Memorchilik. Xalq memorchiligi. XIX asrga kelib Wrta Osiё xonliklarida wziga xos memorlik maktablari shakllandi. Xivada bino bezagiga olgan uch xil rang (kwk, oq va qora) qwllanilgan. Masalan, Muh’ammad Aminxon madrasasi (1851-52), kaltaminor (1885) va boshqalar. Buxoro memorlik maktabiga xos uslublar Xalifa Niёzqul madrasasi, Sitorai Moh’i xosa (XIX asr oxiri)da kwzga yaqqol tashlanadi. Buxoro Arkidagi uy-joy binolari, atrofdagi guzarlar tarkibi, sinchkori uy-joy va h’ovlilar memoriy uslubi, bezaklari yuksak sanati va mah’orati bilan h’ozirgacha aloh’ida etiborni tortadi. Xiva shah’rining İchan qalasidagi Sherg’ozixon madrasasi, Bog’bonli masjidi, Pah’lavon Mah’mud maqbarasi majmuoti, Toshh’ovli saroyi, Olloqulixon karvonsaroyi va timi, Muh’ammad Aminxon madrasasi, Kaltaminor va atrofidagi uy-joylar Xorazm memoriy maktabi, mah’alliy ananalari yangidan qad kwtarib, rivojlanganidan darak beradi. İchan qaladagi eng baland İslomxwja minorasi (1908) Xorazm memorchiligining eng swnggi ёrqin nidosi desak bwladi. Qwqon maktabidagi memoriy uslub xususiyatlarini Xwja Amir maqbarasi XVIII-XIX asr birinchi yarmida qurilgan Norbwtabiy madrasasi, Dah’mai Shoh’on va Modarixon dah’malari (1825), Norbwtabiy va uning avlodlari maqbaralari h’amda keyingi davrda bunёd etilgan Xudoёrxon wrdasi, Andijon, Marg’ilon va Qwqondagi jome masjid va madrasalar misolida kuzatish mumkin.
Marg’ilondagi Said Ah’madxwja madrasasi, Shah’rixondagi Ponsod masjidi, Andijondagi Jome madrasa masjidining ichki kwrinishi Farg’ona memorligining yuksak badiiy mah’orati h’aqida tasavvur beradigan nodir manzarali bezaklarga boy.
Xalq memorchiligining wziga xos tomonlari XX-asr boshlarida qurilgan Ayubboy, Olimxon h’oji, Abdurah’mon qozi, Sadixon qozi, Ah’madbek h’oji va boshqa uylarda wz ifodasini topgan.
Ayubboy uyi ikki h’ovlili (ichkari va tashqari), poydevori baland qilib qurilgan. Tashqari h’ovlida meh’monxona, G simon ayvon bwlib, ayvonda qator wymakor ustunlar ishlangan. Meh’monxona ichki devorlaridagi tokchalar atrofi ganchkor turli shakllar h’amda arabiy ёzuvlar uyg’unlashgan naqshlar bilan bezatilgan. Shift bezagida qizil zaminda bosma h’andasiy naqshlar, islimiy bezaklar, markaziga esa muqarnasli h’avzak ishlangan.
Olimxon h’oji uyi bir qavatli wzaro mutanosib tarixga ega bwlib, xom g’ishtdan qurilgan kvadrat dah’liz, ikkita twg’ri burchak tarh’li xona va P simon ayvon, meh’monxonadan iborat. Dah’liz va sharqiy xona evropacha uslubda pardozlangan, shiftlari ganchkor turunjlar bilan bezatilgan va och yashil zaminga naqshlar, deraza va eshiklarga shakldor h’oshiyalar ishlangan. Xarbiy xona va ayvon mah’alliy ayvonlarga muvofiq h’olda pardozlangan: qizil zaminda h’andasiy va islimiy naqshlar bilan bezatilgan.
Sadixon qozi uyi ikki h’ovlili, wzaro qwshilib ketgan tashqari va ichkaridan iborat, bu ikki qismning kiriladigan aloh’ida-aloh’ida eshigi bwlgan. Kwcha tomon (tashqari) dah’lizdagi molxona va unga taqab qurilgan ayvondan iborat. Twg’ri burchakli ichkari h’ovlida esa ikkita ayvonli xona va bir necha xwjalik binolari qad kwtargan. Uning poydevori 2 m, uning birinchi qavati (tagxona)da molxona va omborxona joylashgan. Ayvonga toshdan ishlangan zina orqali chiqilgan. Zina bwylab temir panjara, ayvonning twsinlari orasida toq wrnatilgan. Twsinlarni salobatli ёg’och ustunlar kwtarib turgan. Ayvonlar toshwchoqlar bilan isitilgan. Xona devorlari tokchali ganchkor naqshlar bilan ishlangan. Shiftiga twldirib gul solingan.
Andijonlik savdogar Ah’madbekh’ojining uyi P simon tarh’li, janubga qaratib qurilgan. Uyning ikki qavatli g’arbiy qismi uy egasining idorasi vazifasini wtagan, qolgan qismi turar joyi bwlgan. Hovlining tevarak atrofi bwylab ayvon qurilgan. İkkinchi qavat ywlagi qator xonalarni birlashtirgan. Hamma darvoza va eshiklar ananaviy h’olda h’ovli tomonga qaragan. Uyning idora vazifasini wtaydigan qismi evropacha usulda pardozlangan-shifti naqshinkor ganch bilan bezatilgan, katta xonalarga naqshinkor sirlangan pechlar qurilgan, devorlar tokchasiz bwlib, moybwёq bilan pardozlangan, ayvon eshiklarining orasiga Farg’ona turar joylari uchun ananaviy bwlgan kwk rangda islimiy va h’andasiy naqshlar ishlangan. Ёg’och karniz jimjimador qilib wyilgan.
XIX - asr oxiri XX - asr boshlarida Wzbekistonning yirik shah’arlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qwqonda rus h’arbiy muh’andis va memorlari tomonidan eng zamonaviy loyih’alari asosida mamuriy va turar joy binolari qurilgan.
Bu loyixalar modern uslubida Evropa memorlariga taqlidan yaratilgan edi. Bular Toshkentdagi Romanov saroyi (1880), Wqituvchilar seminariyasi (1881), Erkaklar gimnaziyasi (1883), Marg’ilonda Farg’ona gubernatori qarorgoh’i (1885) va boshqalarni misol keltirish mumkin.
“Nemis renessans” memoriy uslubida esa asosan meh’monxonalar, savdo markazlari, qurilgan: XX - asr boshlarida shaxsiy uylarni qurishda rus memorlari mah’alliy memorlik ananalaridan h’am keng foydalandilar – Toshkentdagi A.L.Polovtsev uyi (1900, h’ozirgi Xalq amaliy sanat muzeyi) qurilishiga mah’alliy xalq memorlari jalb etilgani uchun arxitektura jih’atidan keng omma etiborini qozondi.
XIX asrning ikkinchi yarmi wzbek amaliy bezak sanatida h’aёtni chuqur h’is etish, sanat turlarining qadimgi, foydalaniladigan materiallarning xilma-xilligi, yuksak mah’orat kwzga tashlanadi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida sanatda soddalashtirishga intilish kuzatildi iqtisodiy va texnika taraqqiёtining yangi sharoitlarida yangi xususiyatlar yuzaga keldi. Bu davrda amaliy bezak sanati sekin va notekis rivojlandi, unga uslubiy birlikning ywqligi xos bwlib, qarama-qarshi ananalar va xususiyatlarni kuzatish mumkin. Mavjud ijtimoiy-iqtsodiy sharoitlar amaliy bezak sanati badiiy ywqotishlarga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |