Uzbekiston respublikasi



Download 1,52 Mb.
bet54/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

12–Mavzu Amir Temur va temuriylar davri madaniyati
REJA:
1. Amir Temurning ilim-fanga bulgan munasabati.
2. Temuriylar sulolasi davridagi xalqımıznıng madaniy hayoti.
3.«Temur tuziklari»ning insannı manaviy va madaniy tarbiyalashdagi ahamiyati.

Amir Temur va temuriylar davri Wrta Osiё madaniyati tarixida aloh’ida wrin tutadi. Bu davrdagi madaniy yutuqlar umumbashariy tsivilizatsiyasi (tamadduni) darajasida bwlgan. Madaniyat tarixidagi ushbu mumtoz davrda wzbek madaniyatining shakllanishi, bu davrdagi siёsiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiёt bilan bog’liqdir. Xususan, memorchilik, ilm-fan, adabiёt, sanat, h’unarmandchilik ravnaq topdi. Mamlakat va jumladan yirik shah’arlar Samarqand, Shah’risabz, Buxoro, Termiz, Toshkent va Hirotning obodonchiligi, madaniy ravnaqi ywlida Movarounnah’r va Wrta Sharq mamlakatlari, Hindistondan kwplab fan va sanat ah’llari, h’unarmand, memor va musavvirlar jam bwlgan. Ularning say-h’arakati bilan Shoh’izindadagi, bir guruh’ memoriy ёdgorliklar, Bibixonim masjidi, Dor us - siёdat (Kesh), Turkistondagi Ah’mad Yassaviy maqbarasi kabilar barpo etildi. Shuni aloh’ida takidlash joizki, Amir Temur va temuriylardan Shoh’ruh’, Ulug’bek, Boysung’ur Mirzo, Abu Said Mirzo va boshqalar madaniyat, adabiёt, naqqoshlik, memorlik rivojiga katta etibor berdilar va ularga h’omiylik qildilar.


Soh’ibqiron davrida saltanatda juda katta obodonchilik ishlari olib borilgan. Bunga Samarqand, Shah’risabz va boshqa joylarda qurilgan memoriy majmualar, Samarqand atrofidagi dunёning yirik shah’arlari nomi bilan atalgan Damashq, Misr, Bag’dod, Sultoniya, Forish, Sheroz kabi qishloqlarni kwrsatib wtish joizdir.
Obodonchilik, sug’orma deh’qonchilikning rivojlanishi iqtisodiy h’aёtda muh’im soh’a - h’unarmandchilik, savdo va tovar-pul munosabatlarining taraqqiёtiga ijobiy tasir kwrsatdi. Amir Temur va Mirzo Ulug’bek davrida tog’-kon ishlari ywlga qwyilib, turli madanlar qazib olinishi tufayli h’unarmandchilik yuksak darajada rivojlandi. Hunarmandchilikka katta etibor tufayli shah’arlarda maxsus gilamdwzlar, sandiqchilar, shishasozlar, egarchilar, zargarlar mah’allalari kwpaydi, yangi bozor rastalari, tim va toqlar qurildi. Twqimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik, memorchilik soh’alari asosiy wrin tutgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shoh’ruxiya, Termiz, Shah’risabz, Qarshi shah’arlarida yangi h’unarmandchilik mah’allalari vujudga kelib, bu shah’arlar savdo va madaniyat markazlariga aylandi. İp, jun, kanop tolasidan gazmollar twqilgan. İpakdan shoyi gazlamalar - atlas, kimh’ob, banoras, duxoba, h’oro, debo kabi gazmollar twqilgan bwlib, ular mah’alliy va xorijiy savdogarlar tomonidan xarid qilinar edi.
XIV - XV asrda metall buyumlar, uy-rwzg’or buyumlari, asbob-uskuna, qurol-yarog’lar kwplab ishlab chiqarilgan. Samarqand qurolsozlik markaziga aylanib, shah’arda maxsus sovutsozlar mah’allasi vujudga kelgan. Shah’arlarda mis va jezdan buyumlar va tanga pul zarb qilingan. Amir Temur farmoni bilan usta İzziddin bin Tojiddin İsfah’oniy Ah’mad Yassaviy maqbarasi uchun yasagan shamdon, Abdulaziz bin Sharofuddin Tabriziy quygan ulkan jez qozon h’ozirgacha saqlanib qolgan. Misgar va chilangarlar metallni toblash, quyish, sirtiga naqsh solish, oltin va kumush suvi yuritish kabi murakkab ishlarni bajarganlar.
Samarqanddagi Bibixonim masjidi eshiklari etti xil metall qotishma (h’aftjwsh)dan tayёrlangan. Zargarlar oltin, kumush va jez qotishmalaridan nafis zeb-ziynat buyumlari yasaganlar. Oltin va kumush gardishli, qimmatbah’o toshlar qadalgan idishlar sirtiga naqsh va ёzuvlar ishlangan.
Kulolchilik sertarmoq soh’a bwlgan. XIV-XV asrlarda sirli sopol buyumlar yuksak badiiy rang-barang shakli va sifati bilan ajralib turgan. Toshtaroshlikda naqsh, h’attotlik keng qwllanila boshlangan. Binokorlikda g’isht teruvchilar «panno», peshtoq, ravoq h’amda toqlarga parchin va chiroq qoplovchi pardozchilar «ustod» deb atalgan.
Samarqandda shishasozlik rivojlanib turli idish va buyum­lar yasalgan. Qurilishda rangli oynalardan foydalanilgan. Ёg’och wymakorligida naqshinkor eshiklar, panjaralar, ustunlar, darvozalar qurilgan va turli buyum, jih’ozlar yasalgan. Samarqand qog’ozi h’atto chet wlkalarda h’am mashh’ur bwlgan. Tarixchi İbn Arabshoh’, Shamsiddin Munshiyning xat ёzishdagi mah’oratini Amir Temur nayzasi tig’ining wtkirligi bilan tenglashtirar edilar.
Bu davrda h’unarmandchilik mollari ishlab chiqaradigan korxona boshlig’i «usta», ёrdamchi va shogirdni «xalfa» deb yuritilgan. Hunarmandlar shah’arning madaniyatli tabaqasiga mansub h’isoblangan.
Temuriylar davlati Xitoy, Tibet, Hindiston, Eron, Rusiya, Volga bwyi, Sibir bilan muntazam savdo-sotiq aloqalari olib borgan. Chet davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirishda temuriylarning elchilik aloqalari muh’im ah’amiyat kasb etgan. Amir Temur yirik shah’arlarda savdo rastalari, bozor va ywllar qurdirdi, savdo ywllarida karvonsaroylarni kwpaytirdi. Ayniqsa, Samarqand va Buxoroda bozor, chorsu, tim, toq, kappon kabi savdo-h’unarmandchilik inshootlari qad rostladi. Samarqandning markaziy qismi bwylab wtgan keng kwchaning ikki tomoniga savdo dwkonlari (rastasi) joylashtirilgan. Sa­marqand va Buxoro savdo maydonlarining kengligi va ixtisoslashtirilgan bozorlarga egaligi bilan ajralib turgan. Bozor savdo markazi bwlishi bilan birga h’unarmandchilik ishlab chiqarishi joyi h’am bwlgan. Shuningdek, bozorlarda qwlёzma kitoblar, ёzuv qog’ozi sotilgan, ariza ёki maktub ёzuvchi mirzalar h’am wtirgan. Savdo rastasi unda sotiluvchi tovar nomi bilan atalgan (Toqi zargaron, Toqi telpakfurushon kabi). Bozorlarda adabiёt, sheriyat, ilm-fan h’aqida suh’batlar tashkil etilgan, farmonlar elon qilingan va aybdorlar jazolangan. Turli tomoshalar shu joyda kwrsatilgan, masjid, madrasa, h’ammom bozorga yaqin joyga qurilgan.
Temuriylar davrida karvon ywllarida elchilar, choparlar va savdo karvonlari uchun dam olish, otlarni almashtirish joylari - ёmlar, rabotlar, sardobalar qurilgan.
XIV-XV asr oxirlarida Movarounnah’r kwp mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy, bazan siёsiy va h’arbiy ah’amiyatga ega bwlgan karvon ywllari bilan bog’langan edi. Bu ywllar xalq turmush tarzi, diniy, iqtisodiy, manaviy va moddiy madaniyati jih’atidan bir-biridan farqlanuvchi mamlakatlarning wzaro aloqasini rivojlantirishga imkon yaratdi. Karvon ywllari savdo, diplomatik munosabatlar borasidagi amaliy vazifasidan tashqari, ayni vaqtda mamlakatlar va xalqlarning wzaro iqtisodiy va madaniy aloqalarini mustah’kamlashga h’am xizmat qildi. Dadil aytish mumkinki, bu davrda Buyuk İpak ywli tiklanib, mintaqalarning madaniy taraqqiёti uchun xizmat qildi.
Wrta Osiё zaminida temuriylar davrida memorchilik, ilm-fan, adabiёt, sanat soh’alari kamolot bosqichiga kwtarildi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa memorchilikda namoёn bwldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan “Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq!» degan ёzuv Amir Temur saltanatining siёsiy maqsadini h’am anglatar edi. Chunki barpo etilaёtgan inshootlarning ulug’vorligi siёsiy vazifalardan biri edi. Bu davrda Movarounnah’r shah’arlari qurilishida mudofaa devorlari, shoh’ kwchalarni tartibga solish, memoriy majmualarni qurish avj olgan. İlk wrta asrlardagi shah’arning asosiy qismi bwlgan «shah’riston»dan birmuncha farq qiluvchi «h’isor» qurilishini Samarqand va Shah’risabzda kuzatish mumkin. Amir Temur davrida Kesh (Shah’risabz) shah’ar qurilishi yakunlandi. Hisorning janubi - g’arbida h’ukumat saroyi - Oqsaroy va atrofida rabotlar qurildi, bog’-rog’lar barpo etildi.
Saltanat poytaxti Samarqandni bezatishga Amir Temur aloh’ida etibor berdi. Uning farmoni bilan h’isor, qala, ulug’vor inshootlar va tillakor saroylar bunёd etilgan. Samarqandga kiraverishdagi Kwh’ak tepaligidagi Chwpon ota maqbarasi Mirzo Ulug’bek davrida qurilgan bwlib, bu inshootdagi ajoyib mutanosiblik, umumiy shakl nafisligi, bezaklardagi sipolik wzaro uyg’unlashib ketgan. Amur Temur davrida Samarqand Afrosiёbdan janubda, mwg’ullar davridagi ichki va tashqi shah’ar wrnida qurila boshladi h’amda bu maydon qala devori va xandaq bilan wralib (1371 y), h’isor deb ataldi. Hisor 500 gektar bwlib devor bilan wralgan. Shah’arga oltita darvozadan kirilgan.
Shah’ar mah’allalardan iborat bwlib, bir qanchasi guzarlarga birlashgan. Shah’arda memoriy majmualar shakllanishi Temuriylar davrining eng katta yutug’i bwldi. Memorchilik taraqqiёtning yangi bosqichiga kwtarildi. Bu jaraёn muh’andis, memor va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni qwydi. Amir Temur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig’i kengaydi. İkki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan ёysimon qovurg’alarga tayangan tashqi gumbazni kwtarib turuvchi poygumbazning balandligi oshdi. Mirzo Ulug’bek davrida gumbaz osti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Aniq fanlardagi yutuqlar memorchilik ёdgorliklarida h’am yaqqol namoёn bwldi (Shoh’izinda, Ah’mad Yassaviy, Gwri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug’bek madrasasi). Ularning old tomoni va ichki qiёfasi rejalarini tuzishda memoriy shakllarning umumiy uyg’unligini belgilovchi h’andasaviy tuzilmalarning aniq wzaro mutanosibligi bwlgan. Bezak va sayqal ishlari h’am bino qurilishi jaraёnida baravar amalga oshirilgan.
Temuriylar davrigacha va undan keyin h’am Movarounnah’r h’amda Xuroson memorchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan edi. Amir Temur va Mirzo Ulug’bek davri memorchiligida bezakda kwp ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitik-kitobalarni h’attotlik sanatini mukammal egallagan ustalar binoning maxsus joylariga, olti xil ёzuvda ёzganlar.
Koshin qoplamalarda tasviriy mavzular kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida sher bilan quёshning juft tasviri mavjudki, bu ramziy manoga ega. Bu davrdagi bino ichining bezagi h’am xilma-xil bwlgan. Devor va shift, h’atto gumbaz h’am naqsh bilan ziynatlangan. Amir Temur davrida qurilgan binolarda kwk va zarh’al ranglar ustun bwlib, dabdabali naqshlar ishlangan, Mirzo Ulug’bek davrida esa Xitoy chinnisiga wxshash oq zamindagi kwk naqshlar kwp uchraydi.
Bu davrda masjid, maqbaralar kwplab qurildi. Amir Temur Hindiston yurishidan swng (1399 y.), Samarqandda jome masjidini qurdirdi. Uning rwparasida Bibixonim madrasasi va maqbara bunёd et­tirdi. Mirzo Ulug’bek Buxoro jome masjidi (Masjidi Kalon)ni kengaytirib, qayta qurish ishlarini boshlagan edi. Biroq u keyinroq XVI asrga kelib yakuniy qiёfasiga ega bwladi.
Amir Temur davrida Saroymulkxonim (Bibixonim) madrasasi va Gwri Amir majmuasidagi madrasa qurilgan. Mirzo Ulug’bek Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda madrasalar bunёd ettirdi. Buxorodagi madrasada «Bilim olmoqqa intilish - h’ar bir muslim va muslima uchun farzdir» degan h’adis bitilgan.
XV asrda madrasa memorchiligi wzining uzil-kesil shakllangan qiёfasiga ega bwldi. Madra­sa qurilishi yagona tizim bwyicha rejalashtirilsa h’am, asosiy shakllari, ularning wzaro nisbatlari va bezaklariga kwra h’ar biri wz qiёfasiga ega edi. Temuriylarning ikki sanat durdonasi - Samarqanddagi Ulug’bek va Hirotdagi Gavh’arshodbegim madrasalari yagona tizim rejasi bwyicha qurilganiga qaramay, bir-biridan farq qiladi.
Temuriylar davrida yaratilgan maqbara, din arbobi va ruh’oniylar qabrini wz ichiga oluvchi panjara-xazira, avliёlar qadamjolari, dah’malar aloh’ida guruh’ni tashkil qiladi. Sa­marqandda Amir Temur davrida shayx Burxoniddin Sog’arjiy xilxonasi - Ruh’obod maqbarasi va temuriylar xilxonasi - Gwri Amir mah’barasi, shuningdek, Shoh’izinda majmuasida peshtoqli maqbaralar guruh’i quriladi.
Mirzo Ulug’bek davrida ijodiy izlanishlar samarasi dah’malarning memoriy kwrinishiga h’am tasir wtkazadi. Shoh’izinda majmuasida sakkiz qirrali maqbara va h’ozirgacha Qozizoda Rumiy maqbarasi deb kelinaёtgan («Sultonning onasi» uchun qurilgan, asli nomalum) maqbara quriladi. Mirzo Ulug’bek Buxoro, G’ijduvon, Shah’risabz, Termiz, Toshkentda h’am noёb imoratlar qurdirgan. Ammo qurilish miqёsi va bezaklar bwyicha Samarqanddagi obidalar ustunlik qilardi. Toshkentda Zangi ota maqbarasi va Shayh’ontoh’ur majmuasi bwlib, uning tarkibidagi Qaldirg’ochbiy maqbarasi XV asrning birinchi yarmiga mansub.
Amir Temur davrida tuzilishi va miqёsi bwyicha ulkan inshoot - Turkiston shah’rida Axmad Yassaviy maqbarasi barpo qilindi. Bu maqbara musulmon Sharqining memoriy ёdgorliklari orasida eng noёbidir.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish