Adabiy h’aёt. XVI asrda Samarqand va Buxoro mamlakatning madaniy va adabiy markazlari h’isoblangan. Tarix va tilshunoslik, adabiёtshunoslik va sufiylikka doir XVI asrda ёzilgan va bizgacha etib kelgan asarlar wsha davrdagi adabiy, falsafiy va ijtimoiy qarashlarni wrganishda katta ah’amiyatga ega. Bunday asarlar sirasiga Masud ibn Usmon Kwh’istoniyning “Tarixi Abulxayrxoniy”, nomalum muallifning “Tarixi guzida nusratnoma”, Abdulloh’ Nasrulloh’iyning “Zubdat al-osor”, Kamoliddin Binoiy va Muh’ammad Solh’ining “Shayboniynoma”, Fazlullox ibn Rwzbexonning “Meh’monnomayi Buxoro”, Hofiz Tanish al-Buxoriyning “Abdullanoma” Gulbadanbegimning “Humoyunnoma”, Muh’ammad Xaydarning “Tarixi Rashidiy”, Boburning “Boburnoma”, Zayniddin Vosifiyning “Badoi al-vaqoe”, Ali Safiy ibn Husayn Voiz Koshifiyning “Rashah’at ayn ul h’aёt” kabilarni kiritish mumkin.
Hofiz Kwh’akiy (1490-1584) Ulug’bekning shogirdi Ali Qushchining avlodidan bwlib, shayboniylar davrining etuk tarixchisi, mantiq, fiqh’, kalom ilmidagi olimi bwlgan. Uning “Tarixi ali Chingiz” (“Chingizxon va uning avlodlari tarixi”), “Sharh’i odobul al-munozara” (“Odob va ah’loq twg’risida munozara” kitobiga sharh’), “Favoid ziёiya” (“Munavvar foydalar”) kabi asarlari malum.
XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoroda kwplab adiblar, shoirlar bwlib, ular orasida forsigwy shoir Abdurah’mon Mushfiqiy ajralib turadi. Hajviy shoir sifatida shuh’rat qozongan. Mushfiqiy Abdullaxonning saroy shoiri bwlgani uchun unga atalgan kwplab madh’iyalari saqlanib qolgan. Shayboniy h’ukmdorlar, shah’zodalarning kwplari h’am shoir bwlishgan. Shayboniy, Ubaydiy, Xoniy va boshqalarning sherlari bizgacha etib kelgan. Shu davrda ijod etgan shoirlardan Majlisiyni qayd etib wtish joiz. Uning “Qissai Sayfulmuluk” dostoni xalq meh’rini qozongan. Asarda adolat, yaxshilik va ezgulik madh’ etilgan, podshoh’lar adolatga chaqirilgan, xotin-qizlar xuquqlarini h’imoya qilish g’oyalari ilgari surilgan. Shoir İbodulla Sayid Podshoxoja ibn Abdulvah’h’obxoja h’am mashh’ur bwlib, u Xoja taxallusida h’am nasr, h’am nazmda ijod qilgan.
Buxoroda bu davrdagi adabiy h’aёt twrtta asosiy tazkira-Mutribiyning “Tazkirat ash-shuaro”, Maleh’o Samarqandiyning “Muzakkir al-ash’ob”, Mulla Sodiq Samarqandiyning “Riёz ash-shuaro” va Nurmuh’ammad Nasafiyning “Mazh’ar al-musannifin”larni yaratilishi bilan etiborga molik.
Turdi Farg’oniy, Mulla Mastiy Oxundiy va boshqalar shu davr adabiёtida progressiv rol wynadilar. Ularning g’azallarida ijtimoiy-iqtisodiy h’aёtdagi adolatsizliklar qoralandi. Shuningdek, Sayid Nasafiy ijodi aloh’ida ajralib turadi. Uning “Xayvonotnoma”asari mashh’ur. Shoir h’ayvonlar timsoli orqali adolatsizlik, poraxwrlik, amaldorlarning kirdikorlarini fosh etadi.
Shoir Mujrim Obid wzbek va tojik tillarida ёzilgan sherlaridan maxsus devon tuzgan. Bulardan tashqari Vola, Shavqiy Kattaqurg’oniy Xiromiy kabi shoirlar h’am ijod qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |