Amaliy bezak sanati. XVI-XIX asrlar amaliy bezak sanatida ikki asosiy ywnalish-rasmiy va xalq sanati mavjud bwlgan. Xalq sanati izchil, birmuncha erkin, h’aёtga yaqinroq bwlgan. Xalq sanati kwp turli ananalarni saqlab qolgan, biroq XVII asr oxiridan etiboran uning rivojlanishida turg’unlik h’olatlari kuzatila boshlandi, buyumlar turi, shakli va bezagi soddalashib borgan.
XVI asr oxiri – XVII asrda amaliy bezak sanati sekin rivojlandi, bu mujassamot tuzilishidagi bir xillikda, bezakning murakkablashuvi va vazminlashuvida, gullarning maydalashuvi va takomillashuvida, tashqi bezakning kuchayishida wz ifodasini topdi.
XVIII asrdagi murakkab tarixiy sharoitlarda amaliy bezak sanati garchi sekin rivojlansada, biroq u wzining asosiy h’aёtiylik mazmunini va ip matolar ishlab chiqarish, ipakchilik, gilamchilik, palos twqish, zargarlik, kulolchilik, charm, tosh, ёg’och, metalga badiiy ishlov berish kabi barcha turlarini saqlab qoldi. XVIII asrning oxirida amaliy bezak sanati taraqqiёtida yuksalish kwzga tashlanib, u XIX asrning swnggi choragiga qadar davom etgan. XIX asrning birinchi yarmida qatiy shakl mujassamotini tuzishga intilish kuzatiladi. Bu xususiyatlar, ayniqsa, badiiy h’unarmandchilik (abrli matolar guli, zardwzlik, kandakorlik)da aniq kwzga tashlanadi. Naqsh mujassamoti va mavzu shakliga kwra bir oz qatiy, sipo va tashqi kwrinishi takomillashgan. Xonadonlarda yaratilgan kashtalarda XVIII asr sanati xususiyatlari (soddalik va gwzallik) uzoqroq saqlangan. Bu davr amaliy bezak sanatining barcha soh’alari shakl, rasm va wziga xosligini saqlagan.
Miniatyura. Movarounnah’rda miniatyura sanati XVI-XVII asrning birinchi yarmida ravnaq topdi. Wrta Osiё xalqlari orasida miniatyura sanati “naqshi nigor” nomi bilan malum bwlgan. Bugungi kunlarimizda jah’on muzeylari twplamlarida Wrta Osiё musavvirlari tomonidan bezatilgan 60 dan ortiq nodir qwlёzmalar saqlanadi. Mah’alliy va Hirotlik ustalarning wzaro ijodiy h’amkorligi tufayli Samarqand va Buxoroda miniatyura maktablari gullab yashnadi. Beh’zod ananalari bilan bog’liq birinchi ywnalish qalamtasvirining wta nozikligi, manzara va memoriy tasvirlarga boyligi, jarangdor, tiniq ranglarning uyg’unligi, murakkab mujassamoti bilan diqqatga sazovor. Mah’mud Musah’h’ib va Chag’ri Muxassin (Nizomiy asarlariga ishlangan rasmlar, 1537-38 yillar), “Ashor”ni bezagan nomalum musavvir (1529 y.) va boshqalar mashh’ur bwlgan. İkkinchi ywnalish qah’ramonlar sonining cheklanganligi, tasviriy vositaning lwndaligi, ixcham mujassamoti, keskin ranglarga boyligi bilan farqlanadi. Jumladan, Shayboniylar davrida h’ukmdorlar uchun shajaraviy, tarixiy asarlar kwplab yaratilib, ular miniatyuralar bilan bezatildi. Xususan, Muh’ammad Shodining “Fath’noma” (1502-1507), Masud ibn Usmon Qwh’istoniyning “Tarixi Abdulxayrxoniy” va boshqalar shular jumlasidandir. Miniatyuralarda h’ukmdorlar va ularning turli h’aёtiy jaraёnlardagi tasvirlaridan tashqari, tasavvuf g’oyalari, folklor, meh’nat va ijod, tabiat, h’ayvonot dunёsi kabi mavzular aks ettirildi.
XVIII asrda madaniy h’aёtning keskin pasayishi kuzatiladi. Ammo shunday bwlsada kitobat sanatining rivojlanishi musavvirlarning faollashuviga olib keldi. XIX asr boshlarida yaratilgan qwlёzmalardagi suratlarda avvalgi badiiy nafosat kwrinmaydi. Hindiston, Qashg’or va Eron miniatyura maktablariga taqlid ortdi. Xususan, Navoiyning “Xamsa”siga ishlangan miniatyuralar (1824, Farg’ona qwlёzmasi) mavzui badiiy talqini wta sodda, ranglar majmui tor, oh’angi swniq va yasamaligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |