Chorizmning Turkistonda maorif, fan va madaniyat soxasidagi siёsati. Turkiston podsho Rossiyasi tomonidan bosib olingach, rus olimlari tomonidan mah’alliy xalqlar tarixi, etnografiyasi, arxeologiyasini wrganishga oid dastlabki ilmiy ishlar yaratildi. Turkistonda muzey ochildi, kutubxona ish boshladi. Bu davrda Wrta Osiё tarixi, etnografiyasi, iqtisodi, botanikasi, arxeologiyasi va madaniyatiga oid noёb bibliografik asar – “Turkiston twplami” (594 j.dan iborat) h’amda «Turkiston albomi» yaratildi. Rus va wzbek tillarida gazetalar (“Turkestanskie vedomosti”, “Turkiston viloyatining gazeti” va boshqalar) h’amda jurnallar chop etildi. Maorif soh’asi h’am rivojlandi. Ammo bu soh’adagi h’ar qanday wzgarishlar Rossiya imperiyasi mustamlakachilik manfaatlariga bwysundirilgan edi.
Mustamlakachilar madaniyat soh’asida ruslashtirish siёsatini yurgizdilar. Bu avvalo maorif tizimi-maktab va madrasalardan boshlandi. Wlkada «rus-tuzem» maktablari ochila boshlandi. Dastlabki «rus-tuzem» maktabi 1884 yil 19 dekabrda Toshkentda ochildi. XIX asr oxirida ularni soni yuzdan oshib ketdi. 1917 yilning boshlarida esa 170 taga etgan edi. Bunday maktablarda wquv jaraёni ikki qismdan iborat bwlib, birinchi qismda 2 soatlik mashg’ulotni rus wqituvchisi (wquv, ёzuv, h’isob bwyicha), ikkinchi qismda esa saboqni wzbek muallimi olib borgan. Uni ochishdan asosiy maqsad – mustamlaka mamuriyati uchun tarjimon (tilmoch)lar tayёrlash edi. Rus-tuzem maktablari uchun S.M.Gramenitskiyning 3 qismdan iborat ruscha kitoblari, Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval» (1902), Ali Asqar Kalininning «Muallimi soniy» (1903) darsliklari nashr etildi.
Mah’alliy ah’oli turmushiga manaviy – ruh’iy tazyiq wtkazish dasturida wlka xotin-qizlarini va oilalarni ruscha h’aёt tarziga wrgatish aloh’ida wrin egallagan. Buning uchun wlkada xotin-qizlar ambulatoriyalari kwpaytiriladi.
XIX asr oxiriga kelib jah’onning bir qancha mamlakatlarida h’aёt tarzining yuksakligi, ijtimoiy tartibotlarning inson tabiatiga muvofiqligi, ilm-fan taraqqiёtining yuqoriligi turkistonlik ziёlilarni h’am sergaklantirdi. Talim tizimini yaxshilash, uning samaradorligini kwtarish eh’tiёji paydo bwldi. Dastlab, 1884 yilda Qrimning Boqchasaroy shah’rida İsmoilbek Gaspirali tomonidan birinchi jadid maktabi tashkil etildi. Musulmoncha talim tizimining moh’iyatiga dah’l qilmagan h’olda talimning mazmunini boyitish, chuqurlashtirish va uni dunёviy ruh’ bilan sug’orish, ёshlarni tezkor suratlar bilan h’aёtga tayёrlash, ularni zamonaviy ilm-fanni qiynalmay wzlashtira olish darajasiga etkazish jadid maktablarining oldidagi asosiy vazifa edi.
Turkiston wlkasida h’am jadid maktablari ochildi. Ushbu maktablar uchun Mah’mudxwja Beh’budiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Xamza, İsoqjon İbrat, Saidrasul Saidazizov, Saidah’mad Siddiqiy va boshqa jadidchilik namoyandalarining tuzgan darslik va wquv qwllanmalari saviyasi jih’atidan eng zamonaviy pedagogik asarlar darajasida edi. Podsho mamuriyati bunday maktablar milliy madaniyatning wsishiga ёrdam berishidan chwchib, ular faoliyatini bwg’ish uchun turli tadbirlar kwrdi.
Teatr. Rossiya mustamlakachiligi davrida Turkiston wlkasiga wz g’oyaviy-estetik xususiyatlari bilan mah’alliy ananaviy teatrdan keskin farq qiluvchi rus, keyinroq tatar va ozarbayjon teatr twdalari kirib kela boshladi. Wzbek madaniyatining ilg’or namoyandalari (Furqat, Ah’mad Donish, Beh’budiy, Abdulla Avloniy va b.) mah’alliy ah’olini ulardan wrganishga chaqirdilar. Shu tarzda milliy teatr yaratish h’arakati yuzaga keldi, unga jadidlar bosh bwldi. 1914 yil Samarqandda Beh’budiy boshchiligida tashkil etilgan birinchi wzbek h’avaskorlik teatr guruh’i, uning «Padarkush» dramasini sah’nalashtirdi. Wsha yil Toshkentda Abdulla Avloniy tuzgan teatr guruh’i h’am «Padarkush» bilan ochildi. Tadqiqotchilarning malumotiga qaraganda «Padarkush» pesasidan keyin 1917 yilgacha wzbek dramalarining soni 40 ga etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |