Uzbekiston respublikasi



Download 1,52 Mb.
bet52/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

Topilmalar. Umuman, turk xoqonligi davrigacha Markaziy Osiё xalqlarining ijtimoiy, ayniqsa etnik tarixi madaniy h’aёt uchun zamin h’ozirladi. Bizgacha etib kelgan tarixiy manbalar - yunon, Rim tarixiy asarlari, Xitoy yilnomalarida Markaziy Osiёning madaniyatiga oid dalillar shuni kwrsatadiki, Turk xoqonligi davridagi madaniy h’aёt uchun uzluksiz zamin h’ozirlangan edi. Ayniqsa, Farg’ona vodiysi miloddan oldingi Wrta Osiё madaniyati tarixida muh’im rol wynagan edi. Miloddan avvalgi 3–2 asrlarga oid Farg’ona topilmalari madaniy jaraёnning uzluksizligini, ayni paytda shu davrdagi Xitoy bilan tarixiy munosabatlarni kwrsatadigan dalillardir. Xitoy manbalari Farg’onaning zotdor, wsha davrda “samoviy” deb nom olgan otlari twg’risida malumot beradi. Ana shu tarixiy malumotlarni Farg’ona atroflarida toshlarga chizilgan ot suratlari tasdiqlaydi.
Miloddan oldingi davrlarga oid madaniy ёdgorliklar er ostidan topilgan bwlsa, Kwkturk xoqonligi davriga oid manbalarning kwpi er ustida saqlanib qolgan. Bular - yirik toshlarga ёki qattiq jismlarga wyilgan ёzuv ёdgorliklari, h’aykallar, qurbongoh’lardir.
Kwkturk xoqonligidan qolgan ёdgorliklarning eng diqqatga sazovori bitigtoshlardir. Yirik h’ajmdagi ёdgorliklar - Kul tigin va Bilga xoqon ёdgorliklari asli qabr toshlaridir. Tarixiy malumotlarga qaraganda, kwkturklar qabrlar ustiga inshoot qurganlar, inshoot devorlariga marh’umlarning suratlarini chizganlar. Kwkturk xoqonligiga Chin xoqonining saroyidagi rassomlar keltirilgani va ular marh’um Kul tigin va Bilga xoqon uchun bir inshoot (baraq) qurganlari, uyning ich–toshini suratlar bilan bezaganlari twg’risida Kul tigin bitigtoshida malumot berilgan. Ammo h’ozirga kelib wsha inshootlar, yani baraqlar butun qolmagan, faqat balballar qolgan, xolos. Bazi Evropa olimlarining fikricha, xoqonlarning qabri boshqa erda, bitigtoshlar boshqa erda bwlgan bwlishi mumkin. Bu fikrlar asosli. Kul tigin bitigtoshi topilgan joydan bir yarim kilometr shimolga tomon balballar wrnatilgan. Balballar tugagan joyda Kul tiginning qabri wrnatilgan bwlishi mumkin.
Kwkturklarda yig’i, yani aza marosimi bwlgan diqqatga sazovor. Kul tigin bitigtoshida bir qancha xalqlardan dafn marosimiga vakillar kelgani aytiladi. Aza xalqning madaniy saviyasi bilan mutanosibdir. Bu h’aqda yunon manbalar yaxshi malumot bera oladi. II asrda yunon faylasufi Lukian Samosat iskif qavmiga mansub Twqsar bilan yunoniy Muisip degan odamlar wrtasidagi quyidagi suh’batni keltiradi:
Muisip: - Siz, iskiflar, Orest bilan Piladning jasadlariga qurbonlik qilasizlar va ularni tangri deb h’isoblaysizlar. Twqsar, sen bunga nima deysan?
Twqsar: - Ha, qurbonlik qilamiz, Muisip, qurbonlik qilamiz. Ammo ularni tangri deb emas, yaxshi insonlar deb h’isoblaymiz.
Muisip: - Demak, yaxshi insonlar vafot etgandan keyin, sizlar, tangrilarga qilingani kabi, qurbonlik qilasizlar.
Twqsar: - Faqat shugina emas, biz ularning sharafiga bayramlar va katta yig’inlar h’am qilamiz.
Muisip: - Sizlar marh’umlardan nima istaysizlar? Ular marh’umlardir. Shunisi h’aqiqatki, ularga h’urmat va iltifot kwrsatish uchun qurbonlik qilasizlarmi?
Twqsar: — Marh’umlarning bizga h’urmat–etibori kwrinib turganda edi, ular h’ech qachon wlmagan bwlardilar. Faqat biz yaxshi insonlar xotirasi uchun foydali deb wylaymiz. Shu sababdan marh’umlarni h’urmat qilamiz. Biz shunday tushunamiz: marh’umlarni ёdga olsak, kwplarimiz ular singari wlmak uchun h’arakat qilamiz3
Qadimdagi ikki xalq vakilining suh’batidan kwrinib turibdiki, Markaziy Osiёda marh’umlarga atab wtkaziladigan udumlar va urf–odatlar faqat shu h’ududga xos bwlgani uchun h’am yunoniylar bu udumlarga izoh’ talab qilganlar. Mana shu kichik lavh’aning wziёq kwk turklar davridagi udumlar va inonch–etiqodlar milodiy II asrda Osiёning kwp erlariga malum bwlganini va ёyilganini kwrsatadi.
Markaziy Osiё madaniyatining wziga xosligi. Markaziy Osiёning g’arbiy wlkalaridagi turkiy qavmlarning madaniy h’aёti sharqiy h’ududdagi wlkalar h’aёt tarzidan bazi wzgachaliklarga ega edi. Wrta Osiёdagi etnik jaraёnlarning murakkabligi madaniy jaraёnga h’am tasir etmay qolmadi. Shuning uchun bu h’ududdagi madaniy jaraёnda boshqa etnik guruh’larning madaniy jaraёni izlarini h’am kwramiz. Farg’ona vodiysi bu jih’atdan aloh’ida wlka h’isoblanadi.
M.av. III–II asrlarda Tangri tog’idan Farg’onaga kwchish bwldi. Kwchib kelgan qavmlarning katta qismi yuechjilar va usunlar edi. Yuechjilar ikki qismga bwlingan: katta yuechjilar va kichik yuechjilar. Botir tangriqut (Wg’uzxon) tor–mor qilgan va Dovonga kelib, daxlarning erlarini bosib olgan qavmlar katta yuechji deb yuritilgan. Zaiflashib, kichik twp–twp bwlib ketgan, janubiy tog’larda wrnashgan qavmlarni tangutlar kichik yuechji deb ataganlar4 .
Usun davlati twg’risida Xitoy yilnomalaridagi malumotlar shuni kwrsatadiki, Sharqda ularning erlari xunlarning erlariga tutash bwlgan, shimoli–g’arbda Qangli davlati bilan, g’arbda Dovon davlati bilan chegaralangan.
Shuningdek, boshqa qabilalar Wrta Osiёga kwchishi natijasida turli qavmlar madaniyatining bir–biriga qorishganini kwramiz. Farg’ona vodiysidagi İsfara, Shirinchoy, Toshkent yaqinidagi Qovunchi madaniyati shundan dalolat beradi. Tangri tog’larida ilgaridan mavjud bwlgan madaniyat Farg’onada yangi madaniyatning yuzaga kelishiga sabab bwldi, jumladan, ordamlarning yashash tarzida, deh’qonchilik madaniyatida, ishlab chiqarishda va h’. larda wziga xosliklar kuzatiladi. Odamlarning turmush tarzi, yashash sharoiti, yasagan buyumlari shundan dalolat beradi.
Kwk turk davlati tashkil topishi arafasida Farg’ona atroflarida kwplab otliq kwchmanchilar yashardi. Bu kwchmanchilar asta–sekin wtroqlashib, deh’qonchilik qila boshladilar. Chig’irchiq, G’uljadan topilgan ashёlar deh’qonchilik madaniyati twg’risida tasavvur uyg’otadi.
Kwk turk xoqonligi davridan bugungacha etib kelgan eng eng noёb madaniy ёdgorlik ёzuv madaniyatidir İsfara, Andijon, Pop, Buxoro, Quva va boshqa qator h’ududlardan topilgan ёzuv ёdgorliklari qadim Wzbekiston xalqining azaldan saloh’iyatli bwlganini kwrsatadigan alomatlardir5 .

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish