14-Mavzu Mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida madaniyat
REJA;
1. Markaziy Asiyonıng Rossiya imperiyası tamonidan bosib olinishi.
2.Mustamlaka dawrda Uzbekiston madaniyati. Klub, kutipxona, muzeyler foaliyatining siyasiylashtirilishi.
3. Talimni rivojlandırıshda oziga hos hususiyatlar.
4. Hozirgi bosqichta Uzbekistanda madaniy hayot.
5. Sport. Madaniyat va sanaat sohasidagi xalqaro homkarliklarning kengaib borishi.
Wrta Osiё xonliklarining siёsiy-iqtisodiy, xarbiy jih’atdan qoloqligi, tarqoqligi, wzaro adovatidan unumli foydalangan podsho Rossiyasi Turkistonni bosib olishga kirishgan. 1868 y. Buxoro xonligi, 1873 y. Xiva xonligi Rossiya vassaliga aylanib, siёsiy mustaqillikdan mah’rum bwlgan. 1876 y. Qwqon xonligi tugatilib, 1867 yil tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi Farg’ona oblastiga aylantirilgan. Shu tariqa wlkada chorizmning mustamlakachilik rejimi wrnatilgan.
Turkiston wlkasi xalqlari og’ir mustamlaka sharoitida yashashlariga qaramay, ularning ijodkorlik faoliyati twxtab qolmagan. Buni Xiva xonligi misolida h’am kwrishimiz mumkin, xususan Muh’ammad Rah’imxon II (Feruz) (xonlik davri 1864-1910) davrida Xivada mashh’ur kutubxona tashkil etiladi. Kutubxona dunёning turli burchaklaridan keltirilgan nodir qwlёzmalar bilan muttasil boyitib borilgan. Wrta Osiёda birinchi marta Xivada litografiya tashkil qilinib, noshirlik ishlari ywlga qwyiladi. Bu h’ol manaviy-marifiy ishlarni rivojlantirishda, wlka milliy-madaniy merosini boyitishda katta ah’amiyatga ega bwldi. Shu wrinda, Muh’ammad Rah’imxonning wzi h’am shoir va bastakor bwlib, sherlarini “Feruz” taxallusi bilan nashr ettirgani, shular qatorida zamondosh adibu olimlar asarlarini h’am chop qildirganligini aloh’ida takidlab wtish lozim. Uning Xorazm shoirlari h’aqidagi “Majmuat ush shuaro” tazkirasi juda mashh’ur edi.
Xivaga kelgan sharqshunos olim A.N.Samoylovich xon kutubxonasini kwrishga muyassar bwlgan. Rus olimida kutubxonaning boyligi va undagi kitoblarning muayyan tartib va tabaqalar bilan saqlanishi juda katta taassurot qoldiradi. U wzining “Xiva saroy kutubxonasi va kitob chop etish” nomli maqolasida bu kutubxonaga katta bah’o beradi1.
Bu kutubxonalarda nafaqat Wrta Osiёda ёzilgan, balki xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan kwplab kitoblar h’am saqlanar edi. Bu erda arab va fors tillaridan wzbek tiliga tarjima qilingan asarlar h’am mwl bwlgan, xonning wzi saroyga shoir va olimlarni twplagan. Kutubxona qoshida xattotlar va musavvirlardan iborat katta guruh’ faoliyat kwrsatgan.
Kitob, qwlёzmalarni yig’ib borish, ularni manaviy-milliy boylik sifatida ezozlash va saqlash, kelajak avlodga berish xalqimiz orasida uzoq yillar davomida anana va odatga aylangan edi.
Qwqon qadimdan h’unarmandchilik markazi bwlgan. Qwqonda misgarlik, zargarlik, wymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qog’ozgarlik, badiiy twqimachilik, dwppichilik, kashtachilik, temirchilik, kwpriksozlik kabilar rivoj topgan. Qwqon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashh’ur bwlgan. Ayniqsa, Qwqon qog’ozi h’unarmandchilikning aloh’ida tarmog’i sifatida nom qozongan va Wrta Osiёda eng sifatli qog’oz h’isoblangan.
XX asr boshiga kelib Qwqonda 52 madrasa 120 ta eski maktab, wndan ortiq jadid maktabi, 3 ta rus-tuzem maktabi, savdo-tijorat maktablari bor edi. “Sadoi Farg’ona”, “Yangi Farg’ona”, “Qwqon sadosi” gazetalari chop etila boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |