7 – Mavzu Qadimgi davr madaniyati
Misr madaniyati
İlk tsivilizatsiya Osiё va Afrikaning quruq tropik h’ududlaridagi darё bwylarida paydo bwlgan. Bulardan eng qadimiysi sifatida qadimgi Misr tsivilizatsiyasi etirof etilgan.
Dastlabki Misr davlati qirqta shah’ar davlatdan iborat bwlgan edi. Taxminan mil.ol. III ming yillikda yagona davlat tashkil topdi. Mil.ol. XVI-XV asrlarda qadimgi Misr g’aroyib ravishda gulab-yashnadi. Xozirgi Turkiyadan Efiopiyagacha bwlgan katta h’ududni wz ichiga oldi. Ammo qwshni davlatlar bilan doimiy ravishda yuz berib turgan doimiy urushlar Misr davlatini tanazzulga olib keldi. Milodgacha V1 asrda Misr Eronga, IV asrda esa Aleksandr Makedonskiyga wlja bwlib qoldi. Mil. ol. I asrda esa Misr Rimning bir viloyatiga aylanib qoldi. Rim imperiyasi qulagandan keyin mil. VI asr oxirlarida Misr Vizantiya davlati tarkibiga kirdi. VII asrdan swng Misrda arablar h’ukmron bwldi va masih’iylik wrniga islom ёyildi. Bu paytda endi islomiy madaniyat kuchaya bordi. IX asrda Arab xalifaligi qulagach, mamlakat yana mustaqillikni qwlga kiritdi. XII-XIII asrlarda Misr salib yurishlarini boshdan kechirdi. XVI asrda turk armiyasining h’ujumlari Misr davlatini qulatdi. XIX asr oxiridan esa Usmonli imperiyasi tarkibiga kirdi. 1922 yili Misr yana mustaqillikni qwlga kiritdi.
Misr h’ududida insoniyatning ilk h’aёti izlari mil.ol. wninchi ming yilliklarga oiddir. Mil. ol.oltinchi - beshinchi ming yilliklarda inson wtroq yashagani kuzatiladi. Tadqiqotchilarning radiouglerod usuli bilan aniqlashlaricha, Fayum vodiysida don saqlaydigan chuqurliklar bwlib, miloddan oldingi 4600-4300 yillarga oid ekan. Odamlar bu vodiyda chwchqa, qoramol, qwy va echki boqqanlar, bug’doy va arpa ekkanlar. Taxminan mil. ol. 3100 yillarda ikkita yirik shoh’lik – Quyi Misr (Nil darёsi deltasida) va Yuqori Misr (Nil deltasidan Elfantingacha bwlgan joylar) paydo bwldi. İnson bu erda ilk bor ёzuvni yaratdi, inshootlarni, shah’arlarni barpo qildi, deh’qonchilikni rivojlantirdi, davlat barqaror bwla boshladi.
Misrliklar mukammal kalendarni ishlab chikdilar. Ularning kalendari bwyicha, yil 365 kundan iborat edi. Misrda kalendarning joriy qilingani astronomiyaning rivojlanganidan dalolat beradi. Misrliklarning aytishlaricha, mamlakatning shakliy tuzilishi malum fazoviy qonuniyatlarga asoslangan ekan, qachonlardir xudolar fazoni yaratganlarida, birinchi bwlib Misrni, keyin olamdagi boshqa mamlakatlarni barpo qilgan ekan.
Odamlarning h’aёti kwp jih’atdan Nilga bog’liq edi. Shuning uchun jamiyat h’aёti izchil ywlga qwyildi, suv omborlari va kanallari rejalashtirilgan h’olda qurildi, yaxshi saqlandi. Er taqsimlanishi, suvga egalik h’uquqi qatiy boshqaruv asosida olib borildi. Firavnning aёnlari yuqori h’osil olish uchun zurur ishlarni bajarardilar.
Misrliklar qadimda wzlarining mamlakatini «qizil va qora» deb aytganlar. Nil darёsi suvi bilan sug’orilgan viloyatlardan h’osil mwl olinardi, shuning uchun Qora mamlakat deb nom olgan edi. Bu davrlarda ёmg’ir kam ёg’ardi. Odamlar faqat Nilga umid bog’lardilar. Ayniqsa, Nil deltasining botqoq joylarida papirus va nilufar gullar kwp wsgan. Mana shu papirus va gullar Misr arxitekturasining shakliy tomoniga katta tasir etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |