningdek, Navoiy “Farh’od va Shirin” dostonida antik davr mutafakkirlari nomlarini keltiradi. Antik davr yunon mutafakkirlarining saloh’iyati bilan shah’zoda Farh’odning istedodi solishtiriladi, yunon faylasuflari boshqa davr odamlari uchun boshqacha qiёfada, boshqa zamonlar uchun, boshqa tafakkur tarzi uchun XV asrga qaytadi:
Erur İskandari Rumiy nigori,
Jah’on ah’lig’a oning ёdgori
Ki aylab twrt yuz dono bilan jah’d,
Alardin h’ar bir Aflotung’a h’amah’d...
Erur g’or ichra Suqroti yagona,
Dema Suqrot, Buqroti zamona...
(“Farh’od va Shirin”dan)
Uyg’onish davri Sharq va G’arbda wziga xos juziy qonuniyatlarga ega. Shu bois Evropa wrta asr dostonlarining farqini tushunishimizga h’am Navoiy dostonlari ёrdam beradi. Masalan, wrta asr Germaniyasida “Oshiq Roland”, “Roland h’aqida qwshiq” dostonlari bor. Bu dostonlar qah’ramonlari wrta asrdagi ritsarlik h’aёtini aynan aks ettiradi, yani chinakam ritsar qiёfasi qanday bwlsa, shundayicha tasvirlangan, wsha davr nuqtai nazari bwyicha ritsarning realistik qiёfasi chizib berilgan. Uyg’onish davri dostonlari qah’ramonlari romantik qiёfada tasvirlangan. Bu wz–wzidan tushunarli: Uyg’onish asrida ritsarlar ywq edi. Agar ularni qandaydir qiёfada tasvirlash kerak bwlsa, tasavvurlar xaёlotni safarbar qilishi kerak bwlgan7 .
Xuddi shu singari, miloddan oldingi IV–II asrlardagi yunon faylasuflarini XV asrda tasvirlash uchun albatta romantik tasvir shart edi. Uyg’onish davrining tafakkur tarzi ayni shuni talab qilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |